PAKLITAKSEL konsentrat 5ml 100mg/16,7ml N1

Обновлено: 21.07.2022

PAKLITAKSEL konsentrat 5ml 100mg/16,7ml N1
  • Категория:

    O'smalarga qarshi vositalar

  • Страна производитель:

    Belarusiya

  • Активное вещество:

    ---

  • Производитель:

    Белмедпрепараты РУП

  • Количество в упаковке:

    1

  • Код ATX:

    L01CD0

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция PAKLITAKSEL konsentrat 5ml 100mg/16,7ml N1

  • Qadoqda soni

    1

  • Umumiy ma'lumot

    PAKLITAKSEL konsentrat 5ml 100mg/16,7ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA PAKLITAKSEL EBEVE® PAKLITAKSEL EBEWE®   Preparatning savdo nomi: Paklitaksel Ebeve® Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): paklitaksel Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat. Tarkibi: 1 flakon saqlaydi: faol moda: paklitaksel 1 ml da 6 mg paklitaksel saqlanadi. 5 ml konsentrati bo‘lgan 1 flakon 30 mg paklitaksel (6 mg/ml) saqlaydi. 16,7 ml konsentrati bo‘lgan 1 flakon 100 mg paklitaksel (6 mg/ml) saqlaydi. 25 ml konsentrati bo‘lgan 1 flakon 150 mg paklitaksel (6 mg/ml) saqlaydi. 35 ml konsentrati bo‘lgan 1 flakon 210 mg paklitaksel (6 mg/ml) saqlaydi. 50 ml konsentrati bo‘lgan 1 flakon 300 mg paklitaksel (6 mg/ml) saqlaydi. yordamchi moddalar: polioksietillangan kanakunjut moyi (makragol gliserilrisinoleati), suvsiz etanol (40166 mg/ml). Ta‘rifi: tiniq rangsiz yoki och-sariq, yot zarralarni saqlamaydigan eritma. Farmakoterapevtik guruxi: o‘smalarga qarshi vositalar, o‘simliklardan olinadigan alkaloidlar va boshqa tabiiy moddalar, taksanlar. ATX kodi: L01CD01. Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Paklitaksel tubulin dimerlaridan mikronaychalar yig‘ilishini rag‘batlantiradi va ularning strukturasini barqarorlashtirib, ularning depolimerizasiyasini buzadi. Bu interfaza va mitoz davrida xujayra faoliyatini amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan mikronaychalar to‘rini normal xolda kechuvchi qayta tashkil etilishini susaytiradi. Bundan tashqari, paklitaksel butun xujayra sikli davomida mikronaychalar bog‘larini patologik yig‘ilishini va mitoz jarayonidagi ko‘p sonli mikronaychalarning yulduzsimon to‘plamlarini induksiya qiladi. Farmakokinetikasi Vena ichiga yuborilganidan keyin paklitaksel qon plazmasida konsentrasiyasini ikki fazali pasayish davri bilan xarakterlanadi. Preparatning yarim chiqarilishini o‘rtacha terminal davri 3,0 dan 52,7 soatgacha o‘zgarib turadi, umumiy klirensi 11,6 dan 24,0 l/s/m2 gachani tashkil qiladi va qon plazmasida paklitakselning konsentrasiyasi oshishi bilan pasayadi. Preparatning taqsimlanishini o‘rtacha muvozanatli xajmi 198 dan 688 l/m2 gachani tashkil qiladi. Preparat 100 mg/m2 dozada 3 soat davomida vena ichiga tomchilab yuborilganidan keyin Cmax ning o‘rtacha qiymati 1530 ng/ml, AUC ning o‘rtacha qiymati – 5619 ng/s/ml, taqsimlanish xajmi – 291 l/m2 ni tashkil qiladi. Davolash sikllari ko‘p marta takrorlanganda preparat to‘planmaydi. Paklitakselni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 89-98% ni tashkil qiladi. Simetidin, ranitidin, deksametazon va difengidramin preparatni oqsillar bilan bog‘lanish darajasiga ta‘sir qilmaydi. Yuborilgan dozaning 1,3% dan 12,6% gacha qismi siydik bilan o‘zgarmagan xolda chiqariladi. Paklitaksel asosan sitoxrom R450 ning CYP2C8, CYP3A4, CYP2C8 va CYP3A4 izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydi. Yuborilgan dozaning o‘rtacha 34% metabolitlari ko‘rinishida axlat bilan chiqariladi. Gemodializ qabul qilayotgan pasientlarda, paklitaksel tana yuzasining maydoniga 135 mg/m2 dozada 3-soatlik infuziya ko‘rinishida yuborilganda, uning farmakokinetikasini parametrlari dializ qabul qilmayotgan pasientlardagi shunday ko‘rsatkichlar bilan bir xil bo‘lgan. Qo‘llanishi – Tuxumdonlar raki Paklitaksel Ebeve®: Tarqalgan yoki rezidual (>1 sm) tuxumdon rakini laparotomiyadan keyin birinchi yo‘nalish ximioterapiyasi sifatida sisplatin bilan majmuada. Tuxumdonning metastatik rakini platina preparatlari asosidagi standart davolash muvaffaqiyatli bo‘lmaganidan keyin ikkinchi yo‘nalish ximioterapiyasi sifatida qo‘llaniladi. – Sut bezi raki Paklitaksel Ebeve regionar limfa tugunlarida metastazlari bo‘lgan sut bezi rakini antrasiklin va siklofosfamid (AS) majmuasi bilan davolashdan keyin ad‘yuvant terapiya sifatida ko‘rsatilgan. Paklitaksel preparati bilan ad‘yuvant terapiya, AS ximioterapiyasini uzaytirilgan kursiga muqobil sifatida qaralishi kerak. Paklitaksel Ebeve® trastuzumab bilan majmuada sut bezining HER-2 giperekspressiyasi bilan (+++ immunogistoximik tekshirish ma‘lumotlari bo‘yicha) tarqalgan yoki metastatik rakini shuningdek antrasiklinlarni ishlatish mumkin bo‘lmaganda birinchi yo‘nalish terapiyasi sifatida qo‘llaniladi. – O‘pkaning tarqalgan mayda xujayrali bo‘lmagan raki Paklitaksel Ebeve® sisplatin bilan majmuada potensial radikal operativ aralashuvni bajarish va/yoki nur bilan davolash rejalashtirilmaydigan o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan rakida qo‘llanadi. – Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) bilan assosiasiyalangan Kaposhi sarkomasi Paklitaksel Ebeve® OITS bilan assosiasiyalangan tarqalgan Kaposhi sarkomasida, ilgari liposomal antrasiklinlar bilan o‘tkazilgan davolashda muvaffaqiyat bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Preparat faqat vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan va suyultirishni talab qiladi. Tuxumdon rakini birinchi yo‘nalish ximioterapiyasi Garchi dozalashning boshqa tartiblari tekshirilayotgan bo‘lsada, Paklitaksel Ebeve® preparatini sisplatin bilan majmuada qo‘llash tavsiya etiladi. Infuziya davomiyligiga qarab, Paklitaksel Ebeve®ni ikkita turli dozalarda ishlatish tavsiya etiladi: tana vazni yuzasiga 175 mg/m2, vena ichiga, 3 soat davomida, so‘ngra–sisplatin (75 mg/m2), yoki 135 mg/m2, tomchilab, 24 soat davomida, so‘ngra–sisplatin (75 mg/m2) yuboriladi. Davolash sikllari orasida 3 xafta davomiylikdagi interval qilish kerak, shu vaqt davomida davolash o‘tkazilmaydi. Tuxumdon rakini ikkinchi yo‘nalish ximioterapiyasi Paklitaksel Ebeve® preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va 3 soat davomida vena ichiga yuboriladi. Davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan o‘tkaziladi. Sut bezi rakini ad‘yuvant ximioterapiyasi Doksorubisin (50 mg/m2) bilan majmuada ishlatilganda, Paklitaksel Ebeve®ni undan keyin 24 soat o‘tgach yuborish kerak. Paklitaksel Ebeve® preparatining tavsiya etiladigan dozasi 220 mg/m2 ni tashkil qiladi, 3 soat davomida vena ichiga yuboriladi, davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan o‘tkaziladi. Trastuzumab bilan majmuada ishlatilganda Paklitaksel Ebeve® preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va 3 soat davomida vena ichiga yuboriladi, davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi. Trastuzumab bilan majmuada ishlatilganda paklitakselni trastuzumabning birinchi dozasi yuborilganidan so‘ng keyingi kuni boshlash yoki agar trastuzumabning oldingi yuborilganda u yaxshi o‘zlashtirilsa, trastuzumabning keyingi dozalari yuborilgandan keyin darxol yuborish mumkin (tastuzumabni yuborish usuli xaqida keng ma‘lumot, uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida keltirilgan). Sut bezi rakini ikkinchi yo‘nalish ximioterapiyasi Paklitaksel Ebeve® preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi. Davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi. O‘pkaning tarqalgan maydaxujayrali bo‘lmagan rakini davolash Paklitaksel Ebeve® preparatining tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi, so‘ngra sisplatin 80 mg/m2 dozada yuboriladi. Davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi. OITS bilan assosiasiyalangan Kaposhi sindromi (KS) Paklitaksel Ebeve® preparatining tavsiya etiladigan dozasi 100 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3 soat davomida yuboriladi davolash sikllari 3 xaftalik intervallar bilan takrorlanadi. Keyingi yuborishlardagi Paklitaksel Ebeve® preparatining dozasi davolashning o‘zlashtirilishiga qarab, individual ravishda belgilanadi. Jigar funksiyasining buzilishlari bo‘lgan pasientlar Jigar funksiyasini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buzilishlari bo‘lgan pasientlarda paklitakselning dozasini modifikasiyasi bo‘yicha tavsiyalar xaqida adekvat ma‘lumotlar yo‘q. Jigar funksiyasini og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlar paklitakselni qabul qilmasliklari kerak. Bolalarda ishlatilishi Paklitaksel Ebeve®ni 18 dan kichik yoshli bolalarda ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki bu gurux pasientlarda uning xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar mavjud emas. Nojo‘ya ta‘sirlari Nojo‘ya samaralarining uchrash tezligining quyidagi mezonlari ishlatilgan: juda tez-tez (10 dan ≥ 1 ); tez-tez (100 dan ≥ 1, lekin 10 dan ≤ 1); tez-tez emas  (1000 dan ≥ 1, lekin 100 dan ≤ 1); kam xollarda (10000 dan ≥ 1, lekin 1000 dan ≤ 1); juda kam xollarda (10000 dan ≤ 1); noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baxolash mumkin emas). Infeksiyalar va invaziyalar Juda tez-tez: infeksiyalar (asosan siydik chiqarish tizimining va yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari), shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi infeksiyalar. Tez-tez emas: septik shok. Juda kam xollarda: peritonit, pnevmoniya. Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: suyak ko‘migi faoliyatini yetishmovchiligi, neytropeniya, anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, qon ketishi. Kam xollarda: febril neytropeniya. Juda kam xollarda: o‘tkir mieloleykoz, mielodisplastik sindrom. Noma‘lum: disseminasiyalangan tomir ichki ivish sindromi (DVS). Immun tizimi tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir bo‘lmagan reaksiyalari (asosan giperemiya va teri toshmalari). Tez-tez emas: davolash o‘tkazishni talab etuvchi og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (masalan, arterial gipotenziya, angionevrotik shishi, respirator distress sindrom, yoyilgan eshakemi, et uvishishi, belda og‘riq, ko‘krak qafasida og‘riqlar, taxikardiya, qorinda og‘riqlar, oyoq-qo‘llarda og‘riqlar, terchanlik va arterial gipertenziya). Kam xollarda: anafilaktik reaksiyalar. Juda kam xollarda: anafilaktik shok. Ovqatlanish va moddalar almashinuvini buzilishlari Juda kam xollarda: anoreksiya. Noma‘lum: o‘sma lizisi sindromi. Ruxiy buzilishlar Juda kam xollarda: ongni chalkashishi. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Juda kam xollarda: neyrotoksiklik (asosan periferik neyropatiya). Kam xollarda: motor neyropatiya (oyoq-qo‘llarning distal bo‘limlarida mushaklarni yaqqol bo‘lmagan kuchsizligiga olib keluvchi). Juda kam xollarda: avtonom neyropatiya ( ichak tutilishiga va ortostatik gipotenziyaga olib keluvchi), katta tirishish xurujlari, tirishishlar, ensefalopatiya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ataksiya. Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar Juda kam xollarda: ko‘ruv nervi va/yoki ko‘rish tomonidan buzilishlar (jimillovchi skotoma), ayniqsa preparatni taviya etilgandan yuqori dozalarda olayotgan pasientlarda. Noma‘lum: sariq dog‘ning shishi, fotopsiya, shishasimon tananing suzuvchi xiralashishi. Yurak tomonidan buzilishlar Tez-tez: bradikardiya. Tez-tez emas: kardiomiopatiya, simptomsiz qorincha taxikardiyasi, bigeminiyali taxikardiya, atrioventrikulyar blokada va xushdan ketish, miokard infarkti. Kam xollarda: yurak yetishmovchiligi. Juda kam xollarda: yurak bo‘lmachalari fibrillyasiyasi, supraventrikulyar taxikardiya. Qon tomirlar tizimi tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: arterial gipotenziya. Tez-tez emas: arterial gipertenziya, tromboz, tromboflebit. Juda kam xollarda: shok. Noma‘lum: flebit. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar Kam xollarda: dispnoe, plevrada suyuqlikni to‘planishi, interstisial pnevmoniya, o‘pka fibrozi, o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi, nafas yetishmovchiligi. Juda kam xollarda: yo‘tal. Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, mukozit. Kam xollarda: ichak tutilishi, ichakni teshilishi, ishemik kolit, pankreatit. Juda kam xollarda: qatqorin qon tomirlarining trombozi, soxtamembranoz kolit, ezofagit, qabziyat, assit, neytropenik kolit. Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar Juda kam xollarda: jigar nekrozi, jigar ensefalopatiyasi (ikala xollarda o‘lim bilan yakunlangan holatlar aniqlangan). Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: alopesiya. Tez-tez: tirnoqlar va terining o‘tkinchi yaqqol bo‘lmagan o‘zgarishlari. Kam xollarda: terini qichishishi, teri toshmalari, eritema. Juda kam xollarda: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko‘pshaklli eritema, eksfoliativ dermatit, eshakemi, onixoliz (davolash davrida pasientlar qo‘l va oyoq kaftlarini quyosh nuridan ximoya qilishlari kerak). Noma‘lum: sklerodermiya. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: artralgiya, mialgiya. Noma‘lum: tizimli qizil yugirik. Yuborish joyidgi tizimli buzilishlar va asoratlar Tez-tez: yuborish joyida reaksiyalar (shu jumladan lokal shish, og‘riq, eritema, indurasiya, ekstravazasiya u gipodermitga, teri fibroziga va nekroziga olib kelishi mumkin). Kam xollarda: asteniya, pireksiya, degidratasiya, shishlar, darmonsizlik. Laborator va instrumental tekshirishlarning o‘zgarishlari Tez-tez: aspartataminotransferaza va ishqoriy fosfataza faolligini axamiyatli oshishi Tez-tez emas: bilirubinning konsentrasiyasini axamiyatli oshishi. Kam xollarda: qonda kreatininning konsentrasiyasini oshishi. Majmuaviy davolapsh Paklitaksel va sisplatin Paklitakselni sisplatin bilan majmuasida, asosan periferik neyropatiya shaklidagi neyrotoksiklikning, ayniqsa 3 soat davomida 175 mg/m2 dozada yuborilganida, 24 soat davomida 135 mg/m2 dozada yuborishga nisbatan, yuqori xavfi bor. Periferik neyropatiya davolashning birinchi siklidan keyin aniqlanishi va paklitaksel bilan davolash davom etgan sari chuqurlashishi mumkin. Sensor buzilishlar paklitaksel bekor qilinganidan keyin bir necha oylar davomida kamayadi yoki o‘tib ketadi. Ilgari o‘tkazilgan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan mavjud neyropatiya, paklitaksel bilan davolashni o‘tkazishga qarshi ko‘rsatma xisoblanmaydi. Ayollar jinsiy a‘zolarining o‘smalari yuzasidan paklitaksel sisplatin bilan majmuada ishlatilganda, sisplatinni monoterapiyada ishlatilganiga qaraganda, buyrak yetishmovchiligining yuqori xavfi bo‘lishi mumkin. Paklitaksel va trastuzumab Paklitakselni trastizumab bilan majmuasida paklitaksel monoterapiyada ishlatilgandagiga nisbatan quyidagi nojo‘ya ko‘rinishlarning soni oshishi mumkin (ikkala preparatlarni qo‘llash bilan aloqasidan qat‘iy nazar): yurak yetishmovchiligi, infeksiya, et uvishishi, tana haroratini oshishi, yo‘tal, teri toshmalari, artralgiya, taxikardiya, diareya, arterial gipertenziya, burundan qon ketishi, akne, oddiy gerpes, tasodifiy travmalar, insomniya, rinit, sinusit va yuborish joyida reaksiyalar. Paklitaksel va doksorubisin Sut bezining metastatik raki bo‘lgan bemorlarda doksorubisinni paklitaksel bilan majmuasida yurak mushagining qisqaruvchanligini buzilishi (chap qorinchadan qon otilib chiqish fraksiyasini ≥ 20% ga pasayishi) rivojlanishini yuqori xavfi mavjud. Dimlangan yurak yetishmovchiligi ≤ 1% pasientlarda kuzatiladi. Ilgari antrasiklinlarni olgan pasientlarga trastizumab paklitaksel bilan majmuada yuborilganda, paklitaksel bilan monoterapiya bilan solishtirganda, yurak faoliyatini buzilishlari soni va og‘irlik darajasi oshishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar Paklitakselni quyidagilarda: Faol moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga, ayniqsa makrogolgliserolning risinoleatiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda. Xomiladorlik va emizishda. Neytrofillarning dastlabki soni ≤ 1500/mm2 (SK – ≤ 1000/mm2 da) bo‘lganida. Yondosh jiddiy va nazorat qilinmaydigan infeksiyalari bo‘lgan Kaposhi sarkomasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Sisplatin Tuxumdon rakini birinchi yo‘nalish ximioterapiyasi sifatida paklitakselni sisplatindan oldin yuborish tavsiya etiladi, chunki aks xolda mielosupressiya xavfini rivojlanishi oshishi va paklitakselning klirensini taxminan 20% ga pasayishi aniqlangan. Ayollar jinsiy a‘zolarining o‘smalari bo‘lgan va paklitakselni sisplatin bilan majmuada qabul qilayotgan pasientlarda, sisplatin monoterapiyada ishlatilgandagiga nisbatan, buyrak yetishmovchiligi xavfi oshishi mumkin. Doksorubisin Doksorubisin va paklitakselni yuborish orasidagi qisqa vaqt oralig‘ida doksarubisin va uning faol metabolitlarini chiqarilishini sekinlashishi mumkin, shuning uchun paklitakselni doksorubisindan keyin 24 soat o‘tgach yuborish kerak. Sitoxrom R450 izofermentlarining substratlari Paklitaksel CYP2C8 yoki CYP3A4 ingibitorlari (masalan, ketokonazol yoki boshqa imidazol zamburug‘larga qarshi vositalar, eritromisin, fluoksetin, gemfibrozil, klopidogrel, simetidin, ritonavir, sakvinavir, indinavir va nelfinavir) bilan bir vaqtda ishlatilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, paklitakselning ekspozisiyasi qiymatlarini oshishi va uning toksikligini kuchayishi mumkin. Paklitakselni CYP2C8 yoki CYP3A4 ning ma‘lum induktorlari (masalan, rifampisin, karbamazepin, fenitoin, efavirenz va nevirapin) bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki paklitaksel ekspozisiyasining qiymatlarini va uning samaradorligi pasayishi mumkin. Simetidin Simetidin bilan premedikasiya paklitakselning klirensiga ta‘sir qilmaydi. Proteaza ingibitorlari Nelfinavir va ritonavir, indinavirdan farqli ravishda, paklitakselning tizimli klirensini ishonchli pasaytiradi. Proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda, paklitakselni extiyotkorlik bilan buyurish kerak. Maxsus ko‘rsatmalar Paklitaksel faqat sitostatiklarni ishlatish tajribasiga ega bo‘lgan shifokorlar tomonidan ishlatilishi kerak. Og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini shoshilinch ravishda bartaraf qilish uchun muvofiq jixozlar mavjud bo‘lishi kerak. Konsentratni suyultirish aseptik sharoitlarda maxsus o‘rgatilgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Xodimlar sitostatiklar bilan ishlash bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishlari kerak. Xomilador ayollar paklitaksel bilan ishlamasliklari kerak. Preparat toksik va ishlashda xamda va utilizasiyada maxsus ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishni talab etadi. Barcha boshqa sitostatiklar kabi, paklitaksel aloxida extiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak: u bilan ishlaganda ximoya kiyim qo‘lqoplar kiyish va niqob taqish kerak. Paklitakselni teri va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Paklitakselning eritmasi teriga tushgan xolda shikastlangan sohani darxol sovunlab suv bilan yuvish kerak. Paklitaksel eritmasi shilliq qavatga tushganda shikastlangan sohani suv bilan yaxshilab yuvish va darxol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Preparat bilan nafas olinganda dispnoe, ko‘krak qafasida og‘riqlar, tomoqda achishish va ko‘ngil aynishi aniqlangan. Preparatning barcha ishlatilmagan qoldiq qismi va u bilan ifloslangan materiallar maxalliy me‘yoriy aktlarning talablariga muvofiq utilizasiya qilinishi kerak. Qon va limfaning atrofdagi to‘qimalarga kirishi va tarqalishi mumkinligini xisobga olib, preparatni yuborish jarayonida infuziya sohasini infiltrasiya mumkinligiga sinchkov monitoring o‘tkazish tavsiya etiladi. Paklitaksel Ebeve® preparatini  yuborish oldidan xamma pasientlarda kortikosteroid, antigistamin vosita va N2-reseptorlarining antagonisti bilan, masalan, quyidagi tartibda premedikasiya qilish kerak: Preparat Doza Paklitaksel Ebeve®ni yubo- rishga nisbatan yuborish muddati Deksametazon 20 mg, peroral* yoki vena ichiga Peroral qabul: taxminan 12 va 6 soat oldin Vena ichiga yuborish: 30-60 minut oldin Difengidramin** 50 mg, vena ichiga 30-60 minut oldin Simetidin yoki ranitidin 300 ig, vena ichiga   50 mg, vena ichiga   30-60 minut oldin * Kaposhi sarkomasida – 8-20 mg ** Yoki boshqa o‘xshash antigistamin preparati, masalan, xlorfeniramin. Paklitaksel Ebeve®ni teshiklar diametri ≤ 0,22 mm filtr kiritilgan sistema yordamida yuborish kerak. Infuziya oldidan Paklitaksel Ebeve®ni aseptik sharoitlarda 0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasi va natriy xloridining 0,9% li eritmasi aralashmasida 0,3-1,2 mg/ml li oxirgi konsentrasiyagacha suyultirish kerak. Suyultirilgandan keyin eritma loyqa bo‘lishi mumkin. Paklitaksel Ebeve®, shuningdek uning eritmalarini polivinilxloriddan (PVX) tayyorlangan yoki uni saqlovchi konteynerlar va jixozlar bilan kontaktidan saqlanish kerak. Preparatning yordamchi moddasi (polioksietillangan kanakunjit moyi) PVX dan plastifikator dietilgeksil ftalatni ishqoriylanishiga olib kelishi mumkin. Paklitaksel Ebeve® infuziya uchun eritmasi shisha, polipropilen yoki poliolefin konteynerlarda saqlanishi va polietilen (PVX saqlamaydigan) infuzion tizimlar yordamida yuborilishi kerak PVX lan tayyorlangan qisqa kiruvchi va chiquvchi patrubkali filtrlarni ishlatish, DEGF ni ko‘p miqdorda ajralib chiqishiga olib kelmaydi. Kam xollarda Paklitaksel Ebeve®ni infuziyasi jarayonida (odatda 24-soatli infuziyaning oxirida) cho‘kma xosil bo‘lishi aniqlangan. Paklitaksel Ebeve®ni cho‘kmaga tushishi xavfini pasaytirish uchun, suyultirilgandan keyin iloji boricha qisqa muddatlarda ishlatilishi kerak; shuningdek xaddan ziyod vibrasiya va silkitishdan saqlanish kerak. Ishlatish oldidan infuzion tizim yaxshilab yuvilgan bo‘lishi kerak. Infuziya jarayonida ko‘proq eritmaning tashqi ko‘rinishini nazorat qilish, cho‘kma paydo bo‘lganda infuziyani to‘xtatish kerak. Paklitaksel Ebeve® etanol (401,66 mg/ml) saqlashi tufayli, MNT va organizmning boshqa tizimlariga etanolning samaralari rivojlanishi mumkin. Sisplatin bilan majmuada ishlatilganda paklitakselni birinchi yuborish kerak. Og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi rivojlangan xollarda darxol paklitakselning infuziyasini to‘xtatish va simptomatik davolashni boshlash kerak. Bu pasientga preparatni takroriy yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. Preparat yuborilganda qon ko‘rsatgichlarini tez-tez nazorat qilish kerak. Paklitaksel Ebeve®, leykositlar soni minimum 1500/mm3 gacha (SK – minimum 1000/mm3 da) va trombositlar soni minimum 100000/mm3 gacha (SK – 75000/mm3 da) tiklanmaguncha takroran yuborilmasligi kerak. Pasientda og‘ir neytropeniya rivojlangan xolda (7 yoki ko‘proq kun davomida neytrofillar soni ≤500/mm3 pasayishi) yoki og‘ir periferik neytropeniyada davolashning keyingi sikllarida paklitakselning dozasini 20% ga (SK – 25% da) pasaytirish kerak. Paklitakselning infuziyasi vaqtida o‘tkazuvchanlikni og‘ir buzilishlari rivojlanganda, muvofiq davolashni boshlash va preparat bilan keyingi davolash davomida yurak faoliyatini uzluksiz monitoringini o‘tkazish kerak. Xayotiy muxim faoliyatlarning parametrlarini, ayniqsa paklitaksel infuziyasining birinchi soati davomida tez-tez monitoring qilish tavsiya etiladi. Sut bezining metastatik rakini birinchi qator davolash sifatida paklitaksel doksorubisin yoki trastuzumab bilan majmuada ishlatilganda, yurak faoliyatini sinchkov monitoringini amalga oshirish kerak. Bu majmualarda paklitaksel bilan davolashni boshlash oldidan, yurakning xolatini dastlabki baxolashni bajarish va davolashning butun davri davomida yurak faoliyatini muntazam nazoratini (masalan, xar 3 oyda) o‘tkazish kerak. Yurak faoliyatini buzilishlari aniqlanganda, xatto simptomsizida xam, davolovchi shifokor davolashni davom ettirishning klinik foydasini, yurakni shikastlanishining potensial xavfi, shu jumladan potensial qaytmas xavfini, sinchiklab solishtirishi kerak. Davolash davom ettirilgan xolda, yurak faoliyatining monitoringini tez-tez o‘tkazib turish kerak (masalan, xar 1-2 siklda). Paklitaksel ishlatilganda ko‘pincha periferik neyropatiyani rivojlanishi aniqlanadi, lekin u kam xollarda jiddiy bo‘ladi. Og‘ir xollarda bu preparat bilan davolashning keyingi sikllari vaqtida paklitakselning dozasini 20% ga (SK – 25% da) pasaytirish tavsiya etiladi. Paklitaksel ishlatilganda, shu jumladan bir vaqtda antibiotiklarni qabul qilmayotgan pasientlarda, soxtamembranoz kolit rivojlanishi mumkin. Paklitaksel bilan davolash bilan birga o‘pka soxasida nur bilan davolashni qo‘shish (ularning ketma-ketligidan qat‘iy nazar) interstisial pnevmonitni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Kaposhi sarkomasi bo‘lgan bemorlarda og‘ir mukozit rivojlanishi mumkin. Bunday xollarda paklitakselning dozasini 25% ga pasaytirish kerak. Paklitakselni arteriya ichiga yuborishni oldini olish uchun, aloxida extiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki maxalliy o‘zlashtirishni o‘rganish yuzasidan xayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda arteriya ichiga yuborilganda u og‘ir maxalliy reaksiyalar chaqirgan. Jigar faoliyatini og‘ir darajali buzilishi bo‘lgan pasientlar paklitakselni qabul qilmasliklari kerak. Paklitakselni 18 yoshdan kichik bolalarda ishlatish tavsiya etilmaydi. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri Paklitaksel bu qobiliyatga xech qanday ta‘sir qilmaydi. Lekin Paklitaksel Ebeve®ni etanol saqlashini e‘tiborga olish kerak. Xomiladorlitk va emizish Paklitakselni xomiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Reproduktiv yoshdagi ikkali jins pasientlari va/yoki ularning jinsiy sheriklari paklitaksel bilan davolashning butun davri davomida va minimum u yakunlanganidan keyin 6 oy kontrasepsiyaning samarali usullarini qo‘llashlari kerak. Erkak pasientlarga bepushtlik rivojlanishi mumkinligi tufayli, paklitaksel bilan davolash boshlangunicha urug‘ suyuqligini konservasiya qilish bo‘yicha maslaxat olish tavsiya etiladi. Emizish davrida paklitakselni qo‘llash mumkin emas. Dozani oshirib yuborilishi Doza oshirib yuborilgan xollarda ishlatish uchun paklitakselning antidoti noma‘lum. Dozani oshirib yuborilishining asosiy kutiladigan ko‘rinishlari: mielosupressiya, periferik neyropatiya va mukozit. Doza oshirib yuborilgan xollarda pasient sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Davolash toksiklikning asosiy kutilayotgan ko‘rinishlari bilan belgilanadi. Bolalardagi dozani oshirib yuborilishi etanolning toksikligini o‘tkir ko‘rinishlari bilan assosiasiyalanadi.   Chiqarilish shakli Rangli plastik qopqoqli siqilgan alyumin qalpoqchalar bilan yopilgan va rezina tiqinlar bilan berkitilgan tiniq shisha flakonlar. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. O‘ram o‘lchamlari: 1 × 5 ml/30 mg paklitaksel. 1 × 16,7 ml/100 mg paklitaksel. 1 × 25 ml/150 mg paklitaksel. 1 × 35 ml/210 mg paklitaksel. 1 × 50 ml/300 mg paklitaksel.   Saqlash sharoiti Bolalar ololmaydigan joyda, original o‘ramida (yorug‘likdan ximoya qilish maqsadida), 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati Original o‘ramida: 3 yil. Birinchi ochilgandan keyin: 25 kun. Suyultirilgandan keyin: 2-8ºS xaroratda 24 soat. Mikrobiologik nuqtai nazardan suyultirilgan preparat bevosita tiklanganida yoki suyultirilganidan keyin, ko‘rsatilgan operasiyalar nazoratli va validasiyalangan aseptik sharoitlar xollaridan tashqari, ishlatilishi kerak. Kimyoviy va fizik barqarorligi yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 2-8 S xaroratda saqlanganda 14 kungacha vaqt davomida yoki 5% li glyukoza eritmasida suyultirilgandan keyin – 7 kungacha vaqt davomida, va natriy xloridining 0,9% li eritmasida suyultirilganda yorug‘likdan ximoyasiz xona xaroratida – 5 kun davomida bo‘lishi namoyish qilingan. Saqlash muddatlari va sharoitlariga rioya qilishga javobgarlik foydalanuvchida bo‘ladi. Berish tartibi Stasionar sharoitlarda qo‘llash uchun. Shifokor resepti bo‘yicha beriladi. Ulashish:

Аналоги лекарств

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?