NO SHPA 0,04 tabletkalari N64

Обновлено: 21.07.2022

NO SHPA 0,04 tabletkalari N64
  • Категория:

    Ovqat hazm qilish tizimi va modda almashinuvi uchun

  • Страна производитель:

    Vengriya

  • Активное вещество:

    drotavertin

  • Производитель:

    Хиноин Завод Фармац. и Хим.продуктов, ЗАО

  • Количество в упаковке:

    64

  • Код ATX:

    A03AD02 Дротаверин

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция NO SHPA 0,04 tabletkalari N64

  • Qadoqda soni

    64

  • Umumiy ma'lumot

    NO SHPA 0,04 tabletkalari N64 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA NO-SHPA® NO-SPA®   Preparatning savdo nomi: NO-SHPA®/NO-SPA® Ta‘sir etuvchi modda (XPN): drotaverin/drotaverine Dori shakli: tabletkalar Tarkibi: 1 tabletkada quyidagilar saqlanadi: Faol modda: 40 mg drotaverin gidroxloridi. Yordamchi moddalar: magniy stearati (Ye470), talk (Ye533), povidon (Ye1201), makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati. Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, yashil yoki zarg‘aldoq tusli sariq rangli, bir tomonida “spa” gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar Farmakoterapevtik guruhi: spazmolitik vosita ATX kodi: A03AD02.   Farmakologik ta‘siri Farmakodinamikasi Drotaverin izoxinolin hosilasi bo‘lib, fosfodiesteraza IV (FDE IV) fermentini bostirish yo‘li bilan silliq mushaklarga spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Fosfodiesteraza IV fermentining ingibirlanishi sAMF konsentrasiyasini oshishiga olib keladi, bu miozinning kinazasini yengil zanjirini faolsizlantiradi va silliq mushaklarni bo‘shashishiga olib keladi. Drotaverin FDE IV fermentini in vitro FDE III va FDE V izoenzimlarini ingibirlamasdan ingibirlaydi. FDE IV silliq mushaklarning qisqaruvchanlik qobiliyatini pasaytirilishi uchun funksional juda muhimdir va selektiv ingibitorlar giperkinetik kasalliklarni va me‘da-ichak yo‘llarining spastik holatlar bilan bog‘liq turli kasalliklarni davolashda foydali bo‘lishi mumkin. Drotaverin yurak-tomir tizimiga nojo‘ya ta‘sir etish qobiliyatiga ega emas, chunki miokard va tomirlarning silliq mushaklari xujayralarda asosan FDE III izoenzimi saqlanadi. Preparat ham nerv etiologiyali, ham mushak etiologiyali o‘z-o‘zini boshqarish va nerv boshqarilishini buzilishi tomonidan chaqirilgan silliq mushaklarning spazmlarida samarali. Vegetativ innervasiya turidan qat‘iy nazar drotaverin me‘da-ichak, o‘t-safro, urogenital va tomir tizimlaridagi silliq mushaklarga ta‘sir qiladi. O‘zining tomirlarni kengaytiruvchi ta‘siri tufayli u to‘qimalarda qon aylanishini yaxshilaydi. Drotaverinning ta‘siri papaverinning ta‘siridan kuchliroq, so‘rilishi esa – tezroq va to‘liqroq, u plazma oqsillari bilan kamroq bog‘lanadi. Drotaverinning afzalligi, uni papaverin parenteral yuborilganidan keyin kuzatiladigan nafas tizimiga rag‘batlantiruvchi ta‘sirga ega emasligidir.   Farmakokinetikasi Drotaverin peroral qabul qilingandan keyin ham, mushak ichiga yuborilgandan keyin ham tez va to‘liq so‘riladi. U plazma oqsillari bilan, ayniqsa albumin, alfa va beta-globulinlar bilan yuqori darajada bog‘lanadi. Drotaverin jigarda metabolizmga uchraydi, uning yarimchiqarilish davri 8-10 soatni tashkil qiladi. Plazmada maksimal konsentrasiyasiga ichga qabul qilingandan so‘ng 45-60 minutdan keyin erishiladi. Jigar orqali birinchi o‘tishdan keyin dozaning 65% qon aylanishida o‘zgarmagan holda bo‘ladi. 72 soat ichida drotaverin organizmdan to‘liq chiqariladi, 50% dan ortig‘i siydik bilan va taxminan 30% – ahlat bilan chiqariladi. Drotaverin asosan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi, siydikda dastlabki birikma aniqlanmaydi. Qo‘llanilishi safro chiqarish yo‘llarining kasalliklari: xolesistolitiaz, xolangolitiaz, xolesistit, perixolesistit, xolangit, papillit bilan bog‘liq bo‘lgan silliq mushaklarning spazmlari. siydik yo‘llarining silliq mushaklarining spazmlari: nefrolitiaz, uretrolitiaz, pielit, sistit, qovuqning tenezmlari. kelib chiqishi me‘da-ichak yo‘llaridan bo‘lgan silliq mushaklarning spazmlari: me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, gastrit, me‘daning kardial va privratnik qismini spazmi, enterit, kolit, qabziyat bilan bo‘lgan spastik kolit va ichak shilliq qavati kolitining meteoristik shakllari. tenzion turdagi bosh og‘rig‘i (mushak zo‘riqishi oqibatidagi bosh og‘riqlari, psixogen, stressli, surunkali kundalik bosh og‘rig‘i, transformasiyalangan migren); ginekologiyada: og‘riqli hayz ko‘rishlarda.   Qo‘llash usuli va dozalari Kattalar: odatdagi o‘rtacha doza 120-240 mg ni, ya‘ni kuniga 3-6 tabletkani tashkil qiladi, ularni 2-3 martada qabul qilish kerak. Kattalar uchun bir martalik doza 40-80 mg (1-2 tabletka). Drotaverinni bolalarda qo‘llanishi klinik sinovlarda baholanmagan. Drotaverinni bolalarda qabul qilishning zarurati tug‘ilgan hollarda: 6-12 yoshli bolalar: 6 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya qilingan sutkalik doza 80 mg, kuniga 2 tabletkani tashkil qiladi, ularni 2 martada qabul qilish kerak. 6-12 yoshli bolalar uchun bir martalik doza – 40 mg (1 tabletka). 12 yoshdan oshgan bolalar: 12 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya qilingan sutkalik doza 160 mg, kuniga 4 tabletkani tashkil qiladi, ularni 2-4 martada qabul qilish kerak. 12 yoshdan oshgan bolalar uchun bir martalik doza 40-80 mg ni, ya‘ni 1-2 tabletkani tashkil qiladi.   Nojo‘ya ta‘sirlari Klinik sinovlarda tadqiqotchilar tomonidan drotaverin bilan bog‘liq quyidagi nojo‘ya samaralar qayd etilgan va quyidagi ko‘rinishlar tez-tezligi keltirilgan: juda ko‘p tarqalgan (>1/10); tarqalgan (>1/100, <1/10); ko‘p tarqalmagan (>1/1000, <1/100); kam (>1/10000, <1/1000); juda kam (<1/10000) va quyidagi tizimlar bo‘yicha tasniflangan: Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: kam: ko‘ngil aynishi, qabziyat Nerv tizimini tomonidan: kam: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam: yurak tez urishi, arterial bosimni pasayishi Immun tizimi tomonidan buzilishlari: kam: allergik reaksiyalar (angionevrotik shish, eshakemi, toshma, qichishish) (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganida, bu haqida davolovchi shifokorni xabardor qilish kerak.       Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar ta‘sir qiluvchi moddaga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik; og‘ir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi; og‘ir yurak yetishmovchiligi; 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.   Dorilarning o‘zaro ta‘siri No-shpa levodopa bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki oxirgisini parkinsonizmga qarshi samarasi pasayadi va tremor va rigidlikni kuchayishi kuzatiladi.   Maxsus ko‘rsatmalar Arterial bosim pasayganida preparatni qo‘llash yuqori ehtiyotkorlikni talab qiladi. Preparat 52 mg laktoza saqlaydi. Tavsiya qilingan dozalashga muvofiq qabul qilinganida har bir doza 156 mg gacha laktoza saqlaydi. Bu laktozani o‘zlashtiraolmaydigan shaxslarda me‘da-ichak shikoyatlarini chaqirishi mumkin. Ushbu shakli laktoza tanqisligi, galaktozemiya yoki glyukoza/galaktozaning so‘rilishini buzilish sindromi bo‘lgan bemorlar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Bolalarda qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash kerak, chunki drotaverinni bu guruh bemorlarda qo‘llash yetarlicha o‘rganilmagan («Qo‘llanishi» va «Qo‘llash usuli va dozalari» ga qarang). Homiladorlik va emizish Hayvonlardagi klinika oldi tekshirishlarning va klinik ma‘lumotlarning retrospektiv tekshirishlarining natijalari, drotaverinni homiladorlik davrida peroral qo‘llash homilaga va uning rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatmasligini ko‘rsatdi. Biroq, preparatni homiladorlik vaqtida buyurishda ehtiyotkorlik kerak. Zarur klinik ma‘lumotlarning yo‘qligi sababli, laktasiya davrida buyurish tavsiya qilinmaydi. Avtotransport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Bosh aylanishi paydo bo‘lganida transportni haydash va stanoklarda ishlash kabi potensial xavfli harakatlarda saqlanish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.   Dozani oshirib yuborilishi Drotaverinni dozasini oshirib yuborilishi o‘limga olib keluvchi yurak ritmi va o‘tkazuvchanligini buzilishlari, shu jumladan Gis tutami oyoqchalarining to‘liq blokadasi va yurakni to‘xtab qolishini chaqirishi mumkin. Doza oshirib yuborilgan hollarda bemor kuzatuv ostida bo‘lishi hamda simptomatik va samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni olishi lozim. Qusishni qo‘zg‘atish va/yoki me‘dani yuvish tavsiya qilinadi. Chiqarilish shakli 10 tabletkadan alyuminiy blisterda. 2 blisterdan qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. 24 tabletkadan PVX/alyuminiy blisterda. 1 blisterdan qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. 60 tabletkadan donali dozator bilan jihozlangan polietilen tiqinli polipropilen flakonda. 100 tabletkadan polietilen tiqinli polipropilen flakonda. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida Saqlash sharoiti Alyuminiy blister o‘ramdagi tabletkalar: 30oS dan past haroratda original o‘ramida saqlansin. PVX/alyuminiy o‘ramdagi tabletkalar: Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Flakondagi tabletkalar: 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.   Yaroqlilik muddati NO-SHPA® (drotaverin, 40 mg li tabletkalar o‘ramda №24x1, 40 mg li tabletkalar flakonlarda №60, 100): 3 yil. NO-SHPA® (drotaverin, 40 mg li tabletkalar o‘ramda №10x2): 5 yil.   Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz beriladi.   Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?