VINPOSETIN 0,005 tabletkalari N50

Обновлено: 21.07.2022

VINPOSETIN 0,005 tabletkalari N50
  • Категория:

    Asab tizimi uchun

  • Страна производитель:

    Rossiya

  • Активное вещество:

    Vinposetin

  • Производитель:

    Обновление ПФК АО

  • Количество в упаковке:

    50

  • Код ATX:

    N06BX18

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция VINPOSETIN 0,005 tabletkalari N50

  • Qadoqda soni

    50

  • Umumiy ma'lumot

    VINPOSETIN 0,005 tabletkalari N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA VINPOSETIN-NOVO VINPOCETINUM– NOVO   Preparatning savdo nomi: Vinposetin-NOVO Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Vinposetin Dori shakli: In‘eksiya uchun eritma. Tarkibi: faol modda: Vinposetin                           5,0 g yordamchi moddlar: Askorbin kislotasi                                               5,0 g Vinno kislotasi                                         3,0 g Benzil spirti                                             10,0 g Natriy metabisulfiti                            0,2 g Sorbit                                                          100,0 g In‘eksiya uchun suv                                       1000 ml gacha Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz yoki och yashil-sarg‘ish rangli eritma. Farmakoterapevtik guruhi: Miyada qon aylanishi buzilishlarini va migrenni davolash uchun vosita. Farmakologik xususiyatlari Serebrovazodilyator vosita bo‘lib, miyada qon aylanishini yaxshilaydi. Tizimli arterial bosimni biroz pasayishini, miyada qon tomirlarini kengayishini, miyada qon oqimini kuchayishini, miyani kislorod va glyukoza bilan ta‘minlanishilanishini chaqiradi. Kislorod va energiya bilan ta‘minlovchi substratlarni to‘qimalarga tashilishini yengillashtirib (eritrositlarni ularga yaqinligini kamaytirishi tufayli, glyukozani yutilishi va metabolizmini kuchaytirishi, uni energetik foydaliroq aerob yo‘nalishiga o‘tishi oqibatida), miya hujayralarini gipoksiyaga chidamliligini oshiradi. To‘qimalarda siklik adenozinmonofosfat kislotasini va adenozintrifosfatni yig‘ilishiga, fosfodiesterazani tormozlanishi va adenilatsiklazani rag‘batlantirilishiga, sterazani oshishiga va miya to‘qimalarida katexolaminlarning miqdorini oshishiga yordam beradi. Vazodilatasiyalovchi (qon tomirlarni kengaytiruvchi) ta‘siri qon tomirlarning silliq mushaklariga (asosan miya qon tomirlariga) bevosita relaksasiyalovchi (bo‘shashtiruvchi) ta‘siri bilan bog‘liq. Preparat «o‘g‘irlash» fenomenini chaqirmaydi, asosan bosh miyaning ishemiyaga uchragan sohalarida qon aylanishini yaxshilaydi, bunda intakt sohalarning qon bilan ta‘minlanishi o‘zgarmaydi. Trombositlar agregasiyasini kamaytirishi, qonning qovushqoqligini pasaytirishi va eritrositlarning egiluvchanligini oshirishi hisobiga bosh miyada mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi. Farmakokinetikasi Parenteral yuborilganda taqsimlanish hajmi (Vd) – 5,3 l/kg. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 4,74-5 soat. Gistogematik to‘siqlardan (shu jumladan gematoensefalitik to‘siqdan) oson o‘tadi. Jigarda apovinkamin kislotasiga, gidroksi-vinposetinga, gidroksiapovinkamin kislotasiga, digidroksi-vinposetin-glisinatga qadar biotransformasiyaga uchraydi. Asosiy metabolit-apovinkamin kislotasi – ayrim farmakologik faollikka ega. Vinposetin siydik bilan o‘zgarmagan holda (ozgina qismi) va metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Qo‘llanilishi Miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali buzilishlari (tranzitor ishemiya, avj olib boruvchi insult, shakllanib bo‘lgan insult, insultdan keyingi holat). Serebrovaskulyar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi nevrologik va ruhiy buzilishlar (xotirani buzilishi, bosh aylanishi, afaziya, apraksiya, harakat buzilishlari, bosh og‘rig‘i). Ensefalopatiya (gipertonik, posttravmatik). Klimakterik davrdagi vazovegetativ simptomatika. Ko‘zning qon tomir kasalliklari (tomirli pardaning, to‘r pardaning yoki sariq dog‘ning degenerativ kasalliklari, arteriyalarning qisman okklyuziyalari, ikkilamchi glaukoma). Eshitish o‘tkirligini qon tomir yoki toksik genezli eshitish o‘tkirligini pasayishi, qarilik garangligi, Mener kasalligi, koxleovestibulyar nevrit, quloqlarda shovqin, labirint patologiyasi oqibatidagi bosh aylanishi.   Qo‘llash usuli va dozalari Kasallikning o‘tkir bosqichida preparatni 10-20 mg dan 500-1000 ml natriy xloridning izotonik eritmasida – vena ichiga (v/i) tomchilab sekin (infuziyani maksimal tezligi – minutiga 80 tomchi) yuboriladi. Zarurati bo‘lganida dozani 3-4 kun davomida maksimalgacha – sutkada 1 mg/kg gacha oshiriladi Davolash kursi 10-14 kun. Klinik yaxshilanishiga erishilganidan keyin preparatni 5-10 mg dan kuniga 3 marta ichga  qabul qilishga o‘tiladi. Tutib turuvchi doza -5 mg dan kuniga 3 marta uzoq vaqt davomida. Preparatni bekor qilishdan oldin dozani asta-sekin kamaytirish kerak. Nojo‘ya ta‘sirlari Nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan:bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, uyquchanlik, holsizlik, qizib ketish hissi. Yurak-tomir tizimi va qon (qon yaratish, gemostaz) tomonidan: yurak qorinchalari ichki o‘tkazuvchanligini sekinlashishi, ST segmentini depressiyasi va QT intervalini uzayishi, gipotenziya, taxikardiya, ekstrasistoliya. Me‘da-ichak yo‘llari a‘zolari tomonidan: og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, jig‘ildonni qaynashi. Teri qoplamalari tomonidan:terini qizarishi, terlash, yuborish joyida tromboflebit. Boshqalar: allergik reaksiyalar.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktasiya davri, bolalik yoshida (klinik ma‘lumotlarni yo‘qligi tufayli), yaqqol yurak ishemik kasalligi, og‘ir aritmiyalar, labial arterial bosimda va qon tomir tonusi pastligida, serebral gemorragik insultdan keyingi birinchi kunlari, bosh miya ichki bosimini oshganida qo‘llash mumkin emas. Teri ostiga (t/o) mushak ichiga (m/i) va v/ichga oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. Gipotenziv preparatlarni yoki QT intervalini oshiruvchi dorilarni qabul qiladigan bemorlarga, shuningdek kichik Barvinka  (Vincaminor) alkaloidlarini yomon o‘zlashtiradigan   va jigar yetishmovchiligi bilan og‘rigan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.   Dorilarning o‘zaro ta‘siri Geparinoterapiya vaqtida gemorragik asoratlarni rivojlanish xavfini oshiradi. Vinposetinning in‘eksiya uchun eritmasi geparin bilan farmasevtik nomutanosib. Maxsus ko‘rsatmalar Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga parenteral yuborilganida, qondagi glyukoza miqdorini nazorat qilish kerak, chunki eritmada sorbitol moddasi mavjud. Davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish lozim. Uzaygan QT intervali sindromi yoki QT intervalini uzayishini chaqiruvchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilinganda EKG nazorati zarur. Gemorragik insultda preparatni paraenteral faqat o‘tkir holatlar yo‘qolganidan keyin (5-7 kundan keyin) qo‘llanishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Preparatni bolalar amliyotida qo‘llanishi bo‘yicha yetarli miqdorda kuzatuvlar yo‘q. Transport vositalari haydovchilariga va kasbi diqqatni yuqori jamlanishi bilan bog‘liq odamlarda ish vaqtida qo‘llash kerak emas. Preaparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaproqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Belgilari: og‘izda metal ta‘mni sezish, chanqash, yaqqol namoyon bo‘lgan tremor, dizartriya, ataksiya. Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash. Chiqarilish shakli 0,5% in‘eksiya uchun eritma, 2 ml dan ampulalarda.   Saqlash sharoiti Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.   Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish:

Новые лекарства

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?