L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50

Обновлено: 21.07.2022

L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50
  • Категория:

    Gormonal

  • Страна производитель:

    Germaniya

  • Активное вещество:

    Levotiroksin natriya

  • Производитель:

    Berlin Chemie AG (Menarini Group)

  • Количество в упаковке:

    50

  • Код ATX:

    H03AA01

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50

  • Qadoqda soni

    50

  • Umumiy ma'lumot

    L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar Ilova-varaqa: pasient uchun ma‘lumot L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi 100 mikrogramm, tabletkalar Ta‘sir etuvchi modda: levotiroksin-natriy x H2O Ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin ushbu ilova-varaqani hammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim axborot saqlanadi. Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana bir bor o‘qib chiqish talab qilinishi mumkin. Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Ushbu dori preparati faqat Siz uchun buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Bu, hatto ulardagi kasalliklar simptomlari Siznikiga mos kelsa ham, ularga ziyon keltirishi mumkin. Har qanday nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida bu haqida shifokor yoki dorixona xodimiga xabar bering. Bu mazkur ilova-varaqada bayon qilinmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlarga taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang.   Mazkur ilova-varaqaning mazmuni: L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qanday qo‘llash kerak Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qanday saqlash kerak O‘ram tarkibi va qo‘shimcha ma‘lumot   L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi – ta‘sir etuvchi moddasi tireoid gormon levotiroksin bo‘lgan preparatdir. U tabiiy gormon kabi ta‘sirga ega. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini mavjud bo‘lmagan tireoid gormoni o‘rnini bosish va/yoki qalqonsimon bezga tushadigan yuklamani kamaytirish uchun qabul qilinadi. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati ko‘llaniladi: qalqonsimon bez gipofunksiyasining barcha shakllarida mavjud bo‘lmagan gormonning o‘rnini bosuvchi sifatida; bo‘qoqni olib tashlash bo‘yicha o‘tkazilgan jarrohlik operasiyasidan keyin qalqonsimon bez funksiyasini normal bo‘lganida bo‘qoq qaytalanishini (qalqonsimon bezni kattalashishini) oldini olish uchun; qalqonsimon bez funksiyasi normal bo‘lganida xavfsiz bo‘qoqni davolash uchun; qalqonsimon bezning ortiqcha funksiyasini tireostatiklar (qalqonsimon bezning ortiqcha funksiyasini susaytiruvchi dori vositalari) bilan davolash fonida metabolizmning normal holatiga erishilganidan keyin yordamchi (qo‘shimcha, birga qo‘llanuvchi) davolash sifatida; qalqonsimon bezning xavfli o‘smasida, asosan, jarrohlik operasiyasidan keyin, o‘smaning qaytalanishini susaytirish va mavjud bo‘lmagan tireoid gormoni o‘rnini bosish uchun; qalqonsimon bez funksiyasini tekshirish uchun (qalqonsimon bez supressiyasi bilan o‘tkaziladigan test) qo‘llaniladi. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi barcha yosh guruhlarida qo‘llaniladi.   L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini quyidagi hollarda qo‘llash mumkin emas: natriy levotiroksinga yoki preparatning boshqa komponentlariga (6-bo‘limda keltirilgan) allergiya (yuqori sezuvchanlik) mavjud bo‘lganida; quyidagi kasalliklar yoki holatlar mavjud bo‘lganida: qalqonsimon bezning davolanmagan giperfunksiyasi; davolanmagan adrenokortikal yetishmovchiligi; davolanmagan gipofiz yetishmovchiligi, agar u davolashni talab qiladigan adrenokortikal yetishmovchiligiga olib kelgan bo‘lsa; yaqin orada o‘tkazilgan miokard infarkti; yurak mushagini o‘tkir yallig‘lanishi (miokardit); yurak devori barcha qatlamlarini o‘tkir yallig‘lanishi (pankardit). Homiladorlik mavjud bo‘lganida va qalqonsimon bez giperfunksiyasini davolash uchun dori preparatlari (tireostatiklar) bir vaqtda qabul qilinganida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilish mumkin emas (shuningdek «Homiladorlik va emizish davri» bo‘limiga qarang). L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilish boshlanishidan oldin quyidagi kasalliklar yoki holatlar mavjudligini istisno qilish yoki ularni davolash lozim: yurakning ishemik kasalligi; yurak sohasida og‘riq va ko‘krakda siqilish hissi (stenokardiya); yuqori arterial bosim; gipofiz va/yoki buyrak usti bezi po‘stloq qavatlarining yetishmovchiligi; qalqonsimon bezda tireoid gormonini nazoratsiz tarzda ishlab chiquvchi zonalarning mavjudligi (qalqonsimon bez avtonomiyasi). Qalqonsimon bezning supressiyasi bilan test o‘tkazilishidan oldin uning funksiyasini tekshirish uchun mazkur kasalliklar yoki holatlar mavjudligini istisno qilish yoki ularni davolash zarur. Biroq qalqonsimon bez avtonomiyasi mavjudligini istisno qilish talab qilinmaydi, chunki boshqalardan tashqari test uni aniqlashga ham xizmat qiladi. Ogohlantirishlar va ehtiyot choralari Agar Siz miokard infarktini boshdan kechirgan bo‘lsangiz yoki Sizda yurakning ishemik kasalligi, yurak mushagining zaifligi, ritm buzilishi (taxikardiya), yurak yetishmovchiligi, zo‘raymagan holda yurak mushagini yallig‘lanishi yoki uzoq muddat davomida qalqonsimon bez gipofunksiyasi mavjud bo‘lsa, u holda qonda gormonlarning o‘ta yuqori darajasidan saqlanish lozim. Shu sababli qalqonsimon bez gormonlari darajasini ancha tez-tez tekshirish zarur. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qalqonsimon bez giperfunksiyasining sezilarli bo‘lmagan belgilari paydo bo‘lganida, bu haqida davolovchi shifokorga xabar berish lozim («4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar» bo‘limiga qarang). Agar qalqonsimon bez gipofunksiyasi gipofiz kasalligidan kelib chiqqan bo‘lsa. Ehtimol, bu holat buyrak usti bezi po‘stloq qavatlarining yetishmovchiligi bilan kechishi mumkin va u tireoid gormon bilan davolash (gidrokortizon bilan davolash) boshlanishiga qadar bartaraf qilinishi kerak. Agar qalqonsimon bezda tireoid gormonini nazoratsiz tarzda ishlab chiquvchi zonalarning mavjudligiga shubha bo‘lsa, davolash boshlanishiga qadar qalqonsimon bez funksiyasini tekshiruvdan o‘tkazish lozim. Menopauza yuzaga kelganidan keyin osteoporoz rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan ayollarda qonda tireoid gormoni darajasi oshishini oldini olish uchun qalqonsimon bez funksiyasini tez-tez tekshirish lozim. Agar Siz diabetdan aziyat chekayotgan yoki ma‘lum bir antikoagulyantlarni (masalan, dikumarolni) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, «Boshqa dori preparatlarni qabul qilish/qo‘llash» bo‘limiga ‘tiboringizni qaratish lozim. Agar Sizga dializ muolajasini olayotgan pasient sifatida masalan, qonda fosfatlar darajasi yuqoriligi yuzasidan «Sevelamer» preparati buyurilgan bo‘lsa, u holda davolovchi shifokor ehtimol, levotiroksin qo‘llanilishi samaradorligini aniqlash maqsadida qonning ma‘lum bir ko‘rsatkichlarini nazorat qilishni zarur deb topishi mumkin (shuningdek «Boshqa dori preparatlarni qabul qilish/qo‘llash» bo‘limiga qarang). L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Noto‘g‘ri qo‘llanilishi L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini tana vaznini kamaytirish maqsadida qabul qilish mumkin emas. Agar Sizning qoningizda tireoid gormonlari darajasi normal bo‘lsa, tireoid gormonlarini qo‘shimcha ravishda qabul qilinishi tana vaznini kamayishiga olib kelmaydi. Qo‘shimcha ravishda, ayniqsa tana vaznini kamaytirish uchun ayrim preparatlar bilan birga qabul qilinishi jiddiy yoki hatto hayot uchun xavf tug‘diruvchi nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Davolashni o‘zgartirish Agar Siz L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, mazkur preparatni tireoid gormonlarni saqlovchi boshqa dori preparatiga almashtirish faqat shifokor kuzatuvi ostida va qon ko‘rsatkichlarini nazorat qilish fonida amalga oshirilishi kerak. Keksa yoshdagi pasientlarda Keksa yoshdagi pasientlar uchun preparatni dozalash ehtiyotkorlik bilan (ayniqsa yurak kasalliklari mavjud bo‘lganida) va tez-tez shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi zarur. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati va boshqa dori preparatlarini qabul qilish Agar Siz boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan/qo‘llayotgan yoki yaqin orada qabul qilgan/qo‘llagan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz/qo‘llashingiz mumkin bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati quyidagi dori moddalari yoki preparatlar guruhlarining samarasiga ta‘sir ko‘rsatadi: Diabetga qarshi preparatlar (qonda qand darajasini pasaytiruvchi dori preparatlari) Agar Sizda diabet bo‘lsa, qonda qand darajasini muntazam ravishda, asosan tireoid gormonlar bilan davolash boshlanishida, tekshirish lozim. Davolovchi shifokor tomonidan qonda qand darajasini pasaytiruvchi dori preparatlari dozasiga tuzatish kiritish zarurati yuzaga kelishi mumkin, chunki levotiroksin mazkur preparatlar ta‘sirini pasaytirishi mumkin. Kumarin hosilalari (antikoagulyantlar): L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati va kumarin hosilalari (masalan, dikumarol) birga qabul qilinganida qon ivishi ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish lozim. Davolovchi shifokor tomonidan antikoagulyantlar dozasini pasaytirish zarurati yuzaga kelishi mumkin, chunki levotiroksin mazkur preparatlar ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.   L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati ta‘siriga quyidagi dori preparatlari ta‘sir ko‘rsatadi: qonda lipidlar miqdorini pasaytiruvchi preparatlar, qonda kaliy konsentrasiyasini pasaytirish uchun preparatlar (ionalmashinuvchi qatronlar): Qonda lipidlar miqdorini pasaytirish uchun preparatlarni (masalan, kolestiramin, kolestipol va kolesevelam) yoki qonda kaliy konsentrasiyasini pasaytirish uchun preparatlarni (polistiren sulfon kislotasining kalsiyli va natriyli tuzlari) L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati qabul qilinganidan keyin 4 soatdan 5 soatgacha vaqt o‘tgach qabul qilish lozim. Mazkur dori preparatlari levotiroksinni ichakdan kelib tushishini so‘ndiradi va shu tarzda uning samaradorligini pasaytiradi. Sevelamer va lantan karbonati: Sevelamer va lantan karbonati (dializda bo‘lgan pasientlarda qonda fosfatlar darajasini pasaytirish uchun preparatlar) levotiroksin so‘rilishini va samaradorligini pasaytirishi mumkin. Davolovchi shifokor qalqonsimon bez funksiyasini odatdagidan ko‘ra tez-tez tekshirishi kerak (shuningdek «L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilishda maxsus ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang). Alyuminiy saqlovchi antasid preparatlari, shuningdek temir saqlovchi va kalsiy saqlovchi preparatlar: L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini alyuminiy saqlovchi antasid preparatlari (antasidlar, sukralfat), shuningdek temir saqlovchi va kalsiy saqlovchi preparatlar qabul qilinishiga qadar eng kamida 2 soat oldin qabul qilish lozim. Mazkur dori preparatlari levotiroksinni ichakdan kelib tushishini so‘ndiradi va shu tarzda uning samaradorligini pasaytiradi. Propiltiourasil, glyukokortikoidlar, beta-blokatorlar: Propiltiourasil (qalqonsimon bezning giperfunksiyasini davolash uchun preparat), glyukokortikoidlar (buyrak usti bezi po‘stlog‘i gormonlari, «kortizon») va β-blokatorlar (yurak qisqarishlari tez-tezligini kamaytiruvchi va arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlar) levotiroksinni uning yanada samaraliroq shakliga – liotironinga aylanishini so‘ndirishi va shu tarzda L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati samaradorligini pasaytirishi mumkin. Amiodaron, yodlangan rentgenokontrast moddalar: Amiodaron (yurak ritmi buzilishlarini davolash uchun preparat) va yodlangan rentgenkontrast moddalar (rentgenologik tashhis qo‘yish uchun ma‘lum bir preparatlar) yod miqdori yuqori bo‘lishi oqibatida qalqonsimon bez faolligi oshishini ham, pasayishini ham keltirib chiqarishi mumkin. Qalqonsimon bezda tireoid gormonlarini nazoratsiz hosil qiluvchi ehtimol aniqlanmagan zonalari (avtonomiya) bo‘lgan tugunsimon bo‘qoqda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Zarurat bo‘lganida davolovchi shifokor L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati dozasiga tuzatish kiritadi. Quyidagi dori preparatlari L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati ta‘sirini kuchaytirishi mumkin: salisilatlar (isitmani tushiruvchi va og‘riqsizlantiruvchi preparatlar); dikumarol (qonda tromblar hosil bo‘lishini so‘ndiruvchi preparat); furosemidning (siydik haydovchi vosita) yuqori dozalari (250 mg); klofibrat (qonda lipidlar darajasini pasaytirish uchun preparat); fenitoin (tirishishlarda va yurak ritmi buzilishlarida davolash uchun preparat). Kontraseptivlar yoki o‘rnini bosuvchi gormonal terapiya uchun preparatlar: Kontraseptiv gormonal preparatlar («pilyulalar») qabul qilinganida yoki menopauza yuzaga kelganidan keyingi davrda o‘rnini bosuvchi gormonal terapiya davrida levotiroksinga ehtiyoj oshishi mumkin. Sertralin, xlorokin/proguanil: Sertralin (depressiyalarni davolash uchun preparat) va xlorokin/proguanil (bezgak va revmatoid kasalliklarni davolash uchun preparatlar) levotiroksin samaradorligini pasaytiradi. Barbituratlar, rifampisin, karbamazepin: Barbituratlar (tirishishlarni davolash, anesteziya uchun preparatlar, uxlatuvchi preparatlarning ma‘lum turi), rifampisin (antibiotik) va karbamazepin (tirishishlarni davolash uchun preparat) levotiroksin ta‘sirini susaytirishi mumkin. Proteaza ingibitorlari (OITV-infeksiyasini davolash uchun preparatlar): Levotiroksin va proteaza ingibitorlari (lopinavir, ritonavir) birga qabul qilinganida davolovchi shifokor kasallik simptomlarini sinchkovlik bilan kuzatishi va qalqonsimon bez funksiyasini nazorat qilishi kerak. Lopinavir/ritonavir birga qabul qilinganida levotiroksin ta‘siri pasayishi mumkin. Tirozinkinaza ingibitorlari (imatinib va sunitinib): Imatinib va sunitinib (surunkali mieloid leykozni davolash uchun preparatlar) bilan davolash gipotireozli pasientlarda levotiroksinga bo‘lgan ehtiyojni oshishiga olib keladi. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini ayniqsa kalsiyga boy bo‘lgan oziq-ovqat (masalan sut va sutli mahsulotlar) bilan qabul qilish mumkin emas, chunki bu levotiroksinning so‘rilishini sezilarli ravishda kamaytirishi mumkin. Agar Siz tarkibida soya bo‘lgan mahsulotlarni iste‘mol qilsangiz, davolovchi shifokor qonda tireoid gormonlar darajasini yanada tez-tez nazorat qilishi kerak. Soyali parhez qo‘llanilishi davrida va parhez yakunida preparat dozasiga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin (noodatiy yuqori dozalar talab qilinishi mumkin), chunki tarkibida soya bo‘lgan mahsulotlar levotiroksinni ichakda so‘rilishini buzishi va shu tarzda uning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Homiladorlik, emizish va fertillik Agar Siz homilador yoki emizsangiz, homilador bo‘lganingizni taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, mazkur dori preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga maslahat olish uchun murojaat qilish lozim. Homiladorlik va laktasiya davrida tireoid gormonlari bilan tegishli davolash ayniqsa muhim. Shu sababli uni davolovchi shifokor kuzatuvi ostida uzluksiz davom ettirish zarur. Preparatni homiladorlik davrida keng qo‘llanilishiga qaramay, levotiroksinning homiladorlikni kechishiga va homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloq salomatligiga noxush ta‘siri hozirgi vaqtga qadar aniqlanmagan. Qalqonsimon bez funksiyasini homiladorlik vaqtida ham, undan keyin ham nazorat qilish lozim. Qonda estrogen (ayollar jinsiy gormoni) darajasi yuqori bo‘lganligi sababli homiladorlik davrida tireoid gormoniga ehtiyoj oshishi mumkin, bu davolovchi shifokor tomonidan dozaga tuzatish kiritishni talab qilishi mumkin. Homiladorlik davrida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qalqonsimon bez giperfunksiyasini davolash uchun preparatlar (tireostatiklar) bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, chunki bu tireostatiklarning ancha yuqori dozalari qo‘llanilishi zaruratiga olib keladi. Tireostatiklar (levotiroksindan farqli ravishda) yo‘ldosh orqali homila qon oqimiga o‘tishi va homilada qalqonsimon bez gipofunksiyasiga olib kelishi mumkin. Shu sababli homiladorlik davrida qalqonsimon bez giperfunksiyasini tireostatiklarning faqat past dozalari bilan davolash lozim. Ko‘krak sutiga ajraladigan tushadigan tireoid gormonining miqdori hatto levotiroksinning yuqori dozalari bilan davolanganda ham juda kam bo‘ladi va demak, preparat xavfli emas. Homiladorlik va laktasiya davrida shifokor qalqonsimon bez supressiyasi bilan o‘tkaziladigan testni amalga oshirmasligi kerak. Erkaklar yoki ayollarda fertillikni buzilishlari haqidagi ilmiy dalillar mavjud emas. Bu haqidagi biron-bir shubhalar yoki ko‘rsatmalar yo‘q. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri haqidagi tadqiqotlar o‘tkazilmagan. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qanday qo‘llash kerak Mazkur dori preparatini shifokorning tavsiyalariga qat‘iy muvofiq qo‘llash lozim. Agar Sizda shubhalar mavjud bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Individual sutkalik doza tadqiqot natijalari bo‘yicha davolovchi shifokor tomonidan aniqlanishi kerak. Dozalash Individual ravishda davolanish uchun ta‘sir etuvchi moddasi miqdori turlicha bo‘lgan masalan, davolashni boshlash, kattalarda dozani oshirish, shuningdek bollarni davolash uchun bo‘linadigan tabletkalar mavjud. Mavjud simptomatikaga bog‘liq ravishda davolovchi shifokor quyidagi tavsiyalarga amal qiladi: Qalqonsimon bez gipofunksiyasini davolash uchun katta yoshdagilar avval boshida sutkada 25–50 mkg natriy levotiroksinni qabul qilishi kerak. Shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha ushbu doza 2-4 haftalik intervallar bilan natriy levotiroksinning 25–50 mkg dan 100–200 mkg (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining 1–2 tabletkasiga mos keladi) sutkalik dozasigacha oshirilishi mumkin. Bo‘qoqni olib tashlash bo‘yicha o‘tkazilgan jarrohlik operasiyasidan keyin bo‘qoq qaytalanishini oldini olish va xavfsiz bo‘qoqni davolash uchun sutkada 75–200 mkg natriy levotiroksinni (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining 2 tabletkasigacha) qabul qilish lozim; Qalqonsimon bezning yuqori funksiyasini davolash fonida tireostatiklar bilan yordamchi (qo‘shimcha, birga) davolash sifatida sutkada 50–100 mkg natriy levotiroksinni (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining ½–1 tabletkasiga mos keladi) qabul qilinadi. Qalqonsimon bezning xavfli o‘smasi yuzasidan o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvidan keyin sutkada 150–300 mkg natriy levotiroksinni (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining 1½–3 tabletkasiga mos keladi) qabul qilish lozim. Qalqonsimon bez supressiyasi bilan o‘tkaziladigan test yordamida qalqonsimon bez funksiyasi o‘rganilganida radiologik tadqiqot (ssintigrafiya) o‘tkazilishiga qadar 14 kun davomida sutkada 200 mkg natriy levotiroksinni (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining 2 tabletkasiga mos keladi) qabul qilish zarur. Tireoid gormonining ancha past dozalarini qo‘llash shuningdek yetarlicha bo‘lishi mumkin. Qalqonsimon bez funksiyasi pasaygan (tug‘ma va orttirilgan gipotireoz) bolalarda Qalqonsimon bez funksiyasini pasayishini (tug‘ma va orttirilgan gipotireozni) uzoq muddat davomida davolanganda samarani bir maromda ushlab turuvchi doza odatda sutkada tana yuzasining kvadrat metriga 100–150 mkg levotiroksinni tashkil etadi. Normal ruhiy va jismoniy rivojlanishi uchun organizmda levotiroksinni o‘rnini tezda to‘ldirish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va qalqonsimon bez funksiyasini tug‘ma pasayishi bo‘lgan chaqaloqlar uchun tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza dastlabki 3 oy davomida sutkada tana vaznining har kilogrammiga 10–15 mkg levotiroksinni tashkil etadi. So‘ngra shifokor dozani individual ravishda – klinik ma‘lumotlariga (ayniqsa qonda qalqonsimon bez gormonining darajasiga) bog‘liq ravishda tanlashi kerak. Qalqonsimon bez funksiyasining orttirilgan pasayishi bo‘lgan bolalar uchun tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza sutkada 12,5–50mkglevotiroksinni tashkil etadi. Har 2–4 haftada shifokor ushbu dozani gormon o‘rnini to‘ldirish to‘liq bo‘ladigan to‘liq dozaga erishilguncha bosqichma-bosqich oshirib borishi kerak. Bunda shifokor uchun qonda qalqonsimon bez gormonining darajasi alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Keksa pasientlar, yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlar va qalqonsimon bez gipofunksiyasi bo‘lgan pasientlarda Qalqonsimon bez gormonlari bilan davolashni keksa pasientlar, yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlar va qalqonsimon bezning og‘ir yoki uzoq muddatli gipofunksiyasi bo‘lgan pasientlarda o‘ta ehtiyotkorlik bilan boshlash lozim. Bu preparatni eng kam dozadan boshlash va uni asta-sekin, katta vaqt intervallari bilan, qalqonsimon bez gormonlari yuzasidan tez-tez nazoratni amalga oshirgan holda oshirib borish lozimligini anglatadi. Tana vazni past bo‘lgan pasientlar va katta o‘lchamdagi tugunsimon bo‘qog‘i bo‘lgan pasientlarda To‘plangan tajriba shuni ko‘rsatadiki, tana vazni past bo‘lganida va katta o‘lchamdagi tugunsimon bo‘qoq mavjud bo‘lganida preparatning pastroq dozasi ham yetarlicha bo‘ladi. Tabletkani bo‘lish bo‘yicha izoh Tabletkalarni ikkita teng bo‘lakka ajratish mumkin. Tabletkani bo‘linish chizig‘i yuqoriga qaragan holda qattiq tekis yuzaga joylashtiring. Barmoq bilan tabletkaga bosganingizdan keyin u ikkita bo‘lakchaga ajraladi. Qo‘llash usuli To‘liq sutkalik dozani ko‘p miqdordagi suyuqlik, imkon qadar bir stakan suv bilan ichish lozim. Preparatni och qoringa, nonushtadan kamida yarim soat oldin qabul qilish lozim. Preparatni ovqatdan oldin yoki keyin qabul qilgandan ko‘ra och qoringa qabul qilgan afzalroq. Chaqaloqlarga to‘liq sutkalik dozani birinchi ovqatlanishdan eng kamida yarim soat oldin berish lozim. Tabletkani ko‘p bo‘lmagan miqdordagi (10–15 ml) suvda eritish va hosil qilingan suspenziyani (har gal u yangi tayyorlangan bo‘lishi kerak!) qo‘shimcha miqdordagi (5–10 ml) suyuqlik bilan chaqaloqqa berilishi lozim. Qo‘llash davomiyligi Qalqonsimon bez gipofunksiyasida va qalqonsimon bezda uning xavfli o‘smasi yuzasidan o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvidan keyin L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati odatda butun umr davomida qabul qilinadi. Xavfsiz bo‘qoqda va bo‘qoqning qaytalanishini oldini olishda bir necha oy yoki yildan to butun umrga qadar davomida qabul qilinadi. Qalqonsimon bezning yuqori funksiyasini davolash fonida yordamchi (qo‘shimcha, birga) davolash sifatida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati tireostatiklar (qalqonsimon bezning yuqori funksiyasini so‘ndiruvchi dori vositalari) qabul qilinishi yakunlamaguncha qabul qilinadi. Qalqonsimon bez funksiyasi normal bo‘lganida xavfsiz bo‘qoqni davolash uchun 6 oydan ikki yilgacha bo‘lgan davolash davri zarur bo‘ladi. Agar L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati bilan davolash ushbu vaqt davomida kutilgan natijani bermasa, davolovchi shifokor boshqa davolash usulidan foydalanish ehtimolini ko‘rib chiqishi lozim. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparati dozasi oshirib yuborilganida nima qilish kerak Dozani oshirib yuborilishi belgilari «Kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar» 4-bo‘limida ta‘riflangan. Bunday simptomlar yuzaga kelganida davolovchi shifokorga murojaat qilish lozim. Agar Siz L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz Agar Siz preparatning juda kam dozasini qabul qilgan bo‘lsangiz yoki preparat qabul qilinishini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Keyingi tabletkani odatdagi vaqtda, belgilangan qabul qilish davriyligiga rioya qilgan holda qabul qilish lozim. Agar Siz L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz Davolash muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini buyurilgan dozalarda muntazam qabul qilish lozim. Davolashni o‘z hoxishingizcha har qanday vaziyatlarda ham o‘zgartirish, to‘xtatib qo‘yish yoki yakunlash mumkin emas, chunki kasallik simptomlari qayta boshlanishi mumkin. Ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar yuzaga kelganida, davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qilish lozim. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar Barcha dori preparatlari kabi mazkur preparat, garchi hamma pasientlarda rivojlanmasa ham, nojo‘ya ta‘sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Doza darajasi ta‘sirini o‘zlashtiraolmaslik, dozani oshirib yuborilishi Agar ayrim hollarda doza darajasi ta‘siri pasient tomonidan o‘zlashtiraolinmasa yoki dozani oshirib yuborilishi yuzaga kelsa, u holda ayniqsa davolash boshlanishida doza o‘ta tez oshib ketgan taqdirda, qalqonsimon bez yuqori faolligining tipik belgilari yuzaga kelishi mumkin: yurakni tez urib ketishi; yurak ritmini buzilishi, ayniqsa yurak qisqarishlari tez-tezligini oshishi (taxikardiya); ko‘krakda siqilish hissi bilan kechuvchi og‘riq (stenokardiya); mushak zaifligi va mushak tirishishlari; qizib ketish hissi, ko‘p terlash; titroq (tremor); bezovtalik, uyqusizlik; diareya, tana vaznini kamayishi; bosh og‘rig‘i; hayz buzilishlari. Isitma, qusish, shuningdek bosh miya ichki bosimini oshishi (ayniqsa bolalarda) kabi xos bo‘lmagan belgilar ham kuzatilishi mumkin. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining ta‘sir etuvchi moddasiga yoki boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik Levotiroksin yoki L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik mavjud bo‘lganida, teri allergik reaksiyalari yoki nafas yo‘llari tomonidan allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin. Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yuzaga kelganida preparat qabul qilinishini to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelganida bu haqida davolovchi shifokorga xabar bering. U sutkalik doza pasaytirilishi kerak-kerakmasligini belgilaydi yoki tabletkalarni qabul qilish bir necha kunga to‘xtatib turilishi kerak. Nojo‘ya ta‘sir bartaraf etilgandan keyin darhol preparat dozasini ehtiyotkorlik bilan tanlangan holda davolashni qayta boshlash tavsiya etiladi. Nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelishi haqidagi xabar Har qanday nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelganida bu haqida shifokor yoki dorixona xodimiga xabar qiling. Bu ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlarga taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta‘sirlar haqida «Berlin-Xemi AG» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga, Toshkent shahar, 100015, Afrosiyob ko‘chasi, 12-uy (biznes-markaz) manzili bo‘yicha bevosita xabar qilishingiz mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabar bergan holda, Siz mazkur dori preparatining xavfsizligi haqida ko‘proq axborot to‘plashga yordam berishingiz mumkin. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qanday saqlash kerak Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlang. Mazkur preparatdan blisterda va karton qutida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin foydalanilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni tugaydi.   Yaroqlilik muddati 2 yil. 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Hech qanday dori preparatlarini oqava suvlarga tashlamang. Kerak bo‘lmaydigan dori preparatini qanday qilib utilizasiya qilish xususida dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi. O‘ram ichidagisi va qo‘shimcha ma‘lumot L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparatining tarkibi: Ta‘sir etuvchi modda: natriy levotiroksini x H2O. Bitta tabletkada 106,4–113,6 mikrogramm natriy levotiroksini x H2O (100 mikrogramm natriy levotiroksiniga mos keladi). Boshqa komponentlar: kalsiy gidrofosfati digidrati, mikrokristall sellyuloza, kraxmal glikolyatining natriyli tuzi (A tipdagi), dekstrin, uzun zanjirli parsial gliseridlar. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi bir tomonida bo‘linish chizig‘i bo‘lgan va ikkinchi tomonida «100» bosma yozuvi tushirilgan deyarli oq rangdan to och sarg‘ish ranggacha, diametri 6 mm bo‘lgan dumaloq, bir oz qavariq tabletkalardan iborat. Tabletkani teng dozali ikki qismga bo‘lish mumkin. Birlamchi o‘rami alyuminiy laminasiyalangan folgadan [OPA (yo‘naltirilgan poliamid) 25 mkm/alyuminiy 45 mkm/PVX (polivinilxlorid) 60 mkm] va germetizasiyalovchi qoplamali qattiq alyumin folgadan (20 mkm) iborat. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi savdoga 25, 50 va 100 tabletkali original o‘ramlarda keladi. Bozorda barcha o‘lchamdagi o‘ramlar mavjud bo‘lavermasligi mumkin. Resept bo‘yicha beriladi.   Ulashish:

Аналоги лекарств

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?