PLOGREL tabletkalari 75mg N28
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Antitrombotik vositalar
Страна производитель:
Hindiston
Активное вещество:
Klopidogrel
Производитель:
Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Количество в упаковке:
28
Код ATX:
B01AC04
Инструкция PLOGREL tabletkalari 75mg N28
Qadoqda soni
28
Umumiy ma'lumot
PLOGREL tabletkalari 75mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA PLOGREL PLOGREL Preparatning savdo nomi: Plogrel Ta‘sir etuvchi modda (XPN): klopidogrel Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar Tarkibi: 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 75 mg klopidogrelga ekvivalent klopidogrel gidrosulfati; yordamchi moddalar: povidon K 30, natriy kroskarmellozasi, laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, gidrogenizasiya qilingan, kanakunjut moyi; parda qobig‘i: Insta Moistshield Brown bo‘yovchisi (titan dioksidi, temir (III) oksidi, gidroksipropilmetilsellyuloza, etilsellyuloza, talk), metilen dixloridi, izopropil spirti. Ta‘rifi: dumaloq, ikki yoqlama qavariq, to‘q-pushti yoki deyarli pushti rangli, riskali, hidsiz yoki deyarli hidsiz, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar; ko‘ndalang kesimida oq yoki deyarli oq rangli yadro ko‘rinadi. Farmakoterapevtik guruhi: antiagregant vosita. ATX kodi: V01AS04. Farmakologik xususiyatlari. Farmakodinamikasi Klopidogrel – antiagregant vosita. Adenozindifosfatni (ADF) trombositlardagi reseptorlar bilan bog‘lanishini va ADF ta‘siri ostida IIb/IIIa glikoprotein reseptorlarini faollashuvini tanlab susaytirib, trombositlar agregasiyasini susaytiradi. Boshqa agonistlar tomonidan chaqirilgan trombositlar agregasiyasini, ajralgan erkin ADF tomonidan ularni faollashishini oldini olgan holda susaytiradi, fosfodiesteraza (FDE) ning faolligiga ta‘sir qilmaydi. Trombositlarning ADF reseptorlari bilan qaytmas bog‘lanadi, ular ADF tomonidan rag‘batlantirilishiga hayot sikli davomida (taxminan 7 kun) sezmaydigan bo‘lib qoladi. Trombositlar agregasiyasini tormozlanishi 400 mg boshlang‘ich dozani qabul qilingandan 2 soat o‘tgach kuzatiladi (40% ingibisiya qilinishi). Eng yuqori samarasi (agregasiyani 60% ga susaytirilishi) sutkada 50-100 mg dozada muntazam qabul qilingandan keyin 4-7 kundan so‘ng rivojlanadi. Antiagregant samarasi trombositlarning butun hayoti davomida (7-10 kun) saqlanib qoladi. Farmakokinetikasi Sutkada 75 mg dozada bir marta qabul qilingandan keyin va uzoq vaqt ichga qabul qilinganda klopidogrel tez so‘riladi. So‘rilishi va biokiraolishligi – yuqori. Biroq plazmada dastlabki moddaning konsentrasiyasi past va ichga qabul qilingandan keyin 2 soatdan so‘ng aniqlash chegarasiga (0,025 mkg/l) erishilmaydi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 94-98%. Olddori hisoblanadi (ya‘ni organizmga tushgach, faollashib, so‘ngra dori vositasiga aylanadi). Klopidogrel jigarda tez metabolizmga uchraydi. Faol metaboliti qonda aniqlanmaydi. Asosiy aniqlanadigan metaboliti – karboksil kislotasining nofaol hosilasidir, uning eng yuqori konsentrasiyasiga (TCmax) erishish vaqti, 75 mg dozalarda takroran peroral qabul qilingandan so‘ng 1 soat o‘tgach erishiladi, maksimal konsentrasiyasi (Cmax) – taxminan 3 mg/l. Preparatning taxminan 50% buyrak orqali va taxminan 46% – ichak orqali, yuborilgandan keyin 120 soat davomida chiqariladi. Bir martalik va takroriy qabul qilishlardan keyin asosiy metabolitining yarim chiqarilish davri (T1/2) 8 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqarilayotgan metabolitlarning konsentrasiyasi – 50%. Plazmadagi asosiy metabolitining konsentrasiyasi sutkada 75 mg qabul qilingandan keyin o‘rtacha darajadagi surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 dan 60 ml gacha) bo‘lgan bemorlar va sog‘lom shaxslarga qaraganda, og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 5-15 ml) bo‘lgan pasientlarda pastroq. Qo‘llanilishi Miokard infarkti, ishemik insult yoki periferik arteriyalarning okklyuziyasi bo‘lgan pasientlarda trombotik asoratlarni oldini olish. O‘tkir koronar sindromda: ST segmentini ko‘tarilishi bilan kechuvchi sindromda trombolitik davolashni o‘tkazish imkoniyati bo‘lganida; ST segmentini ko‘tarilishisiz (nostabil stenokardiya yoki Q tishisiz miokard infarkti), shu jumladan stent qo‘yilgan bemorlarda trombotik asoratlarni oldini olish uchun asetilsalisil kislotasi bilan majmuada qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar buyuriladi. Miokard infarkti, ishemik insult yoki periferik arteriyalarning okklyuziyasi bo‘lgan pasientlarda – 75 mg dan sutkada 1 marta. Miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda davolashni miokard infarktining birinchi kunlaridan 35-kunigacha boshlash kerak, ishemik insulti bo‘lgan bemorlarda esa – ishemik insultdan keyin 7 kundan 6 oygacha bo‘lgan muddatlarda. ST segmentini ko‘tarilishisiz o‘tkir koronar sindromda (nostabil stenokardiya, Q tishisiz miokard infarkti) trombotik asoratlarni oldini olish uchun – yuklama doza – 300 mg ni bir marta qabul qilishdan boshlaydilar, so‘ngra sutkada 75 mg dan qabul qilinadi (sutkada 75-375 mg dozalarda ASK bilan birga, tavsiya qilingan doza – sutkada 100 mg). Eng yuqori ijobiy samara 3 oydan keyin boshlanadi. Davolash kursi 1 yilgacha. ST segmentini ko‘tarilishi bilan kechuvchi o‘tkir koronar sindromda (ST segmenti ko‘tarilishi bilan o‘tkir miokard infarkti) trombotik asoratlarni oldini olish uchun – sutkada 75 mg dan, yuklama dozani ASK va trombolitiklar bilan (yoki trombolitiklarsiz) boshlang‘ich bir marta qabul qilish bilan qo‘llanadi. Majmuaviy davolashni simptomlar paydo bo‘lganidan keyin iloji boricha ertaroq boshlash lozim va hech bo‘lmaganida, 4 hafta davomida davom ettirish kerak. 75 yoshdan oshgan pasientlarda klopidogrel bilan davolashni, uning yuklama dozasini qabul qilmasdan boshlash kerak. CYP2C19 izofermentining faoliyatini genetik jihatdan pasayishi bo‘lgan pasientlarda klopidogrelning samarasi pasayishi mumkin. Bunday pasientlarda dozalashning optimal tartibi aniqlanmagan. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan yoki o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash tajribasi cheklangan. Nojo‘ya ta‘sirlari Qon ketishi – preparatni qabul qilishning birinchi oyi davomida uchraydigan, eng ko‘p kuzatiladigan reaksiyadir. Kuchli qon ketishi hollari klopidogrelni ASK bilan yoki klopidogrelni ASK va geparin bilan bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda qayd etilgan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Nojo‘ya samaralarning tez-tezligi quyidagi ko‘rsatkichlarga muvofiq belgilangan: juda tez-tez – 1/10 dan ko‘proq, tez-tez – 1/100 dan ko‘proq va 1/10 dan kam, tez-tez emas – 1/1000 dan ko‘proq va 1/100 dan kam, kam hollarda – 1/10000 dan ko‘proq va 1/1000 dan kam, juda kam hollarda – 1/10000 dan kam, shu jumladan yakka hollarda. Reaksiyalarning tezligini har bir sinfi miqyosida, noxush samaralar og‘irlik darajasini kamayishi tartibida keltirilgan. Qon yaratish a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – trombositopeniya, leykopeniya, eozinofiliya; kam hollarda – neytropeniya, shu jumladan yaqqol neytropeniya; juda kam hollarda – trombotik trombositopenik purpura, anemiya, shu jumladan aplastik anemiya, pansitopeniya, agranulositoz, og‘ir trombositopeniya, granulositopeniya. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar, bosh miya ichki qon quyilishlari, shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi; juda kam hollarda – ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, ta‘m sezishni buzilishi. Sezgi a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – kon‘yunktivaga, ko‘zga, to‘r pardaga qon quyilishlari; kam hollarda – vertigo. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – gematoma; juda kam hollarda – og‘ir qon ketishlari, operasiya jarohatidan qon ketishi, vaskulit, arterial bosimni pasayishi. Nafas tizimi tomonidan: juda tez-tez – burundan qon ketishi; juda kam hollarda – bronxospazm, interstisial pnevmonit, o‘pkadan qon ketishi, qon tuflash. Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: tez-tez –diareya, qorinda og‘riq, dispepsiya, me‘da-ichakdan qon ketishlari; tez-tez emas – me‘da va 12 barmoq ichak yarasi, gastrit, qusish, ko‘ngil aynishi, qabziyat, meteorizm; kam hollarda – qorin pardasi ortidagi qon quyilishlar; juda kam – pankreatit, kolit, shu jumladan yarali yoki limfositar, stomatit, o‘tkir jigar yetishmovchiligi, gepatit, jigarning funksional sinamalarini buzilishi, o‘lim bilan yakunlanuvchi me‘da-ichakdan qon ketishlari. Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez – teri ostiga qon quyilishlari; tez-tez emas – teri toshmasi, qichishish, purpura; juda kam hollarda – angionevrotik shish, eshakemi, eritematoz toshma, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ekzema, qizil yassi temiratki. Tayanch-harakat apparati tomonidan: juda kam hollarda – gemartroz, artrit, artralgiya, mialgiya. Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: tez-tez emas – gematuriya; juda kam hollarda – glomerulonefrit, giperkreatininemiya. Allergik reaksiyalar: juda kam hollarda – anafilaktik reaksiyalar, zardob kasalligi. Laboratoriya ko‘rsatkichlari: tez-tez emas – qon ketish vaqtini uzayishi, jigarning funksional sinamalarini buzilishi, qonda kreatinin konsentrasiyasini oshishi. Boshqalar: juda kam hollarda – tana haroratini oshishi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning faol moddasiga yoki har qanday yordamchi komponentiga yuqori sezuvchanlik. Laktozani nasliy o‘zlashtirolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozaning maladsorbsiya sindromi. 18 yoshgacha bo‘lganlar (qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan). Og‘ir jigar yetishmovchiligi. O‘tkir qon ketishi (shu jumladan, peptik yara yoki bosh miya ichki qon quyilishi). Homiladorlik yoki laktasiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Varfarinni klopidogrel bilan bir vaqtda qabul qilish qon ketishlari jadalligini oshirishi mumkin, shuning uchun bu majmuani qo‘llash tavsiya qilinmaydi. IIb/IIIa glikoproteinining ingibitorlari, ASK, geparinni klopidogrel bilan birga buyurilishi qon ketishlarini rivojlanish xavfini oshiradi. NYAQV bilan bir vaqtda qo‘llanganda qon ketishlar xavfi oshishi mumkin. CYP2C19 ingibitorlarini (masalan omeprazolni) bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Klopidogrelning faol metaboliti CYP2C9 izofermentining faolligini ingibisiya qiladi, buning natijasida plazmada fenitoin, tolbutamid va NYAQP konsentrasiyasi oshishi mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Davolanish davrida gemostaz tizimining ko‘rsatkichlari (qisman faollashgan tromboplastin vaqti (ACHTV), trombositlar soni, trombositlarning funksional faolligining testlari) ni nazorat qilish lozim; jigarning funksional faolligini muntazam tekshirib turish kerak. Klopidogrelni jarohatdagi, jarrohlik aralashuvidagi yaqqol qon ketishlarining xavfi bo‘lgan pasientlarda, jarohatlari bo‘lgan, qon ketishlariga moyilligi (ayniqsa me‘da-ichakdan va ko‘z ichiga qon ketishlari) bo‘lgan pasientlarga, shuningdek pasientlar tomonidan ASK, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (shu jumladan SOG-2 ingibitorlarini), geparin yoki IIb/IIIa glikoprotein ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Qon ketishlarining, shu jumladan yashirin qon ketishining har qanday belgilarini aniqlash uchun, ayniqsa preparatni qo‘llashning birinchi haftasi davomida va/yoki yurakdagi invaziv muolajalar va jarrohlik operasiyalaridan keyin pasientlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Klopidogrel va varfarinni bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki u qon ketishini kuchaytirishi mumkin. Jarrohlik aralashuvlarida, agarda antiagregant ta‘sirini bo‘lmagani yaxshi bo‘lsa, davolash kursini operasiyadan 7 kun oldin to‘xtatish kerak. Klopidogrelni qo‘llash fonida (asetilsalisil kislotasi bilan birga yoki usiz) paydo bo‘lgan qon ketishini to‘xtatish ko‘proq vaqtni talab qilishi tufayli, qon ketishining har bir hollari haqida shifokorga xabar berishlari kerakligi haqida bemorlarni ogohlantirib qo‘yish kerak. Bemorlar, agar ularda operativ aralashuvlar o‘tkaziladigan bo‘lsa, preparatni qabul qilishlari haqida, shuningdek shifokorni ham xabardor qilishlari lozim. Klopidogrel qo‘llanganidan keyin, trombotik trombositopenik purpura (TTP) juda kam, ba‘zida qisqa muddat qo‘llanganidan keyin aniqlangan. Bu holat nevrologik buzilishlar, buyraklarning disfunksiyasi yoki gipertermiya bilan birga bo‘lgan trombositopeniya va mikroangiopatik gemolitik anemiya bilan ifodalanadi. TTP – darhol davolashni, shu jumladan plazmaferezni qo‘llanishini talab qiladigan potensial o‘limga olib keluvchi holatdir. Ma‘lumotlar bo‘lmaganligi tufayli, klopidogrel o‘tkir (7 kundan kam) ishemik insultda tavsiya qilinmaydi. Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda klopidogrelni qo‘llash tajribasi cheklangan, shuning uchun bunday bemorlarga klopidogrelni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlarida gemorragik diatezni rivojlanish xavfini unutmaslik lozim, jigar funksiyasini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash tajribasi cheklangan, shunig uchun bu pasientlarga klopidogrelni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi. Ma‘lumotlarning yo‘qligini nazarda tutib, klopidogrelni homiladorlik va laktasiya davrida qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri Klopidogrel nerv tizimi tomonidan nojo‘ya samaralarni (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tizimli bosh aylanishi, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalarni) chaqirishi mumkin, ular transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlanishi va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ta‘sir qilishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Ehtiyotkorlik bilan O‘rtacha jigar yetishmovchiligi, surunkali jigar yetishmovchiligi, qon ketishini rivojlanish xavfini oshiruvchi patologik holatlar (shu jumladan travma, operasiyalar), qon ketishlariga moyillik, ASK, varfarin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) (shu jumladan SOG-2 ingibitorlari), geparin, IIb/IIIa glikoproteini ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish, CYP2C19 izofermentining faoliyatini nasliy pasayishi. Dozani oshirib yuborilishi Klopidogrelning dozasi oshirib yuborilishi qon ketishi vaqtini uzayishiga va keyinchalik gemorragik asoratlarga olib kelishi mumkin. Qon ketishi aniqlanganda tegishli davolash choralari o‘tkazilishi lozim. Klopidogrelning farmasevtik faolligiga antidotlar aniqlanmagan. Uzaygan qon ketish vaqtini tezda tuzatish zarurati tug‘ilganida, trombositar massani quyish tavsiya etiladi. Chiqarilish shakli 10 yoki 14 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi. 3 kontur uyali o‘ram (10 tabletkadan) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram (14 tabletkadan) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: