ORNIDAZOL 0,5 tabletkalari N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Antibiotiklar
Страна производитель:
Rossiya
Активное вещество:
Ornidazol
Производитель:
Вертекс Акционерное Общество
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
J01XD03
Инструкция ORNIDAZOL 0,5 tabletkalari N10
Qadoqda soni
10
Umumiy ma'lumot
ORNIDAZOL 0,5 tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA ORNIDAZ® ORNIDAZ® Preparatning savdo nomi: Ornidaz® Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ornidazol Dori shakli: infuziya uchun eritma. Tarkibi: 100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 500 mg ornidazol IP; yordamchi moddalar: natriy xloridi USP, in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi: tiniq rangsiz yoki och sariq rangli eritma. Farmakoterapevtik guruhi: protozoylarga qarshi vosita. ATX kodi: J01X D03. Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Ornidaz® – 5-nitroimidazolning xosilasi, metronidazol va boshqa 5-nitroimidazol-larning ta‘siriga o‘xshash antibakterial ta‘sirga ega. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia(Giardia intestinalis), shuningdek Gardnerella vaginalis, Bacteroides va Clostridium spp., Fusobacterium kabi ayrim anaerob bakteriyalarga va anaerob kokklarga nisbatan faol. Balantidium coli, Blastocystis hominis, Trichomonas vaginalis, Trichomonas foetus, Giardia intestinalis va Entamoeba histolytica ga qarshi protozoylarga qarshi ta‘sirga ega. Ta‘sir mexanizmi bo‘yicha Ornidaz® –nitroguruhni kimyoviy jihatdan qaytarish va oqsillarning feridoksinlarini nitrobirikmalar bilan o‘zaro ta‘sirini katalizlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ferment tizimlariga ega mikroorganizmlarga nisbatan tanlov faollikka ega DNK-trop preparatdir. Preparat mikrob xujayrasiga kirganidan keyin uning ta‘sir mexanizmi, mikroorganizmning nitroreduktazalari ta‘siri ostida nitroguruhni tiklanishi va tiklangan nitroimidazolning faolligi bilan bog‘liq. Tiklanish mahsulotlari DNK bilan majmualar hosil qiladi, bu uni degradasiyasiga olib keladi, DNK replikasiyasi va transkripsiyasi jarayonlarini buzadi. Bundan tashqari, preparatning metabolizmini mahsulotlari sitotoksik xususiyatlarga ega va xujayra nafasi jarayonlarini buzadi. Farmakokinetikasi Vena ichiga tomchilab 15 mg/kg boshlang‘ich dozada yuborilganida va keyingi tana vazniga 7,5 mg/kg dozada har 6 soatda yuborilganida, maksimal muvozanat konsentrasiyasi 26 mkg/ml, minimali esa – 18 mkg/ml ni tashkil qiladi. Ornidazol organizmning safro, so‘lak, plevral, peritoneal va orqa miya suyuqligi (qon plazmasidagi konsentrasiyasidan taxminan 43%), qin sekreti, suyak to‘qimasi, jigar, eritrositlar kabi ko‘pchilik to‘qimalari va biologik suyuqliklarida taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 20% dan kamroqni tashkil qiladi. Ornidazol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga chiqariladi. Organizmda preparatning deyarli 30-60% gidroksillanish, oksidlanish va glikozillanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksimetronidazol) ham protozoylarga qarshi va antibakterial ta‘sirga ega. Ornidazol bir marta yuborilganidan keyin asosan siydik bilan (60-80%), qisman – safro bilan o‘zgarmagan holda va metabolitlari ko‘rinishida 5 sutka davomida chiqariladi. Qo‘llanilishi Trixomoniaz, amyobiaz, amyobali dizenteriya, ichakdan tashqari amyobiaz (shu jumladan jigarning amebali absessi); lyamblioz; ornidazolga sezgir anaerob bakteriyalar chaqirgan tizimli infeksiyalar: septisemiya, meningit, peritonit, operasiyadan keyingi jarohat infeksiyalari, operasiyadan keyingi sepsis, tug‘ruqdan keyingi sepsis, septik abort va endometrit; yo‘g‘on ichakdagi jarroxlik aralashuvlaridan va ginekologik aralashuvlaridan keyin anaerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni oldini olishda qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Preparat vena ichiga yuboriladi. Anaerob infeksiyada kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 500-1000 mg boshlang‘ich dozada qo‘llanadi, keyin – 500 mg dan har 12 soatda yoki 1000 mg dan har 24 soatda 5-10 kun davomida (pog‘onali doza). Pasientning holati barqarorlanganidan keyin, ornidazolni og‘iz orqali qabul qilishga o‘tish kerak (masalan, 500 mg li tabletkalar, 1 tabletkadan har 12 soatda). Tana vazni 6 kg dan katta 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkalik doza tana vazniga 20 mg/kg hisobidan buyuriladi, 2 yuborishga bo‘lingan, 5-10 sutka davomida. Anaerob infeksiyalarni oldini olish uchun kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga Ornidaz® vena ichiga 500-10000 mg dozada operativ aralashuvdan yarim soat oldin yuboriladi. Aralash infeksiyalarni oldini olish uchun Ornidaz®ni aminoglikozidlar, penisillin yoki sefalosporinlar bilan birga qo‘llash kerak. Preparatlarni aloxida yuborish kerak. Trixomoniaz Kattalar – 0,5 g kuniga 3 marta 5 kun davomida yoki 1 g metronidazolni kechqurunga intra vaginal yuborilishi bilan birga majmuada buyuriladi. Bolalarga – sutkada tana vazniga 25 mg/kg doza hisobilan bir marta buyuriladi. Kechishi og‘ir bo‘lgan amebali dizenteriya, amebiazning barcha ichakdan tashqari shakillari. Kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bolalar uchun birinchi yuborish 500-1000 mg ni tashkil qiladi, keyin – 500 mg dan xar 12 soatda, 3-6 sutka davomida buyuriladi. Tana vazni 35 kg dan kam bolalarga Ornidaz® sutkada tana vazniga 25 mg/kg hisobidan yuboriladi, 2 yuborishga bo‘linadi. Lyamblioz Kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bolalar – sutkada 1,5 g dan buyuriladi. Tana vazni 35 kg dan kam bolalarga – sutkada 40 mg/kg dozada buyuriladi. Davolash davomiyligi 1-2 kun. Buyraklar faoliyatini buzilishida yuborishlar orasidagi interval uzaytiriladi yoki preparatning bir martalik va sutkalik dozasi pasaytiriladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Meda-ichak yo‘llari tomonidan: metall ta‘mi, og‘izni qurishi, tilni oqarishi, ko‘ngil aynishi, ishtahani yo‘qolishi, qorin og‘rig‘i, diareya, qusish, jigar sinamalarining ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, mushaklarning rigidligi, harakat koordinasiyasini buzilishi, ataksiya, tirishishlar, ongni chalkashishi, sensor yoki aralash periferik neyropatiyaning belgilari. Allergik reaksiyalar: juda kam – angionevrotik shish; teri toshmalari, qichishish, eshakemi. Boshqalar: o‘rtacha leykopeniya, siydikning rangini to‘qlashashi, yurak-tomir buzilishlari. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar O‘ta yuqori sezuvchanlik; homiladorlikning I uch oyligi; laktasiya davri; markaziy nerv tizimining organik kasalliklari. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Ornidazol kumarin qatori peroral antikoagulyantlarning ta‘sirini potensiyalaydi, bu dozani muvofiq to‘g‘irlashni talab qiladi. Ornidazol vekuroniy bromidining miorelaksasiyalovchi ta‘sirini uzaytiradi. Preparatning konsentrasiyasi mikrosomal fermentlarning induktorlari (fenobarbital, rifampisin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida pasayadi va jigarning mikrosomal tizimi ingibitorlari, xususan N2-reseptorlarning blokatorlari (simetidin) bilan bir vaqtda ishlatilgagnida oshadi. 5-nitroimidazolning boshqa xosilalari bilan qo‘llanganida periferik nefrit, ruxiy depressiya, tutqanoqqa o‘xshash tirishishlarni aloxida hollari haqida xabar berilgan. Maxsus ko‘rsatmalar Jigar faoliyatining yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga (dozani kamaytirish kerak), bosh miyaning shikastlanishi bo‘lgan bemorlarga, qon yaratilishining buzilishi bo‘lgan bemorlarga (leykopeniya, neytropeniya rivojlanishining katta xavfi); alkogolni suiste‘mol qiluvchi pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Homiladarlik va laktasiya davrida qo‘llanishi Ornidaz®ni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas. II va III oyliklarida preparat faqat mutloq ko‘rsatmalar bo‘yicha buyuriladi. Laktasiya davrida Ornidaz® preparatini qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak. Avtomobilni boshqarish yoki harakatlanuvchi mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri Ornidaz® diqqatni jamlash qobiliyatini va psixomotor reaksiyalar tezligini pasaytiradi. Avtotransportni boshqaruvchi yoki boshqa mexanizmlarda ishlovchi pasientlar bunday ko‘rinishlari bo‘lishi mumkinligini hisobga olishlari kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: xushni yo‘qotish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qaltirash, tirishishlar, depressiya, pnriferik nefrit, ko‘ngil aynishi, qusish. Davolash: simptomatik, spesifik antidoti ma‘lum emas. Chiqarilish shakli Infuziya uchun eritma 5 mg/ml. 100 ml dan LDPE turidagi flakonda. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qarton qutida. Saqlash sharoiti 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Berish tartibi Resept bo‘yicha beriladi. Ulashish: