KRESTAT tabletkalari 20mg N10

Обновлено: 21.07.2022

KRESTAT tabletkalari 20mg N10
  • Категория:

    Yurak-qon tomir vositalari

  • Страна производитель:

    Pokiston

  • Активное вещество:

    Rozuvastatin

  • Производитель:

    CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd

  • Количество в упаковке:

    10

  • Код ATX:

    C10AA07

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция KRESTAT tabletkalari 20mg N10

  • Qadoqda soni

    10

  • Umumiy ma'lumot

    KRESTAT tabletkalari 20mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA KRESTAT CRESTAT   Preparatning savdo nomi: Krestat Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rozuvastatin kalsiy Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tarkibi: 1 plyonka qobiq bilan qoplangan 10 mg li tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 mg rozuvastatinga ekvivalent bo‘lgan 10,83 mg rozuvastatin kalsiy. 1 plyonka qobiq bilan qoplangan 20 mg li tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 20 mg rozuvastatinga ekvivalent bo‘lgan 21,66 mg rozuvastatin kalsiy; yordamchi moddalar: magniya stearati, Aerosil-200, Avicel – pH 102, natriy kroskarmeloza, laktoza DC, Opadry OY-C-7000 A (White), Brilliant Blue Lake bo‘yovchi, Eudragit E 100, polietilenglikol 6000. Ta‘rifi: Plyonka qobiq bilan qoplangan 10 mg li tabletkalar: oval, ikki tomonlama qavariq, och moviy rangli tabletkalar. Plyonka qobiq bilan qoplangan 20 mg li tabletkalar: oval, ikki tomonlama qavariq, oq rangli tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: GMG-KoA reduktaza ingibitori. ATX kodi: S10A A07. Farmakologik xususiyatlari Krestat – statinlar guruhiga mansub gipolipidemik vosita, GMG-KoA reduktaza ingibitoridir. Raqobatli antagonizm prinsipi bo‘yicha statin molekulasi koenzim A reseptorining bu ferment bog‘lanadigan joyi bilan bog‘lanadi. Statin molekulasining boshqa qismi gidroksimetilglutaratni xolesterin molekulasi sintezida oraliq mahsulot hisoblangan mevalonatga aylanishi jarayonini ingibisiya qiladi. GMG-KoA reduktaza faolligini ingibisiya qilinishi ketma-ket reaksiyalarga olib keladi, buning natijasida xujayra ichida xolesterin miqdori kamayadi va PZLP-reseptorlari faolligi kompensator oshadi va muvofiq ravishda PZLP xolesterini (Xs) katabolizmi tezlashadi. Statinlarning gipolipidemik samarasi Xs-PZLP hisobiga umumiy Xs darajasini kamayishi bilan bog‘liq. PZLP darajasini kamayishi dozaga bog‘liq va proporsional emas, balki eksponensial xarakterga ega. Gipolipidemik ta‘sirdan tashqari statinlar endoteliy disfunksiyasida (erta aterosklerozning klinika oldi belgisi) qon tomir devoriga, ateromaning holatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, antioksidant, antiproliferativ xususiyatlarga ega. Terapevtik samara davolash boshlanganidan keyin 1 hafta davomida namoyon bo‘ladi va 2 hafta davolagandan keyin odatda 4 haftada erishiladigan maksimal samaraning 90% ni tashkil qiladi va bunday keyin doimiy bo‘lib qoladi. Farmakokinetikasi Ichga qabul qilingandan keyin rozuvastatinning qon plazmasidagi Smax ga taxminan 5 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi – taxminan 20%. Rozuvastatin jigarda to‘planadi. Vd – taxminan 134 l. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi (asosan albuminlar bilan) taxminan 90% ni tashkil etadi. Sitoxrom R450 izofermentlar tizimi uchun maxsus bo‘lmagan substrat bo‘lib past darajada (taxminan 10%) biotransformasiyaga uchraydi. Rozuvastatinning metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy izoferment bo‘lib CYP2C9 hisoblanadi. CYP2C19, CYP3A4 va CYP2D6 izofermentlari metabolizmga kam darajada jalb qilingan. Rozuvastatinning asosiy aniqlangan metabolitlari bo‘lib, N-dismetil va lakton metabolitlari hisoblanadi. N-dismetil rozuvastatinga nisbatan taxminan 50% kamroq faol, lakton metabolitlari farmakologik faol emas. Rozuvastatin dozasining taxminan 90% o‘zgarmagan shaklda ahlat bilan chiqariladi. Qolgan qismi siydik bilan chiqariladi. Plazmadan T1/2 – taxminan 19 soat. Doza oshirilganda T1/2 o‘zgarmaydi. Plazmadagi klirensining o‘rtacha ko‘rsatkichlari taxminan soatiga 50 l (variasiya koeffisenti 21,7%) ni tashkil etadi. Yaqqol buyrak yetishmovchiligi (KK<30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasi 3 marta yuqori, N-dismetilning konsentrasiyasi esa 9 marta yuqori. Sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan gemodializda bo‘lgan pasientlarda rovuvastatinning qon plazmasidagi konsentrasiyasi taxminan 50% ga yuqori. Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha darajasi 8 va 9 ni tashkil etgan jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda T1/2 ni kamida 2 marta oshishi aniqlangan. Qo‘llanilishi Fredrikson bo‘yicha birlamchi xolesterinemiya (IIa tip, shu jumladan geterozigot giperxolesterinemiya) yoki aralash giperxolesterinemiyada (IIb tip) parhez va davolashning medikamentoz bo‘lmagan usullari (masalan, jismoniy yuklama, tana vaznini kamayishi) yetarli bo‘lmaganda parhezga qo‘shimcha sifatida; parhezga yoki lipidlarni kamaytiruvchi (PZLP-aferez) davolashga qo‘shimcha sifatida oilaviy gomozigot giperxolesterinemiya yoki bunday davolash yetarli samara bermaganida; parhezga qo‘shimcha sifatida gipertrigliseridemiya (Fredrikson bo‘yicha IV tip); umumiy Xs va Xs-PZLP konsentrasiyasini uchun davolash ko‘rsatilgan pasientlarda parhezga qo‘shimcha sifatida aterosklerozni avj olishini sekinlashtirish uchun; YUIKning klinik belgilarisiz, lekin uni rivojlanishini yuqori xavfi (erkaklar uchun 50 yosh va ayollarda 60 yoshdan oshganlar, S-reaktiv oqsil konsentrasiyasini oshishi (≥2 mg/l) arterial gipertenziya, Xs-PZLP konsentrasiyasini pastligi, chekish, oilaviy anamnezida YUIK ni erta boshlanishi kabi qo‘shimcha xavf omillaridan kamida bittasini mavjudligi) bo‘lgan katta pasientlarda yurak-qon tomirlarning asosiy asoratlarini (insult, infarkt, arterial revaskulyarizasiya) birlamchi profilaktikasi. Qo‘llash usuli va dozalari Tabletkani chaynamasdan va maydalamasdan, butunligicha, suv bilan ichga qabul qilinadi. Preparatni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar kunning istalgan vaqtida buyurish mumkin. Krestat preparati bilan davolashni boshlashdan oldin pasient standart gipoxolesterinemik parhezga rioya qilishni boshlashi va davolash vaqtida unga rioya qilishni davom ettirishi lozim. Preparatning dozasini lipidlarning kutilgan konsentrasiyalari bo‘yicha tegishli tavsiyalarni inobatga olgan xolda davolashning maqsadi va davolashga terapevtik javobga qarab shaxsiy ravishda tanlash kerak. Preparatni qabul qilishni boshlayotgan pasientlar yoki boshqa GMG-KoA reduktaza ingibitorlarini qabul qilishdan o‘tkazilgan pasientlar uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi sutkada 1 marta Krestat preparatining 5 mg yoki 10 mg ni tashkil etishi kerak. Boshlang‘ich dozani tanlashda xolesterinning shaxsiy konsentrasiyasiga asoslanish va yurak-qon tomir tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar xavfini e‘tiborga olish, shuningdek potensial nojo‘ya samaralar rivojlanishi xavfini baholash kerak. Zarurati bo‘lganida dozani 4 xaftadan keyin yuqoriroq dozagacha oshirish mumkin. Avval shifokorga murojaat etmagan pasientlarga preparatni 40 mg dan yuqori dozalarda buyurish tavsiya etilmaydi. 2-4 xafta davolagandan keyin va/yoki Krestat preparatining dozasini oshirganda lipid almashinuvining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish lozim (zarurati bo‘lsa dozaga tuzatish kiritish talab etiladi). Keksa yoshdagi pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (KK minutiga 30 ml dan kam) Krestat preparatini qo‘llash mumkin emas. Buyrak faoliyatini o‘rtacha buzilishi (KK minutiga 30-60 ml) bo‘lgan pasientlarda preparatni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas. Buyrak faoliyatini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatning 5 mg boshlang‘ich dozasi tavsiya etiladi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar: Krestatni faol fazadagi jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Nojo‘ya ta‘sirlari Krestat preparatini qabul qilganda kuzatiladigan nojo‘ya samaralar odatda kuchsiz namoyon bo‘ladi va o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Boshqa GMG-KoA reduktaza ingibitorlarini qo‘llagandagi kabi nojo‘ya samaralarning paydo bo‘lish tez-tezligi asosan dozaga bog‘liq xarakterga ega. Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish. Endokrin tizimi tomonidan: tez-tez – 2 tip qandli diabet. Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi. Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qabziyat, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq; kam xollarda – pankreatit. Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas – teri qichishishi, toshma, eshakemi. Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez mialgiya; kam hollarda – miopatiya (shu jumladan miozit), rabdomioliz. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: Krestat qabul qilayotgan pasientlarda proteinuriya aniqlanishi mumkin. Siydikda oqsil miqdorini o‘zgarishi (yo‘qligidan yoki juda kam miqdordan ++ yoki undan ko‘proqqacha) preparatni 10-20 mg dozada qabul qilayotgan 1% dan kamroq pasientlarda, preparatni 40 mg dozada qabul qilayotgan taxminan 3% pasientlarda kuzatilgan. Siydik oqsil miqdorini biroz o‘zgarishi 20 mg dozada qabul qilinganda kuzatilgan. Ko‘pchilik holatlarda proteinuriya davolash jarayonida kamayadi yoki yo‘q bo‘ladi va buyrakni o‘tkir kasalligini paydo bo‘lishi yoki mavjud bo‘lganini avj olishini bildirmaydi. Suyak-mushak tizimi tomonidan: Krestat preparati barcha dozalarda, ayniqsa 20 mg dan yuqori dozalarda qo‘llanilganida – mialgiya, miopatiya (shu jumladan miozit); kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan yoki usiz rabdomioliz. KFK darajasini dozaga bog‘liq ravishda oshishi rozuvastatin qabul qilayotgan kam sonli pasientlarda kuzatiladi. Ko‘pchilik xollarda u ahamiyatsiz, simptomsiz va vaqtincha bo‘lgan. KFK faolligi oshganda (NYUCHdan 5 martadan yuqori) davolashni to‘xtatish lozim. Jigar tomonidan: kam sonli pasientlarda jigar transaminazalari faolligini dozaga bog‘liq oshishi. Ko‘pchilik hollarda u ahamiyatsiz, simptomsiz va vaqtincha bo‘lgan. Laborator ko‘rsatkichlar: glyukoza, bilirubin konsentrasiyasini, GGT, ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishili. Boshqalar: tez-tez – astenik sindrom. Qo‘llash mumkin bo‘mlagan holatlar 5 mg, 10 mg va 20 mg sutkalik dozada Krestat preparati uchun: rozuvastatin yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbsiya (preparat laktoza saqlaydi); bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar; faol fazadagi jigar kasalligi, shu jumladan zardobda transaminazalar faolligini turg‘un oshishi va qon zardobida transaminazalar faolligini har qanday oshishi (normaning yuqori chegarasidan 3 martadan yuqori); buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi (KK minutiga 30 ml dan kam); miopatiya; siklosporinni bir vaqtda qabul qilish; ayollarda: homiladorlik, laktasiya davri, kontrasepsiyaning adekvat usullarini yo‘qligi; miotoksik asoratlar rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. 40 mg dozada Krestat preparati uchun: rozuvastatin yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbsiya (preparat laktoza saqlaydi); bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar; ayollarda: homiladorlik, laktasiya davri, kontrasepsiyaning adekvat usullarini yo‘qligi; faol fazadagi jigar kasalligi, shu jumladan zardobda transaminazalar faolligini turg‘un oshishi va qon zardobida transaminazalar faolligini har qanday oshishi (normaning yuqori chegarasidan 3 martadan yuqori); miopatiya/rabdomioliz rivojlanishi xavfi omillari bo‘lgan pasientlar, aynan: o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 60 ml dan kam), gipotireoz, mushak kasalliklarining shaxsiy yoki oilaviy anamnezi, anamnezda boshqa GMG-KoA reduktaza ingibitorlari yoki fibratlarni qabul qilish fonida miotoksiklik; alkogolni suiste‘mol qilish; plazmada rozuvastatinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar; fibratlarni bir vaqtda qabul qilish; mongoloid irqiga mansub pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan 5 mg, 10 mg va 20 mg sutkalik dozada Liverkor preparati uchun: miopatiya/rabdomioliz rivojlanishi xavfini mavjudligi – buyrak yetishmovchiligi, gipotireoz, nasliy mushak kasalliklarining shaxsiy yoki oilaviy anamnezi va anamnezida boshqa GMG-KoA reduktaza ingibitorlarini yoki fibratlarni qo‘llaganda mushak toksikligi; alkogolni suiiste‘mol qilish; 65 yoshdan oshganlar; rozuvastatinning plazmadagi plazmadagi konsentrasiyasini oshishi kuzatilgan holatlar; irqiy mansublik (mongoloid irqi); fibratlar bilan bir vaqtda buyurish; anamnezida jigar kasalliklari; sepsis; arterial gipotenziya; katta jarroxlik aralashuvlari, jarohatlar; og‘ir metabolik, endokrin yoki elektrolit buzilishlari; nazorat qilib bo‘lmaydigan tirishish xurujlari. 40 mg sutkalik dozadagi Krestat preparati uchun: yengil darajali buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 60 ml dan yuqori); 65 yoshdan oshganlar; anamnezida jigar kasalliklari; sepsis; arterial gipotenziya; katta jarroxlik operasiyalari, jarohatlar; og‘ir metabolik, endokrin yoki elektrolitlar buzilishlari; nazorat qilib bo‘lmaydigan tirishish xurujlari. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Siklosporin: rozuvastatin va siklosporinni bir vaqtda qo‘llaganda rozuvastatinning AUC sog‘lom odamlarda aniqlangan ko‘rsatkichdan o‘rtacha 7 marta yuqori bo‘lgan. Birga qo‘llash rozuvastatinning konsentrasiyasini plazmada, qonda 11 marta oshishiga olib keladi. Siklosporinning plazmadagi konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi. Bilvosita antikoagulyantlar: antikoagulyantlarni (masalan, varfarin) bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda rozuvastatin bilan davolashni bolash yoki preparatning dozasini oshirish protrombin vaqtini (XMM) uzayishiga olib kelishi mumkin. Bunday xollarda XMM ni nazorat qilish tavsiya etiladi. OITV proteaza ingibitorlari: o‘zaro ta‘sirning aniq mexanizmi noma‘lumligiga qaramay, OITV proteaza ingibitorlarini birga qo‘llash rozuvastatinning ekspozisiyasini sezilarli oshishiga olib kelishi mumkin. Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda 20 mg rozuvastatinni OITV proteaza ikkita ingibitorini (400 mg lopinavir/100 mg ritonavir) bir vaqtda qabul qilish rozuvastatinning AUC0-24 va Cmax ni muvofiq taxminan ikki marta va besh marta oshishiga olib kelgan. Shuning uchun OITV-infeksiyasi bo‘lgan pasientlarni davolashda rozuvastatin va OITV proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Antasidlar: rozuvastatin va alyuminiy va magniy gidroksidini saqlovchi antasidlar suspenziyasini bir vaqtda qo‘llash rozuvastatinning plazmadagi konsentrasiyasini taxminan 50% ga kamayishiga olib keladi. Agar antasidlar rozuvastatin qabul qilingandan 2 soatdan keyin qo‘llanilsa, ushbu samara kuchsizroq namoyon bo‘ladi. Bunday o‘zaro ta‘sirning klinik ahamiyati o‘rganilmagan. Eritromisin: rozuvastatin va eritromisinni bir vaqtda qo‘llash rozuvastatinning AUC0-24 20% va rozuvastatinning Cmax ni 30% ga kamayishiga olib keladi. Bunday o‘zaro ta‘sir eritromisinni qabul qilganda kuzatiladigan ichak motorikasini kuchayishi natijasi bo‘lishi mumkin. Peroral kontraseptivlar/o‘rinbosar gormonal davolash: rozuvastatin va peroral kontraseptivlarni bir vaqtda qo‘llash etinilestradiolning AUC va norgestrelning AUC ni muvofiq 26% va 34% ga oshiradi. Plazmadagi konsentrasiyasini bunday oshishini peroral kontraseptivlarning dozasini tanlashda hisobga olish kerak. Krestat preparatini va o‘rinbosar gormonal davolashni bir vaqtda qo‘llash bo‘yicha farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q, shunday qilib, bunday majmuani qo‘llaganda ham shunday samarani inkor etib bo‘lmaydi. Ammo bunday majmua klinik tadqiqotlar vaqtida keng qo‘llanilgan va pasientlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan. Boshqa dori vositalari: rozuvastatinni digoksin bilan klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta‘siri kutilmaydi. Maxsus ko‘rsatmalar Buyrakka ta‘siri Krestat preparatining yuqori dozalarini (asosan 40 mg) qabul qilgan pasientlarda ko‘pgina xollarda o‘tuvchan bo‘lgan kanalchalar proteinuriyasi kuzatilgan. Bunday proteinuriya buyrakning o‘tkir kasalligi yoki buyrak kasalligini avj olishidan dalolat bermagan. Preparatni 40 mg dozada qabul qilgan pasientlarda davolash vaqtida buyrak faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi. Tayanch-harakat apparati tomonidan Krestat preparatini barcha dozalarda, ayniqsa 20 mg dan yuqori dozalarda qo‘llanilganida tayanch-xarakat apparatiga quyidagi ta‘sirlar xaqida xabar berilgan: mialgiya, miopatiya, kam xollarda – rabdomioliz. Davolashdan oldin Krestat preparati buyurilganda, shuningdek boshqa GMG-KoA reduktaza ingibitorlari buyurilganda miopatiya/rabdomioliz xavf omillari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, xavf va davolashdan bo‘lishi mumkin bo‘lgan foyda nisbatini ko‘rib chiqish va klinik kuzatuvni amalga oshirish lozim. Krestat preparatini 40 mg dan yuqori dozada fibratlar bilan qabul qilish mumkin emas. Krestat preparati bilan davolash boshlanganidan 2-4 xaftadan keyin va/yoki dozasi oshirilganda lipid almashinuvining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish lozim (zarurati bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish talab etiladi). Davolashni boshlashdan oldin va davolash boshlanganidan 3 oydan keyin jigar faoliyati ko‘rsatkichlarini aniqlash tavsiya etiladi. Agar qon zardobida transaminazalarning faolligi NYUCH dan 3 marta yuqori bo‘lsa, Krestat preparatini qabul qilishni to‘xtatish yoki preparatning dozasini kamaytirish lozim. Gipotireoz yoki nefrotik sindrom oqibatidagi giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda asosiy kasalliklarni davolash Krestat preparati bilan davolashni boshlashdan oldin o‘tkazilishi kerak. OITV proteaza ingibitorlari Preparatni OITV proteaza ingibitorlari bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni laktaza yetishmovchiligi, galaktozani o‘zlashtiraolmaslik va glyukozo-galaktoz malabsorbsiyasi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. O‘pkaning interstisial kasalligi Ba‘zi statinlarni uzoq vaqt davomida qo‘llanganida o‘pkaning insterstisial kasalligining yakka xolatlari haqida xabar berilgan. Kasallikning belgilari hansirash, balg‘amsiz yo‘tal va umumiy xolatni yomonlashishi (xolsizlik, tana vaznini kamayishi va isitma) bo‘lishi mumkin. O‘pkaning interstisial kasalligiga gumon bo‘lganida statinlar bilan davolashni to‘xtatish lozim. Qandli diabetning 2 tipi Glyukozaning konsentrasiyasi 5,6 dan 6,9 mmol/l gacha bo‘lgan pasientlarda Krestat preparati bilan davolash qandli diabetning 2 tipini rivojlanish xavfini oshishi bilan assosiasiyalangan. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Krestatni homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida qo‘llash mumkin emas. Reproduktiv yoshdagi ayollar kontrasepsiyaning adekvat usullarini qo‘llashlari kerak. Xolesterin va xolesterin biosintezining boshqa maxsulotlari homilani rivojlanishi uchun muhimligi tufayli, GMG-KoA reduktazani ingibisiya qilishning potensial xavfi preparatni homiladorlarda qo‘llashdagi foydadan ustun. Davolash jarayonida homiladorlik yuz bersa, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak. Rozuvastatinni ko‘krak suti bilan ajralishi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun emizish davrida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Jigar faoliyatini buzilishida qo‘llanishi Krestatni faol fazadagi jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Buyrak faoliyatini buzilishida qo‘llanishi Yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda Krestat preparatini qo‘llash mumkin emas. Buyrak faoliyatini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan (KK minutiga 30-60 ml) pasientlarda preparatni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas. Buyrak faoliyatini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan pasientlarga preparatning 5 mg boshlang‘ich dozasi tavsiya etiladi. Keksa pasientlarda qo‘llanishi Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Krestat preparatini transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Avtotransportni boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim (davolash vaqtida bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkin). Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Bir nechta sutkalik dozani bir vaqtda qabul qilganda rozuvastatinning farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi. Rozuvastatin dozasini oshirib yuborilganda spesifik davolash mavjud emas. Doza oshirib yuborilganda simptomatik davolash va xayot uchun muhim a‘zolar va tizimlar faoliyatini tutib turishga qaratilgan choralar tavsiya etiladi. Jigar va KFK darajasini nazorat qilish lozim. Gemodializ samarali bo‘lishini ehtimoli kam. Chiqarilish shakli 10 tabletkadan alyumin folga blisterda. 1 va 3 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. Saqlash sharoiti Quruq, salqin va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Preparat resept bo‘yicha beriladi. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?