DEKSAMETAZON 0,0005 tabletkalari N56
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Gormonal
Страна производитель:
Rossiya
Активное вещество:
Deksametazon
Производитель:
Обновление ПФК АО
Количество в упаковке:
56
Код ATX:
H02AB02
Инструкция DEKSAMETAZON 0,0005 tabletkalari N56
Qadoqda soni
56
Umumiy ma'lumot
DEKSAMETAZON 0,0005 tabletkalari N56 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA DEKSAMETAZON-DARNISA DEXAMETHASONE-DARNITSA Preparatning savdo nomi: Deksametazon-Darnisa Ta‘sir etuvchi modda (XPN): deksametazon (dexamethasone); Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma Tarkibi: 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 4 mg deksametazon natriy fosfati; Yordamchi moddalar: natriy gidrofosfat dodekagidrati, kaliy digidrofosfati, gliserin, benzil spirti, dinatriy edetati (trilon B), in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun kortikosteroidlar. Glyukokortikoidlar. Deksametazon. ATX kodi: N02A V02. Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Deksametazon-Darnisa – glyukokortikoidli ta‘sir ko‘rsatuvchi buyrak usti bezining sun‘iy gormonidir (kortikosteroid). Yallig‘lanishga qarshi va immunosupressiv ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek energetik metabolizm, glyukoza almashinuvi, gipotalamus sekresiyasi omilini faollashishiga (manfiy teskari bog‘lanishi orqali) va adenogipofiz trofik gormoniga ta‘sir etadi. Glyukokortikosteroidlarning ta‘sir etish mexanizmi hozirgi paytgacha aniqlanmagan. Hozirgi paytda glyukokortikosteroidlarning ta‘sir etish mexanizmi to‘g‘risida yetarli miqdorda xabarlar bo‘lib, ularni glyukokortikosteroidlarning hujayra darajasida ta‘sir etishini tasdiqlaydi. Hujayra sitoplazmasida ikkita yaxshi o‘rganilgan reseptorlar tizimi mavjud. Glyukokortikosteroidlar glyukokortikoid reseptorlari bilan bog‘lanishi orqali yallig‘lanishga qarshi va immunosupressiv ta‘sir ko‘rsatadi va glyukozani almashinishini boshqaradi, mineralokortikoidlar reseptorlari bog‘lanishi orqali esa natriy, kaliy metabolizmini va suv-elektrolit muvozanatini boshqaradi. Glyukokortikosteroidlar lipidlarda eriydi va hujayra membranasi orqali nishon hujayralarga oson o‘tadi. Gormonning reseptor bilan bog‘lanishi reseptor konformasiyasini o‘zgarishiga olib keladi, bu uning DNK bilan yaqinligini oshishiga olib keladi. Gormon/reseptor majmuasi hujayra yadrosiga kiradi va DNK molekulasini boshqaradigan markaz bilan bog‘lanadi, u shuningdek glyukokortikoid javob (GRE) elementi deb ham ataladi. GRE bilan yoki spesifik genlar bilan bog‘langan faollashgan reseptor m-RNK transkripsiyasini boshqaradi, u oshishi yoki kamayishi mumkin. Paydo bo‘lgan m-RNK ribosomalarga tashiladi va natijada yangi oqsillar paydo bo‘lishi yuz beradi. Nishon hujayralari va hujayralarda kechayotgan jarayonlarga bog‘liq holda oqsillar sintezi kuchayishi (masalan, jigar hujayralarida tirozintransaminaza paydo bo‘lishi) yoki kamayishi (masalan limfositlarda IL-2 hosil bo‘lishi) mumkin. Glyukokortikosteroidlar reseptorlari barcha turdagi to‘qimalarda bo‘lganligi sababli, glyukokortikosteroidlar organizmning ko‘pchilik hujayralariga ta‘sir etadi deb hisoblash mumkin. Farmakokinetikasi So‘rilishi Deksametazon in‘eksiya qilingan joydan tez so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga vena ichiga yuborilgandan 5 minutdan keyin va mushak ichiga yuborilganda 1 soat davomida erishiladi. Bo‘g‘imga yoki yumshoq to‘qimaga (yallig‘lanish o‘chog‘i) mahalliy yuborilganda so‘rilish in‘eksion yuborishga qaraganda sekinroq amalga oshadi. Vena ichiga yuborilganda, ta‘sir etishi darhol boshlanadi, mushak ichiga yuborilganda – 8 soatdan keyin boshlanadi. Preparat uzoq vaqt ta‘sir etuvchi glyukokortikosteroidlar qatoriga qiradi. Mushak ichiga yuborilganda ta‘siri 17-28 kun va mahalliy qo‘llanganda esa – 3 kundan 3 haftagacha davom etadi. Taqsimlanishi Qon plazmasida 77% deksametazon plazma oqsillari bilan, asosan albumin bilan bog‘lanadi. Deksametazonning faqatgina oz qismi boshqa oqsillar bilan bog‘lanadi. Deksametazon yog‘da eruvchan hisoblanadi, shuning uchun u hujayralarga va hujayralararo bo‘shliqlarga oson kiradi. Markaziy nerv tizimida (gipotalamus, gipofiz) bog‘lanadi va membrana reseptorlari orqali ta‘sir ko‘rsatadi. Periferik to‘qimalarda bog‘lanadi va sitoplazmatik reseptorlar yordamida ta‘sir ko‘rsatadi. Biotransformasiyasi Deksametazon metabolizmi ta‘sir etgan joyda, ya‘ni hujayraning o‘zida kechadi. Deksametazon birinchi navbatda jigarda metabolizmga uchraydi, shuningdek buyrak va boshqa to‘qimalarda ham metabolizmga uchrashi mumkin. Chiqarilishi Deksametazonning biologik yarim chiqarilish davri 24-72 soatni tashkil etadi. Deksametazonning taxminan 80% buyrak orqali glyukuronid ko‘rinishida 24 soat davomida chiqariladi. Qo‘llanilishi Deksametazon shoshilinch holatlarda va peroral qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan holatlarda vena ichiga yoki mushak ichiga yuborilsin. Endokrin tizimi kasalliklari: buyrak usti bezining birlamchi yoki ikkilamchi (gipofizar) yetishmovchiligida o‘rin bosar davolash (o‘tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligidan tashqari, bu holatda gormonal samara yuqoriroq bo‘lishini hisobga olganda gidrokortizon yoki kortizon yuborish ko‘proq ma‘qul hisoblanadi); o‘tkir buyrak usti bezining yetishmovchiligida (gidrokortizon yoki kortizon tanlov preparati hisoblanadi; mineralokortikoidlar bilan birga qo‘llash zarur bo‘lishi mumkin, ayniqsa sintetik analoglari qo‘llanilganda); operasiyadan oldin va og‘ir jarohatlarda yoki aniqlangan buyrak usti bezi yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda yoki aniqlanmagan adrenokortikal zahirada; an‘anaviy davolashga chidamli shokda, aniqlangan yoki shubha qilingan buyrak usti bezi yetishmovchiligida; buyrak usti bezining tug‘ma giperplaziyasi; qalqonsimon bezining yiringli bo‘lmagan yallig‘lanishi va radiasion tireoiditlarning og‘ir shakllari. Revmatologik kasalliklar: (bazis davolash ta‘sir etmaganda, ya‘ni og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalarning yallig‘lanishga qarshi ta‘siri foydasiz bo‘lganda yordamchi davolash usuli sifatida): revmatoid artrit, shu jumladan, yuvenil revmatoid artrit va revmatoid artritni bo‘g‘imlardan tashqari ko‘rinishlari (o‘pka, ko‘z va yurakdagi revmatik o‘zgarishlar, teri vaskuliti); osteoartrozdagi sinoviit; jarohatdan keyingi osteoartroz; epikondilit; o‘tkir nospesifik tendosinoviit; o‘tkir podagrik artrit; psoriatik artrit, ankilozlovchi spondilit; biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari; vaskulit. Teri kasalliklari: po‘rsildoq; og‘ir ko‘pshaklli eritema (Stivens-Djonson sindromi); eksfoliativ dermatit; bullyoz gerpetiform dermatit; ekssudativ eritemaning og‘ir shakllari; tugunli eritema; seboreyali dermatitning og‘ir shakllari; psoriazning og‘ir shakllari; standart davolashga chidamli eshakemi; fungoid mikoz; dermatomiozit. Allergik kasalliklar (an‘anaviy davolash usullariga berilmaydigan): bronxial astma; kontakt dermatit, atopik dermatit; zardob kasalligi; surunkali yoki majmuaviy allergik rinit, dori vositalariga allergiya; qon quygandan keyingi eshakemi. Ko‘rish a‘zolari kasalliklari: ko‘zning yallig‘lanish kasalliklari (o‘tkir markaziy xorioidit, ko‘rish nervi nevriti); allergik kasalliklari (kon‘yunktivitlar, uveitlar, skleritlar, keratitlar, iritlar); tizimli immun kasalliklari (sarkoidoz, chakka arteriit); ko‘z soqqasidagi proliferativ o‘zgarishlar (endokrin oftalmopatiya, soxta o‘sma); muguz pardasi ko‘chirib o‘tkazilganda immunosupressiv davolash. Eritmani tizimli yoki mahalliy (kon‘yunktiva ostiga, retrobulbar yoki parabulbar yuborish) yuborish mumkin. Me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari: yarali kolit (og‘ir kechishda), Kron kasalligi (og‘ir kechishida) pasientni kritik holatdan chiqarish uchun; surunkali autoimmun gepatitlar; jigarni ko‘chirib o‘tkazishda ko‘chish reaksiyasida. Nafas yo‘llari kasalliklari: simptomatik sarkoidoz (simptomatik davolash); o‘tkir toksik bronxiolit; surunkali bronxit va astma (zo‘rayganda); o‘choqli yoki tarqalgan o‘pka tuberkulyozi (tuberkulyozga qarshi tegishli davolash bilan birga); berillioz (granulematoz yallig‘lanish); radiasion yoki aspirasion pnevmonit. Gematologik kasallaklar: orttirilgan yoki tug‘ma surunkali aplastik anemiya; autoimmun gemolitik anemiya; kattalardagi ikkilamchi trombositopeniya; eritroblastopeniya; o‘tkir limfoblastom leykemiya (induksion davolash); kattalardagi idiopatik trombositopenik purpura (faqat yuborish, mushak ichiga yuborish mumkin emas). Buyrak kasalliklari: buyrakni ko‘chirib o‘tkazishda immunosupressiv davolash; diurezni rag‘batlantirish yoki idiopatik nefrotik sindromida (uremiyasiz) proteinuriyani kamaytirish va tizimli qizil yugurikda buyrak faoliyatini buzilishi. Xavfli onkologik kasalliklar: kattalarda leykemiya va limfomani palliativ davolash; bolalarda o‘tkir leykemiya; xavfli kasalliklardagi giperkalsiemiyada. Bosh miya shishi: bosh miyaning birlamchi yoki ikkilamchi metastatik o‘smalari natijasidagi bosh miya shishlarida; bosh suyagi trepanasiyasi va bosh miya jarohatlarida. Shok: odatiy usullar bilan davolashga berilmaydigan shok holati; buyrak usti bezi yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlardagi shok; anafilaktik shok (adrenalin buyurilgandan keyin vena ichiga); buyrak usti bezi yetishmovchiligi aniqlanganda yoki unga shubha bo‘lganida, operasiyadan oldin shokning oldini olish uchun. Boshqa ko‘rsatmalar: subaraxnoidal blokadali tuberkulyoz meningit (tuberkulyozga qarshi tegishli davolash bilan birga); nevrologik simptomlari bo‘lgan trixinellyoz yoki miokard trixinellyozi; aponevroz yoki paylarning (gangliya) kistozli o‘smasi. Bo‘g‘im ichiga yoki yumshoq to‘qimalarga yuborishga ko‘rsatmalar: revmatoid artrit (alohida bo‘g‘imni og‘ir yallig‘lanishi), ankilozlovchi spondilit (yallig‘langan bo‘g‘imlar an‘anaviy davolash usullariga chidamli bo‘lsa); psoriatik artrit (oligoartrikulyar shakli va tendovaginit); monoartrit (sinovial suyuqlik olib tashlangandan keyin); bo‘g‘imlarning osteoartriti (faqat sinovial va ekssudasiya holatlarida); bo‘g‘imdan tashqaridagi revmatizm (epikondilit, tendovaginit, bursit); o‘tkir va podagrik artrit. Mahalliy yuborish (shikastlangan joyga yuborish): keloid shikastlanishlar; temiratki, psoriaz, xalqasimon granulyoma, sklerozlanuvchi follikulit, diskoidli yugurik va teri sarkoidozidagi gipertrofik, yallig‘lanish va infiltrativ shikastlanishlar; diskli qizil yugurik lishayi; Urbax-Oppengeym kasalligi, chegaralangan alopesiyada qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Preparat kattalarga va tug‘ilgandan boshlab bolalarga qo‘llash mumkin. Vena ichiga (in‘eksiya yoki infuziya ko‘rinishida), mushak ichiga yoki mahalliy – bo‘g‘im ichiga in‘eksiya yoki teridagi shikastlangan sohaga yoki yumshoq to‘qimalar infiltrati in‘eksiya ko‘rinishida yuboriladi. Infuziya uchun erituvchi sifatida natriy xloridining 0,9% li eritmasi yoki glyukozaning 5% li eritmasi qo‘llanilsin. Chaqaloqlarda, ayniqsa chala tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llanganda, vena ichiga yuborishga mo‘ljallangan eritmalar yoki preparatni keyinchalik eritish uchun, eritmalar o‘zida konservantlar saqlamasligi kerak. Preparatni infuziya uchun erituvchi bilan aralashtirilganda steril choralariga amal qilish kerak. Aralashma 24 soat davomida qo‘llanishi kerak, chunki infuziya uchun tayyorlangan eritmalar konservantlar saqlamaydi. Har bir parenteral yuborishdan oldin yuborish uchun mo‘ljallangan preparatlarni qo‘shimchalar borligiga va rangini o‘zgarishini ko‘z orqali tekshirish kerak. Preparat dozasini shaxsan pasientning kasalligi holatiga, ko‘zlangan davolash davomiyligiga, glyukokortikosteroidlarni o‘zlashtiraolishiga va organizm reaksiyasiga qarab shaxsiy ravishda aniqlash kerak. Kattalarga Preparatni parenteral ko‘rinishda faqat shoshilinch holatlarda, peroral davolash mumkin bo‘lmaganda va “Qo‘llanilishi” bo‘limida ko‘rsatilgan hollarda yuborish kerak. Vena ichiga va mushak ichiga yuborish Preparatni kuniga 0,5 dan to 9 mg boshlang‘ich dozada qo‘llash mumkin, zarur bo‘lganida dozani oshirish mumkin. Deksametazonning boshlang‘ich dozalarini klinik reaksiya paydo bo‘lgunicha yuborish kerak, keyinchalik esa dozani sekin-asta eng kichik samarali dozaga kamaytiriladi. Yuqori dozalarni bir necha kundan kun ko‘p vaqt davomida yuborilganda, doza sekin-asta keyingi bir necha kun davomida yoki hatto ko‘proq vaqt davomida kamaytiriladi. Mahalliy yuborish Odatda preparat 0,2-6 mg dozada qo‘llaniladi, xususan: – yirik bo‘g‘imlar (masalan, tizza) – 2-4 mg; – mayda bo‘g‘imlar (masalan, falangalar orasi, chakka-pastki jag‘) – 0,8-1 mg; – sinovial xalta – 2-3 mg; – pay qobiqlari – 0,4-1,0 mg; – yumshoq to‘qima infiltrasiyasi – 2-6 mg; – gangliyalar – 1-2 mg; Bo‘g‘imlarga takroran 3-4 oydan keyin yuborish mumkin. Bir bo‘g‘imga butun hayot davomida 3 yoki 4 marta yuborish mumkin. Bo‘g‘im ichiga tez-tez yuborish bo‘g‘im tog‘ayi shikastlanishi va suyak nekrozini chaqirishi mumkin. Bo‘g‘im ichiga in‘eksiyalarni bir paytning o‘zida 2 ta bo‘g‘imdan ortiqqa yubormaslik tavsiya etiladi. Shikastlangan joyga kiritilgan deksametazon dozasi bo‘g‘im ichiga yuborilgan dozaga tenglashtiriladi. Deksametazonni 2 tadan ortiq shikastlangan joyga bir vaqtda yuborish tavsiya etilmaydi. Glyukokortikosteroidlarni bo‘g‘imlar ichiga in‘eksiya qilish mahalliylarga qo‘shimcha ravishda tizimli reaksiyalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Glyukokortikosteroidlarni infeksiyalangan bo‘g‘imlar va nostabil yoki deformasiyaga uchragan bo‘g‘imlarga yuborish mumkin emas. Bolalarga O‘rin bosar davolash: preparat sutkada 0,02 mg/kg dozada (sutkada 0,67 mg/m2 tana yuzasi) 3 kunga bo‘lib, har 3 kunda yuboriladi yoki tana vazniga 0,2-0,3 mg/kg (0,2-0,3 mg/m2 tana yuzasi) hisobidan buyuriladi. Boshqa ko‘rsatmalar: preparat 0,02-0,1 mg/kg (0,8-5 mg/m2 tana yuzasi) dozada har 12-24 soatda qo‘llaniladi. Quyida solishtirish maqsadida turli glyukokortikosteroidlarning ekvivalent dozalari milligrammlarda keltirilgan: Deksametazon 0,75 mg Prednizon 5 mg Kortizon 25 mg Metilprednizon 4 mg Gidrokortizon 20 mg Triamsinolon 4 mg Prednizolon 5 mg Betamezon 0,75 mg Nojo‘ya ta‘sirlari Nojo‘ya reaksiyalar kelib chiqish tez-tezligi dozaga va davolash davomiyligiga bog‘liq. Qisqa vaqt davomida davolagandagi nojo‘ya reaksiyalar Ruhiyat tomonidan: ruhiy buzilishlar. Me‘da-ichak yo‘llarii tomonidan: yara kasalligi, o‘tkir pankreatit. Moddalar almashinuvi va metabolizm tomonidan: uglevodlarlarga nisbatan tolerantlikni pasayishi, ishtahani oshishi, tana vaznini oshishi, gipertrigliseridemiya. Endokrin tizimi tomonidan: buyrak usti bezi faoliyatini vaqtinchalik susayishi. Immun tizimi, teri va teri osti klechatkasi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari. Uzoq vaqt davomida davolashdagi nojo‘ya reaksiyalar: Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya, teleangioektaziya. Ko‘rish a‘zolari tomonidan: katarakta, glaukoma. Moddalar almashinuvi va metabolizm tomonidan: semirish. Endokrin tizimi tomonidan: buyrak usti bezi faoliyatini uzoq vaqt davomida susayishi, bolalar o‘sishini sekinlashishi, epifizar o‘sish zonalarini muddatidan oldin berkilishi. Suyak-mushak apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: mushak atrofiyasi, osteoporoz, naysimon suyaklar sinishi, suyaklarning aseptik nekrozi. Immun tizimi, teri va teri osti klechatkasi tomonidan: immun javobni pasayishi va infeksion kasalliklarga nisbatan beriluvchanlikni oshishi, terini yupqalashishi. Deksametazon bilan davolaganda turli a‘zolar va tizimlarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar Yurak-qon tizimi tomonidan: paroksizmal bradikardiya, yurak to‘xtab qolishi, yurak aritmiyalari, stenokardiya xurujlari, yurakni kattalashishi, qon-tomir yetishmovchiligi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, yog‘ emboliyasi, arterial gipertenziya, chala tug‘ilgan chaqaloqlarda gipertrofik kardiomiopatiya, juda kam hollarda – yaqinda miokard infarktini o‘tkazgan pasientlarda yurak yorilishi; shuningdek qorinchalar politop ekstrasistoliyasi, gipertonik ensefalopatiyasi, taxikardiya, tromboemboliya, tromboflebit, vaskulit bo‘lishi mumkin. Qon va limfatik tizim tomonidan: tromboemboliya holatlari, tromboflebit, monositlar va/yoki limfositlar sonini kamayishi, leykositoz, eozinofiliya (boshqa glyukokortikoidlarni qo‘llangandagidek); kam hollarda – trombositopeniya va trombositopenik bo‘lmagan purpura. Nerv tizimi tomonidan: davolangandan keyin ko‘rish nervi diski shishi va bosh miya ichki bosimini oshishi (soxta o‘sma), tutqanoqni zo‘rayishi, bosh aylanishi, hushdan ketish, tirishish, bosh og‘rishi, giperkineziya, nevrit, nevropatiya, paresteziya paydo bo‘lishi mumkin, bolalarda preparat bosh miya po‘stlog‘i falajini keltirib chiqarishi mumkin. Ruhiyat tomonidan: affektiv buzilishlar (ta‘sirchanlik, eyforiya, deliriy, paranoyya, asabiylik, havotirlik, dezorientasiya, depressiya, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi, o‘z joniga qasd qilish holatlari) bilan davom etadigan shaxsiyatni va hatti harakatni o‘zgarishlari, uyquni buzilishi, ta‘lim olish disfunksiyasi (shu jumladan ongni chalkashishi va amneziya), psixotik reaksiyalar (shu jumladan, maniya, gallyusinasiyalar, psixozlar va shizofreniyani zo‘rayishi). Ko‘rish a‘zolari tomonidan: ko‘z ichki bosimini oshishi, glaukoma, katarakta, ekzoftalm, papilloedema, muguz qavati yoki sklerani yupqalashishi, retrolental fibroplaziya, oftalmologik virusli yoki zamburug‘li kasalliklarni zo‘rayishi. Nafas olish tizimi va ko‘krak qafasi tomonidan: o‘pka shishi. Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, hiqichoq, meteorizm, ezofagit, qizilo‘ngach kandidozi, ishtahani oshishi yoki pasayishi; kam hollarda – me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning peptik yarasi, shu jumladan, ovqat hazm qilish yo‘llarida perforasiya va qon ketishlar (qonli qusish, melena), pankreatit va o‘t pufagi va ichak perforasiyasi (ayniqsa surunkali ichak yallig‘lanishi bo‘lgan pasietlarda), ovqat hazm qilish yo‘llarining atoniyasi kuzatilishi mumkin. Gepatobilar tizim tomonidan: jigar fermentlari darajasini oshishi, gepatomegaliya. Moddalar almashinuvi va metabolizm tomonidan: kalsiy ionlarini chiqarilishini oshishi, gipokalsiemiya, tana vazni oshishi, manfiy azot muvozanati (oqsillar parchalanishini oshishi), suyuqlik va natriy ionlarini tutib qolinishi (periferik shishlar), gipernatriemiya, kaliy ionlari chiqarilishini oshishi, gipokaliemik sindrom: gipokaliemiya, gipokaliemik alkaloz, aritmiya, mialgiya yoki mushaklar spazmi. Endokrin tizimi tomonidan: buyrak usti bezi faoliyatini susayishi va atrofiyasi (stressga nisbatan reaksiyani pasayishi) gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi faoliyatini susayishi, Isenko-Kushing sindromi, bolalarda jinsiy rivojlanishni susayishi, jinsiy gormonlar sekresiyasini buzilishi (hayz sikllarini buzilishlari, amenoreya, girsutizm, impotensiya) giperglikemiya, “steroid” qandli diabet, yashirin qandli diabet, yashirin qandli diabetning klinik faol shakliga o‘tishi, uglevodlarni o‘zlashtiraolmaslik, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda insulin yoki peroral diabetga qarshi preparatlarga nisbatan talabni oshishi. Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: mushak kuchsizligi, mushaklar atrofiyasi, steroid miopatiya (mushak katabolizmi mushak kuchsizligini chaqiradi), osteoporoz (kalsiy chiqarilishini oshishi), naysimon suyaklar sinishi yoki umurtqa pog‘onasining kompression sinishlari, aseptik osteonekroz (ko‘proq – son va yelka suyaklari boshchalarining aseptik nekrozi), paylarni yorilishi (ayniqsa ba‘zi xinolonlarni bir vaqtda qo‘llaganda), bolalarda o‘sish va suyaklar minerallashuvini to‘xtab qolishi, o‘sish epifizar zonalarini vaqtidan oldin berkilishi. Immun tizimi, teri va teri osti klechatka tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan toshmalar, qichishish, giperemiya, allergik dermatit, eshakemi, Kvinke shishi, bronxospazm, anafilaktik shok, terining regenerativ va reparativ faoliyatini susayishi, yaralarni bitishini sekinlashishi. Terini yupqalashishi va sezgir bo‘lishi, teri qurishi, teri atrofiyasi, giper- yoki gipopigmentasiya, teri osti klechatkasini taqsimlanishini buzilishi, ekximoz, steril abssess, xusnbuzar, petexiyalar, striyalar, teleangiektaziyalar, teri testlari va emlash reaksiyalarini susayishi, immunosupressiya. Yuborilgan joydagi reaksiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan toshmalar, qichishish, giperemiya va terini sanchishi, simptomatik neyrogen artropatiya (Sharko bo‘g‘imi)ga o‘xshash bo‘g‘imlarni og‘riqsiz parchalanishi. Boshqalar: odatdagi bo‘lmagan holsizlik va yuqori toliqish, zamburug‘li, virusli yoki bakterial infeksiyalarni zo‘rayishi, shartli patogen infeksiyalarni rivojlanishini regenerativ va reparativ jarayonlarini susayishi, shishlar, ko‘p terlash, leykosituriya, bekor qilish sindromi. Preparat jismoniy qaramlikni chaqirishi mumkin. Glyukokortikosteroidlarni bekor qilish sindromi belgilari Deksametazon bilan uzoq vaqt davolangan pasientlarda dozani juda tez kamaytirganda bekor qilish sindromi rivojlanishi mumkin va buyrak usti bezi yetishmovchiligi, arterial gipotenziya yoki o‘lim holati yuzaga kelishi mumkin. Ba‘zi holatlarda bekor qilish sindromi pasient davolanayotgan kasallik belgilarini yomonlashishi yoki qaytalanishi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Ta‘sir etuvchi moddaga yoki preparatning boshqa komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik. O‘tkir virusli, bakterial yoki tizimli zamburug‘li infeksiyalar (agar tegishli davolash qo‘llanilmayotgan bo‘lsa); Tirik vaksina bilan vaksinasiya. Isenko-Kushing sindromi. Qon ivish tizimining og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarga mushak ichiga yuborish mumkin emas. Mahalliy qo‘llanilganda – bakteriemiya, tizimli zamburug‘li infeksiyalar, qo‘llanilgan joydagi infeksiya, shu jumladan gonoreya yoki tuberkulyoz oqibatida septik artrit; bo‘g‘imlari barqaror bo‘lmagan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda quyidagi o‘zaro ta‘sirlar kelib chiqishi mumkin: CYP 3A4 fermentini ingibisiya qiluvchi dori vositalari bilan (masalan, ketokonazol, antibiotiklar-makrolidlar) – qon plazmasida deksametazon konsentrasiyasi oshadi; ketokonazol buyrak usti bezida glyukokortikosteroidlar sintezini bostirish mumkin, shunday qilib deksametazon konsentrasiyasi kamayishi oqibatida buyrak usti bezi yetishmovchiligi rivojalanishi mumkin; aminoglutetimid, efidrin, buyrak usti po‘stlog‘i ingibitorlari (masalan, mitotan), karbamazepin, primidon, rifampisin, rifabutin, fenobarbital, fenitoin – deksametazonning samaradorligi kamayadi, ushbu preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda deksametazon dozasini oshirish kerak; azatioprin, antipsixotiklar, boshqa glyukokortikosteroidlar, karbutamid bilan – katarakta rivojlanish xavfi oshadi; albendazol, geparin, kaliyuretiklar, siklosporin bilan – yuqoridagilarning samaradorligi oshadi, siklosporin va glyukokortikosteroidlarni bir vaqtda qo‘llaganda tirishishlar paydo bo‘lishi mumkin; amfoterasin V, β2-adrenomimetiklar, kaliyni organizmdan chiqaruvchi preparatlar (masalan, diuretiklar) bilan – gipokaliemiyani rivojalanish xavfi oshadi, bu yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin; amfoterasin V va glyukokortikosteroidlarni bir vaqtda qo‘llash osteoporozni rivojalanish xavfini oshirishi mumkin; antigipertenziv vositalar, natriyuretiklar, prazikvantel, gipoglikemik vositalar, salisilatlar, somatropin (yuqori dozalarda) – sanab o‘tilganlarning samaradorligi kamayadi, deksametazon va salisilatlarni bir vaqtda qo‘llanganda deksametazon dozasini ehtiyotkorlik bilan kamaytirish lozim, chunki bunda qon plazmasida salisilatlarning konsentrasiyasi oshishi va intoksikasiya kuzatilishi mumkin; antigistamin vositalar, m-xolinoblokatorlar, nitratlar, trisiklik antidepressantlar bilan – ko‘z ichki bosimini oshishi xavfi ortadi; trisiklik antidepressantlar va glyukokortikosteroidlarni bir vaqtda qo‘llash depressiya xavfini oshiradi; antixolinesteraz vositalari bilan – miasteniya gravis bo‘lgan pasientlarda yaqqol kuchsizlik holati rivojlanish xavfi oshadi; D vitamini bilan – ichakda kalsiy so‘rilishiga ta‘siri susayishi; qalqonsimon bez gormonlari bilan – glyukokortikosteroidlar klirensi oshadi; izoniazid, meksiletin bilan – ular metabolizmi kuchayishi natijasida qon plazmasida konsentrasiyasini kamayadi; immunodepressantlar bilan – infeksiyalar, limfoma yoki boshqa Epshteyn-Barr virusi bilan bog‘liq limfoproliferativ buzilishlar xavfi oshadi; karboangidraza ingibitorlari bilan – osteoporoz rivojlanish xavfi oshadi; indometasin bilan – deksametazonning toksik samaralari kuchayadi (uning albumin bilan bog‘lanishini siqib chiqarilishi natijasida); viruslarga qarshi tirik vaksinalar bilan va boshqa turdagi immunizasiya fonida – viruslarni faollashishi va infeksiyalarni rivojlanish xavfi oshadi; kumarin antikoagulyantlari bilan – ularning ta‘siri o‘zgaradi, preparatlarni bir vaqtda qo‘llanganda protrombin vaqtining monitoringini amalga oshirish kerak; miorelaksantlar bilan – glyukokortikosteroidlar bilan bog‘liq gipokaliemiya fonida mushak blokadasi yaqqolligi va davomiyligi kuchayadi; nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, etanol bilan – me‘da-ichakdan qon ketish va yaralar paydo bo‘lish xavfi oshadi; parasetamol bilan – “jigar” fermentlari induksiyasi va toksik metabolitlari paydo bo‘lishi natijasida parasetamolning gepatotoksik ta‘sirini rivojlanish xavfi oshadi; CYP 3A4 tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar (indinavir, eritromisin) bilan – ular klirensi oshishi natijasida konsentrasiyasi kamayadi; ritordin bilan – o‘pka shishi rivojlanishi mumkin, tug‘ayotgan ayolning shunday holat rivojlanishi natijasida o‘limi to‘g‘risida xabar berilgan; deksametazon va ritordinni tug‘ruq vaqtda birga qo‘llash mumkin emas; yurak glikozidlari bilan – gipokaliemiyasi bo‘lgan pasientlarda yurak ritmini buzilishi xavfi va glyukokortikosteroidlarning toksik samaralari kuchayadi; steroid gormonal dori vositalari (masalan androgenlar, anaboliklar, estrogenlar, peroral kontraseptivlar) bilan – husnbuzar va girsutizm paydo bo‘lishi; estrogenlar peroral kontraseptivlar glyukokortikosteroidlar klirensini pasaytirib, terapevtik va toksik samaralarini kuchaytiradi; talidomid bilan – toksik epidermal nekrolizni rivojlanish xavfi oshadi; Ergokalseferol va paratgormon glyukokortikosteroidlar keltirib chiqaradigan osteopatiyani rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Terapevtik ustunlikka ega bo‘lgan o‘zaro ta‘sir turlari: deksametazonni bir vaqtda metoklopramid, difengidramid, proxlorperazin yoki 5-NT3 reseptorlari antagonistlari (ondansetron yoki granisetron kabi serotonin reseptorlari yoki 5-gidroksitriptamin, 3 turi, ya‘ni) bilan qo‘llash sisplatin, siklofosfamid, metotreksat, ftorurasil bilan ximiyaterapiyada kelib chiqadigan ko‘ngil aynish va qusishni oldini olishda samaralidir. Deksametazonning yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri deksametazon bostirish testini o‘zgartirishi mumkin. Test natijalarini baholashda buni hisobga olish kerak. Chekish deksametazonning farmakokinetikasiga ta‘sir etmaydi. Nomutanosiblik Ritordin va deksametazonni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki bunda o‘pka shishiga olib kelishi mumkin. Shunday holat rivojlanishi natijasida tug‘ayotgan ayolning tug‘ruq vaqtida o‘lim haqida ma‘lumotlar bor. Maxsus ko‘rsatmalar Glyukokortikosteroidlar bilan davolashni boshlashdan oldin va davolashni olib borish jarayonida qonning umumiy tahlili, qon plazmasidagi glikemiya darajasi va elektrolitlar miqdorini nazorat qilib borish kerak. Deksametazon bilan davolash vaqtida (ayniqsa uzoq vaqt davomida) okulist kuzatuvi, arterial qon bosimi va suv-elektrolit muvozanati nazorati, xususan qon zardobida kaliy miqdori, shuningdek periferik qon manzarasi va glikemiya darajasini kuzatish kerak. Kortikosteroidlar bilan parenteral davolash vaqtida ayrim hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilishi mumkin, shuning uchun deksametazon bilan davolashdan oldin allergik reaksiyalar kelib chiqishi mumkinligini (ayniqsa anamnezida biron-bir boshqa doriga nisbatan allergiyasi bo‘lgan pasientlarda) hisobga olib, tegishli choralarni amalga oshirish kerak. Uzoq vaqt davolangan holatlardan keyin preparat bekor qilinganda, bekor qilish sindromi (buyrak usti bezining yetishmovchiligi belgilarisiz) quyidagi simptomlari bilan namoyon bo‘lishi mumkin: haroratni ko‘tarilishi, tumov, kon‘yunktivani qizarishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik yoki ta‘sirchanlik, tormozlanish, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, tana vaznini kamayishi, umumiy holsizlik, tirishishlar. Shuni hisobga olgan holda deksametazon dozasini asta-sekin kamaytirish kerak. Qabul qilishni to‘satdan to‘xtatish o‘limga olib kelishi mumkin. Agar deksametazon bilan davolash vaqtida yoki davolashni to‘xtatgandan keyin pasient og‘ir stress holatida (jarohat natijasida, jarrohlik yoki og‘ir kasallik) bo‘lsa, dozani oshirish yoki gidrokortizon yoki kortizon qo‘llash kerak. Deksametazon uzoq vaqt qo‘llagan va davolashni to‘xtatgandan keyin og‘ir stress holatiga tushib qolgan pasientlar deksametazon qabul qilishni yana boshlashlari kerak, chunki kelib chiqqan buyrak usti bezi yetishmovchiligi davolash to‘xtatilgandan keyin bir necha oy davom etishi mumkin. Deksametazon yoki tabiiy glyukokortikosteroidlar bilan davolash mavjud bo‘lgan yoki yangi infeksiya simptomlarini, shuningdek ichak perforasiyasi simptomlarini yashirishi mumkin. Davolash vaqtida shamollagan yoki boshqa infeksiyasi bo‘lgan bemorlar bilan kontaktdan saqlanish kerak. Deksametazon tizimli zamburug‘li infeksiya, latent amyobiaz va o‘pka tuberkulyozini zo‘rayishini chaqirishi mumkin. Faol shakldagi o‘pka tuberkulyozi bo‘lgan pasientlar faqt o‘tkinchi yoki tarqalgan o‘pka tuberkulyozida (tuberkulyozga qarshi vositalar bilan birga) deksametazon qabul qilishlari kerak. Deksametazon bilan davolanayotgan faol bo‘lmagan o‘pka tuberkulyozi bo‘lgan pasientlar yoki tuberkulinga ijobiy javob bergan pasientlar kimyoviy profilaktik vositalarini qabul qilishlari kerak. Deksametazon bilan davolanayotganda tirik vaksina bilan vaksinasiya qilish mumkin emas. Tirik bo‘lmagan virusli yoki bakterial vaksina bilan vaksinasiya qilish kutilayotgan antitelalar paydo bo‘lishi va himoya samarasi rivojlanishiga olib kelmaydi. Deksametazonni vaksinasiyadan 8 xafta oldin buyurish mumkin emas va vaksinasiya qilingandan keyin 2 xafta o‘tgach buyuriladi. Preparat infeksion kasalliklari, ayniqsa suvchechak va qizamiq kasalligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotlik bilan buyuriladi, chunki deksametazon qo‘llanilganda ushbu kasalliklar og‘irroq kechadi. Shuning uchun bu kasalliklar bilan og‘rimagan shaxslar infeksiyalanishni oldini olishi uchun ehtiyotkorlikka amal qilishlari kerak. Agar bemorlar bilan kontakt bo‘lsa, tezda shifokorga murojaat qilish kerak. Immunoglobulin bilan profilaktik davolash tavsiya etiladi. Glyukokortikosteroidlarni ko‘zlarning pufakli temiratki (herpes sumplex) si bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki ularni qo‘llash muguz parda perforasiyasiga olib kelishi mumkin. Osteoporoz, arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, tuberkulyoz, glaukoma, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet, gastrit, ezofagit, divertikulit, faol peptik yara, yaqinda amalga oshirilgan ichak anastamozi, kolit va tutqanoq, tireotoksikoz, Isenko-Kushing sindromi, semirish (III-IV darajali), nefrourolitiaz, giperlipidemiya, poliomielit (bulbar ensefalitli shaklidan tashqari), gipoalbuminemiyasi bo‘lgan va shu holatga olib keladigan bemorlarda, immun tanqisligi holatidagi bemorlarda (shu jumladan OITS yoki OITV bilan infeksiyalanganlar), BSJ emlashdan keyingi limfadeniti bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik va tibbiy kuzatuv tavsiya qilinadi. Miokard infarktidan keyingi birinchi haftalarida, tromboemboliyasi bo‘lgan bemorlar, og‘ir miasteniya gravis, gipotireoz, psixoz yoki psixonevroz, shuningdek keksa yoshdagi pasientlar alohida parvarish qilishni talab etadi. Deksametazon bilan davolash vaqtida qandli diabetni zo‘rayishi yoki yashirin bosqichdan klinik ko‘rinishlari namoyon bo‘lgan shaklga o‘tishi mumkin. Glyukokortikosteroidlarning ta‘siri jigar sirrozi yoki gipotireozi bo‘lgan bemorlarda kuchayishi mumkin. Suv-elektrolit muvozanati buzilishi bo‘lgan bemorlar deksametazon qabul qilganda ehtiyotkor bo‘lishlari kerak, chunki glyukokortikosteroidlarning o‘rtacha yoki yuqori dozalari organizmda tuz va suyuqliklarni tutib qolinishi, shuningdek kaliy chiqarilishini oshirishi mumkin. Bunday holatlarda tuz qabul qilishni chegaralash va kaliyni qo‘shimcha qabul qilish kerak. Barcha glyukokortikosteroidlar kalsiyni chiqarilish jarayonini oshiradi, buning natijasida mineralokortikoidlar sekresiyasi buzilishi mumkin. Shuning uchun tuz va/yoki mineralokortikoidlarni qo‘shimcha buyurish ko‘rsatilgan. Kortikosteroidlarni uzoq vaqt qabul qilish o