OLFREKS 10 tabletkalari 10mg N28

Обновлено: 21.07.2022

OLFREKS 10 tabletkalari 10mg N28
  • Категория:

    Uyqu va tinchlantiruvchi vositalar

  • Страна производитель:

    O'zbekiston

  • Активное вещество:

    Olanzapin

  • Производитель:

    Nobel Pharmsanoat, ИП ООО

  • Количество в упаковке:

    28

  • Код ATX:

    N05AH03

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция OLFREKS 10 tabletkalari 10mg N28

  • Qadoqda soni

    28

  • Umumiy ma'lumot

    OLFREKS 10 tabletkalari 10mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA OLFREKS OLFREXUM Preparatning savdo nomi: Olfreks Ta‘sir etuvchi modda (XPN): olanzapin Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar Tarkibi: faol modda: olanzapin 5 mg yoki 10 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, gidroksipropilsellyuloza, krosspovidon, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati; qobiq: Opadry AMB White (polivinil spirti, titan dioksidi, talk, lesitin, ksantan kamedi). Ta‘rifi: oq rangli, oval shaklli, ikki taraflama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: Neyroleptiklar. ATX kodi: N05AH03   Farmakologik xususiyatlari Qator reseptor tizimlariga keng farmakologik ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan antipsixotik (neyroleptik) preparat. In vitro va in vivo sharoitlarda olanzapin dopamin D2 reseptorlariga qaraganda, serotonin 5-NT2 reseptorlariga nisbatan yanada yaqqolroq yaqinlikka va faollikka ega. Elektrofiziologik tadqiqotlarning ma‘lumotlariga ko‘ra olanzapin mezolimbik (A10) dopaminergik neyronlarning qo‘zg‘alishlarini selektiv susaytiradi va ayni paytda motor faoliyatni boshqarishda ishtirok etuvchi striar (A9) nerv yo‘llariga biroz ta‘sir ko‘rsatadi. Olanzapin katalepsiya (motor faoliyatiga bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirni aks ettiruvchi buzilish) chaqiruvchi dozalarga nisbatan kichikroq dozalarda shartli himoya refleksini (antipsixotik faollikni ifodalovchi test) pasaytiradi va “anksiolitik” testni o‘tkazishda xavotirlikka qarshi samarani kuchaytiradi. Olanzapin ham produktiv (shu jumladan alahsirash, gallyusinasiyalar), ham negativ buzilishlarni statistik ishonchli reduksiyasini ta‘minlaydi.   Farmakokinetikasi Ichga qabul qilinganidan keyin olanzapin me‘da-ichak yo‘llari (MIY) dan yaxshi so‘riladi. Plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 5-8 soatdan keyin erishiladi. Olanzapinni so‘rilishi ovqatni qabul qilishga bog‘liq emas. 1 mg dan 20 mg gacha bo‘lgan turli dozalar diapazonidagi tadqiqotlarda, olanzapinning plazmada konsentrasiyasini to‘g‘ri  proporsional va dozaga proporsional o‘zgarishi ko‘rsatilgan. Plazmadagi 7 dan 1000 ng/ml gacha bo‘lgan konsentrasiyalarda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi (asosan albumin va nordon α1-glikoprotein bilan bog‘lanadi) taxminan 93% ni tashkil qiladi. Jigarda kon‘yugasiya va oksidlanish jarayonlari natijasida metabolizmga uchraydi. 10-N glyukuronid asosiy aylanib yuruvchi metaboliti bo‘lib, u nazariy jihatdan gematoensefalik to‘siq (GET) orqali o‘tmaydi. CYP1A2 va CYP2D6 izofermentlar olanzapinning N-dezmetil va 2-gidroksimetil metabolitlarini hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Ikkala metaboliti xayvonlardagi eksperimental tadqiqotlarda olanzapinga qaraganda ancha kamroq  ifodalangan in vivo farmakologik faollikka ega. Preparatning asosiy farmakologik faolligi, GEB dan o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘zgarmagan modda – olanzapin bilan bog‘liq. CYP2D6 izofermentining faolligi olanzapinning metabolizmini darajasiga ta‘sir qilmaydi. Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘rtacha yarim chiqarilish davri (T1/2) preparatning o‘rtacha dozasi ichga qabul qilingandan keyin 33 soatni (5-95% uchun 21-54 soat), olanzapinning plazmadagi o‘rtacha klirensi esa – soatiga 26 l (5-95% uchun soatiga 12-47 l) ni tashkil qiladi. Radioizotoplar bilan nishonlangan olanzapinning taxminan 57%  siydik bilan va 30% axlat bilan, asosan nofaol metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar Olanzapin ko‘rsatilgan: shizofreniya buzilishlarida (zo‘rayishlarni davolash, samarani bir maromda tutib turuvchi va uzoq muddatli qaytalanishga qarshi davolash uchun); shizofreniyaning kaytalanishini oldini olishida; yaqqol produktiv ruxiy buzilishlarining (shu jumladan, alahlash, gallyusinasiyalar,avtomatizmlar,fikrlashning buzilishi,urishqoqlik,gumonsirash) va/yoki negativ (to‘mtoqlashgan affekt, emosional va sosial -yopiqlilik,sosial faollikning pasayishi, nutqni kamayishi) belgilari bo‘lgan, shuningdek yondosh affektiv buzilishlarining kaytalanishini oldini olishida; affektiv buzilishlarida; depressiv-alahlik sindromida; bipolyar affektiv buzilishlarida (monoterapiya ko‘rinishida yoki litiy yoki valproat bilan majmuada psixotik ko‘rinishlar bilan/ko‘rinishlarsiz va fazalarni tez o‘zgarishi bilan/o‘zgarishisiz bo‘lgan bipolyar affektiv buzilishlarda o‘tkir maniakal yoki aralash epizodlarni davolash uchun); maniakal bosqichni davolashda olanzapin samarali bo‘lganida,  bipolyar buzilishlar mavjud   pasientlarda zo‘rayishlarni oldini olish uchun; bipolyar buzilishlar bilan bog‘liq depressiv holatlarni davolash (fluoksetin bilan majmuada) da qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Preparatni ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin, chunki ovqat preparatni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Sutkalik dozani bemorning klinik holatiga qarab, shaxsiy ravishda tanlash kerak. Shizofreniyani va o‘xshash ruhiy buzilishlarni davolash uchun olanzapinning tavsiya qilinadigan boshlang‘ich dozasi sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi. Olanzapinning terapevtik dozasi sutkada 5 mg dan 20 mg gacha bo‘lgan diapazonda o‘zgarib  turadi. Dozani standart sutkalik 10 mg dan yuqori dozagacha oshirishni faqat pasientni muvofiq klinik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin tavsiya qilinadi. Bipolyar buzilishdagi o‘tkir maniyani davolash uchun olanzapinni monodavolash sifatida tavsiya qilinadigan boshlang‘ich dozasi sutkada 15 mg dan bir martani tashkil qiladi yoki litiy yoki valproat bilan majmuada 10 mg sutkada bir marta. Dozani 15 mg standart sutkalik dozadan oshirishni faqat pasientni muvofiq klinik tekshiruvidan o‘tkazilgandan keyin  tavsiya etiladi. Dozani asta-sekin kamida 24 soatlik oraliq bilan oshirish kerak. Bipolyar buzilishlarda samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash: o‘tkir maniyani davolash uchun olanzapinni qabul qilayotgan pasientlarda saqlab turuvchi  davolashni xuddi shu dozada davom ettirish kerak. Remissiya holatidagi pasientlarda olanzapinning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi 10 mg ni sutkada bir marta tashkil qiladi. Keyinchalik sutkalik dozani pasientning klinik holatiga qarab shaxsiy, taxminan sutkada 5 mg dan 20 mg gacha bo‘lgan chegaralarda tanlash kerak. Olanzapinni fluoksetin bilan majmuada sutkada 1 marta ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar buyurish kerak. Odatda, boshlang‘ich doza 5 mg olanzapin va 20 mg fluoksetinni tashkil qiladi. Zarurat bo‘lganida ham olanzapinning, ham fluoksetinning dozalarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi. Keksa yoshdagi pasientlar yoki boshqa klinik xavf omillari bo‘lgan pasientlar uchun, buyrak yetishmovchiligining og‘ir darajasi yoki og‘irligi o‘rtacha darajali jigar yetishmovchiligi qo‘shib, olanzapinning boshlang‘ich dozasini sutkada 5 mg gacha kamaytirish tavsiya etiladi. Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni davolashda olanzapinni o‘rganish ma‘lumotlari cheklangan. Nojo‘ya ta‘sirlari JSST ma‘lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta‘sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); noma‘lum – mavjud ma‘lumotlarga ko‘ra uchrash soni aniqlashni imkoniyati yo‘q. Qon yaratish va limfatik tizimi tomonidan: tez-tez – eozinofiliya; kam – leykopeniya, neytropeniya; noma‘lum – trombositopeniya. Immun tizimi tomonidan: noma‘lum – allergik reaksiyalar. Oziqlanish va moddalar almashinuvi tizimi tomonidan: juda tez-tez – tana vaznining oshishi; tez-tez – xolesterin, glyukoza, trigliseridlar miqdorining oshishi, ishtahaning oshishi; noma‘lum – qandli diabetning rivojlanishi  yoki qo‘zg‘alishi ba‘zi hollarda ketoasidoz  yoki koma holatlari bilan qo‘shilib keladi, jumladan o‘lim holatlari ham kuzatilishi mumkin, gipotermiya. Asab tizimi tomonidan: juda tez-tez – uyquchanlik; tez-tez – bosh aylanishi, akatiziya, parkinsonizm, diskineziya; noma‘lum – soqchilik, xavfli neyroleptik sindrom, distoniya, kechki diskineziya, bekor qilish sindromi. Yurak-qon tomirlari tomonidan: tez-tez – ortostatik  gipotenziya; kam – bradikardiya, QT intervalining uzayishi; noma‘lum – qorincha ekstrasistoliya/fibrillyasiya, tromboemboliyalar (shu jumladan o‘pka emboliyasi va chuqur tomirlar emboliyasi), to‘satdan o‘lim holatlari. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – o‘tkinchi antixolinergik ta‘siri, shu jumladan og‘iz qurishi, qabziyat; noma‘lum – pankreatit. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: tez-tez – o‘tib ketuvchi, simptomsiz jigar transaminazalarining (ALT, AST) oshishi, ayniqsa davolashning boshlang‘ich davrida; noma‘lum – gepatit (shu jumladan gepatosellyulyar xolestatik gepatit). Teri va teri osti tuqimalari tomonidan: tez-tez – makulopapullyoz toshma; kam – fotosensibilizasiya, alopesiya. Tayanch-harakat  tizimi tomonidan: noma‘lum – rabdomioliz. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan:   kam – siydikni tuta olmaslik; noma‘lum – dizuriya. Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan: noma‘lum – priapizm. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidan buzilishlar: tez-tez – asteniya, charchash, periferik shishlar. Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan: juda tez-tez – qon plazmasida prolaktin miqdorini oshirish; kamdan-kam –kreatinfosfokinazaning ortishi, umumiy bilirubin miqdorini oshirishi; juda kam – ishqoriy fosfataza miqdorini oshirishi. Bemorlarning xos guruhlarida noxush ta‘sirlari. Demensiya bilan bog‘liq psixozli bemorlarda juda tez-tez  (≥10%) yurish va turishda o‘zgarish kuzatiladi. Keksa yoshdagi demensiya bilan bog‘liq psixozlarda, tez-tez (< 10% i ≥1%) siydik tuta olmaslik va pnevmoniya kuzatiladi. Indusirlangan preparatlar (dopamin agonosti) qabul qiladigan Parkinson kasalligida, juda tez-tez  (≥ 10%) va ko‘p hollarda gallyusinasiya, parkinsonizm simptomlarini kuchayishi kuzatilgan, plasebo guruhdagilarga qaraganda. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; jigar funksiyasining buzilishi; epilepsiya; mielosupressiya; mieloproliferativ kasalliklar; prostata bezining gipertrofiyasi; ichakning paralitik tutilishi; yosh va o‘smir yoshdagilar (18 yoshgacha); MAS ning ifodali so‘nishi, koma; homiladorlik va laktasiya davri. Ehtiyotkorlik bilan: Parkinson kasalligida,qandli  diabetda, QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar bilan birgalikda,buyrak yetishmovchiligida,yopiqburchakli glaukomada, anamnezida tutqanoq hurujlar, gipereozinofil sindrom Homiladorlik va emizish davri A tasnifi bo‘yicha homilaga ta‘siri –  S toifa. Olanzapinni homiladorlikda qo‘llash yuzasidan klinik tajriba yetarli emas, shuning uchun preparatni faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Spontan xisobotlar juda kam hollarda qabul qilingan va ular 3 trimestrda olanzapin foydalangan onalar uchun tugilgan chaqaloqlarda tremor, gipertoniya, letargiya va uyquchanlik xaqida suhbatlashdi. Laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi. Dorilarning o‘zaro ta‘siri CYP1A2 ga nisbatan spesifik faollik ko‘rsatuvchi sitoxrom R450 tizimi izofermentlarining induktorlari va ingibitorlari ta‘siri ostida olanzapinning metabolizmi o‘zgarishi mumkin. Karbamazepin qabul qilayotgan bemorlarda va chekuvchi pasientlarda olanzapinning klirensi oshadi (CYP1A2 faolligini oshishi tufayli). CYP1A2 ning ma‘lum bo‘lgan potensial ingibitorlar olanzipinning klirensini pasaytirishi mumkin. Olanzapin CYP1A2 faolligining potensial ingibitori emas, shuning uchun olanzapin qabul qilganda teofillin kabi, asosan CYP1A2 ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori vositalarining farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. Klinik tadqiqotlarda, quyidagi preparatlar bilan davolash fonida olanzapinning bir martalik dozasi yuborish ko‘rsatilgan dori vositalarining metabolizmi susayishi bilan birga kechmasligi ko‘rsatilgan: imipramin yoki uning metaboliti dezipramin (CYP2D6, CYP3A, CYP1A2) varfarin (CYP2S19), teofillin (CYP1A2) yoki diazepam (CYP3A4, CYP2S19) bilan. Shuningdek olanzapin litiy yoki biperidin bilan birga ishlatilganda dorilar bilan o‘zaro ta‘sirining belgilari aniqlanmagan. Olanzapinning turg‘un konsentrasiyasi fonida etanolning farmakokinetikasining o‘zgarishi aniqlanmagan. Biroq etanolni olanzapin bilan birga qabul qilish olanzapinning farmakologik samarasini kuchayishi bilan birga kechishi mumkin, masalan, sedativ ta‘siri. Alyuminiy yoki magniy saqlovchi antasidning yoki simetidinning bir martalik dozalari ichga qabul qilinganida olanzapinnng biokirishaolishligini o‘zgartirmagan. Faollashtirilgan ko‘mirni birga buyurish ichga qabul qilinganda olanzapinning biokirishaolishligi 50-60% gacha kamaytirgan. Fluoksetin (bir marta 60 mg yoki har kuni 60 mg dan 8 kun davomida) olanzapinning Smax ni o‘rtacha 16% ga oshishini va klirensini o‘rtacha 16% ga pasayishini chaqiradi. Fluvoksamin, CYP1A2 ingibitori, olanzapinning klirensini pasaytiradi. Olanzapinning “konsentrasiya vaqt” (AUC) egri chizig‘i osti maydonining o‘rtacha oshishi muvofiq. 52% va 108%. Fluvoksamin bilan birga davolanuvchi bemorlarga olanzapinning kichik dozalarini buyurish kerak.   Mahsus ko‘rsatmalar Xavfli neyroleptik sindrom (XNS) (potensial fatal simptomokompleksi) har qanday neyroleptiklar bilan davolanganda rivojlanishi mumkin, olanzapinni ham qo‘shib, biroq, hozirgi vaqtda, ushbu holatning rivojlanishni olanzapinni qabul qilish bilan ishonchli bog‘liqligini tasdiqlovchi ma‘lumotlar yo‘q. XNS ning klinik ko‘rinishlari tana haroratining ahamiyatli oshishi, mushaklarning qattiqligi, ruhiy holatning o‘zgarishi va vegetativ buzilishlar (puls va AQB nostabilligi, taxikardiya, yurak aritmiyalar, kuchli terlash)ni o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha belgilari KFK darajasini oshishi, mioglobinuriyani (rabdomioliz) va o‘tkir buyrak yetishmovchiligini o‘z ichiga olishi mumkin. Xavfli neyroleptik sindromining klinik ko‘rinishlari yoki XNS ning boshqa belgilarisiz tana haroratining ahamiyatli oshishi barcha neyroleptiklarni bekor qilishni olanzapinni ham qo‘shib talab qiladi Qiyosiy tekshirishlarda olanzapin bilan davolash tipik va atipik bo‘lmagan antipsixotiklarning qo‘llashga qaraganda dori bilan to‘g‘irlashni talab qiluvchi diskineziyani kamroq rivojlanishi bilan birga kechgan. Lekin neyroleptiklar bilan uzoq muddatli davolashda kechki diskineziyaning xavfini xisobga olish kerak. Kechki diskineziya belgilari rivojlanganida neytroleptikning dozasini to‘g‘irlash tavsiya qilinadi. Shuningdek olanzapinga o‘tkazishda kechki diskineziya belgilar oldingi davolashni bir vaqtda bekor qilish oqibatida rivojlanishi mumkinligini xisobga olish kerak. Demensiya bilan bog‘liq psixozi bor keksa yoshdagi pasientlarda olanzapinning samarasi aniqlanmagan. Ushbu guruh pasientlarida plasebo nazoratli klinik sinovlarda, plasebo guruhiga qaraganda olanzapin guruhida o‘lim hollarining tez-tezligi yuqori bo‘lgan (3,5% ga qarshi muvofiq 1,5%). Bu guruh pasientlarni olanzapin bilan davolashda yuqoriroq o‘limga moyil bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillar ya‘ni  >80 yoshni, sedasiyani, benzodiazepin bilan birga qo‘llashni yoki o‘pka patologiyasining mavjudligini (masalan, aspirasiya bilan yoki aspirasiyasiz bo‘lgan pnevmoniya) o‘z ichiga oladi. Ba‘zi hollarda olanzapinni qabul qilish odatda davolashni erta bosqichlarida qon zardobida jigar transaminazalar (AST va ALT)darajalarini tranzitor, simptomatik oshishi bilan kechgan. Gepatitning kam hollari aniqlangan. Jigar yetishmovchiligi, jigarning cheklangan funksional zaxirasi bo‘lgan yoki potensial gepatotoksik preparatlar bilan davolanayotgan pasientlarda qon zardobida AST va/yoki ALT darajalari oshganida alohida ehtiyotkorlik kerak. Olanzapin bilan davolanish vaqtida AST va/yoki ALT darajalarini oshishi hollarida pasientlarni sinchiklab kuzatib borish va zarurat bo‘lganida dozani kamaytirish kerak. Shizofreniyali pasientlarda qandli diabetni yuqoriroq tarqalishi aniqlanadi. Ayrim boshqa antipsixotik preparatlarini qabul qilish kabi  giperglikemiya, qandli diabet hollari, ilgari mavjud bo‘lgan diabetni zo‘rayishi, ketoasidoz va diabetik koma holatlari juda kam hollarda  aniqlangan. Antipsixotik preparatlar va bu holatlar orasida o‘zaro bog‘liqlik aloqa aniqlanmagan. Qandli diabetli pasientlarda va qandli diabetni rivojlanish xavf omillari bo‘lgan bemorlarda, sinchkovlik bilan klinik monitoring o‘tkazish tavsiya qilinadi. Anamnezida tutqanoq xurujlari bo‘lgan yoki tirishishga tayyor bo‘sag‘asini pasaytiruvchi omillarni ta‘siriga duchor bo‘lgan bemorlarda olanzapinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Demensiya bilan bog‘liq psixozi bo‘lgan keksalarda olanzapinni qo‘llash yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda, o‘lim bilan yakunlangan serebrovaskulyar nojo‘ya reaksiyalar (masalan, insult, tranzitor ishemik xuruj) aniqlangan. Serebrovaskulyar buzilishlari bo‘lgan barcha pasientlarda serebrovaskulyar nojo‘ya reaksiyalar (masalan, ilgari aniqlangan serebrovaskulyar reaksiyalar yoki tranzitor ishemik xurujlar, arterial gipertenziya, chekish), rivojlanishini ilgarigi xavf omillari, shuningdek yondosh kasalliklar va/yoki vaqt bilan preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq serebrovaskulyar noxush reaksiyalar bo‘lgan. Olanzapin demensiya bilan bog‘liq psixozli bemorlarni davolash uchun ko‘rsatilmagan. Boshqa neyroleptiklarni qo‘llanganda bo‘lgani kabi, quyidagi gurux pasientlarni olanzapin bilan davolashda ehtiyotkorlik namoyon etish kerak: turli sabablarga ko‘ra periferik qondagi leykositlar va/yoki neytrofillar soni kamaygan pasientlarda; anamnezida dori vositalarining ta‘siri ostida suyak ko‘migi faoliyatini susayishi/ toksik buzilishlari bo‘lgan pasientlarda; anamnezida yondosh kasalliklar, radioterapiya va/yoki kimyoterapiya bilan bog‘liq bo‘lgan suyak ko‘migi faoliyatini susayishi bo‘lgan pasientlarda; gipereozionofiliya yoki mieloproliferativ kasalligi bo‘lgan pasientlar; Klinik tadqiqotlarida olanzapinni anamnezida klozapinga qaram neytropeniyali yoki agranulositozli bemorlarda qo‘llash, ko‘rsatilgan buzilishlarning qaytalashlari bilan birga kechmagan. Klinik tadqiqotlarni o‘tkazishda olanzapin bilan davolash kamdan-kam hollarda antixolinergik nojo‘ya samaralar bilan kechgan. Ammo yondosh kasalligi bo‘lgan bemorlarda olanzapinni qo‘llash yuzasidan klinik tajriba cheklangan, shuning uchun prostata bezining klinik ahamiyatli gipertrofiyasi, ichakning paralitik tutilishi, yopiq burchakli glaukomasi va o‘xshash holatlari bo‘lgan pasientlarga olanzapinni buyurishda ehtiyotkorlik bilan tavsiya qilinadi. Olanzapinning asosiy ta‘siri MNS ekanligini hisobga olib, uni markaziy ta‘sirga ega dorilar shuningdek  alkogol bilan birga qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Olanzapin uyquchanlikni chaqirishi mumkin, shuning uchun yuqori diqqatni va psixomator reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: juda tez-tez (≥10%) – taxikardiya, qo‘zg‘aluvchanlik/agressivlik, artikulyasiyaning buzilishi, turli ekstrapiramidli buzilishlar va turli og‘irlik darajasidagi ongni buzilishlari (sedativ samaradan komagacha). Boshqa klinik ahamiyatli belgilari – tirishishlar, xavfli neyroleptik sindrom, nafasni buzilishlari, aspirasiya, arterial gipertenziya yoki gipotenziya, yurak aritmiyalari (dozani oshirib yuborilishining <2% hollarida), yurak va nafasni to‘xtashi. Doza oshirib yuborilganida o‘lim holati 450 mg minimal dozani tashkil qilgan, ijobiy yakun (yashab qolish)topgan  doza oshirib yuborilgandagi maksimal doza -1,5 g. Davolash: olanzapin uchun spesifik antidot mavjud emas. Qusishni chaqirish tavsiya etilmaydi. Doza oshirib yuborilganida standart muolajalar (me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish) qo‘llanilishi mumkin. Faollashtirilgan ko‘mirni birga buyurish olanzapin ichga qo‘llanganida biokiraolishligini 50-60% ga kamaytirishini ko‘rsatgan. Simptomatik terapiyani, klinik holat va hayotiy zarur a‘zolar faoliyatini nazorati, shu jumladan arterial gipotenziya, qon aylanishni buzilishlarini davolashni va nafas faoliyatini tutib turishni o‘tkazish ko‘rsatilgan. β-adrenoreseptorlarning agonisti bo‘lgan epinefrin, dopamin va boshqa simpatomimetiklarni qo‘llash mumkin emas, chunki bu reseptorlarning stimulyasiyasi arterial gipotenziyani chuqurlashtirishi mumkin.   Chiqarilish shakli «Olfreks 5», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg dan №14, №28. «Olfreks 10», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg dan №14, №28.   Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?