PREDNIZOLON DARNISA tabletkalari 5mg N40

Обновлено: 21.07.2022

PREDNIZOLON DARNISA tabletkalari 5mg N40
  • Категория:

    Dori vositalari

  • Страна производитель:

    Ukraina

  • Активное вещество:

    ---

  • Производитель:

    Дарница,Фарм.фирма, ЧАО

  • Количество в упаковке:

    40

  • Код ATX:

    H2AB06

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция PREDNIZOLON DARNISA tabletkalari 5mg N40

  • Qadoqda soni

    40

  • Umumiy ma'lumot

    PREDNIZOLON DARNISA tabletkalari 5mg N40 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA PREDNIZOLON PREDNISOLONUM Preparatning savdo nomi:  Prednizolon Ta‘sir etuvchi modda (XPN): prednizolon (prednisolone) Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma 5 mg/g Tarkibi: Bir tuba quyidagilarni saqlaydi: faol modda: prednizolon – 50 mg; yordamchi moddalar: gliserin, oq vazelin, stearin kislotasi, emulgator №1, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, tozalangan suv. Ta‘rifi: oq rangli surtma. Farmakoterapevtik guruhi: Kortikosteroidlar. Kasalliklarni mahalliy davolash uchun kortikosteroidlar. Sust faollikka ega kortikosteroidlar (I guruh). ATX kodi: D07AA03.   Farmakologik xususiyatlari Prednizolon – sintetik glyukokortikosteroid, mahalliy qo‘llash uchun preparatdir. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, shishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanish meditorlari (gistamin, prostaglandinlar, leykotrienlar, liposomal fermentlar) ni ajralib chiqishini tormozlaydi. Teri yallig‘lanish reaksiyasini susaytiradi, vazodilatasiyani va yallig‘lanish o‘chog‘ida qon tomirlarning oshgan o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, surtilgan joyda qichishish va og‘riqni kamaytiradi. Qo‘llanilishi Terining mikrobsiz etiologiyali yallig‘lanish va allergik kasalliklari: eshakemi, ekzema, allergik va seboreyali dermatitlar, psoriaz, qizil yugurik, eritrodermiyani kompleks davolash tarkibida qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Surtma terining shikastlangan sohalariga yupqa qilib, sutkada 1-3 marta, biroz ishqalab surtiladi. Davolash kursining davomiyligi kasallikning xarakteri va davolashning samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, odatda 6-14 sutkani tashkil qiladi. Preparatni 14 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Preparatni 1 yoshdan katta bolalarga buyurilganida davolashning umumiy davomiyligini 3-7 sutkagacha cheklash va kortikosteroidni so‘rilishini kuchayishiga olib keluvchi choralarni (isituvchi, fiksasiya qiluvchi va okklyuzion bog‘lovlar) inkor etish kerak.   Nojo‘ya ta‘sirlari Preparat, ayniqsa preparatning komponentlariga shaxsiy o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanganida, preparat surtilgan sohalarda giperemiya, shish, qichishish, eshakemi, toshma, steroidli xusnbuzarlar, purpura, teleangioektaziyalar, achishish, ta‘sirlanish va terini qurishi paydo bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatli davolashda, shuningdek terining ikkilamchi zararlanishlari, atrofik o‘zgarishlar, gipertrixoz rivojlanishi mumkin. Surtma uzoq vaqt davomida, ayniqsa katta shikastlanish sohalarida qo‘llanganida, prednizolonning rezorbtiv ta‘sirini ko‘rinishi sifatida giperkortisizm rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda preparatni bekor qilish kerak. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, Kushing sindromi, suvchechak, vaksinasiya davri, oddiy gerpes, jarohatli yoki yarali shikastlanishlar, terining bakterial, virusli va zamburug‘li kasalliklari, teri tuberkulezi, sifilisning teridagi ko‘rinishlari, teri o‘smalari, oddiy xusnbuzarlar, pushti xusnbuzarlar, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Prednizolon surtma shaklida mahalliy qo‘llanganda dorilarning o‘zaro ta‘siri ta‘riflanmagan. Davolanish davrida suvchechakka qarshi vaksinasiyani yoki immunizasiyaning boshqa turlarini, ayniqsa preparatni teri yuzasining katta maydonlarida uzoq muddat qo‘llanganda o‘tkazish mumkin emas. Maxsus ko‘rsatmalar Preparatni kerakli terapevtik samaraga erishish uchun zarur bo‘lgan juda kichik dozalarda va minimal qisqa muddatlarga buyurish lozim. Anamnezida psixozga ishora bo‘lgan hollarda yuqori dozalarni shifokrning qat‘iy nazorati ostida buyuriladi. Preparatni uzoq muddat qo‘llanganda, uni keskin bekor qilish xavflidir. Kasallik zo‘rayishi va bemorning umumiy holati yomonlashishi mumkin. Shuning uchun preparatni asta-sekin bekor qilinadi. Davolash jarayonida okulistning nazorati, arterial bosim nazorati zarur. Davolashni shifokor kuzatuvi ostida o‘tkazish lozim. Nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanishini kamaytirish maqsadida kortikosteroidlar (KS) va nosteroid preparatlarni navbatma-navbat qo‘llash kerak. KS bilan ishlov beriladigan teri qoplamasining maksimal ruxsat berilgan maydoni tana yuzasining 20% dan oshmasligi kerak. KS ni qisqa kurslarda va profilaktika uchun emas, balki faqat davolash uchun qo‘llash lozim. Prednizolonni buyurish uchun glyukokortikosteroidlar (GKS) ning sutkalik sekretor ritmini, buyrak usti bezi gormonlarini ajralib chiqish ritmini hisobga olish lozim: ertalab katta dozalar buyuriladi, kunduzi – o‘rtacha, kechqurun – kichik dozalar buyuriladi. Oddiy va pushti husnbuzarlarda qo‘llanganda kasallik zo‘rayishi mumkin. Preparatni ko‘rish a‘zolarining shilliq qavatlariga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Immun tanqislik holatlarida (shu jumladan OITS yoki OITV-infeksiyalangan bemorlarda) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bir yoshli va undan katta bolalarda umumiy davolash davomiyligini cheklash va dori vositasini rezorbsiyasi va so‘rilishini kuchayishiga olib keluvchi chora-tadbirlarni istisno etish lozim. Bolalarda buyrak usti bezi po‘stlog‘ining faoliyatini susayishi tezroq rivojlanishi mumkin. Preparatni uzoq vaqt davomida qo‘llanganda bolalarda tana vazni, bo‘y, plazmadagi kortizolning miqdorini kuzatish kerak. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homilador ayollarda qo‘llash mumkin emas. Emizikli onalarga davolanish davrida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Avtotransportni va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Bu dori vositasi avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab etuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Doza oshirib yuborilganda nojo‘ya reaksiyalarning ko‘rinishlari kuchayishi mumkin. Prednizolonni uzoq muddat davomida katta miqdorlarda qo‘llanganda giperkortisizm simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Simptomlari: bosh og‘rig‘i, yurak yetishmovchiligi, eshakemi, toshma, kuchli qichishish. Davolash simptomatik. Preparatni qo‘llashni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish lozim. Og‘ir hollarda shoshilinch tibbiy yordam zarur.   Chiqarilish shakli 10 g dan tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi   Saqlash sharoiti 8°S dan 15°S gacha haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil.   Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?