DEKLOSID krem 30g
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Dermatologik
Страна производитель:
Portugaliya
Активное вещество:
beklometazona dipropionat bezvodniy, gentamisina sulfat, klioxinol, Klotrimazol
Производитель:
World Medicine, Великобритания произведено: Laboratorios Basi Industria Farmaceutica S.A.
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
D07XC01
Инструкция DEKLOSID krem 30g
Umumiy ma'lumot
DEKLOSID krem 30g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA DEKLOSID DECLOSID Preparatning savdo nomi: Deklosid Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): beklametazon dipropionati, klotrimazol, gentamisin sulfati, klioxinol. Dori shakli: krem Tarkibi: 1 g preparat quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: suvsiz beklametazon dipropionati 0,25 mg; klotrimazol 10 mg; gentamisin sulfati 1 mg; klioxinol 20 mg. yordamchi moddalar: oq yumshoq parafin, sariq suyuq parafin, setostearil spirti, setomakrogol 1000, propilenglikol, benzil spirti, xlorokrezol, natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy gidrofosfat digidrati, tozalangan suv. Ta‘rifi: yot zarrachalar bo‘lmagan och-jigarrang rangli bir xil krem. Farmakoterapevtik guruhi: dermatologiyada qo‘llanadigan vosita (mahalliy ta‘sir etuvchi yallig‘lanishga qarshi vosita). ATX kodi: D07CC04 Farmakologik xususiyatlari Deklosid – teri kasalliklarini davolashda sirtga qo‘llanadigan majmuaviy preparat. Preparatning ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar – beklametazon dipropionati, klotrimazol, gentamisin sulfati va klioxinol bilan bog‘liq. Beklometazon dipropionati – sintetik glyukokortikoid bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ, qichishishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Klotrimazol – imidazol hosilasi hisoblanadi. Zamburug‘larning xujayra membranalari tarkibiga kiruvchi ergosterinning sintezini buzishi xisobiga antifungal ta‘sir ko‘rsatadi, bu uning xususiyatlarini o‘zgarishini chaqiradi va xujayrani parchalanishiga olib keladi. Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis, Candida albicans, Malassezia furfur (Pityrosporum obiculare) larga nisbatan faoldir. Klotrimazol, shuningdek Corynebacterium minutissimum, Strep. Spp. Staph. Spp. Trichomonas vaginalis larga nisbatan ham faoldir. Gentamisin sulfati – suvda eruvchan, aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotikdir, bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Bakteriyalarning xujayra membranasi orqali faol o‘tib, bakteriyalarning ribosomalari bilan qaytmas bog‘lanadi va shu bilan qo‘zg‘atuvchida oqsil sintezini susaytiradi. Grammanfiy bakteriyalar: Pseudomonas aeruginosa, E. Coli, Aerobacter aerogenes, Klebsiella spp., Proteus vulgaris; grammusbat bakteriyalar: Streptoccocus spp., Staphylococcus spp larga nisbatan faoldir. Klioxinol antibakterial, antiseptik va zambrug‘larga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Mahalliy ta‘siri elementar yod tomonidan to‘qima oqsillarini cho‘ktirish xususiyati bilan bog‘liq. Qo‘llanilishi dermatitlar; ekzema; neyrodermit; otomikozlar; oyoq panjasi va chov soxasini epidermofitiyasi; terining yiringli kasalliklari; silliq terining barmoqlararo va boshqa zamburug‘li shikastlanishlarida qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Deklosid kremining katta bo‘lmagan midori terining shikastlangan yuzasiga yupqa qavat qilib sutkada 2 marta qo‘yiladi. Davolash davomiyligi 2-4 haftani tashkil qiladi. Uzoq muddat davolashdan so‘ng, atrofik o‘zgarishlar yuz terisida tananing boshqa yuzalariga nisbatan ko‘proq paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak, bunday holda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak. Nojo‘ya ta‘sirlari Mahalliy reaksiyalar: preparat qo‘yilgan joyda terini qizarishi, achishish va sanchilish hissi bo‘lishi mumkin (terini ta‘sirlanishi rivojlanganida preparatni bekor qilish kerak). Bo‘lishi mumkin: allergik reaksiyalar. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik; teri tuberkulezi; sifilisni teri ko‘rinishlari; suvchechak; oddiy gerpes; emlashdan keyingi teri reaksiyalari; ochiq jarohat yuzasiga qo‘yish; 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Preparatni boshqa dori vositalari bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Maxsus ko‘rsatmalar Preparat oftalmologiyada qo‘llanmaydi. Ko‘z sohasi terisiga qo‘yish mumkin emas. Preparatni shikastlangan teriga va ochiq jarohatlarga qo‘yishdan saqlanish kerak. Chidamli bakterial yoki zamburug‘li mikroflora rivojlanganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolashni buyurish kerak. Aminoglikozid antibiotiklari bilan kesishgan rezistentlik rivojlanishi mumkin. Uzoq muddat davomida davolanganda, preparatni asta-sekin bekor qilish kerak. Homiladorlik va emizishda qo‘llanishi. Homiladorlikda Deklosid preparatini, ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina, qo‘llash mumkin. Preparatning komponentlarini ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi aniqlanmagan, shuning uchun Deklosid preparati laktasiya davrida buyurilganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak. Pediatriyada qo‘llanishi. Bolalarga preparat 7 yoshdan boshlab faqat qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha va shifokorning nazorati ostida buyuriladi, chunki beklometazon bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkin. Deklosid katta yuzalarga qo‘llanganida, sirtga qo‘llanadigan boshqa GKS kabi, gipotalomo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimining faoliyati bostirilishi mumkin, o‘sish gormonini ekskresiyasi pasayishi, shuningdek bosh miya qon bosimini oshishi kuzatilishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: glyukokortikoidlar katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida giperkortisizm simptomlari (giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining faoliyatini qaytuvchi susayishi, Kushing sindromining belgilari) rivojlanishi mumkin. Davolash: siptomatik davolash o‘tkaziladi. Chiqarilish shakli Sirtga qo‘llash uchun Diklosid kremi 30 g dan alyumin tubada. 1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: