AKRIDERM GENTA krem 15g
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Dermatologik
Страна производитель:
Rossiya
Активное вещество:
Gentamisin, Betametazon
Производитель:
ОАО «Химико-фармацевтический комбинат “Акрихин”»
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
D07CC01 Бетаметазон в комбинации с антибиотиками
Инструкция AKRIDERM GENTA krem 15g
Umumiy ma'lumot
AKRIDERM GENTA krem 15g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA AKRIDERM AKRIDERM Preparatning savdo nomi: Akriderm Ta‘sir etuvchi modda (XPN): betametazon Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem. Tarkibi: 100 g krem quyidagilarni saqlaydi: faol modda: betametazon dipropionati 100% moddaga qayta hisoblaganda – 0,064 g, bu 0,05 g betametazonga ekvivalentdir; yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoati – 0,2 g, qattiq parafin – 9 g, vazelin – 3 g; propilenglikol – 5 g; suyuq parafin – 18 g; emulsiyalangan mum – 7 g; dinatriy ededati – 0,1 g; natriy sulfiti – 0,05 g; tozalangan suv – 100 g gacha. Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli krem. Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid. Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Akriderm – sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroid. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, ekssudasiyaga qarshi, tomirlarni toraytiruvchi, qichishishga qarshi va antiproliferativ ta‘sir ko‘rsatadi. Leykositlarni to‘planishini, lizosomal fermentlar va yallig‘lanish mediatorlarini yallig‘lanish o‘chog‘ida ajralib chiqishini tormozlaydi, fagositozni susaytiradi, tomir-to‘qima o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish shishini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Teri yuzasiga surtilganda, preparat ob‘ektiv simptomlarni (eritema, shish, lixenifikasiya) yaqqollligini kamaytirib, yallig‘lanish o‘chog‘ida tez va kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Farmakokinetikasi Preparatni terapevtik dozalarda teri ustiga qo‘llanganida, qonga ta‘sir qiluvchi moddaning transdermal so‘rilishi juda oz. Okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash betametazonni transdermal so‘rilishini oshiradi, bu tizimli nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini oshishiga olib keladi. Qo‘llanilishi atopik dermatit; allergik kontakt dermatit; ekzema (turli shakllari); kontakt dermatit (shu jumladan kasbiy) va boshqa noallergik dermatitlar (shu jumladan quyosh va nur dermatitlari); hasharotlar chaqqandagi reaksiyalar; psoriaz; bullyoz dermatozlar; diskoidli qizil yugurik; qizil yassi temiratki; ekssudativ ko‘p shaklli eritema; turli etiologiyali teri qichishishlarida qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Sirtga qo‘llanadi. Akriderm terining shikastlangan sohasiga yupqa qilib, kuniga 2 marta – ertalab va kechqurun qo‘yiladi, biroz ishqalanadi. Terining qalinroq sohalariga (masalan bilak, kaft va tovonga), hamda preparat yengil artiladigan joylarda, Akriderm kremini ko‘proq surtish xam mumkin. Davolashning davomiyligi samaradorligi va davolashni o‘zlashtirilishiga bog‘liq va odatda kamida 4 haftani tashkil qiladi. Yil davomida davolashni bir necha marta takrorlash mumkin. Akriderm krem kasallikning o‘tkir yallig‘lanish bosqichini, shu jumladan terining xo‘llanadigan shikastlanishini davolash uchun ham qo‘llaniladi. Agar klinik yaxshilanish kuzatilmasa, tashxisni aniqlash kerak. Nojo‘ya ta‘sirlari Odatda, kuchsiz namoyon bo‘ladigan xarakterga ega. Glyukokortikosteroidlar mahalliy qo‘llanganida achishish, ta‘sirlanish, terini quruqligi, follikulit, gipertrixoz, striyalar, aknesimon toshmalar (“steroidli” xusnbuzar), gipopigmentasiya, terini qichishishi, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit kuzatilishi mumkin. Davomli qo‘llashda, shuningdek okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganida – terining maserasiyasi, ikkilamchi infeksiya, terining atrofiyasi, mahalliy girsutizm, teleangiektaziya, ko‘p terlash, purpura kuzatiladi. Tananing katta yuzalariga qo‘yilganida, asosan bolalarda glyukokortikosteroidlarning tizimli nojo‘ya ta‘sirlarini (giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatini qaytuvchi susayishi, Isenko-Kushing sindromining ko‘rinishlari) paydo bo‘lishi mumkin. Yo‘riqnomada ta‘riflanmagan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shifokorga murojaat qilish kerak. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Betametazonga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Teri tuberkulyozi, sifilisning teri ko‘rinishlari, suvchechak, oddiy gerpes, vaksinasiyadan keyingi teri reaksiyalari, ochiq jarohatlar, boldirning trofik yaralari, rozasea, oddiy xusnbuzar, teri raki, nevus, ateroma, melanoma, gemangioma, ksantoma, sarkoma, laktasiya davri va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Uzoq muddat qo‘llanganida yoki katta yuzalarga qo‘yilganida: katarakta, qandli diabet, glaukoma, tuberkulyoz. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Preparatning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Maxsus ko‘rsatmalar Preparatni yuz terisiga, uzoq muddat sirtga qo‘llash tavsiya etilmaydi, sababi rozasea, perioral dermatit va akne rivojlanishi mumkin. Davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak. Akriderm kremi oftalmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat ko‘zning shilliq qavatiga tushsa, katarakta, glaukoma, ko‘zning zamburug‘li infeksiyalari va gerpetik infeksiyalarning xurujlari rivojlanishi mumkin. Davomli davolashda, preparatni terining katta yuzalariga, shuningdek qo‘ltiq osti chuqurchasiga va chov burmalariga qo‘yilganida, okklyuzion bog‘lov ishlatilganida, glyukokortikosteroidlarning tizimli so‘rilishi kuzatilishi mumkin. Bolalarga 1 yoshdan boshlab, preparat faqat qat‘iy ko‘rsatmalar va shifokorning nazorati ostida buyuriladi, chunki betametazon bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkin. Preparat katta yuzalarga va/yoki okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llanganida gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi faoliyatini susayishi va giperkortisizm simptomlari rivojlanishi mumkin, o‘sish gormonini ekskresiyasini pasayishi, bosh miya ichki bosimini oshishi kuzatilishi mumkin. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi Homilador ayollarda glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan; bu guruh dori preparatlarini homiladorlik davrida buyurish, faqat potensial foydasi, mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina oqlangan. Homiladorlik davrida bu guruh preparatlarni yuqori dozalarda va uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas. Emizish davrida preparatni qat‘iy ko‘rsatmalar asosida qo‘llash mumkin, biroq bunda preparatni emizish oldidan sut bezining terisiga qo‘yish mumkin emas. Transport vositalarini boshqarish va yuqori konsentrasiyali e‘tiborni va tez psixomotor reaksiyalarni talab qiladigan boshqa potensial xavfli turdagi faoliyat bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri. Ta‘sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani o‘tkir oshirib yuborilishining ehtimoli kam, biroq, preparat haddan ziyod va davomli qo‘llanganida giperkortisizm belgilari bilan kechuvchi dozani surunkali oshirib yuborilishi: giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatini qaytuvchi susayishi, Isenko-Kushing sindromining ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin. Davolash: preparatni bekor qilish tavsiya qilinadi va zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi. Chiqarilish shakli 0,05% li sirtga qo‘llash uchun krem. 15 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti 15oS dan 25oS gacha haroratda. Yaroqlilik muddati 4 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: