MIRENA SISTEMA VNUTRIMATOCHNAYA TERAPEVTICHESKAYA LEVONORGESTREL 20mkg

Обновлено: 21.07.2022

MIRENA SISTEMA VNUTRIMATOCHNAYA TERAPEVTICHESKAYA LEVONORGESTREL 20mkg
  • Категория:

    Peshob - jinsiy a'zolar tizimi

  • Страна производитель:

    Finlyandiya

  • Активное вещество:

    Levonorgestrel

  • Производитель:

    Bayer AG, Германия произведено: Bayer Oy

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    G03AC03

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция MIRENA SISTEMA VNUTRIMATOCHNAYA TERAPEVTICHESKAYA LEVONORGESTREL 20mkg

  • Umumiy ma'lumot

    MIRENA SISTEMA VNUTRIMATOCHNAYA TERAPEVTICHESKAYA LEVONORGESTREL 20mkg qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA MIRENA® MIRENA® Preparatning savdo nomi: MIRENA® Dori shakli: bachadon ichki terapevtik tizimi Tarkibi: Bir bachadon ichi terapevtik tizimi uchun keltirilgan. Faol modda: 52 mg levonorgestrel. Yordamchi modda: 52 mg polidimetilsiloksanli elastomer. Ta‘rifi: Bachadon ichki tizimi (BIT) o‘tkazgichning nayiga joylashtirilgan. Tizim T-simon korpusga joylangan va tiniq bo‘lmagan membrana bilan qoplangan, levonorgestrelning ajralib chiqishini boshqaruvchi oq yoki deyarli oq gormonal-elastomerli o‘zakdan iborat. T-simon korpus bir tomonidan xalqa, boshqa tomonidan yelkalar bilan jihozlangan. Xalqaga tizimni olib tashlash uchun iplar biriktirilgan. Tizim va o‘tkazgich ko‘rinarli qo‘shimchalardan holi. Farmakoterapevtik guruhi: progestagen saqlovchi bachadon ichki plastik terapevtik tizimi. ATX kodi: G02BA03   Farmakologik xususiyatlari Mirena® – bu T-simon bachadon ichki terapevtik tizimi (BIT) bo‘lib, bachadon ichiga kiritilganidan keyin u levonorgestrel gormonini bevosita bachadon bo‘shlig‘iga ajratib chiqaradi. Tizim, bachadon shakliga iloji boricha yaxshiroq mos kelishi uchun T-simon shaklda tayyorlangan. Gormon saqlovchi T-simon korpusning vertikal qismi silindr shaklida. Vertikal qismining pastki tomonida xalqa bo‘lib, unga tizimni olib tashlash uchun ikki ip tizimchasi bog‘langan. T-simon korpusning vertikal qismi, ayol organizmi tomonidan ishlab chiqariladigan gormonlardan biriga o‘xshash levonorgestrel gormonini saqlaydi. Tizim ayol organizmiga levonorgestrelni doimiy tezlikda, lekin juda kam miqdorda (20 mikrogramm, ya‘ni sutkada grammning 20 millionlik ulushi) ajratib chiqaradi. Mirena® bachadonning ichki qavatini har oy rivojlanishini nazorat qilib, homiladorlikni oldini shunday oladiki, bunda bu qavat homiladorlikni yuz berishi uchun yetarli qalinlikka erishmaydi; bir vaqtning o‘zida bachadon bo‘yni kanalining (bachadonga kirish qismi) normal shilliq qavati qalinlashadi, natijada sperma bachadonga kira olmaydi va tuxum xujayrasini urug‘lantira olmaydi. Mirena® spermani bachadon ichiga harakat qilishiga to‘sqinlik qilib, urug‘lanishni oldini oladi. Mirena®ning samaradorligi Mirena® homilaga qarshi vosita sifatida ayolni sterilizasiyasi bilan bir xil samaraga ega. U bugungi kunda eng samarali bo‘lgan mis saqlovchi bachadon ichki spirallari va peroral kontraseptivlar (kontraseptiv tabletkalar) kabi samaralidir. Tadqiqotlar (klinik sinovlar), bir yil davomida Mirena® ishlatuvchi har 1000 ayolga faqat ikkita homiladorlik holati to‘g‘ri kelishini aniqladi. Haddan tashqari ko‘p menstrual qon ketishlari bo‘lgan ayollarda Mirena® bachadonga kiritilganidan keyin uch oydan keyinoq ularning jadalligini ahamiyatli kamayishini chaqirgan. Ayrim ayollarda menstrual qon ketishlari umuman to‘xtagan. Qo‘llanilishi Mirena® kontrasepsiya (homiladorlikni oldini olish), idiopatik menorragiyani (haddan tashqari menstrual qon ketishini) davolash uchun va estrogenlar bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishda endometriyning giperplaziyasini (bachadonning ichki qavatini ortiqcha o‘sib ketishini) oldini olish uchun qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Mirenani kiritishdan oldin Mirenani kiritishdan oldin, qindan mazok olinishi, sut bezlarini ko‘ruvini o‘tkazilishi, zarurat tug‘ilganda boshqa tekshirishlar ham o‘tkazilishi, masalan infeksiyalarni, shu jumladan jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalarni aniqlashga qaratilgan tekshirishlar o‘tkazilishi kerak. Bachadonning holati va o‘lchamlarini aniqlash uchun ginekologik tekshirish o‘tkazish kerak. Mirenani qachon o‘rnatish kerak. Mirenani, ushbu BIT bilan ishlash tajribasiga ega yoki bu muolajani bajarishga yaxshi o‘rgatilgan shifokor o‘rnatishi tavsiya qilinadi. Mirena® bachadonga menstrual qon ketishi boshlanganidan keyin kechi bilan yetti kun o‘tgach kiritilishi mumkin. U, shuningdek tibbiy abortdan keyinoq o‘rnatilishi mumkin; bunda shifokor genital infeksiyaning yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak. Mirenani tug‘ruqdan keyin olti hafta o‘tmasdan o‘rnatish mumkin emas. Mirena® hayz ko‘rish siklining istalgan davrida yangi tizim bilan almashtirilishi mumkin. Mirena jinsiy aloqadan keyin ishlatiladigan homilaga qarshi vosita sifatida qo‘llanmaydi. Estrogenlar bilan o‘rinbosar davolash vaqtida bachadonning ichki qavatini himoya qilish uchun Mirenani amenoreyasi bo‘lgan (hayz ko‘rishi kuzatilmagan) ayollarda istalgan vaqtda o‘rnatish mumkin; hayz ko‘rishi saqlangan ayollarda Mirenani o‘rnatish menstrual qon ketishi yoki “bekor qilish” qon ketishining oxirgi kuni o‘tkaziladi. Mirena qanday o‘rnatiladi Ginekologik tekshirishdan keyin qin oynasi deb ataladigan maxsus asbob qinga kiritiladi va bachadon bo‘yniga antiseptik eritma bilan ishlov beriladi. So‘ngra yupqa egiluvchan plastik naycha orqali bachadonga Mirena kiritiladi. Siz tizimni kiritilishini sezishingiz mumkin, lekin u Sizda kuchli og‘riqni chaqirmasligi kerak. yuborishdan oldin, agarda talab qilinsa, bachadon bo‘ynining mahalliy anesteziyasini qo‘llash mumkin. Ba‘zi ayollar tizim yuborilganidan keyin og‘riq va bosh aylanishini his qiladilar. Agar tinch holatda yarim soatdan keyin bu holatlar o‘tib ketmasa, ehtimol bachadon ichki tizimi notug‘ri joylashgan. Ginekologik tekshirish o‘tkazilishi kerak; zarurati bo‘lganida tizim olib tashlanadi. Ayrim ayollarda Mirenani ishlatilishi terida allergik reaksiyalar chaqiradi. Mirena ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq, to‘g‘ri o‘rnatilganida Perl indeksi (bir yil davomida kontraseptiv qo‘llayotgan 100 ayolda homiladorlar sonini aks ettiruvchi ko‘rsatkich) yiliga taxminan 0,2% ni tashkil qiladi. Ekspulsiya yoki perforasiyada Perl indeksi o‘sishi mumkin. Kontraseptivni 5 yil davomida qo‘llayotgan 100 nafar ayolda homiladorliklar sonini aks ettiruvchi kumulyativ ko‘rsatkich 0,7% ni tashkil qiladi. Mirena olib tashlanganidan keyin tizimni butligi yuzasidan tekshirish kerak. BITni olib tashlanishi yuzasidan qiyinchiliklarda T-simon korpusning gorizontal yelkasida gormon-elastomer markaz qismini bir-bir sirg‘anib ketish holatlari aniqlangan. BITning butligi tasdiqlanishi bilanoq, ushbu vaziyat qo‘shimcha aralashuvni talab etmaydi. BIT gorizontal yelkalardagi cheklovchi moslamalar markazini T-simon korpusdan odatda to‘liq ajralishini oldini oladi. Pasienlarning alohida guruhlari Bolalar va o‘smirlar Reproduktiv yoshdagi ayollarda Mirenani xavfsizligi va samarodorligi aniqlangan. Birinchi xayz belgilari paydo bo‘lguncha  Mirenani  qo‘llash uchun muvofiq ko‘rsatma yo‘q. Keksa yoshdagi pasientlar 65 yoshdan oshgan ayollarda Mirenani qo‘llanilishi o‘rganilmagan. Jigar faoliyati buzilgan pasientlar Jigarning o‘tkir kasalliklari yoki jigar o‘smalari bo‘lgan ayollarda Mirenani qo‘llash  mumkin emas. Buyrak faoliyati buzilgan pasientlar Buyrak faoliyati buzilgan ayollarda Mirenani qo‘llanilishi o‘rganilmagan.   Nojo‘ya ta‘sirlari Mirena o‘rnatilgan ko‘pchilik ayollarda siklik qon ketishlarni xarakteri o‘zgaradi. Mirena birinchi 90 kun davomida qo‘llanganida 22% ayollarda qon ketishni davomiyligini oshishi, 67% ayollarda nomuntazam qon ketishi aniqlanadi, uni qo‘llashda birinchi yilning oxirida bu holatlarning tez-tezligi muvofiq ravishda 3% va 19% gacha pasayadi. Birinchi 90 kun davomida qo‘llanganida bir vaqtda 0% amenoreya, kam qon ketishlar 11% pasientlarda rivojlanadi. Uni qo‘llashning birinchi yilning oxirida bu holatlarning tez-tezligi muvofiq ravishda 16% va 57% gacha oshadi. Ko‘pchilik ayollarda Mirenani qo‘llashda estrogenlar bilan davomli o‘rinbosar davolashda majmuaviy qo‘llanganida birinchi yil davomida siklik qon ketish asta-sekin to‘xtaydi. Jadvalda Mirena qo‘llanganida xabar qilingan noxush dorilar reaksiyalarini paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan. Noxush reaksiyalar (NR) paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100), kam (>1/10000 dan <1/1000 gacha) va noma‘lum tez-tezligi bo‘yicha bo‘linada. Jadvalda MedDRA ga muvofiq a‘zolar tizimi sinfi bo‘yicha NR berilgan. Tez-tezligi bo‘yicha mavjud ma‘lumotlar NR taxminiy paydo bo‘lish tez-tezligini aks ettiradi, Mirenani 5091 ayollar va 12101 ayollar-yil ishtirokidagi, kontraseptiv va “idiopatik menorragiya” ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tqazilgan klini tadqiqotlarda ro‘yxatga olingan. Mirenani “estrogenlar bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishda endometriyning giperplaziyasini profilaktikasi” ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda (514 ayollar va 12189 ayollar-yosh ishtirokida) NR ni yulduzchalar (*,**) belgilangandan tashqari holatlarda xuddi shunday tez-tezlikda kuzatilganligi to‘g‘risida xabar qilingan. Tizim-a‘zoli sinf Tez-tez (≥1/10) Tez (≥1/10 – ≤1/10) Tez-tez emas (≥1/1000 – ≤1/100) Kam (≥1/10000 – ≤1/1000) Ruhiy buzilishlar   Ruhiy tushkun-lik/depressiya, asabiylashish, libidoni pasayishi     Oshqozon-ichak tomonidan buzilishlar   Qorindagi og‘riqlar/tos sohadagi og‘riqlar, ko‘ngil aynashi Qorin dam bo‘lishi   Teri va teriosti to‘qimalar tomonidan buzilishlar   Akne   Alopesiya, girsutizm, qichishish, ekzema, xloazma/ giperpigmentasiya Toshma, eshak yemi Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar   Orqada og‘riq**     Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan buzilishlar Xavfsiz tuxumdon kistalari. Qon ketishlarni xarakterini o‘zgarishi, oligomenoreya va amenoreya   Tos og‘rigi, dismenoreya, qindan ajramalar, vulvovaginit,* sut bezlarida og‘riq sezishi** BIT ekspulsiyasi (to‘liq va qisman) Kichik tos a‘zolarni yallig‘lanish lasalliklari. Endometrit, servisit/ Papanikolau usuli bo‘yicha surtma II sinf Bachadon perforasiyasi*** Umumiy xarakterga ega va yuborilgan joyi tomonidan asoratlar     Shish   Laborator va instrumental tekshirish ma‘lumotlari   Vazni oshishi     * “Tez” ko‘rsatma bo‘yicha “estrogenlar bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishda endometriyning giperplaziyasini profilaktikasi”. ** “tez-tez” ko‘rsatma bo‘yicha “estrogenlar bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishda endometriyning giperplaziyasini profilaktikasi”. *** Bu tez-tezlik emizikli ayollar ishtiroq etmagan klinik tadqiqotlarga asoslangan. BIT ni qo‘llovchi shaxslarni katta prospektiv qiyosiy nointervension kogort tadqiqotlarda emizikli ayollarda yoki tug‘ruqdan keyin 36 xaftagacha bo‘lgan muddatda tizim kiritilgan ayollarda perforasiya soni kam bo‘lgan (“Qo‘llashda maxsus ogohlantirilish va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang). Ayrim reaksiyalarni, ularni sinonimini va ular bilan bog‘lik bo‘lgan vaziyatlarni ta‘riflash uchun  MedDRA ga muvofiq terminlar ko‘plab xolatlarda ishlatilgan.   Qo‘shimcha ma‘lumot Jinsiy sherik jinsiy aloqa vaqtida iplarni his etishi mumkin. Agar Mirena o‘rnatilgan ayollarda homiladorlik yuz bersa, ektopik homiladorlikning nisbiy xavfi oshadi. Emizikli ayollarda perforasiya xavfi oshadi. BIT o‘rnatilgan vaqtda sepsisni (o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan nihoyatda og‘ir tizimli infeksiyalar) paydo bo‘lish hollari qayd etilgan. Mirenani “estrogenlar bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishda endometriy giperplaziyasini (bachadonning ichki qavatini xaddan ziyod o‘sib ketishini) oldini olish” ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanganda sut bezi rakini yuz berish xavfi noma‘lum. Sut bezi raki hollari haqida xabar berilgan (tez-tezligi noma‘lum). Mirenani o‘rnatish yoki olib tashlash muolajasi bilan bog‘liq quyidagi NR to‘g‘risida xabar berilgan: muolaja vaqtida og‘riq, muolaja vaqtida qon ketishi, BIT ni o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan bosh aylanishi yoki hushdan ketish bilan kechuvchi vazovagal reaksiya. Muolaja tutqanog‘i bo‘lgan pasientkalarda tutqanoq xurujini qo‘zg‘atishi mumkin. Sanab o‘tilgan har qanday yoki boshqa nojo‘ya samaralar rivojlanganda shifokorga xabar berish kerak. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Mirena®ni quyida sanab o‘tilgan har qanday holatlarda ishlatish mumkin emas: Homiladorlik yoki unga gumon qilish. Chanoq a‘zolarining mavjud bo‘lgan yoki qaytalanuvchi yallig‘lanish kasalliklari. Siydik-jinsiy yo‘llarining quyi bo‘limlarining infeksiyalari. Tug‘ruqdan keyingi endometrit. Oxirgi uch oy ichidagi septik abort. Servisit. Infeksiyalarga yuqori moyillik bilan kechuvchi kasalliklar. Bachadon bo‘ynining displaziyasi. Bachadon yoki bachadon bo‘ynining xavfli o‘smalari. Progestagenga bog‘liq o‘smalar, shu jumladan sut bezining raki. Noaniq etiologiyali bachadondan patologik qon ketishi. Bachadonning tug‘ma yoki orttirilgan anomaliyalari, shu jumladan bachadon bo‘shlig‘ini deformasiyasiga olib boruvchi fibromiomalar. Jigarning o‘tkir kasalliklari yoki o‘smalari. Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi Mirena® mutaxassis bilan maslahatlashgandan keyin ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi mumkin yoki tizim bachadonga kiritilganidan keyin tez orada Sizda quyidagi patologik holatlardan biri birinchi marta paydo bo‘lsa yoki agarda Sizning shifokoringiz uni olib tashlash kerakligi to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishi mumkin: migren, bosh miyaning o‘tkinchi ishemiyasini ko‘rsatuvchi ko‘rishni asimmetrik yo‘qotilishi bilan yoki boshqa simptomlar bilan kechuvchi o‘choqli migren; odatdagi bo‘lmagan kuchli bosh og‘rig‘i; sariqlik; yaqqol arterial gipertenziya; qon aylanishini og‘ir buzilishlari, shu jumladan insult va miokard infarkti. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Agar Siz uzoq vaqt qandaydir preparatlarni (masalan, tutqanoqqa qarshi vositalarni) qo‘llayotgan bo‘lsangiz, bu haqida siz shifokorga xabar berishingiz kerak. Gestagenlarning metabolizmi, fermentlarning induktorlari, ayniqsa tirishishga qarshi vositalar (masalan, fenobarbital, fenitoin, karbamazepin) va infeksiyalarni davolash uchun vositalar (masalan, rifampisin, rifabutin, nevirapin, efavirenz) kabi dori preparatlarining metabolizmida qatnashuvchi sitoxrom R450 izofermentlarining induktorlari hisoblangan vositalar bir vaqtda qo‘llanganida kuchayishi mumkin. Bu preparatlarning Mirenaning samaradorligiga ta‘siri noma‘lum, lekin ular jiddiy emas deb taxmin qilinadi, chunki Mirena asosan mahalliy ta‘sirga ega. Maxsus ko‘rsatmalar So‘nggi vaqtlardagi ayrim tekshirishlarning natijalari, faqat gestagen saqlovchi kontraseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda, venoz trombozning xavfi biroz oshishi mumkinligini ko‘rsatadi; biroq bu natijalar yetarli darajada aniq emas. Shunday bo‘lsada, venalar va arteriyalar trombozining belgilari paydo bo‘lganida, Siz darhol shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Venoz yoki arterial trombozning simptomlariga: oyoqlarda bir tomonlama og‘riq va/yoki shish; ko‘krak qafasida, u chap qo‘lga berish-bermasligidan qat‘iy nazar kuchli og‘riq; nafasni to‘satdan paydo bo‘ladigan yaqqol buzilishlari; to‘satdan paydo bo‘lgan yo‘tal; g‘ayrioddiy og‘ir uzoq muddatli bosh og‘rig‘i; ko‘rishni to‘satdan qisman yoki to‘liq yo‘qotish; ikkita ko‘rish; cho‘zilgan yoki qiyinlashgan nutq; bosh aylanishi; kollaps (ba‘zida tirishish xuruji bilan); holsizlik yoki tananing bir tomonida yoki bir qismida to‘satdan paydo bo‘lgan sezuvchanlikni juda ahamiyatli yo‘qolishi; harakat buzilishlari, qorinda keskin og‘riq kiradi. Ko‘z qon tomirlarida trombni hosil bo‘lishi belgilariga ko‘rishni tushuntirib bo‘lmaydigan qisman yoki to‘liq yo‘qolishi va har qanday boshqa tushuntirib bo‘lmaydigan uning buzilishlari kiradi. Hozirgi vaqtgacha venalarning varikoz kengayishi yoki yuza tromboflebitni (venalarni trombni hosil bo‘lishi bilan) venoz tromboemboliya orasida bog‘liqlik bor yoki yo‘qligi aniqlanmagan. Tug‘magan ayollar Mirena® hech qachon homilador bo‘lmagan yosh ayollar uchun va yosh o‘tgan sari bachadonning o‘lchamlarini kamayishi bilan kechuvchi postmenopauzal davrdagi ayollar uchun birinchi tanlov usuli hisoblanmaydi. Infeksiyalar O‘tkazgich naychasi, bachadonga yuborish vaqtida Mirenani mikroorganizmlar bilan ifloslanishdan himoya qilishga yordam beradi, Mirenaning o‘tkazgichi esa, infeksiyaning xavfini minimumga yetkazish uchun o‘ziga xos tuzilgan. Shunga qaramasdan, tizim bachadonga kiritilganidan keyin o‘sha zahotiyoq va keyingi to‘rt oy davomida chanoq a‘zolarining infeksiyasini xavfi yuqori bo‘ladi. Bachadon ichki tizimlarini ishlatuvchi bemorlarda chanoq a‘zolarining infeksiyalari, ko‘pincha jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarga kiradi. Infeksiyaning xavfi, agar ayol yoki uning sherigi bir nechta jinsiy sherikka ega bo‘lsa, oshadi. Chanoq a‘zolarining infeksiyalari aniqlanganida ularni darhol davolash kerak. Bu infeksiyalar bola tug‘ish qobiliyatini buzishi va kelajakda bachadondan tashqari homiladorlik xavfini oshirishi mumkin. Chanoq a‘zolarining bir necha kun davomidagi davolashga chidamli qaytalanuvchi infeksiyalarida Mirena® olib tashlanishi kerak. Agar Sizda qorinning pastki qismida og‘riq, isitma, jinsiy aloqa bilan bog‘liq og‘riq yoki g‘ayrioddiy qon ketishi paydo bo‘lsa, darhol shifokor bilan maslahatlashing. Agar tashxis qo‘yilgandan so‘ng kuchli og‘riq yoki isitmani ko‘tarilishi davom etsa, Sizda jiddiy infeksiyaning borligini anglatishi mumkin, bunda davolashni zudlik bilan davom ettirish mumkin. Oligo- va amenoreya Tug‘ruq yoshidagi ayollarda oligo- va amenoreya asta-sekin, Mirenani qo‘llashni birinchi yilining oxiriga kelib, muvofiq ravishda taxminan 57% va 16% holatlarda rivojlanadi. Agar hayz ko‘rish oxirgi hayz ko‘rish boshlanganidan keyin olti hafta davomida kuzatilmasa, homiladorlikni istisno qilish lozim. Amenoreyada homiladorlikka takroriy testlar, agar faqat homiladorlikning boshqa belgilari bo‘lmasa, shart emas. Mirenani doimiy estrogen bilan o‘rinbosar davolash bilan majmuada qo‘llansa, ko‘pchilik ayollarda Mirenani qo‘llashning birinchi yili davomida asta-sekin amenoreya rivojlanadi. Ekspulsiya (bachadon ichki tizimini tushishi) Hayz ko‘rish vaqtida bachadon mushaklarining qisqarishi bachadon ichki tizimini siljishiga yoki xatto uni bachadondan itarilib chiqib ketishiga olib keladi. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlarga og‘riq va Siz uchun g‘ayritabiiy qon ketishi kiradi. Agarda Mirena bachadon bo‘shlig‘ida siljisa, uning samaradorligi pasayadi. Iplarni masalan, Siz dush qabul qilayotganingizda, barmoqlar bilan tekshirish tavsiya qilinadi. Agarda Siz bachadon ichki tizimini siljishi yoki tushishining belgilarini aniqlasangiz yoki iplarni ushlab ko‘rolmasangiz, jinsiy aloqalardan saqlanish yoki boshqa kontrasepsiya usullarini qo‘llash, shuningdek iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish kerak. Mirena menstrual qon ketishlarining jadalligini kamaytiradi; ularning jadalligini oshishi tizimni tushib ketganini ko‘rsatadi. Perforasiya va penetrasiya Bachadon tanasi yoki bachadon bo‘yini perforasiyasi yoki penetrasiyasi bachadon ichki kontraseptivi ta‘sirida, ayniqsa kontraseptivni kiritish vaqtida kuzatiladi va Mirena preparatining samaradorligini pasaytirishi mumkin. Bunday tizim olib tashlanishi kerak. Bachadon ichki tizimidan foydalangan shaxslarda o‘tkazilgan yirik, prospektiv, qiyosiy nointervension kogort tekshiruvlarda (N=61448 ayollar) perforasiyani rivojlanish chastotasi barcha kogort tekshiruvlarida 1000 ta kiritilgandan 1,3 (ishonchli interval (II) 95% bo‘lganida: 1,1-1,6); Mirena preparatini qo‘llagan tekshiruvlardagi 1000 shaxslarga 1.4 (II 95% bo‘lganida: 1,1-1,8) va misli bachadon ichki tizimini qo‘llagan kogort shaxslarda 1000 kiritilgandan 1,1 (II 95% bo‘lganida: 0,7-1,6) tashkil etgan. Tadqiqotlar emizikli ayollarga, shuningdek tug‘ruqdan so‘ng 36 haftagacha bo‘lgan muddatda kiritish perforasiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi (1-jadvalga qarang). Bu xavf omillari kiritilayotgan bachadon ichki tizimi turiga bog‘liq bo‘lmagan. 1-jadval. Emizish fakti va tug‘ilgandan boshlab tizim kiritilguncha (tuqqan ayollar) vaqt bo‘yicha strafikasiyalangan barcha tekshirilayotgan kogortlar uchun 1000 ta kiritilgan ayolda perforasiyani rivojlanish chastotasi   Kiritish vaqtida  emizish Kiritish vaqtida emizmaslik Kiritish < 36 hafta tuqqandan keyin 5,6 (II 95% bo‘lganida 3,9–7,9; n=6047 kiritish) 1,7 (II 95% bo‘lganida 0,8–3,1; n = 5927 kiritish) Kiritish > 36 hafta tuqqandan keyin 1,6 (II 95% bo‘lganida 0,0-9,1; n=608 kiritish) 0,7 (II 95% bo‘lganida 0,5–1,1; n = 41910 kiritish) Bachadoni orqaga mustahkam egilgan ayollarda perforasiya xavfi yuqori bo‘lishi mumkin. Perforasiya va penetrasiya Kamdan-kam hollarda, odatda bachadonga yuborish vaqtida, Mirena bachadon devoriga kirib ketishi (penetrasiya) yoki to‘liq teshishi (perforasiya, yoki teshilish) mumkin, bu Mirenaning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Bachadon bo‘shlig‘i chegarasidan tashqariga chiqqan bachadon ichki tizimi samarasizdir va u iloji boricha tezroq olib tashlanishi kerak. Tug‘ruqdan keyin qisqa vaqt o‘tgach BIT ni o‘rnatish vaqtida bachadonning perforasiyasini xavfi yuqori bo‘lishi mumkin. Bachadondan tashqari homiladorlik Mirena ishlatilganida homiladorlik juda ham kam hollarda yuz beradi. Agarda Siz Mirenani qo‘llash davrida homilador bo‘lib qolsangiz, ehtimol homila bachadondan tashqarida (bachadondan tashqari homiladorlik) bo‘lishi mumkin. Bachadondan tashqari homiladorlik – darhol shifokor aralashuvini talab qiluvchi og‘ir patologik holatdir. Bachadondan tashqari homiladorlikni paydo bo‘lish xavfi, ilgari bachadondan tashqari homiladorlik kuzatilgan ayollarda, shuningdek bachadon naychalarida jarrohlik aralashuvi yoki chanoq a‘zolarining infeksiyasi bo‘lgan ayollarda yuqori bo‘ladi. Sizda bachadondan tashqari homiladorlik bo‘lgani va Siz zudlik bilan shifokorga murojaat qilishingiz lozimligi to‘g‘risida quyidagi simptomlar dalolat berishi mumkin: Hayz ko‘rish sikllarini yo‘qolishi, shundan so‘ng doimiy qon ketishi yoki og‘riq paydo bo‘ladi. Qorinning pastki qismida adashgan yoki juda kuchli og‘riq. Qon ketishi va bosh aylanishini his qilish bilan kechuvchi normal homiladorlik belgilari. Holsizlik Ayrim ayollar Mirena kiritilganidan keyin bosh aylanishini his etadilar. Bu – normal fiziologik reaksiyadir. Shifokorlar Mirena kiritilganidan keyin biroz vaqt davomida ayollarga dam olishni taklif qiladilar.   Tuxumdonlar kistasi Mirenaning homilaga qarshi ta‘sir samarasi asosan uning mahalliy ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli, tug‘ruq yoshidagi ayollarda follikulani yorilishi bilan kechuvchi ovulyator sikl saqlanib qoladi. Ba‘zida follikulaning degenerasiyasi kechikadi va uning rivojlanishi davom etishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda bu holat simptomsiz kechadi, ammo ba‘zida u chanoq sohasida og‘riq yoki jinsiy aloqa vaqtida og‘riq bilan namoyon bo‘ladi. Follikulani kattalashishi, garchi ular odatda mustaqil yo‘qolsada, ba‘zida shifokor aralashuvini talab qiladi. Yurak nuqsonlari Mirenani yurakning tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlari bo‘lgan ayollarda, yurak mushagining infeksion yallig‘lanish xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Bunday bemorlarga, Mirenani o‘rnatish yoki olib tashlashda antibiotiklar bilan profilaktik davolash kursini o‘tkazish kerak. Diabet Qandli diabeti bo‘lgan va Mirenani ishlatayotgan ayollarda qonda glyukoza miqdorini muntazam aniqlash lozim. Biroq, Mirenani qo‘llayotgan qandli diabeti bo‘lgan ayollarda terapevtik ko‘rsatmalarni o‘zgartirishning zarurati yo‘q. Mirena postkoital kontrasepsiya uchun qo‘llanmaydi. Mavjud ma‘lumotlar, Mirenani qo‘llanishi postmenopauza davridagi 50 yoshgacha bo‘lgan ayollarda sut bezi rakini rivojlanish xavfini oshirmasligidan dalolat beradi. «Estrogenlar bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishda endometriy giperplaziyasini oldini olish» ko‘rsatmasi yuzasidan Mirenani o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar vaqtida olingan ma‘lumotlar cheklanganganligi tufayli, Mirenani ushbu ko‘rsatma bo‘yicha ishlatilganda sut bezi rakini yuz berish xavfi tasdiqlanishi xam yoki rad etilishi mumkin emas. Mirenada saqlanadigan yordamchi moddalar Mirenaning T-simon asosi bariy sulfati saqlaydi, u rentgenologik tekshirishda ko‘rinarli bo‘lib qoladi. Shifokor bilan qachon maslahatlashish lozim. Muntazam ko‘riklar Bachadon ichki tizimi o‘rnatilganidan keyin 4-12 haftadan so‘ng shifokor sizni tekshirishi kerak, keyinchalik bir yilda kamida bir marta muntazam shifokor ko‘riklari zarur. Shifokor bilan iloji boricha tezroq maslahatlashing, agar: Siz qinda iplarni sezmay qolgan bo‘lsangiz. Siz tizimning pastki qismini paypaslay olsangiz. Siz homiladorman deb taxmin qilsangiz. Siz qorinda doimiy og‘riqni, isitmani sezsangiz yoki qindan ajralmalarning g‘ayritabiiy xarakterini aniqlasangiz. Siz yoki sizning sherigingiz jinsiy aloqa vaqtida og‘riq sezsangiz. Siz hayz ko‘rish siklining behosdan o‘zgarishlarini (masalan, agarda sizda hayz ko‘rish oz yoki umuman bo‘lmagan, so‘ngra esa doimiy qon ketishi yoki og‘riq, yoki hayz ko‘rish xaddan tashqari ko‘p bo‘lib qolgan) sezsangiz. Sizda boshqa tibbiy muammolar, masalan migren turidagi bosh og‘rig‘i yoki takroranadigan bosh og‘rig‘i, ko‘rishni behosdan buzilishlari, sariqlik, arterial bosimni oshishi yoki «Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar»va «Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak» bo‘limlarida sanab o‘tilgan boshqa kasalliklar va holatlar paydo bo‘lgan bo‘lsa. Agar Siz homilador bo‘lishni yoki boshqa sabablarga ko‘ra Mirenani olib tashlashni istasangiz nima qilish kerak Sizning shifokoringiz bachadon ichki tizimini istalgan vaqtda osongina olib tashlashi mumkin, shundan so‘ng homilador bo‘lishingiz mumkin. Odatda olib tashlash og‘riqsiz kechadi. Mirena olib tashlanganidan keyin tug‘ish faoliyati tiklanadi. Homilador bo‘lishni xohlamasangiz, Mirena hayz ko‘rish siklining kechi bilan yettinchi kuni olib tashlanishi kerak. Agar Mirena siklning yettinchi kunidan kechroq olib tashlansa, uni olib tashlangunicha kamida yetti kun davomida kontrasepsiyaning to‘siq usullaridan (masalan, prezervativdan) foydalanish kerak. Agarda Mirena qo‘llanganida hayz ko‘rish kuzatilmasa, bachadon ichki tizimini olib tashlashdan yetti kun oldin homilaga qarshi to‘siq usullarini qo‘llash va ularni hayz ko‘rish boshlangunicha davom ettirish kerak. Avvalgi Mirena olib tashlanganidan keyin o‘sha zahotiyoq yangi Mirenani o‘rnatish ham mumkin; bunday hollarda homiladorlikdan saqlanishning hech qanday qo‘shimcha choralari talab qilinmaydi. Mirenani qanchalik uzoq ishlatish mumkin Mirena besh yil davomida homiladorlikdan himoyani ta‘minlaydi, shundan so‘ng uni olib tashlash kerak. Sizning xohishingizga ko‘ra, eskisi olib tashlanganidan keyin yangi Mirenani o‘rnatish mumkin. Homila bo‘lish qobiliyatini tiklanishi (Mirenani ishlatish tugaganidan keyin homilador bo‘lish mumkinmi) Ha, mumkin. Mirena olib tashlanganidan keyin, u Sizning normal tug‘ruq faoliyatingizga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Mirena olib tashlanganidan keyin homiladorlik birinchi hayz ko‘rish sikli davomida yuz berishi mumkin. Hayz ko‘rish sikliga ta‘siri (Mirena Sizning hayz ko‘rish siklingizga ta‘sir qilishi mumkinmi) Mirena hayz ko‘rish sikliga ta‘sir qiladi. Uning ta‘siri ostida hayz ko‘rishni o‘zgarishi va surkaluvchi ajralmalar xarakteriga ega bo‘lishi, uzoqroq davom etishi yoki kam davomiylikka ega bo‘lishi, odatdagiga nisbatan haddan tashqari ko‘p yoki kam qon ketishlari bilan kechishi yoki umuman to‘xtashi mumkin. Mirena o‘rnatilganidan keyin birinchi 3-6 oy davomida ayollarda, ularning odatdagi hayz ko‘rishdan tashqari, ko‘proq qonli surkaluvchi ajralmalar yoki ozgina qon ketishlari kuzatiladi. Ayrim hollarda bu davrda juda ko‘p yoki uzoq muddatli qon ketishlari aniqlanadi. Agar Siz o‘zingizda ko‘rsatilgan simptomlarni aniqlasangiz, ayniqsa ular yo‘qolmayotgan bo‘lsa, bu haqida shifokorga xabar bering. Mirena qo‘llanganida har oy o‘tishi bilan qon ketgan kunlar soni va yoqotilayotgan qon miqdori asta-sekin kamayib borishi ehtimoldan holi emas. Ayrim ayollar vaqti kelib, hayz ko‘rish butunlay to‘xtaganini aniqlaydilar. Mirena ishlatilganida hayz ko‘rish bilan yo‘qotilayotgan qon miqdori odatda kamayishi tufayli, ko‘pchilik ayollarda qonda gemoglobinning yuqori miqdori kuzatiladi. Tizim olib tashlanganidan keyin hayz ko‘rish sikli tiklanadi. Hayz ko‘rish kuzatilmasligi (hayz ko‘rish kuzatilmasligi normal holatmi) Ha, agar siz Mirenani ishlatayotgan bo‘lsangiz. Agar Mirenani o‘rnatgandan keyin hayz ko‘rish yo‘qolganini aniqlasangiz, bu gormonni bachadonning ichki qavatiga ta‘siri bilan bog‘liqdir. Ichki qavatni har oylik qalinlashishi yuz bermasa, demak, hayz ko‘rish sifatida bachadondan chiqadigan xech narsa yo‘q. Bu, sizni menopauzaga erishganingizni yoki siz homiladorligingizni bildirmaydi. Qonda sizning shaxsiy gormonlaringizni darajasi normal qoladi. Amalda hayz ko‘rmaslik ayolning salomatligi uchun katta yutuq bo‘lishi mumkin. Siz homiladorligingizni qanday bilishingiz mumkin Mirenani ishlatayotgan ayollarda, xatto ular hayz ko‘rmasalar ham, homiladorlikning ehtimoli kam. Agar sizda olti oy davomida hayz ko‘rish kuzatilmasa va siz bundan qayg‘urayotgan bo‘lsangiz, homiladorlik testini o‘tkazing. Manfiy natija olinganida qo‘shimcha sinamalarni o‘tkazishga, faqat agar sizda homiladorlikning boshqa belgilari, masalan, ko‘ngil aynishi, kuchli charchoqlik yoki sut bezlarining og‘rig‘i bo‘lmasa, zarurati yo‘q. Mirena og‘riq yoki diskomfort chaqirishi mumkinmi Ayrim ayollar bachadon ichki tizimi o‘rnatilganidan keyin birinchi ikki-uch hafta davomida og‘riqni (menstrual sanchiqlarni eslatuvchi) his qilishadi. Agarda siz kuchli og‘riqni his etayotgan bo‘lsangiz yoki og‘riq tizim o‘rnatilganidan keyin uch haftadan ortiq davom etayotgan bo‘lsa, o‘zingizning shifokoringizga yoki sizga Mirenani qo‘ygan davolash muassasasiga murojaat qiling. Mirena jinsiy aloqaga ta‘sir qiladimi Na siz, na sizning sherigingiz jinsiy aloqa vaqtida bachadon ichki tizimini sezmasliklari kerak. Aks holda sizning shifokoringiz tizimni to‘g‘ri turganiga ishonch hosil qilmagunicha, jinsiy aloqalardan saqlanish kerak. Mirenani o‘rnatish va jinsiy aloqa orasida qancha vaqt o‘tishi kerak. Eng yaxshisi, sizning organizmingiz dam olishi, Mirena bachadon ichiga kiritilganidan keyin 24 soat davomida jinsiy aloqalardan saqlanish kerak. Biroq Mirena o‘rnatilgan vaqtdan boshlab homilaga qarshi ta‘sirga egadir. Tamponlarni ishlatsa bo‘ladimi Gigienik prokladkalarni ishlatish tavsiya qilinadi. Agarda siz baribir tamponlarni qo‘llayotgan bo‘lsangiz, Mirenaning iplarini chiqarib yubormaslik uchun ularni juda ehtiyotkorlik bilan almashtirish kerak. Agarda Mirena bachadon bo‘shlig‘idan o‘zidan-o‘zi chiqib ketsa nima bo‘ladi Juda kam hollarda hayz ko‘rish vaqtida Mirenani tashqariga itarib chiqarib yuborilishi yuz berishi mumkin. Menstrual qon ketishida qon yo‘qotilishining g‘ayritabiiy oshishi, Mirenani qindan tushib ketganini bildirishi mumkin. Shuningdek Mirenani bachadon bo‘shlig‘idan qinga qisman chiqishi xam bo‘lishi mumkin (siz va sizning sherigingiz jinsiy aloqa vaqtida buni sezishingiz mumkin). Mirenani bachadondan to‘liq yoki qisman chiqishida uning homilaga qarshi ta‘siri darhol to‘xtaydi. Mirena joyida turganini qaysi belgilarga qarab bilish mumkin Sizda hayz ko‘rish tugagandan keyin, siz o‘zingiz Mirenaning iplari joyida turganini tekshirib bilishingiz mumkin. Hayz ko‘rish tugaganidan keyin barmog‘ingizni ehtiyot bo‘lib qinga tiqing va bachadonning kirish qismiga yaqin joyda (bachadon bo‘yni) uning oxiridagi ipni ushlab ko‘ring. Iplarni tortish mumkin emas, chunki siz ularni behosdan chiqarib yuborishingiz mumkin. Agar siz iplarni ushlab ko‘rolmasangiz, shifokorga murojaat qiling. Homiladorlik va emizish Mirena®ni homiladorlik vaqtida yoki shubha tug‘ilganda qo‘llash mumkin emas. Mirena® qo‘yilgan ayollarda homiladorlik – juda ham kam uchraydigan holatdir. Lekin, agar Mirena® bachadon bo‘shlig‘idan chiqib ketsa, Siz homiladorlikdan endi himoya qilinmaysiz va Siz o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashguncha kontrasepsiyaning boshqa usullarini ishlatishingiz kerak. Mirena®ni ishlatayotgan vaqtda, ayrim ayollarda menstrual qon ketishi bo‘lmaydi. Menstrual qon ketishini bo‘lmasligi albatta homiladorlikning belgisi bo‘lib xizmat qilmaydi. Agar Sizda hayz ko‘rish bo‘lmasa va bir vaqtning o‘zida homiladorlikning boshqa belgilari (ko‘ngil aynishi, kuchi charchoqlik, sut bezlarida og‘riqlik) bo‘lsa, Siz homiladorlik testini o‘tkazish va tekshiruvdan o‘tish uchun shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Agar Sizda Mirenani ishlatish vaqtida homiladorlik yuz bergan bo‘lsa, Mirena iloji boricha tezroq olib tashlanishi kerak. Agar homiladorlik vaqtida Mirena® bachadoningizda qolib ketsa, homilani tushishi, infeksiyalar yoki barvaqt tug‘ruqlarning xavfi oshadi. Siz shuningdek sun‘iy abortni maqsadga muvofiqligini muhokama qilishingiz mumkin. Mirenada saqlanadigan gormon bachadon bo‘shlig‘iga ajralib chiqadi. Bu, garchi qon va yo‘ld

Аналоги лекарств

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?