Обновлено: 21.07.2022

PANTODERM maz
  • Категория:

    Antiseptiklar

  • Страна производитель:

    Rossiya Federatsiyasi

  • Активное вещество:

    Dekspantenol

  • Производитель:

    Акрихин ОАО

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    D08AC52 Хлоргексидин в комбинации с другими препаратами

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция PANTODERM maz

  • Umumiy ma'lumot

    PANTODERM maz qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA PANTODERM® PANTHODERM   Preparatning savdo nomi: Pantoderm® Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dekspantenol Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma Tarkibi: 100 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: dekspantenol 100% moddaga qayta hisoblanganda – 5 g; yordamchi moddalar: vazelin – 15 g, suyuq parafin – 10 g, bodom moyi – 10 g, oq asalari mumi – 3 g, lanolin – 25 g, setostearil spirti (setil spirti 60%, stearil spirti 40%) – 3 g, lanolin spirti – 4 g, tozalangan suv – 100 g gacha. Ta‘rifi: sarg‘ish tusli oqdan och sariq rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli surtma. Farmakoterapetik guruhi: to‘qimalar trofikasi va regenerasiyasi stimulyatori ATX kodi: D03AX03   Farmakologik xususiyatlari V guruhi vitamini – pantoten kislotasining hosilasi. Dekspantenol organizmda koenzim A ning tarkibiy qismi bo‘lgan pantoten kislotasiga aylanadi va organizmda asetillanishi jarayonlarida, uglevod va yog‘ almashinuvida, asetilxolin, kortikosteroidlar, porfirinlar sintezida ishtirok etadi; teri, shilliq qavatlarning regenerasiyasini rag‘batlantiradi, xujayralar metabolizmini normallashtiradi, mitozni teshlashtiradi va kollagen tolalarning mustahkamligini oshiradi. Regenerasiyani rag‘batlantiruvchi, metabolik va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Farmakokinetikasi Mahalliy qo‘llanganida teri orqali tez so‘riladi va pantoten kislotasiga aylanadi, plazma oqsillari bilan (asosan beta-globulin va albumin bilan) bog‘lanadi. Uning qondagi konsentrasiyasi –  0,5-1 mg/l, qon zardobidagi – 100 mkg/l ni tashkil qiladi. pantoten kislotasi organizmda (Ko-A ga kirishishidan tashqari) metabolizmga uchramaydi, o‘zgarmagan holda chiqariladi. Qo‘llanilishi Terining quruqligi; shikastlangan teri: kichik jarohatlar va kuyishlar (quyosh nuri ta‘siridagi), shilinishlar, bullyoz dermatit, abssess, furunkul, boldirning trofik yaralari, yotoq yaralar, yoriqlar, operasiyadan keyingi aseptik jarohatlar, yomon bituvchi teri transplantatlarini davolash; laktasiya vaqtida sut bezlarining so‘rg‘ichlarini yallig‘lanishi va yoriqlarini oldini olish va davolash; emizikli bolalarda teri bichilishlarini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.   Qo‘llash usuli va dozalari Sirtga. Pantoderm terining shikastlangan yoki yallig‘langan sohasiga sutkada bir yoki bir necha marta qo‘yiladi. Emizikli ayollarning sut bezlarini parvarish qilish: surtma har emizishdan so‘ng so‘rg‘ichlarga surtiladi; kompress sifatida ishlatish mumkin. Emizikli bolalarni parvarish qilish: surtma taglik (yo‘rgak) har almashtirilganida qo‘yiladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Allergik reaksiyalar.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.   Dorilarning o‘zaro ta‘siri Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Maxsus ko‘rsatmalar Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi Pantoderm® preparatini homiladorlik vaqtida va emizish davrida ishlatish mumkin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborish holatlari kuzatilmagan.   Chiqarilish shakli Sirtga qo‘llash uchun 5% li surtma. 30 g dan alyumin tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil   Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz.   Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?