KODELAK tabletkalari N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Shamollash va gripp uchun
Страна производитель:
Rossiya
Активное вещество:
Natriya gidrokarbonat, Termopsisa lansetnogo trava, Kodein, Solodki korni
Производитель:
ОАО "Фармстандарт-Лексредства"
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
R05FA02
Инструкция KODELAK tabletkalari N10
Qadoqda soni
10
Umumiy ma'lumot
KODELAK tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA KODELAK® BRONXO S CHABRESOM Preparatning savdo nomi: Kodelak® Bronxo s chabresom Dori shakli: eliksir Tarkibi: 5 ml eliksir quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: ambroksol gidroxloridi – 10 mg, glisirrizin kislotasining trinatriyli tuzi (natriy glisirrizanati) – 30 mg, suyuq toshcho‘p ekstrakti – 500 mg; yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 3,75 mg, propilparagidroksibenzoat (nipazol) – 1,25 mg, sorbitol (sorbit) – 3000 mg, tozalangan suv – 5 ml gacha. Ta‘rifi: och-jigarrangdan jigarrang ranggacha suyuqlik. Saqlash jarayonida cho‘kma hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy balg‘am ko‘chiruvchi vosita. ATX kodi: R05CA10. Farmakologik xususiyatlari Yo‘talni davolash uchun majmuaviy preparat, mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek yallig‘lanishga qarshi faollikga ega. Kodelak® Bronxo s chabresom eliksirining ta‘siri uning komponentlarining farmakologik xususiyatlari bilan bog‘liq: ambroksol sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega, balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini normallashtiradi, alveolalarda surfaktant sekresiyasini oshiradi. Balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi va uni ajralishiga yordam beradi; glisirrat (glisirrizin kislotasi va uning tuzlari) yallig‘lanishga qarshi va viruslarga qarshi ta‘sirga ega. Antioksidant va membranani turg‘unlashtiruvchi faolligi tufayli sitoprotektor ta‘sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatib, endogen glyukokortikosteroidlar ta‘sirini kuchaytiradi. Yaqqol yallig‘lanishga qarshi faolligi tufayli nafas yo‘llarida yallig‘lanish jarayonlarini kamayishiga yordam beradi; toshcho‘p o‘ti ekstrakti balg‘am ko‘chiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega efir moylarining aralashmasini saqlaydi. Bundan tashqari toshcho‘p o‘ti kuchsiz spazmolitik va reparativ xususiyatlarga ega. Qo‘llanilishi Qovushqoq balg‘am hosil bo‘lishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining kasalliklari: o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK), bronxoektatik kasallikda qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Ichga buyuriladi, ovqat qabul qilish vaqtida, oz miqdordagi suv bilan qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 10 ml dan sutkada 4 marta buyuriladi. 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,5 ml dan eliksir sutkada 3 marta, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi. Shifokor maslahatisiz davolashning maksimal davomiyligi – 5 kunni tashkil qiladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Allergik reaksiyalar. Kam hollarda – holsizlik, bosh og‘rig‘i, diareya, og‘iz bo‘shlig‘i va nafas yo‘llarini qurishi, ekzantemalar, rinoreya, qabziyat, dizuriya. Yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda – gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, me‘da va o‘n ikki barmoq yara kasalligi, bronxial astma. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Yo‘talga qarshi dori vositalari bilan birga qo‘llash balham ajralishini qiyinlashishiga olib keladi. Maxsus ko‘rsatmalar Yo‘talga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas. Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda 5 ml eliksirda 0,18 NB miqdorda sorbit mavjudligini hisobi bilan qo‘llash mumkin. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Kodelak® Bronxo s chabrisom preparatini homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Kodelak® Bronxo s chabresom preparatini emizish davrida qo‘llash zarurati bo‘lsa emizishni to‘xtatish kerak. Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Preparat transport vositalari va turli mexanizmlarni boshqarish, shuningdek diqqatni yuqori jamlash va psixomotor va harakat reaksiyalarining tezligini talab qiluvchi potensial xavfli boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya. Davolash: sun‘iy qusishni chaqirish, preparatni qabul qilishdan keyin birinchi 1-2 soatda me‘dani yuvish. Chiqarilish shakli 100 yoki 200 ml dan to‘q shisha flakonlarda. Bir flakon davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshiqchasi bilan karton qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: