ERGOLAB inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2mg/ml N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Ginekologik
Страна производитель:
Hindiston
Активное вещество:
ergometrin
Производитель:
Laborate Pharmaceuticals India Ltd
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
G02AB03
Инструкция ERGOLAB inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2mg/ml N10
Qadoqda soni
10
Umumiy ma'lumot
ERGOLAB inyeksiya uchun eritma 1ml 0,2mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA ERGOLAB® ERGOLAB® Preparatning savdo nomi: Ergolab® Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ergometrin Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma Tarkibi: 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ergometrin maleati – 0,2 mg; yordamchi moddalar: metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, dinatriy edetati, malein kislotasi, in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: shoxkuya alkaloidlari. ATX kodi: G02AB03 Farmakologik xususiyatlari Shoxkuyaning tabiiy alkaloidi. Bachadon tonusi va qisqarishlari tez-tezligini oshiradi. Markaziy venoz bosimi va arterial bosimni oshirib, yirik qon tomirlarni toraytiradi. Prolaktin sintezi va sut sekresiyasini tormozlaydi. Tez so‘riladi, ta‘sir davomiyligi (miometriy tonusini oshishi) 45 minutdan 180 minutgacha (yuborish usuliga qarab). Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi. Farmakokinetikasi Ergolab® ichga qabul qilingandan yoki mushak ichiga yuborilgandan keyin tez so‘riladi. Bachadonga ta‘siri ichga qabul qilingandan 5-15 minutdan keyin va mushak ichiga yuborilgandan 2-3 minutdan keyin namoyon bo‘ladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Qo‘llanilishi Bachadondan qon ketishi (yo‘ldoshni qo‘l bilan ajratgandan keyin, bevosita tug‘ruqdan keyin va tug‘ruqdan keyingi davrda, kesar kesishdan keyin, abort va boshqalar). Bachadon miomasi (bachadon mushak qavatining xavfsiz o‘smasi) bilan bog‘liq qon ketishlarda qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Ichga, mushak ichiga, vena ichiga yoki bevosita bachadon tanasiga (kesar kesishdan keyin) yoki bachadon bo‘yniga (homiladorlik to‘xtatilgandan keyin) – 200-500 mkg buyuriladi. Ichga – 200-400 mkg dan sutkada 2-3 marta, eng yuqori dozasi – 2 mg. Parenteral yuborilganda – 0,1-0,2 mg, eng yuqori dozasi – 1 mg. Parenteral yuborishni ichga qabul qilish bilan navbatma-navbat almashtirish mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlari Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, quloqlarda shang‘illash, aritmiyalar, yurak urib ketishi, bradikardiya, ko‘krakda og‘riq, arteriyalarning koronar spazmi, juda kam hollarda miokard infarkti, gipertenziya, vazokonstriksiya, hansirash, o‘pka shishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, teri toshmalari haqida xabar berilgan. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Homiladorlik, tug‘ruqning I va II davri, sepsis (qonni yiringli yallig‘lanish o‘chog‘idagi mikroblar bilan zararlanishi), yurak va qon tomirlarning og‘ir kasalliklari, jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari, tireotoksikoz (qalqonsimon bezi kasalliklari). Dorilarning o‘zaro ta‘siri Ergolab® preparatining qon tomirlarni toraytiruvchi samarasi simpatomimetiklar qo‘llanilganda kuchayadi. Galotan bilan umumiy anesteziyada Ergolab® preparatining tug‘ruq jarayoniga ta‘siri susayishi mumkin. Oksitosin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda gipertonik kriz rivojlanishi mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Preparatni faqat ixtisoslashtirilgan stasionar sharoitida, arterial bosim, yurak qisqarishlari tez-tezligi, bachadonning qisqaruvchanlik faoliyatini sinchkov shifokor nazorati ostida yuborish kerak. Homiladorlik va laktasiya Homiladorlik, tug‘ruqning I davri, homilaning boshchasi tug‘ilguncha tug‘ruqning II davrida qo‘llash mumkin emas. Laktasiya (emizish) davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, kuchli chanqoqlik, sovuq hissi, terida sanchish va qichishish, taxikardiya, ongni chalkashishi, tirishishlar va koma. Bo‘lishi mumkin: gipertoniya yoki gipotoniya. Davolash: simptomatik. Chiqarilish shakli 10 ml vena ichiga, mushak ichiga yuborish uchun eritma saqlovchi ampula tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. Saqlash sharoiti 2°S dan 8°S gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha Ulashish: