MUVKVIK krem 30g
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Dori vositalari
Страна производитель:
Hindiston
Активное вещество:
---
Производитель:
Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
---
Инструкция MUVKVIK krem 30g
Umumiy ma'lumot
MUVKVIK krem 30g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA MUVKVIK MUVKVIK Preparatning savdo nomi: MuvKvik Dori shakli: krem Tarkibi: 100 g krem quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 15,0% vintergrin moyi, 5,0% mentol, 3,0% terpentin moyi, 2,0% evkalipt moyi; yordamchi moddalar: etoksilizasiya qilingan lanolin, emulgasiya qilingan mum, oq yumshoq parafin. Ta‘rifi: oq rangli, metilsalisilatga xos hidli bir xil krem. Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy ta‘sirlovchi vosita. Farmakologik xususiyatlari Og‘riqsizlantiruvchi samaraga ega MuvKvik kremi – o‘simliklardan olingan moylardan tayyorlangan, bunday tarkibni qo‘llanishi qadimiy Ayuverdada ta‘riflangan. Skelet-mushak og‘riqlarida qo‘llanadi. MuvKvik quyidagi antibakterial, zamburug‘larga qarshi va viruslarga qarshi xususiyatlarga ega ekologik toza tabiiy xomashyodan tayyorlangan: Vintergrin moyi (Gaultheria promcumbens). O‘simliklar yordamida davolovchilar vintergrin moyini mushak og‘riqlarini yengillashtirish uchun, ayniqsa oyoq uchun balzamlar va revmatizmni davolash uchun sirtga qo‘llanadi. Mentol. Tananing turli qismlariga surtilgan moy organizmga hushbo‘yni nafas orqali, shuningdek teri teshiklari orqali kirib, shamollash, burun bitishi, bosh og‘rig‘i va mushak og‘rig‘i kabi holatlarni vaqtincha yengillashtirib ta‘sir ko‘rsatadi. Terpentin moyi. Kuchli antiseptik xususiyatlarga ega, parazitar va kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarni nobud qiladi va chirish va fermentasiyani sekinlashtiradi. Evkalipt moyi. Liniment sifatida qo‘llanadi, shuningdek lubrikant sifatida ta‘sir ko‘rsatadi. Qo‘llanilishi Bo‘g‘imlarda og‘riq va yallig‘lanish, belda og‘riq, paylarni cho‘zilishi, cho‘zilish, miozit, fibroz, ishialgiyada qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari MuvKvik kremi shikastlangan sohaga barmoqlarni uchi bilan surtiladi va yupqa qavat qilib ishqalanadi. Yaxshi so‘rilishi uchun ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Kremni surtishdan oldin yoki keyin quruq qizdirish mumkin. Agar yengillashish yuz bermasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Nojo‘ya ta‘sirlari Mahalliy qo‘llanilganda hech qanday nojo‘ya samaralar haqida xabar berilmagan. Shunga qaramasdan, qichishish yoki allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Har qanday komponentlariga ma‘lum o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Dorilarning o‘zaro ta‘siri ta‘riflanmagan. Maxsus ko‘rsatmalar Ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Chiqarilish shakli 30,0 g krem saqlovchi plastik tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. Saqlash sharoiti 5°S dan 25°S gacha haroratda, quruq, quyosh nurlaridan himoyalangan joyda, yoqilgan isitish moslamalaridan 0,5 metr masofada saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Shifokor reseptisiz. Ulashish: