PIMAFUSIN tabletkalari 100mg N20
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Ginekologik
Страна производитель:
Niderlandlar
Активное вещество:
Natamisin
Производитель:
Leo Pharma A/S, Дания произведено: Astellas Pharma Europe B.V.
Количество в упаковке:
20
Код ATX:
G01AA02
Инструкция PIMAFUSIN tabletkalari 100mg N20
Qadoqda soni
20
Umumiy ma'lumot
PIMAFUSIN tabletkalari 100mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA PIMAFUSIN® PIMAFUCIN® Preparatning savdo nomi: Pimafusin® Ta‘sir etuvchi modda (XPN): natamisin Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem Tarkibi: 1 g krem quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: 20 mg natamisin Yordamchi moddalar: setilefir mumi, desiloleat (setiol V), natriy laurilsulfati, propilenglikol, propilparagidroksibenzoat, metilparagidroksibenzoat, setostearil spirti, tozalangan suv. Ta‘rifi: oqdan och-sariq rangligacha bo‘lgan krem. Farmakoterapevtik guruhi: zamburug‘larga qarshi vositalar. ATX kodi: D01AA02 Farmakologik xususiyatlari Natamisin – preparatning ta‘sir etuvchi moddasi, fungisid ta‘sirga ega zamburug‘larga qarshi polien antibiotikdir. Natamisin xujayra membranalarining sterollarini bog‘laydi, ularning butunligi va faoliyatini buzadi, bu mikroorganizmlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Natamisinga ko‘pchilik patogen achitqi zamburug‘lari, ayniqsa Candida albicans, ayrim sodda hayvonlar (T.vaginalis) sezgir. Dermatofitlar kamroq sezgirdirlar. Klinika amaliyotida achitqi zamburug‘lari orasida natamisinga rezistentlik uchramaydi. Farmakokinetikasi Sirtga va mahalliy qo‘llanganida shikastlanmagan teri va shilliq qavatlar orqali deyarli so‘rilmaydi. Qo‘llanilishi Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan teri va shilliq qavatlarning zamburug‘li kasalliklari, shu jumladan: – asosan Candida zamburug‘lari chaqirgan vulvit, vulvovaginit, balanopostit; – teri va tirnoqlar kandidozi; – zamburug‘lar tomonidan birlamchi chaqirilgan, yoki kandidoz bilan asoratlangan tashqi otit; – dermatomikozlarda qo‘llanadi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar – preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktasiya Pimafusin homiladorlik va laktasiya davrida ishlatilishi mumkin. Preparatni homilaga noxush ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Qo‘llash usuli va dozalari Vulvitda, vulvovaginitda, balanopostitda krem shikastlangan sohalarga sutkada bir yoki bir necha marta surtiladi. Candida albicans chaqirgan vulvit, vulvovaginitlarni og‘ir kechishida, ichakdagi kandidoz infeksiyasining o‘chog‘ini sanasiyasi uchun, qo‘shimcha ravishda Pimafusin ichga qabul qilish uchun tabletka yoki qin shamchalari ko‘rinishida buyuriladi. Dermatomikozlarda (shu jumladan teri va tirnoqlarning kandidozida, bolalardagi bichilishda) krem teri yoki tirnoqning shikastlangan yuzasiga sutkada 1 yoki bir necha marta (4 martagacha) surtiladi. Tashqi eshitish yo‘lining mikozida shikastlangan yuzaga krem sutkada 1 yoki bir necha marta (4 martagacha) surtiladi. Preparatni qo‘llashdan oldin quloq tozalanadi. Preparat qo‘llanganidan keyin eshitish yo‘liga tabiiy matodan (paxta, jundan) turunda qo‘yiladi. Davolash kursining davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi. Kasallik simptomlari yo‘qolganidan keyin davolashni yana bir necha kun davom ettirish tavsiya etiladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Kam hollarda preparat surtilgan joyda yengil ta‘sirlanish, achishish hissi bo‘lishi mumkin. Preparatning dozasini oshirib yuborilishi Pimafusin preparatining dozasini oshirib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabar berilmagan. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri Preparatning dorilar bilan o‘zaro ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q. Chiqarilish shakli Sirtga qo‘llash uchun 2% li krem 30 g dan alyumin yoki plastik tubalarda. 1 tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti 15-25°S haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin. Dorixonalardan berish tartibi Shifokor resepti bo‘yicha. Ulashish: