RABEMAK 20 tabletkalari 20mg N14

Обновлено: 21.07.2022

RABEMAK 20 tabletkalari 20mg N14
  • Категория:

    Oshqozon kasalliklari uchun dorilar

  • Страна производитель:

    Hindiston

  • Активное вещество:

    Rabeprazol

  • Производитель:

    Macleods Pharmaceutical Ltd

  • Количество в упаковке:

    14

  • Код ATX:

    A02BC04

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция RABEMAK 20 tabletkalari 20mg N14

  • Qadoqda soni

    14

  • Umumiy ma'lumot

    RABEMAK 20 tabletkalari 20mg N14 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA RABEMAK RABEMAC Preparatning savdo nomi: Rabemak Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): rabeprazol Dori shakli: ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tarkibi: Har bir tabletka saqlaydi: Faol modda: rabeprazol natriy – 10 mg yoki 20 mg Yordamchi moddalar: mannitol (181,5 mg/171,5 mg), quyimolekulyar gipromelloza (30,0 mg/30,0 mg), magniy oksidi (55,0 mg/55,0 mg), etilsellyuloza (5,5 mg/5,5 mg), talk (5,0 mg/5,0 mg), magniy stearati (3,0 mg/3,0 mg). Ichki qobiq: etilsellyuloza (1,34 mg/1,34 mg). Ichakda eruvchan qobiq: metakril kislotasining sopolimeri A turi (10,22 mg/10,22 mg), dietilftalat (2,05 mg/2,05 mg), talk (2,98 mg/2,98 mg), titan dioksidi (2,58 mg/2,58 mg), magniy stearati (0,85 mg/0,85 mg). Plyonka qobiq: gipromelloza (3,42 mg/3,42 mg), propilenglikol (2,75 mg/2,75 mg), dietilftalat (0,33 mg/0,33 mg), talk (0,55 mg/0,55 mg), titan dioksidi (0,80 mg/0,80 mg), temir II oksidi bo‘yovchisi (10 mg li tabletkalarda 0,13 mg), temir III oksidi bo‘yovchisi (20 mg li tabletkalarda 0,13 mg). Ta‘rifi: 10 mg dozali tabletkalar: dumaloq, ikki yoqlama qavariq, sariq rangli qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni silliq yuzali tabletkalar. Ko‘ndalang kesimda tabletkalarning rangi – oq. 20 mg dozali tabletkalar: : dumaloq, ikki yoqlama qavariq, jigarrangroq-qizil rangli qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni silliq yuzali tabletkalar. Ko‘ndalang kesimda tabletkalarning rangi – oq. Farmakoterapevtik guruhi: me‘da bezlarining sekresiyasini pasaytiruvchi vosita – proton nasosining ingibitori. ATX kodi: A02VS04   Farmakologik xususiyatlari Proton nasosi ingibitorlari (N+/K+-ATF-aza) guruhiga mansub me‘da va o‘nikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita. Me‘daning parietal xujayralarida metabolizmga uchraydi va faol sulfonamid hosilalarini hosil qiladi, ular N+/K+-ATF-aza sulfgidril guruhlarini faolsizlantiradi. Ta‘sirlovchining tabiatidan qat‘iy nazar, bazal va rag‘batlantirilgan sekresiya miqdorini pasaytirib, xlorid kislotasining sekresiyasini yakuniy bosqichini bloklaydi. Yuqori lipofillikka ega, me‘daning parietal xujayralariga yengil kiradi va sitoprotektor ta‘sir ko‘rsatib va gidrokarbonatning sekresiyasini oshirib, ularda yig‘iladi. 20 mg peroral qabul qilinganidan keyin antisekretor samarasi 1 soat davomida yuz beradi va 2-4 soat o‘tgach maksimumga yetadi; birinchi doza qabul qilinganidan keyin kislotani bazal va ovqat bilan rag‘batlantirilgan sekresiyasini susayishi muvofiq 62 va 82% ni tashkil qiladi, ta‘sir davomiyligi – 48 soat. Preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin sekretor faollik 2-3 kun davomida normallashadi. Davolashning birinchi 2-8 haftasi davomida qon zardobida gastrinning konsentrasiyasi oshadi va bekor qilinganidan keyin 1-2 hafta davomida dastlabki darajalariga qaytadi. Helicobacter pylori ga qarshi faollikka ega: MPK 4-16 mkg/ml. Qator antibiotiklarning antixelikobakter faolligini namoyon bo‘lishini tezlashtiradi. Markaziy nerv tizimiga, yurak-tomir va nafas tizimiga ta‘sir qilmaydi. Preparat qalqonsimon bezi faoliyatiga, uglevodlarning metabolizmiga, qondagi paratireoid gormoni, kortizol, estrogen, testosteron, prolaktin, xolesistokinin, sekretin, glyukagon, follikulostimullovchi gormon, lyuteinlovchi gormon, renin, aldosteron va somatotrop gormonining konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi. Farmakokinetikasi So‘rilishi. Rabeprazol ichakdan tez so‘riladi, doza qabul qilinganidan keyin plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga (TSmax) erishish vaqti taxminan 3,5 soatni tashkil qiladi. 10 dan 40 mg gacha dozalar diapazonida plazmadagi rabeprazolning maksimal konsentrasiyasining egri chizig‘i (Smax) va farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydoni (AUC)ning qiymatlari orasidagi bog‘liq bir tekis xarakterga ega. Rabeprazolni so‘rilishi ovqat qabul qilish yoki preparatni qabul qilish vaqtiga qarab o‘zgarmaydi. Preparat jigarda sitoxrom CYP2C9 va CYP3A izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydi. 20 mg peroral qabul qilinganidan keyin biokiraolishligi asosan jigar orqali birinchi o‘tish metabolizmi tufayli, taxminan 52% ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, rabeprazol ko‘p marta qabul qilinganida biokiraolishligi o‘zgarmaydi. Taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishi. Rabeprazolning plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi taxminan 97% ni tashkil qiladi. Asosiy metaboliti tioefiri (1) va karbon kislotasidir (M6), past konsentrasiyalarda mavjud bo‘lgan ikkinchi darajali metabolitlari esa, sulfon (M2), demetiltioefiri (M4) va merkaptur kislotasining kon‘yugatidan (M5) iborat. Faqat dimetil metaboliti (M3) kuchsiz antisekretor faollikka ega, lekin u plazmada topilgan emas. 20 mg nishonlangan 14S rabeprazol bir marta qabul qilinganidan keyin preparatni o‘zgarmagan xolda siydik bilan chiqarilishi aniqlanmagan. Rabeprazolning taxminan 90% siydik bilan ikki metaboliti mekaptur kislotasi kon‘yugati (M5) va karbon kislotasi (M6) ko‘rinishida va taxminan 10% – ahlat bilan chiqariladi. Jins. Sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan 20 mg rabeprazol bir marta qabul qilinganidan keyin tana vazni va bo‘yi bir xil bo‘lgan pasientlarning farmakokinetik parametrlarida jinsga bog‘liq xech qanday axamiyatli farqlar aniqlanmagan. Buyrak yetishmovchiligi. Gemodializga muhtoj bo‘lgan (kreatinin klirensi minutiga 5 ml dan kam) turg‘un terminal buyrak yektishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda rabeprazolning yarim chiqarilish davri (T1/2) gemodializ vaqtida 0,95 soatni va gemodializdan keyin 3,6 soatni tashkil qiladi. Sog‘lom ko‘ngillilardagi 0,82 soat bilan solishtirganda, 0,82 soat. Bu pasientlarda AUC va Cmax qiymatlari sog‘lom ko‘ngillilardagiga qaraganda taxminan 35% ga past. Jigar yetishmovchiligi. Surunkali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda 20 mg rabeprazol bir marta qabul qilinganidan keyin AUC qiymati ikki barobar oshadi, T1/2 2-3 marta oshadi. Lekin rabeprazolni sutkada 20 mg dan 7 kun davomida qabul qilinganidan keyin AUC faqat 1,5 marta, Cmax esa – 1,2 marta oshadi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda rabeprazolning T1/2, jigar faoliyati normal bo‘lgan pasientlardagi 2,1 soatga nisbatan 12,3 soatni tashkil qiladi. Farmakodinamik javob (me‘dadagi rN nazorati) ikkala guruhda bir xil. Keksa pasientlar. Keksa pasientlarda rabeprazolni chiqarilishi sekinlashgan. Sutkada 20 mg rabeprazolni 7 kunlik qabul qilishdan keyin keksa shaxslarda AUC taxminan ikki barobarga, Cmax esa – 60% ga oshadi. Lekin rabeprazolning kumulyasiyasini belgilari aniqlanmaydi. CYP2C19 polimorfizmi. CYP2C19 metabolizmi sekinlashgan pasientlarda sutkada 20 mg dozada rabeprazol 7 kun qabul qilinganidan keyin, “tez metabolizatorlar” dagi shu parametrlar bilan solishtirilganda, AUC 1,9 marta, T1/2 esa – 1,6 marta oshadi, shu vaqtning o‘zida Cmax esa 40% ga oshadi. Qo‘llanilishi Zo‘rayish bosqichidagi o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi. Zo‘rayish bosqichidagi me‘da yara kasalligi. Gastroezofagal reflyuks kasalligi (GERK): eroziv reflyuks ezofagit (davolash), GERK simptomatik davolash (shu jumladan NERK – noeroziv reflyuks kasalligi). Zollinger-Ellison sindromi yoki patologik gipersekresiya bilan ifodalanuvchi boshqa holatlar. Antibakterial vositalar bilan majmuada quyidagi holatlarda ishlatiladi: – me‘da yara kasalligi yoki surunkali gastriti bo‘lgan pasientlarda Helicobacter pylori eradikasiyasi; – Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lgan yara kasalligi bo‘lgan pasientlarda yaraning qaytalanishlarini davolash va oldini olish. Qo‘llash usuli va dozalari Ichga, tabletkani chaynamasdan va maydalamasdan butunligicha yutiladi. Zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida ichga 1 tabletka (20 mg) dan sutkada 1 marta ertalab 4-6 hafta davomida qabul qilish tavsiya etiladi. Gastroezofagal reflyuks kasalligi (GERK) bo‘lgan pasientlarga 20 mg li 1 tabletkadan sutkada 1 marta 4-8 hafta davomida qabul qilish tavsiya etiladi. GERK da tutib turuvchi davolash uchun preparat 10 mg yoki 20 mg dozada kuniga 1 marta (pasientning javobiga qarab) buyuriladi. Ezofagiti bo‘lmagan pasientlarda GERK ni simptomatik davolash uchun preparat 10 mg dozada kuniga 1 marta 4 hafta davomida buyuriladi. Agarda o‘tkazilgan davolash kursidan keyin simptomlar yo‘qolmasa, pasientni qo‘shimcha tekshiruvini o‘tkazish kerak. Zollinger-Ellison sindromi va patologik gipersekresiya bilan ifodalanuvchi boshqa xolatlarni davolash uchun doza shaxsiy ravishda tanlanadi. Boshlang‘ich doza – kuniga 60 mg, so‘ngra u oshiriladi va bir marta qabul qilishda preparat kuniga 100 mg gacha dozada yoki 60 mg dan kuniga 2 marta buyuriladi. Ayrim pasientlar uchun preparatni bo‘lib dozalash afzalroq hisoblanadi. Davolash klinik zaruratga qarab, davom etishi kerak. Zollinger-Ellison sindromi bo‘lgan ayrim bemorlarda rabeprazol bilan davolashning davomiyligi bir yilgachani tashkil qilgan. Helicobacter pylori bilan infeksiyalanish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi yoki surunkali gastritni davolash uchun, shifokorning tavsiyasi bo‘yicha  antibiotiklarning muvofiq majmuasini ishlatish bilan eradikasiyani bir necha variantlari ishlatiladi.   Nojo‘ya ta‘sirlari Me‘da-ichak yo‘llarining a‘zolari tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, qabziyat, meteorizm, jigar transaminazalari faolligini oshishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini quruqligi; kam hollarda- ishtahani pasayishi, stomatit. Nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, asteniya; kam – depressiya, ko‘rish va ta‘m hissini buzilishi. Yurak-tomir tizimi va qon (qon yaratilishi, gemostaz) tomonidan: trombositopeniya, leykopeniya. Tayanch-harakat apparati tomonidan: mialgiya, boldir mushaklarini tirishishlari, artralgiya, uzoq muddat katta dozalar qabul qilinganida son, bilak va umurtqa pog‘onalarini sinishi xavfi yuqori bo‘ladi. Respirator tizimi tomonidan: faringit, rinit; kam hollarda – yo‘tal, sinusit. Allergik reaksiyalar: teri toshmasi. Boshqalar: orqada og‘riq, grippsimon sindrom, isitma; kam hollarda – tana vaznini oshishi, kuchli terlash. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar rabeprazol yoki almashingan benzimidazollarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; homiladorlik va laktasiya davri: bolalik yoshi. Ehtiyotkorlik bilan buyrak va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Rabeprazol jigarda mikrosomal oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydigan ayrim dori preparatlarini (diazepam, fenitoin, bilvosita antikoagulyantlar) chiqarilishini sekinlashtiradi. Ketakonazolning konsentrasiyasini 33% ga, digoksinning konsentrasiyasini – 22% ga pasaytiradi. Rabeprazol ampisillin va varfarin, fenitoin, teofillin va diazepam kabi CYP450 tizimi fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa dorilar bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta‘sirga kirishmaydi. Bir vaqtda qabul qilinganida plazmada rabeprazol va klaritromisinning faol metaboliti muvofiq 24 va 50% ga oshadi. Tadqiqotlarda preparatni suyuq antasid preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Rabeprazolni ovqat bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.   Maxsus ko‘rsatmalar Davolashni boshlashdan oldin me‘dani xavfli o‘smasini istisno qilish kerak (rabeprazol bilan davolash fonidagi simptomatik yaxshilanish o‘z vaqtida tashxis qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin). Buyrak va jiga faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda va keksa pasientlarda rabeprazolni birinchi buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Rabeprazol bilan bir vaqtda ketokonazol yoki digoksin olayotgan pasientlar, qo‘shimcha kuzatuvga muhtojdirlar (ko‘rsatilgan preparatlarning dozasini to‘g‘rilash talab qilinishi mumkin). Proton nasosining ingibitorlari davomli qo‘llanganida katta dozalarda yoki uzoq vaqt qabul qilinganida son, bilak va umurtqa pog‘onalarini sinish xavfi bo‘lishi mumkin. Shifokor mumkin bo‘lgan xavfning hisobi bilan preparatning optimal dozasi va davolash kursining davomiyligini tanlashi kerak. Preparat birinchi marta qabul qilinganda yoki u bekor qilinganida ta‘sirini o‘ziga xos xususiyatlariga ega emas. 20 mg rabeprazol qabul qilinganidan keyin antisekretor samara 1 soat davomida paydo bo‘ladi va 2-4 soat o‘tgach maksimumiga yetadi. Rabeprazol natriyning kislota sekresiyasiga ingibirlovchi samarasi 1 tabletka preparatni har kuni qabul qilish jarayonida biroz kuchayadi, sekresiyani turg‘un susayishiga prepartni qabul qilish boshlanganidan keyin 3 kun o‘tgach erishiladi. Rabeprazolni qabul qilish tugaganidan keyin sekretor faollik 2-3 kun o‘tgach tiklanadi. Bir dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, preparatning navbatdagi dozasini belgilangan vaqtda qabul qilish kerak, preparatning ikki barobar yuqori dozasini qabul qilish kerak emas. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Rabeprazolni homilador ayollarga buyurish mumkin emas. Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash oqibatidagi ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan. Davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Rabeprazolni ko‘krak suti bilan chiqarilishi noma‘lum. Emizuvchi ayollarda muvofiq tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Davolanish davrida diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Rabeprazolning dozasini oshirib yuborilishini simptomlari ta‘riflanmagan, hozirgi kungacha qasddan dozani oshirib yuborilish hollari haqida ma‘lumotlar tushmagan. Davolash: Spesifik antidoti noma‘lum. Rabeprazol plazma oqsillari bilan yaxshi bog‘lanadi, shuning uchun dializ yordamida chiqarilmaydi. Simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Chiqarilish shakli Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg yoki 20 mg. 10 tabletka alyumin folga striplarda; 3 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. 7 tabletka alyumin folga striplarda; 2 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.   Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?