PROSTATILEN liofilizat 5mg N5

Обновлено: 21.07.2022

PROSTATILEN liofilizat 5mg N5
  • Категория:

    Urologik

  • Страна производитель:

    Rossiya

  • Активное вещество:

    Prostati ekstrakt

  • Производитель:

    ЦИТОМЕД МБНПК,ЗАО

  • Количество в упаковке:

    5

  • Код ATX:

    G04BX

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция PROSTATILEN liofilizat 5mg N5

  • Qadoqda soni

    5

  • Umumiy ma'lumot

    PROSTATILEN liofilizat 5mg N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA PROSTATILEN PROSTATILEN   Preparatning savdo nomi: Prostatilen Ta‘sir etuvchi moda (XPN): prostatilen Dori shakli: rektal suppozitoriylar Tarkibi: 1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 30 mg (0,03 g) prostatilen; yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid, polietilenoksid 1500 Ta‘rifi: och-sariq yoki kulrang tusli och-sariq rangli, o‘ziga xos hidli o‘qsimon shaklli suppozitoriylar. Marmarlikka yo‘l qo‘yiladi. Farmakoterapevtik guruhi: prostata bezining xavfsiz gipertrofiyasida qo‘llaniladigan vositalar. ATX kodi: G04C X   Farmakologik xususiyatlari Prostatilen prostata beziga organotrop ta‘sir (prostatoprotektor samara) ko‘rsatadi. Preparat prostata bezining shishi va leykositar infiltrasiyasini kamaytiradi, mikrosirkulyasiya jarayonlarini va trombositar – qon tomir gemostazini yaxshilaydi. Spermatozoidlarning funksional faolligiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Prostatilen immunitetning gumoral tizimi faolligini va organizmning rezistentligining ayrim omillarini rag‘batlantiradi. Preparat antitelalar ishlab chiqarilishini muvofiqlashtiradi va neytrofillarning antimikrob faolligini rag‘batlantiradi, yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega. Prostatilen shuningdek qovuq mushaklari tonusiga, shu jumladan detruzor tonusga ta‘sir qiladi.   Qo‘llanilishi Curunkali prostatitni oldini olish va davolash, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi, tromboflebit, prostata bezida o‘tkazilgan jarrohlik operasiyalardan keyingi asoratlarda, uning faoliyatini yoshga bog‘liq bo‘lgan buzilishlarida qo‘llanadi. Preparat jinsiy buzilishlarda, erkaklar bepushtligida, siyishni buzilishlarida, bavosilda qo‘llanadi.   Qo‘llash usuli va dozalari Suppozitoriyni qo‘llashdan oldin quyidagilarni bajarish kerak: birlamchi o‘ramdagi blister o‘ramning perforasiya chizig‘idan bitta suppozitoriyni yirtib oling; keyin plyonkaning chetlaridan tortib, uni har tomonga yirtish va suppozitoriyni birlamchi o‘ramdan olish kerak. Suppozitoriy to‘g‘ri ichakka chuqur qilib kiritiladi. 1 suppozitoriydan kuniga 1-2 marta  5-10 kun davomida (ertalab va kechqurun) qo‘llanadi. Davolash kursining davomiyligi kasallikning xarakteri va og‘irligi, erishilgan davolash samarasi, davolashning xarakteriga (monoterapiya yoki majmuaviy davolash) qarab belgilanadi.   Nojo‘ya ta‘sirlari Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning tarkibiy qismlariga va yirik qoramol oqsillariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.   Dorilarning o‘zaro ta‘siri Qandaydir o‘zaro ta‘sirlari to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.   Qo‘llashdagi tegishli xavfsizlik choralari Prostata bezining faolligini ko‘rsatkichlarining tahlilini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Suppozitoriylar qo‘llanganidan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak. Preparat faqat erkaklar uchun mo‘ljallangan.   Maxsus ogohlantirishlar. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi. Preparat ayollarda qo‘llash mumkin emas. Bolalar. Preparat bolalarga buyurilmaydi. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati. Ta‘sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.   Dozani oshirib yuborilishi Hozirgi vaqtgacha prostatilen preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.   Chiqarilish shakli 5 suppozitoriylardan blisterda. 1 yoki 2 blisterdan qutida.   Saqlash sharoiti. 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.   Yaroqlilik muddati. 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz.   Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?