IXTIOL maz 20g 10%
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Dermatologik
Страна производитель:
O'zbekiston
Активное вещество:
ixtammol (ixtiol)
Производитель:
Dentafill Plyus, ООО
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
D10BX01
Инструкция IXTIOL maz 20g 10%
Umumiy ma'lumot
IXTIOL maz 20g 10% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar ILOVA-VARAQA (pasientlar uchun ma‘lumot) IXTIOL ICHTHYOLUM Preparatning savdo nomi: Ixtiol Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma 200 mg/g. Tarkibi: Bir tuba (25 g surtma) quyidagilarni saqlaydi: faol modda ixtiol – 5 g; yordamchi moddalar: “Tverdыy-2” emulgatori, yumshoq sariq parafin. Ta‘rifi: to‘q-qo‘ng‘ir rangli, ixtiol hidli, bir turdagi konsistensiyali surtma. Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik va dezinfeksiyalovchi vosita. ATX kodi: D08AX. Qo‘llanilishi Saramas yallig‘lanishi, ekzema, terini yiringli shikastlanishlari, furunkulezni majmuaviy davolashda qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Sirtga, shikastlangan sohaga surtma kuniga 1-2 marta surtiladi. Zarurati bo‘lganida bog‘lovdan foydalaniladi. Davolash davomiyligi kasallikning xarakteriga bog‘liq. Nojo‘ya ta‘sirlari Allergik reaksiyalar. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Maxsus ko‘rsatmalar Surtma shilliq pardalarga tushmasligi kerak. Surtma surtilganidan keyin ko‘z, burun, og‘izga tushmasligi uchun qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va emizish davrida dori vositasining xavfsizligi va klinik samarasi o‘rganilmagan. Bolalarda qo‘llanishi Bolalarda qo‘llash tajribasi mavjud emas. Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati Transportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishga ta‘sir qilish qobiliyati kuzatilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Tavsiyaga rioya qilinganida doza oshirib yuborilishi mumkin emas. Terini qichishishi mumkin. Bunday hollarda terining qo‘zg‘algan yuzasidan surtmani olib tashlash kerak. Chiqarilish shakli Alyumin tubalarda 25 g dan. Har bir tuba ilova-varaqasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Yaroqlilik muddati 5 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: