BIOSELAK kapsulalar N10

Обновлено: 21.07.2022

BIOSELAK kapsulalar  N10
  • Категория:

    Ginekologik

  • Страна производитель:

    Buyuk Britaniya

  • Активное вещество:

    Lactobacillus rhamnosus 573

  • Производитель:

    Rotapharm Limited

  • Количество в упаковке:

    10

  • Код ATX:

    G02CC

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция BIOSELAK kapsulalar N10

  • Dori shakli

    Флаконлар 10 вагинал капсулалар флаконда. 1 флакон қўллаш бўйича йўриқномаси билан бирга картон қутига жойланган. Блистерлар 10 вагинал капсулалар блистерда. 1 блистер қўллаш бўйича йўриқномаси билан бирга картон қутига жойланган.

  • Qadoqda soni

    10

  • Dozirovkasi

    Маҳаллий (интравагинал) қўллаш учун буюрилади. Шахсий гигиенанинг барча қоидаларига риоя қилиб, капсулани қинга чуқур киритиш керак. Биоселак суткада 1-2 капсуладан (биттаси эрталаб ва биттаси кечқурун уйқудан олдин) 7-10 кун давомида ишлатилади. Зарурат бўлганида даволаш такрорланади.

  • Dori vositalarining o'zaro ta'siri

    Биоселак пациентлар томонидан антибактериал, трихомонацид ёки замбуруғларга қарши дори воситалари (метронидазол ва ко-тримоксазолдан ташқари) билан бир вақтда ишлатилиши мумкин эмас, шунингдек даволаниш даврида антисептик эритмалар ёрдамида қинни босим остида ювишдан сақланиш керак, чунки улар препаратнинг самарадорлигини пасайтириши мумкин.

  • Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

    Препаратнинг компонентларига юқори сезувчанликда қўллаш мумкин эмас.

  • Maxsus saqlash sharoitlari

    2оС дан 8оС гача бўлган ҳароратда (совутгичда) сақлансин. Препаратнинг яроқлилик муддати 25оС дан юқори бўлмаган ҳароратда сақланганида 4 ҳафтани ташкил этади. Яроқлилик муддати 2 йил.

  • Maxsus shartlar

    Иммун тизими томонидан жиддий бузилишлари бўлганида Биоселак препаратини эҳтиёткорлик билан қўллаш керак. Ҳомиладорликда ва лактация даврида қўлланиши Препаратни ҳомиладорлик ва лактация даврида даволовчи шифокорнинг кўрсатмаси бўйича буюриш мумкин. Автотранспортни ҳайдаш ва механизмларни бошқариш қобилиятига таъсири Биоселак транспорт воситаларини бошқариш ва механизмларни ишлатиш қобилиятига таъсир кўрсатмайди. Препарат болалар ололмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати тугаганидан сўнг ишлатилмасин.  

  • Nojo'ya samaralari

    Препарат яхши ўзлаштирилади. Якка ҳолларда маҳаллий аллергик реакциялар (қичишиш, ачишиш ҳисси, қин секрециясини ошиши) бўлиши мумкин.

  • Farmakokinetikasi

    Биоселак соғлом аёлларнинг нормал қин микрофлорасини таркибига кирувчи ва патоген микроорганизмларни ривожланишига қарши ҳимоя фаолиятини таъминловчи, таркибида сут кислотали бактерияларни сақловчи вагинал капсулалар шаклида чиқарилади. Вагинал инфекцияларни антибиотиклар ва сульфаниламидлар билан маҳаллий ёки тизимли даволаш, гормонал даволаш, нотўғри гигиена қиннинг табиий микрофлорасини издан чиқаради, касалликни қайталаниш хавфини оширади. Биоселакнинг терапевтик самараси сут-қанд ташувчида лиофилизатланган рамнозус 573 лактобактериялари (Lactobacillus rhamnosus 573) сут кислотали бактерияларининг фаол штаммларини бевосита қинга қўйиш йўли билан таъминланади ва қиннинг рН ни 4,0-4,7 гача тез пасайиши билан, касалликни келтириб чиқарувчи бактерияларни ўсиши ва кўпайишини фаол равишда сусайтирилиши, хусусий вагинал микрофлорани ва қиндаги физиологик мувозанатни тикланиши билан намоён бўлади. In vitro шароитларида ўтказилган тадқиқотлар рамнозус 573 лактобактериялари (Lactobacillus rhamnosus 573) ни ко-тримоксазолга ва метронидазолга чидамлилигини тасдиқлади, шунинг учун Биоселакни ушбу моддаларни сақловчи препаратлар билан даволаш вақтида ишлатиш мумкин.

  • Dozani oshirib yuborilishi

    Ҳозирги вақтда препаратнинг дозасини ошириб юборилиши юзасидан хабар берилмаган. Дозани ошириб юборилиши пациентнинг ҳолатини хавф остига қўймайди.

  • Umumiy ma'lumot

    BIOSELAK kapsulalar N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA BIOSELAK BIOSELAC Preparatning savdo nomi: Bioselak Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Laktobakteriy ramnozus 573 (Lactobacillus rhamnosus 573) Dori shakli: qin kapsulalari Tarkibi Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: Laktobakteriy ramnozus 573 (Lactobacillus rhamnosus 573) shtammlarining liofilizati – kamida 108 KOE. yordamchi moddalar: yog‘sizlantirilgan kukunsimon sut, saxaroza, natriy L-glutamati, kartoshka kraxmali, magniy stearati, mannitol, titan dioksidi, jelatin. Ta‘rifi: ichida sarg‘ish-kremsimon rangli gomogen kukun saqlovchi, oq rangli qattiq jelatin kapsulalar. Farmakoterapevtik guruhi: ginekologiyada qo‘llanadigan dori vositalari ATX kodi: G02CX Farmakologik hususiyatlari Bioselak sog‘lom ayollarning qini normal mikroflorasining tarkibiga kiruvchi va patogen mikroorganizmlarni rivojlanishiga qarshi himoya faoliyatini ta‘minlovchi sut kislotali bakteriyalarni saqlovchi qin kapsulalari shaklida chiqariladi. Qin infeksiyalarini antibiotiklar va sulfanilamidlar bilan mahalliy yoki tizimli davolash, gormonal davolash, noto‘g‘ri gigiena qinning tabiiy mikroflorasini buzadi, kasallikni qaytalanish xavfini oshiradi. Bioselakning terapevtik samarasi sut-qand tashuvchida liofillangan Lactobacillus rhamnosus 573 sut kislotali bakteriyalarining faol shtammlarini bevosita qinga qo‘yish yo‘li bilan ta‘minlanadi va qinning rN ni 4,0-4,7 ga tez pasayishi bilan, kasallik keltirib chiqaruvchi bakterialarni o‘sishi va ko‘payishini faol bostirilishi, qinning xususiy mikroflorasini va qinda fiziologik muvozanatni tiklanishi bilan namoyon bo‘ladi. In vitro tekshirishlar Lactobacillus rhamnosus 573 ni ko-trimoksazolga va metronidazolga chidamliligini isbotladi, shuning uchun Bioselakni ushbu moddalarni saqlovchi preparatlar bilan davolash vaqtida ishlatish mumkin. Qo‘llanilishi Biomelak quyidagi holatlarda qinning normal mikroflorasini tiklash va tutib turish uchun qo‘llanadi: spesifik va nospesifik qin infeksiyalarini oldini olish va davolash; vaginitni, shu jumladan bakterial etiologiyali vaginitni majmuaviy davolashda; turli etiologiyali qin disbiozini oldini olish; turli antibiotiklar, peroral yoki vaginal kontraseptivlar qo‘llanganida; mahalliy ginekologik aralashuvlarni o‘tkazishdan oldin; tamponlar, mahalliy kontraseptivlar ishlatilganida, yetarli bo‘lmagan gigienada profilaktik chora sifatida; qin ajralmalari paydo bo‘lganida. Qo‘llash usuli va dozalari Mahalliy (intravaginal) qo‘llash uchun. Shaxsiy gigienaning barcha qoidalariga rioya qilib, kapsulani qinga chuqur kiritish kerak. Bioselak sutkada 1-2 kapsuladan (bittasi ertalab va bittasi kechqurun uyqudan oldin) 7-10 kun davomida ishlatiladi. Zarurati bo‘lganida davolash takrorlanadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Yakka hollarda mahalliy allergik reaksiyalar (qichishish, achishish hissi, qin sekresiyasini oshishi) bo‘lishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Bioselak pasientlar tomonidan antibakterial, trixomonasid yoki zamburug‘larga qarshi dori vositalari (metronidazol va ko-trimoksazoldan tashqari) bilan bir vaqtda ishlatilmasligi kerak), shuningdek davolanish davrida antiseptik eritmalarni ishlatish bilan vaginal sprinsevaniylardan saqlanish kerak, chunki ular preparatning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Immun tizimining jiddiy buzilishlari bo‘lgan hollarda Bioselak preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida davolovchi shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha buyurish mumkin. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Bioselak transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Hozirgi vaqtda preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabar berilmagan. Dozani oshirib yuborilishi pasientning holatini xavf ostiga qo‘ymaydi. Chiqarilish shakli Flakonlar 10 qin kapsulasi flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashgan. Blisterlar 10 qin kapsulasi blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashgan. Saqlash sharoiti 2oS dan 8oS gacha bo‘lgan haroratda (sovutgichda) saqlansin. Preparatni yaroqlilik muddati 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanganida 4 haftani tashkil qiladi. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?