KYUPEN FORTE inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10

Обновлено: 21.07.2022

KYUPEN FORTE inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
  • Категория:

    Yallig'lanishga qarshi vositalar

  • Страна производитель:

    Hindiston

  • Активное вещество:

    Ketorolak

  • Производитель:

    Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd

  • Количество в упаковке:

    10

  • Код ATX:

    M01AB15

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция KYUPEN FORTE inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10

  • Qadoqda soni

    10

  • Dozirovkasi

    Preparat kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga kon'yunktivaga instillyatsiya holida qo'llanadi. Operatsiyadan oldin: operatsiyadan oldin 3 soat davomida 1 tomchidan 5 marta tomiziladi. Operatsiyadan keyingi davrda: operatsiyadan so'ng darhol 1 tomchidan kuniga 3 marta tomiziladi; keyinchalik 1 tomchidan kuniga 4 marta davolanish uchun kerak bo'ladigan vaqt davomida (7-10 kun) tomiziladi. Yallig'lanishli og'riq sindromini davolashda, mavsumiy allergik kon'yunktivitda ko'zlardagi sanchiqni yo'qotish uchun: 1 tomchidan kuniga 4 marta klinik jihatdan sog'ayguncha tomiziladi, ammo 10 kundan oshmasligi kerak.

  • Dori vositalarining o'zaro ta'siri

    Zarurat bo'lganida preparatni, tarkibida antibiotiklar, beta-blokatorlar, karboangidraza ingibitorlarini saqlovchi ko'z tomchilari va midriatiklar bilan birga qo'llash mumkin; tomizishlar orasidagi vaqt kamida 5 minut bo'lishi kerak. Steroidlar bilan majmuada qo'llanganida jarohatni bitish vaqti uzayadi. Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar, pentoksifillin, antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo'llanganida operatsiyadan keyingi qon ketishini havfi oshadi.

  • Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

    ketorolakka va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarga yuqori sezuvchanlikda; miyaga qon quyilganida; homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas; preparatni 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga buyurish tavsiya etilmaydi.

  • Maxsus saqlash sharoitlari

    25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda, quruq, qorong'i joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Flakon ochilgandan so'ng ichidagi eritmani bir oy davomida ishlatish mumkin.

  • Maxsus shartlar

    Anamnezida qon ivish darajasi past bo'lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi. Yumshoq kontakt linzalardan foydalanganda, linzalarni instillyatsiyadan 5 minut oldin yechish va dori tomizilganidan so'ng 15 minutdan keyin yana qo'yish mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo'llash mumkin emas. Mashinalarni boshqarish va ishlatish qobiliyatiga ta'siri Applikatsiyadan so'ng ko'rish o'tkirligi vaqtinchalik yo'qoladigan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak; preparat tomizilgan zahoti ko'rish o'tkirligini talab etuvchi, murakkab texnikalar, stanoklar yoki biron-bir murakkab uskunalar bilan ishlash yoki mashinalarni boshqarish tavsiya etilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

  • Nojo'ya samaralari

    Instillyatsiyadan keyin o'tkinchi achishish va sanchish, allergik reaktsiyalar, shox pardani shishi, yuza keratit bo'lishi mumkin. 14 kundan ortiq qo'llanganida shox pardaning butunligini shikastlanishi: shox pardani yupqalashishi, eroziyasi, yara hosil bo'lishi va perforatsiya; “quruq ko'z” sindromi, ko'z infektsiyalari rivojlanishi mumkin. Nazoratsiz uzoq muddat qo'llanganida ayrim patsiyentlarda tizimli nojo'ya samaralar – bosh og'rig'i, uyquchanlik, arterial bosimni oshishi kuzatilishi mumkin.

  • Farmakodinamikasi

    Ketorolak trometamini eritmasi ko'z tomchilari holida instillyatsiya qilinganida tizimli so'rilishi juda pastdir. Ketorolak ko'z to'qimalarida faol ravishda taqsimlanadi, bunda katta qismi shox parda va skleraning to'qimalarida ushlanib qoladi. Ko'z to'qimalarida Smax, tomizilgandan so'ng 0,5-1 soatdan keyin aniqlanadi, ko'zning rangdor pardasi va kipriksimon tana bundan mustasnodir, u yerda Smax, tomizilgandan so'ng 4 soatdan keyin aniqlanadi.

  • Dozani oshirib yuborilishi

    Qo'llash usuliga rioya qilinganida dozani oshirib yuborilishi mumkin emas. Patsiyentning holati yomonlashganida yoki allergik reaktsiyalar rivojlanganida preparatni qo'llashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?