GEPARIN 100,0 gel 1000ME/G
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Antitrombotik vositalar
Страна производитель:
Rossiya
Активное вещество:
Geparin natriya
Производитель:
Татхимфармпрепараты, ОАО
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
B01AB01
Инструкция GEPARIN 100,0 gel 1000ME/G
Umumiy ma'lumot
GEPARIN 100,0 gel 1000ME/G qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar GEPARINOVAYA MAZ dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha YO‘RIQNOMA Preparatning savdo nomi: Geparinovaya maz Guruhlash nomi: Geparin natriy + Benzokain + Benzilnikotinat& Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma Tarkibi: 1 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: geparin natriy – 100 XB (0,833 g faolligida geparin natriyning 120 XB/kg), benzokain – 40,0 mg, benzilnikotinat – 0,8 mg; yordamchi moddalar: gliserol – 150 mg, vazelin – 60 mg, stearin kislotasi (stearin kislotasi 50) – 50 mg, shaftoli moyi – 50 mg, emulgator №1 – 50 mg, metilparagidroksibenzoat – 1,5 mg, propilparagidroksibenzoat – 0,5 mg, suv – 1 g gacha. Ta‘rifi: oqdan sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan surtma. Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy qo‘llash uchun bevosita ta‘sir qiluvchi antikoagulyant vosita + boshqa preparatlar. ATX kodi: S05VA53 Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Sirtga qo‘llash uchun majmuaviy preparat, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq. Geparin – bevosita ta‘sir qiluvchi antikoagulyant, o‘rta molekulyar geparinlar guruhiga kiradi. Sirtga qo‘llanganida mahalliy antikoagulyant, ekssudasiyaga qarshi, o‘rtacha yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Trombinning hosil bo‘lishini bloklaydi. Geparin yallig‘lanish jarayonini kamaytiradi va antikoagulyant ta‘sir ko‘rsatadi, bilvosita mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, bu gematomalar va tromblarning so‘rilish jarayoniga va to‘qimalarning ishini kamayishiga yordam beradi. Benzilnikotinat periferik qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita bo‘lib, mikrosirkulyasiyani yaxshilanishiga yordam beradi. Geparinning kirishini yaxshilash uchun ad‘yuvant sifatida ishlatiladi. Benzokain mahalliy og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Natriy ionlari uchun hujayra membranasining o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, membrananing ichki yuzasida joylashgan reseptorlardan kalsiy ionlari surib chiqaradi, nerv impulslarining o‘tkazishini bloklaydi. Sezuvchi nerv oxirlarida og‘riq impulslarining paydo bo‘lishiga va ularning nerv tolalari bo‘ylab o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiladi. Farmakokinetikasi Geparin teri yuzasidan ahamiyatsiz darajada so‘riladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 95% gacha, taqsimlanish hajmi – 0,06 l/kg. Yo‘ldosh orqali o‘tmaydi va ko‘krak sutiga kirmaydi. Endotelial hujayralar va mononuklear – makrofagal tizimlari orqali jadal qamrab olinadi, jigarda va taloqda to‘planadi. Jigarda N-desulfamidaza va geparinning metabolizmiga kechki bosqichlarda qo‘shiladigan trombositlarning geparinazalari ishtirokida metabolizmga uchraydi. Buyraklarning endoglikozidazalari ta‘siri ostida desulfatizasiyaga uchragan molekulalar quyi molekulyar fragmentlarga aylanadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 1-6 soat (o‘rtacha – 1,5 soat); semirishda, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida oshadi, o‘pka arteriyalarining tromboemboliyasi, infeksiyalar, xavfli o‘smalarda kamayadi. Buyraklar orqali asosan faol bo‘lmagan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Gemodializ orqali chiqarilmaydi. Benzilnikotinat terining hamma qavatlariga kiradi. Tizimli qon oqimiga deyarli tushmaydi. Benzokain sirtga qo‘llanganida deyarli so‘rilmaydi. Qo‘llanilishi Yuzaki venalarning tromboflebiti, yuzaki periflebit; teri osti gematomasi; in‘eksiyadan keyingi va infuziyadan keyingi flebit; yuzaki mastit; bir joyga yig‘ilgan infiltratlar va shishlar, jarohatlar va lat yeyishlar (shu jumladan mushak to‘qimasi, paylar, bo‘g‘imlar); tashqi gemorroy, tug‘ruqdan keyingi gemorroidal tugunlarning yallig‘lanishi, limfedema (fil oyog‘i), limfangitda qo‘llanadi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; shikastlangan sohaning teri qoplamalarining butunligini buzilishi (ochiq infeksiyalangan jarohatlar, ayniqsa yarali-nekrotik jarayonlar); 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Qon ivishi tizimini buzilishi, trombositopeniyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanilishi Preparatni homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Geparin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tmaydi va ko‘krak suti bilan chiqarilmaydi. Preparatning boshqa komponentlarini ko‘krak sutiga tushishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Geparin surtmasini homiladorlikda va laktasiya davrida (emizishda) faqat agar, ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila yoki bola uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Qo‘llash usuli va dozalari Sirtga qo‘llanadi. Surtmani shikastlangan sohaga yupqa qavat qilib (0,5-1 g (2-4 sm surtma) 3-5 sm diametrli soha hisobidan) surtiladi va teriga ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Surtma kuniga 2-3 marta, har kuni yallig‘lanish holati yo‘qolguniga, o‘rtacha 3 kundan 7 kungacha qo‘llanadi. Yanada uzoqroq davolash kursini o‘tkazish imkoniyatini shifokor belgilaydi. Tashqi gemorroidal tugunlarning trombozida rektal tamponlar qo‘llanadi, surtma surp yoki mato taglikka surtiladi, ularni bevosita tromblangan tugunlarga qo‘yiladi va mahkamlanadi. Surtma bilan shimdirilgan tamponlar orqa yo‘liga kiritiladi. Surtmani har kuni belgilar yo‘qolgunicha, o‘rtacha 3-14 kun qo‘llash kerak. Nojo‘ya ta‘siri Preparatni uzoq qo‘llanganida terini qizarishi, qo‘llash joyida sezuvchanlikni pasayishi, allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish) ko‘rinishidagi mahalliy reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishi Ahamiyatsiz tizimli so‘rilishi tufayli dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam. Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri Surtmani mahalliy bir vaqtda nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQV), tetrasiklinlar, N1-gistamin reseptorlari blokatorlari bilan buyurilmaydi. Maxsus ko‘rsatmalar Geparin surtmasi katta sohalarga davomli qo‘llanganida va qon ivish va/yoki qon yaratish tizimiga ta‘sir qiluvchi peroral dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, qonning ivish vaqtini va protrombin vaqtini nazorat qilish kerak. Uzoq muddatli davolash kursining zarurati bo‘lganida va homilador ayollarda va 65 yoshdan oshgan ayollarda katta shikastlanish sohalarda nazorat tavsiya qilinadi. Ochiq jarohatlarga, yiringli jarayonlar bo‘lganida surtish mumkin emas. Surtmani chuqur venalarning trombozida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga noxush ta‘sir ko‘rsatmaydi. Chiqarilish shakli Sirtga qo‘llash uchun surtma. 25 g dan alyuminiy tubalarda yoki polietilen laminat tubalarda. Har bir tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti 20ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: