RETINOLA ASETAT eritma 10ml 34,4 mg/ml (100000 ME) N1

Обновлено: 21.07.2022

RETINOLA ASETAT eritma 10ml 34,4 mg/ml (100000 ME) N1
  • Категория:

    Vitaminlar (Darmondorilar)

  • Страна производитель:

    Ukraina

  • Активное вещество:

    ---

  • Производитель:

    Витамины,ПАО

  • Количество в упаковке:

    1

  • Код ATX:

    A11CA01

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция RETINOLA ASETAT eritma 10ml 34,4 mg/ml (100000 ME) N1

  • Qadoqda soni

    1

  • Umumiy ma'lumot

    RETINOLA ASETAT eritma 10ml 34,4 mg/ml (100000 ME) N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA RETINOL RETINOLUM Preparatning savdo nomi: Retinol Ta‘sir etuvchi modda (XPN): retinol Dori shakli: kapsulalar Bir kapsulaning tarkibi: Retinol palmitati (A vitamini) ning yog‘dagi 55% li eritmasi      0,1 ml Tozalangan makkajo‘xori moyi                                                                 0,2 g gacha Kapsulaning qobig‘i: Jelatin                                                                                                      0,02230 g Gliserin (gliserol)                                                                                 0,00720 g Nipagin                                                                                                      0,00001 g Suv                                                                                                               0,00049 g Ta‘rifi: sferik shaklga ega, och-sariqdan to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan jelatin kapsulalar. Kapsulaning ichidagisi-och-sariqdan to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan yog‘simon suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: vitamin ATX kodi: A11SA01 Farmakologik xususiyatlari A vitamini umumiy quvvatlovchi ta‘sir ko‘rsatadi, to‘qimalar almashinuvini normallashtiradi; oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida (ko‘p miqdordagi to‘yinmagan bog‘lari tufayli) mukopolisaxaridlar, oqsillar, lipidlar sintezida, minerallar almashinuvida, xolesterinni hosil bo‘lish jarayonlarida qatnashadi. Lipaza va tripsinni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, mielopoezni, hujayralarning bo‘linish jarayonlarini kuchaytiradi. Ko‘z yoshi, yog‘ va ter bezlarining faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi; shilliq qavatlar, nafas yo‘llari va ichakni kasalliklarga bo‘lgan chidamliligini oshiradi; organizmning infeksiyaga chidamliligini oshiradi. Terining epitelial hujayralarining bo‘linishini kuchaytiradi, hujayra populyasiyasini yoshartiradi, keratinizasiya jarayonlarini tormozlaydi, glyukozaminoglikanlarning sintezini kuchaytiradi, immunokompetent hujayralarni o‘zaro va epidermis hujayralari bilan o‘zaro ta‘sirini faollashtiradi. Terining regenerasiyasini rag‘batlantiradi, fotoresepsiya jarayonlarida qatnashadi (odamni qorong‘ulikka moslashishiga yordam beradi). Mahalliy ta‘siri epiteliy hujayralarining yuzasida spesifik retinolni bog‘lovchi reseptorlarning borligi bilan bog‘liq.   Qo‘llanilishi A gipovitaminozi, avitaminozi. Quyidagilarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi: infeksion-yallig‘lanish kasalliklari (qizamiq, dizenteriya, gripp, traxeitlar, bronxitlar va hokazolarni), terini shikastlanishlari va kasalliklari (sovuq urishi, kuyishlar, jarohatlar, eroziyalar, yaralar, yoriqlar, ixtioz, giperkeratoz, seboreyali dermatit, psoriaz, neyrodermatit, ekzemaning ayrim turlari, teri tuberkulyozi), ko‘z kasalliklari (pigmentli retinit, gemeralopiya, kseroftalmiya, keratomalyasiya, qovoqlarni ekzematoz shikastlanishlari), me‘da-ichak kasalliklari (eroziv gastroduodenit, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi), jigar sirrozida. O‘t va siydik chiqarish yo‘llarida toshlarini hosil bo‘lishini oldini olish uchun ham buyuriladi. Qo‘llash usuli va dozalari Preparatni qo‘llash shifokorning kuzatuvi ostida o‘tkazilishi lozim. Preparat ichga, ovqatdan so‘ng ertalab yoki kechqurun qabul qilinadi. Yengil va o‘rtacha darajadagi avitaminozda kattalar uchun davolovchi dozalari sutkada 33000 XB gachani tashkil etadi. Ko‘z kasalliklarida kattalarga – sutkada – 50000-100000 XB va 0,02 g riboflavin bir vaqtda buyuriladi. Teri kasalliklarida kattalarga sutkada 50000-100000 XB retinol palmitati buyuriladi. Kattalar uchun sutkalik doza 100000 XB dan oshmasligi lozim.   Nojo‘ya ta‘sirlari A vitaminini har kuni uzoq muddat (bolalar tomonidan – 100000 XB, kattalar tomonidan – 200000 XB) qabul qilish intoksikasiyani, A gipervitaminozini chaqirishi mumkin. Kattalarda A gipervitaminozining simptomlari – bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, lanjlik. yuzning giperemiyasi, ko‘ngil aynishi, qusish, oyoqlarning suyaklarida og‘riq, yurishni buzilishi.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A gipervitaminozi, homiladorlik, o‘t-tosh kasalligi, surunkali pankreatit, terining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llash mumkin emas. Nefritda, II va III darajali yurak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Tetrasiklinlar bilan uzoq muddat davolash vaqtida A vitaminini buyurish tavsiya etilmaydi (bosh miya ichki gipertenziyasini rivojlanish xavfi oshadi). Salisilatlar va glyukokortikosteroidlar nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanish xavfini kamaytiradi. Maxsus ko‘rsatmalar O‘tkir va surunkali nefritda, yurak faoliyatining dekompensasiyasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Dozani oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun boshqa polivitamin majmualari bir vaqtda qo‘llanmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Chiqarilish shakli Kapsulalar. 25 kapsuladan to‘q shisha yoki polimer bankalarda. 10 ta kapsuladan kontur uyali o‘ramda. Har bir banka yoki 1, 2, 3, 4, 5 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.     Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 18-20°S haroratda.   Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish:

Аналоги лекарств

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?