IBUKLIN YUNIOR 0,1+0,125 tabletkalari N20

Обновлено: 21.07.2022

IBUKLIN YUNIOR 0,1+0,125 tabletkalari N20
  • Категория:

    Yallig'lanishga qarshi vositalar

  • Страна производитель:

    Hindiston

  • Активное вещество:

    Parasetamol, Ibuprofen

  • Производитель:

    Д-р Редди с Лабораторис Лтд

  • Количество в упаковке:

    20

  • Код ATX:

    M01AE51

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция IBUKLIN YUNIOR 0,1+0,125 tabletkalari N20

  • Qadoqda soni

    20

  • Umumiy ma'lumot

    IBUKLIN YUNIOR 0,1+0,125 tabletkalari N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA IBUKLIN®   IBUKLIN Preparatning savdo nomi: Ibuklin® Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): ibuprofen, parasetamol Dori shakli: ichga qabul qilish uchun qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tarkibi: Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 400 mg ibuprofen, 325 mg parasetamol; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, talk, natriy kraxmal klikolyati, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromelloza, makrogol, sariq apelsin laki FCF, titan dioksidi, sorbin kislotasi, polisorbat 80, relikton. Ta‘rifi: zarg‘aldoq yoki och-zarg‘aldoq rangli, dog‘li yoki marmarsimon bo‘yalgan bo‘lishi mumkin, bir tomoni silliq, ikkinchi tomonida bo‘luvchi chizig‘i bo‘lgan chetlari qiya, plyonka qobiq bilan qoplangan kapsulasimon tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi:  nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat. ATX kodi:  M01AE51   Farmakologik xususiyatlari Ibuprofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat, fenilpropion kislotasining hosilasi, yallig‘lanish, og‘riq va isitmaning patogenizida asosiy rol o‘ynaydigan, prostaglandinlarning o‘tmishdoshi bo‘lgan araxidon kislotasining metabolizimiga javob beruvchi asosiy ferment – SOG ning faolligini susaytirishi hisobiga, yallig‘lanishga qarshi, isitma tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Analgetik (og‘riq qoldiruvchi) ta‘siri ham periferik (prostaglandinlar sintezini pasayishi orqali), ham markaziy (markaziy va periferik nerv tizimida prostaglandinlar sintezini ingibirlanishi) mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Trombositlar agregasiyasini bostiradi. Parasetamol – nonarkotik og‘riqni qoldiruvchi vosita, SOG ning faolligini susaytirishi va prostaglandinlar ishlab chiqarilishini pasaytirishi hisobiga og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi; asosan gipotalamusdagi termoregulyasiya markaziga ta‘sir ko‘rsatadi. Farmakokinetikasi Ibuprofen ichga qabul qilinganidan so‘ng MIY tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Qobiq bilan qoplangan tabletkalar ichga qabul qilinganidan so‘ng qonda maksimal konsentrasiyasi 1-2 soatdan keyin aniqlanadi. Sinovial suyuqlikda maksimal konsentrasiyaga qabul qilinganidan so‘ng 3 soatdan keyin erishiladi. Ibuprofen jigarda metabolizmga uchraydi (90%). Buyraklar orqali (qabul qilingan dozaning 80%) ham o‘zgarmagan holda (10%), ham metabolitlari holida (70%) chiqariladi. Ichak orqali metabolitlari xolida (20%) chiqariladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 2-3 soat. Parasetamol MIY dan, asosan ingichka ichakdan tez so‘riladi, bir marta qabul qilinganidan so‘ng qonda maksimal konsentrasiyaga 10-60 minutdan keyin erishiladi, so‘ngra asta-sekin pasayadi. Parasetamol yog‘ to‘qimasi va orqa miya suyuqligidan tashqari to‘qima suyuqliklarga keng taqsimlanadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi 10% dan kamroqni tashkil qiladi. Asosan jigarda glyukuronid, sulfat bilan bog‘lanish va jigar oksidazalari va sitoxrom R450 ishtirokida oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Kattalarda parasetamolning katta qismi glyukuron kislotasi bilan, bolalarda – sulfat kislotasi bilan bog‘lanadi. Bu kon‘yugasiyalangan metabolitlari metabolik faolikka ega emas, plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydilar. Shuningdek preparatning dozasi oshirib yuborilganida toksik ta‘sir qiluvchi gidroksilangan metaboliti – N-asetil-r-benzoxinolinni to‘planishi yuz berishi mumkin, u jigar va buyraklarda aralash oksidazalarning ta‘sirida hosil bo‘ladi va odatdagi sharoitlarda glutation bilan bog‘lanib detoksikasiyalanadi. Yarim chiqarilish davri 1-3 soatni tashkil qiladi va jigar sirrozida oshishi mumkin. Parasetamolning buyrak klirensi 5% ni tashkil qiladi. O‘zgarmagan holda (taxminan 5%) va glyukuronid va sulfat kon‘yugatlari holida chiqariladi. Qo‘llanilishi Bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ yallig‘lanish kasalliklari (shu jumladan revmatoid va revmatik artrit, osteoartroz, ankilozlanuvchi spondiloartroz), podagra zo‘rayganidagi bo‘g‘im sindromi, psoriatik artrit, tendinitlar, bursit. Radikulit, nevralgiyalar, mialgiyalar. Bosh va tish og‘rig‘i, jaroxatlar, kuyishlar, LOR-a‘zolari, kichik chanoq a‘zolarining yallig‘lanish kasalliklaridagi (adneksit, algodismenoreya) og‘riq sindromi. Infeksion-yallig‘lanish kasalliklaridagi isitma. Preparatni qo‘llash vaqtida og‘riq va yallig‘lanishni kamaytirish simptomatik davolash uchun mo‘ljallangan, kasalikning rivojlanishiga ta‘sir qilmaydi. Qo‘llash usuli va dozalari Ibuklin® kattalarga odatda ½-1 tabletkadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin buyuriladi. Maksimal sutkalik doza – 3 tabletka. Shifokor nazoratisiz preparatni og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq va isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas. Nojo‘ya samaralarining rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun preparatni ovqatdan keyin, minimal samarasi dozada va mumkin bo‘lgan minimal kursda qabul qilish tavsiya qilinadi. 12 yoshdan yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni 40 kg dan yuqori) – sutkada 1 tabletkadan 2 marotaba beriladi. Davolash muddati isitmani tushiruvchi dori vositasi sifatida – 3 kungacha, ogriq koldiruvchi dori vositasi sifatida – 5 kungacha. Shifokor bilan maslaxatlashgandan so‘nggina davolashni davom ettirish mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlari Ovqat-hazm qilish a‘zolari: ko‘ngil aynishi, anoreksiya, qusish, MIY ni eroziv-yarali shikastlanishlari rivojlanishi mumkin, uzoq muddat qo‘llanganida jigar faoliyatini buzilishi, gepatit bo‘lishi mumkin. MNT: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik, ko‘rishni buzilishi (rang ajratishni buzilishi, skotoma, ambliopiya). Qon yaratish tizimi: uzoq muddat qo‘llanganida: anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, neytropeniya, agranulositoz. Siydik chiqarish tizimi: uzoq muddat qo‘llanganida buyraklar faoliyatini buzilishi, interstisial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin. Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, Kvinke shishi, kam hollarda – aseptik meningit, bronxospastik sindrom.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi me‘da-ichakdan qon ketishi jigar yoki buyrak kasalliklari aspiringa bog‘liq bronxial astma ko‘ruv nervini shikastlanishi glyukoza-6-fosfatdegidrogenezaning genetik bo‘lmasligi qon tiziming kasalliklari ·      homiladorlik davri (III uchoyligi) 12 yoshgacha (bolalarga mo‘ljallangan shakli “Ibuklin® Yunior”) bo‘lgan bolalar. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Ibuklinni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi preparatlar, rifampisin, qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlar, gormonal kontraseptivlar bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatning tarkibiga kiruvchi, ibuprofen, gipotenziv vositalarning ta‘sirini susaytirishi, xloramfenikol (levomisetin) ning sitotoksikligini kuchaytirishi, bevosita (geparin) va bilvosita (kumarin va indandion hosilalari) antikoagulyantlar, trombolitiklar (altepaza, antistreplaza, streptokinaza, urikinaza), antiagregantlar, kolxisining ta‘siri kuchaytirishi va gemorragik asoratlar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin. Preparat insulin va qand miqdorini kamaytiruvchi peroral preparatlarning gipoglikemik ta‘sirini kuchaytiradi. Kaliy tejovchi diuretiklar bilan birga qo‘llash giperkalemiya chiqarish mumkin. Birga qo‘llanganida qonda digoksin, fenitoin, metotreksat va litiyning konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Metotreksat bilan birga qo‘llanganida qonda parasetamolning konsentrasiyasi oshishi mumkin. Alkogol bilan birga qabul qilganda har ikki komponentning gepatotoksik ta‘siri kuchayishi mumkin. Parasetamol siklosporin va oltin preparatlari bilan birga qo‘llash nefrotoksik samarasini oshiradi. Kortikosteroidlar, kortikotropin, etanol bilan birga qo‘llash MIY eroziv yarali shikastlanishi xavfini oshiradi. Sefamandol, sefoperazon, valproat kislotasi, plikamisin gipoprotrombinemiyani rivojlanish xavfini oshiradi. Antasidlar va xolestiramin preparatning faol ingredientlarini so‘rilishini pasaytiradi. Mielotoksik preparatlar nojo‘ya gemotoksik samaralarni rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Keksa pasientlar: bu guruhdagi pasientlarda ayniqsa MIY tomonidan kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalarni (qon ketishi, perforasiya) rivojlanish xavfi yuqori, shu sababli preparatni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Nafas a‘zolarining kasalliklari: NYAQV lar bronxial astma yoki allergik kasalliklari bo‘lgan pasientlarda bronxospazmni chaqirishi mumkin. Yurak-tomir tizimi: NYAQV lar organizmda tutilib qolishi va shishlarni chiqarishi mumkin, shuning uchun arterial gipertenziya va/yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarning holati yomonlashishi mumkin. Ba‘zi klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari, ibuprofenni, ayniqsa katta dozalarda (kuniga 2400 mg) uzoq muddat qo‘llash, arterial trombozni (masalan, miokard infarkti yoki insult) rivojlanishi xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkinligi haqida taxmin qilish imkonini beradi. Ibuprofenni kichik dozalarda (kuniga 120 mg dan kam) qo‘llash, extimol, bunday samara ko‘rsatmaydi. Nazorat qilib bo‘lmaydigan gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasalliklari yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ibuprofenni, faqat potensial xavfi sinchiklab baholangandan keyin qo‘llash mumkin. Yurak-tomir kasalliklarini rivojlanishini xavf omillari (giperlipidemiya, qandli diabet, chekish va boshqa.) bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Me‘da-ichak yo‘llari: NYAQV MIY laridan, shu jumladan anamnezida ilgari MIY kasalliklariga ko‘rsatmalar bo‘lmagan pasientlarda qon ketishi, yaralar va perforasiyani chiqarishi mumkin. Anamnezida og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, NYAQV larni katta dozalarini qo‘llash, keksa yoshli pasientlarda ushbu asoratlarni rivojlanish xavfi yuqori, shuning uchun bu guruhda davolashni minimal tavsiya qilingan dozalar bilan boshlash tavsiya qilinadi. Shuningdek bu guruh pasientlarida hamda MIY tomonidan nojo‘ya samaralar xavfini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa preparatlar (kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, serotininni qayta qamrab olinishini ingibitorlari va boshqa) yoki salisil kislotasining kichik dozalarini yo‘ldosh qo‘llashga muxtoj bo‘lgan shaxslarda, mizoprostol yoki proton pompasi ingibitorlari kabi preparatlarni qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak. Anamnezida me‘da-ichakdan qon ketish epizodlari bo‘lgan pasientlar ularda MIY tomonidan ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichida odatdagi bo‘lmagan har qanday simptomlar paydo bo‘lganligi haqida davolovchi shifokorga ma‘lumot berish kerakligi haqida ogohlantirishlari kerak. Gastro-intestinal yara simptomlari yoki qon ketishi rivojlanganida preparat qabul qilishni darxol to‘xtatish kerak. Anamnezida MIY larini kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan pasientlarda umumiy holatni yomonlashish xavfi borligi tufayli, NYAQV larni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Tizimli kasalliklar: tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to‘qimaning boshqa kasalliklari bo‘lgan pasientlarda NYAQV lar aseptik meningitni rivojlanish xavfini oshirish mumkin. Dermatologik buzilishlar: juda kam hollarda NYAQV lar qo‘llanganida teri qoplamalari tomonidan og‘ir reaksiyalar, shu jumladan o‘lim bilan tugaydigan og‘ir reaksiyalar (eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) kuzatilgan. Ushbu reaksiyalarni rivojlanish xavfi NYAQV larni qabul qilishning birinchi oyi davomida yuqori. Shuning uchun teri va shilliq qavatlarda har qanday toshmalar, shuningdek o‘ta yuqori sezuvchanlikning har qanday boshqa belgilarida preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak. Shuningdek preparatni jigar yoki buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarga, bevosita jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilganidan so‘ng, anamnezida NYAQV larni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan allergik reaksiyalarga ko‘rsatmalar bo‘lganda, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining poliplari bo‘lganida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat uzoq muddat (5 kundan ko‘p) qo‘llanganida periferik qonni va jigar va buyraklarning funksional holatini nazorat qilish kerak. Buyraklar (belda og‘riq, sutkalik siydik hajmini kamayishi, shishlar) yoki jigar (o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq, sariqlik, siydikning rangini o‘zgarishi) funksional holatini buzilishini belgilari paydo bo‘lganida, preparat qabul qilishni darhol to‘xtatish va davolovchi shifokorga murojaat qilish kerkak. Preparatning gepatoksik ta‘siridan saqlanish uchun davolash vaqtida alkogol iste‘mol qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlikning I va II chi uchoyligida preparatni ona va xomila uchun kutiladigan foydasi, ona va homila uchun bo‘lgan potensial havfdan yuqori bo‘lgan hollarda, shifokor tavsiyasi bilan ko‘llanilishi mumkin. Homiladorlikning III chi uchoyligida preparatni qo‘llash mumkin emas. Laktasiya (emizish) davrida preparatni qabul qilish zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak. Eksperimental tadqiqotlarda Ibuklin® preparatining embriotoksik, teratogen va mutogen ta‘sir etuvchi komponentlari aniklanmagan. Preparat ayollarning fertilligiga ta‘sir ko‘rsatish mumkin, shu sababli homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan pasientkalarga uni qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Homilador bo‘lishda muammolari bo‘lgan ayollarda preparatni bekor qilish kerak. Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. preparatni qabul qilish vaqtida pasientga diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish tavsiya qilinadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Doza oshirib yuborilganida, xatto agarda pasient o‘zini yaxshi xis qilsa ham, dozani oshirib yuborilishining simptomlarini kechikib rivojlanishini xavfi borligi sababli, darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Preparatning dozasini oshirib yuborilishining xavfi jigarning alkogolli shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda yuqori. Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, epigastral soxada og‘riq, anoreksiya, protrombin vaqtini oshishi, 12-48 soatdan keyin qon ketishi, tormozlanish, uyquchanlik, depressiya, bosh og‘rig‘i, quloqlarni shang‘illashi, ongni buzilishi, yurak ritmini buzilishi, gipotoniya, tirishishlar, og‘ir hollarda gepatonekroz, jigar yetishmovchiligi rivojlanadi. Davolash: zaharlangandan so‘ng birinchi 4 soat davomida me‘dani yuvish, ishqoriy ichimliklar ichish, jadallashtirilgan diurez, adsorbentlar (faollashtirilgan ko‘mir) qabul qilish, glutation hosil bo‘lishini oshiruvchi vositalarni (birinchi 8-9 soatda metionin, birinchi 12 soatda N-asetilsistein vena ichiga yuborish yoki ichga qabul qilish) yuborish, gemodializ, simptomatik davolash. Keyingi davolash choralarini o‘tkazishning zarurati qondagi parasetamolning konsentrasiyasi, shuningdek doza oshirib yuborilganidan keyin o‘tgan vaqtga qarab aniqlanadi. Chiqarilish shakli Qobiq bilan qoplangan 20 tabletka, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga o‘ramda.   Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 5 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha.   Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?