ALBUMIN CHELOVECHESKIY infuziya uchun eritma 100ml 20%
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Qon uchun
Страна производитель:
Avstriya
Активное вещество:
Albumin cheloveka
Производитель:
Baxter AG
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
B05AA01
Инструкция ALBUMIN CHELOVECHESKIY infuziya uchun eritma 100ml 20%
Dozirovkasi
Dozalari Alьbumin preparatining kontsentratsiyasi, dozasi va infuziya tezligi har bir aniq patsiyentning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tanalanadi. Talab qilinadigan doza patsiyentning o'lchamlariga, shikastlanishi yoki kasalligining og'irligi darajasiga va suyuqlik yoki oqsilning joriy yo'qotilishiga bog'liq. Zarur bo'lgan dozani aniqlash uchun plazmada alьbumin darajalaridan emas, balki aylanmada bo'lgan qon hajmi ko'rsatkichlaridan foydalanish lozim. Agar patsiyentga odamalьbumini yuborish talab qilinsa, gemodinamika ko'rsatkichlarini, shu jumladan: arterial bosim va pulьs tez-tezligini markaziy vena bosimini o'pka arteriyasidagi bosimni diurezni elektrolitlar kontsentratsiyasini gematokritni/gemoglobinni yurak/nafas olish yetishmovchiligining klinik simptomlarini (masalan, hansirashni) bosh miyada ichki yuqori bosimning klinik simptomlarini (masalan, bosh og'rig'ini) muntazam ravishda kuzatib borish zarur.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Alьbumin chelovecheskiyni boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'sirini o'rganishga doir tadqiqotlar o'tkazilmagan (klinik tadqiqotlarda, tibbiy adabiyotlarda va xavfsizlik haqidagi hisobotlarda tegishli ma'lumotlarning yo'qligi natijasida noma'lum).
Maxsus shartlar
Allergik reaktsiyalar/anafilaktik shok Allergik yoki anafilaktik reaktsiyalarga nisbatan har qanday shubha preparat yuborilishini darhol to'xtatishni talab qiladi. Shok rivojlangan taqdirda shokka qarshi standart davolashni qo'llash lozim. Alьbumin chelovecheskiy giprevolemiya va uning oqibatlari yoki gemodilyutsiya patsiyent uchun alohida xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. Dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, gipertenziya, venalarning varikozli kengayishi, o'pkaning shishishi, gemorragik diatez, og'ir anemiya, buyrak va postrenal yetishmovchiligi kabi holatlar bunga misol bo'la oladi. Odam alьbuminning 40-50 g/l kontsentratsiyali eritmalariga nisbatan 200-250 g/l kontsentratsiyali eritmalarida elektrolitlarning nisbiy miqdori pastroq. Alьbuminni patsiyentlarga yuborilganida elektrolitlar darajalarini nazorat qilish va suv-tuz muvozanatini tiklash yoki qo'llab-quvvatlash yuzasidan kerakli choralarni qo'llash zarur. 200 g/l kontsentratsiyali odamalьbumini natriyni 100-130 mmolь/l kontsentratsiyad a saqlaydi, buni natriy miqdor inazorat qilinadigan parhezda bo'lgan patsiyentlarga alьbuminni buyurishda hisobga olish lozim. Alьbumin eritmalarini in'ektsiya uchun suv bilan suyultirish mumkin emas, bu retsipiyentlarda gemolizni keltirib chiqarishi mumkin. 20% va undan yuqori kontsentratsiyali alьbuminni suyultirishda in'ektsiya uchun steril suvdan foydalanilganida potentsial ravishda o'limga olib keluvchi gemoliz xavfi, shuningdek o'tkir buyrak yetishmovchiligi xavfi mavjud. Agar nisbatan katta hajmdagi plazmani o'rnini almashtirish talab qilinsa, koagulyatsiya va gematokrit parametrlarini nazorat qilish zarur. Shuningdek qonning boshqa komponentlarini (qon ivishi omillari, elektrolitlar, trombotsitlar va eritrotsitlar) o'rnini mos ravishda almashtirishni ta'minlash zarur. Agar aniq bir patsiyentda qon aylanishi parametrlaridan kelib chiqqan holda infuziya dozasi va tezligiga tuzatish kiritilmagnan bo'lsa, bu gipervolemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Yurak-qon tomir zo'riqishi (bosh og'rig'i, hansirash, bo'yinturuq venasida qonning dimlanib qolishi), yuqori qon bosimi, markaziy venaning yuqori bosimi va o'pka shishishining dastlabki belgilari paydo bo'lganida infuziyani darhol to'xtatish lozim. Odam qonidan yoki plazmasidan hosil qilingan dori preparatlaridan foydalanish bilan bog'liq yuzaga keladigan infektsiyalarni oldini olish bo'yicha standart choralariga donorlarni tanlab olish, ayrim donorlardan olingan donor qonini va plazma pullarini (to'plamlarini) infektsiyalarning o'ziga xos markerlari mavjudligi yuzasidan skrining qilish, shuningdek texnologik jarayonga viruslarni inaktivatsiya/yo'q qilish bosqichlarini kiritish taalluqlidir. Ushbu choralarga qaramay, odam qoni yoki plazmasidan hosil qilingan dori preparatlarini patsiyentlarga yuborilganida infektsiya qo'zg'atuvchilarini o'tkazish ehtimolini to'liq istisno etib bo'lmaydi. Ushbu holat shuningdek noma'lum yoki yaqin orada paydo bo'lgan viruslar va boshqa patogenlarga ham taalluqlidir. Hozirgi paytga qadar Yevropa farmakopeyasi spetsifikatsiyalariga rioya qilgan holda tasdiqlangan texnologik jarayon yordamida ishlab chiqilgan alьbumin preparatlaridan foydalanilganida viruslar o'tgani haqidagi xabarlar qayd eilmagan. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi Odam alьbumini homiladorlik davrida qo'llanilganida uning xavfsizligi nazorat ostidagi klinik tadqiqotlar doirasida o'rganilmagan. Ayni vaqtda, alьbuminni qo'llashning klinik tajribasi homiladorlikning kechishiga, homilaga yoki yangi tug'ilgan chaqaloqlarga zararli ta'sirining ehtimoli kam darajada ekanligini ko'rsatadi. Nazorat ostidagi klinik tadqiqotlarda odam alьbuminining fertillikka ta'siri aniqlanmagan. Odam alьbumini hayvonlarda reproduktiv faoliyatni o'rganishga doir tadqiqotlar doirasida o'rganilmagan. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv faoliyat, embriofetal rivojlanish , homiladorlikning kechishi, perinatal va postnatal rivojlanishi nuqtai nazaridan preparatning xavfsizligini yetarli darajada baholashga imkon bermaydi. Ayni vaqtda, odam alьbumini odam qonining standart komponenti bo'lib hisoblanadi. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri Alьbumin chelovecheskiyni avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri haqidagi ma'lumotlar mavjud emas.
Nojo'ya samaralari
Nojo'ya reaktsiyalarning tez-tezligi quyidagi mezonlarga muvofiq aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 - <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 - <1/100), kam hollarda (≥1/10000 - <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000) vatez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas). Жуда тез- тез Тез-тез Тез-тез эмас Кам ҳолларда Жуда кам ҳолларда Иммун тизими томонидан бузилишлар Анафилактик шок Меъда-ичак йўллари томонидан бузилишлар Кўнгил айнаши Тери ва тери ости тўқималари томонидлан бузилишлар Гиперемия, тери тошмаси Юборилиш жойида умумий бузилишлар Иситмали қалтираш Og'ir reaktsiyalar rivojlanganida infuziyani to'xtatish va tegishli davolashni o'tkazish zarur. Preparatni ro'yxatdan o'tkazilganidan keyingi qo'llanilishi davrida quyidagi nomaqbul holatlar haqida xabar berilgan (holatlar tizim-a'zo sinfi (MedDRA tasnifi bo'yicha) ko'proq termin va og'irligi darajasi kesimida sanab o'tilgan). Immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktik reaktsiya, allergik reaktsiyalar/yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh og'rig'i, disgevziya (ta'm sezishni buzilishi). Yurak tomonidan buzilishlar: miokard infarkti, yurak oldi bo'lmalarining fibrillyatsiyasi, taxikardiya. Qon tomirlar tomonidan buzilishlar: gipotenziya. Nafas olish tizimi tomonidan buzilishlar: o'pkaning shishishi, hansirash. MIY tomonidan buzilishlar: qusish. Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar : eshakemi, qichishish. Umumiy buzilishlar va yuborilish joyida buzilishlar: badan uvushishi.
Farmakokinetikasi
Odam alьbumini miqdor nisbatida plazmadagi umumiy oqsilning yarmidan ortig'ini tashkil etadi, jigar faolligini sintezlovchi taxminan 10% oqsil uning hisobiga to'g'ri keladi. Alьbumin chelovecheskiy tegishli giperonkotik ta'sirga ega. Alьbuminning eng muhim fiziologik faoliyati qonning onkotik bosimini tartibga solishga uning qo'shgan hissasi, shuningdek transport faoliyati bilan bog'liq. Alьbumin aylanmada bo'lgan qonning hajmini barqarorlashtiradi va gormonlar, fermentlar, dori preparatlari va toksinlarning tashuvchilari bo'lib hisoblanadi.
Farmakodinamikasi
Alьbuminning umumiy almashinuvchi puli (to'plami) normada tana vaznining har bir kilogrammiga 4-5 g ni tashkil etadi, bunda 40-45 foizi tomir ichida, 55-60 foizi esa to'qimalarda bo'ladi. Organizmning og'ir kuyishlar yoki septik shok kabi og'ir holatlarida kapillyarlarning yuqori o'tkazuvchanligi alьbumin kinetikasini o'zgartiradi va uning anomal taqsimlanishini keltirib chiqarishi mumkin. Normada alьbuminning o'rtacha yarim chiqarilishi davri taxminan 19 kunni tashkil etadi. Alьbuminning sintezi va parchalanishi o'rtasidagi balans odatda qaytar bog'lanishi mexanizmi vositasida amalga oshiriladi. Eliminatsiya jarayoni lizosomal proteazalar ta'siri ostida afzal ravishda hujayra ichida amalga oshiriladi. Sog'lom odamlarda vena ichiga yuborilgan alьbuminning 10% dan kamrog'i hujayra ichki bo'shlig'ini dastlabki ikki soat davomida tark etadi. Alьbumin infuziyasining plazma hajmiga ta'sirining sezilarli individual o'zgaruvchanligi mavjud. Ayrim patsiyentlarda qon plazmasining hajmi bir necha soat davomida ortiq bo'lib qolishi mumkin. Biroq patsiyentlarda kritik holatlarda alьbumin tomirdagi oqimni sezilarli miqdorda va taxmin qilib bo'lmaydigan tezlikda tark etishi mumkin. Xavfsizligi bo'yicha klinika oldi ma'lumotlari Odamalьbuminiodam plazmasining tabiiy komponenti bo'lib hisoblanadi va fiziologik alьbuminga o'xshash tarzda ta'sir qiladi. Hayvonlarda bir martalik dozaning toksikligini o'rganishga doir tadqiqot katta ahamiyatga ega emas va toksik yoki o'limga olib keluvchi dozani yoki doza va ta'sirning o'zaro bog'liqligini baholashga imkon bermaydi. Hayvonlarda ko'p martalik dozalarning toksikligini o'rganishga doir tadqiqotni geterogen oqsilga nisbatan antijismlarning hosil bo'lishi natijasida amalga oshirish mumkin emas. Hozirgi vaqtda alьbuminning embrional va fetal toksikligiga, kantserogen va mutagen ta'siriga doir ma'lumotlar yo'q. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda shuningdek o'tkir toksikligiga doir belgilar ham aniqlanmagan.
Umumiy ma'lumot
ALBUMIN CHELOVECHESKIY infuziya uchun eritma 100ml 20% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA ALBUMIN ALBUMINUM Preparatning savdo nomi: Albumin Ta‘sir etuvchi modda(XPN): odam albumini Dori shakli: infuziya uchun eritma Tarkibi: 1 litr eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: plazma oqsillari (kamida 97% odam albumini) 200 g/l; yordamchi moddalar: 3,3 g natriy kapril kislotasi; 4,7 g natriy xloridi; 1,0 l gacha in‘eksiya uchun suv Ta‘rifi: sariq-och jigarrang rangdan sariq ranggacha bo‘lgan biroz tovlanuvchi tiniq qovushqoq suyuqlik. Farmakoterapevtik guruxi: Plazma o‘rnini bosuvchi vosita. ATX kodi: V05AA01 Farmakologik xususiyatlari Albumin – organizmda plazma o‘rnini bosuvchi qon preparatidir. Uning asosiy vazifasi – qonning kolloidli-onkotik bosimini tutib turishdir. Albumin eritmasi turli genezli gipoalbuminemiyani to‘g‘rilash, kolloidli-onkotik bosimni buzilgan markaziy va periferik gemodinamikasini (to‘qkima suyuqligini qon tomir xavzasiga o‘tishini oshishi hisobiga, arterial bosimini va aylanayotgan plazma xajmini tez oshiradi), suv-elektrolit muvozanatini tiklash yuzasidan samarali vositasidir, dori vositalarini yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi, dezintoksikasion xususiyatlarga ega. Qo‘llanilishi Shok (gipovolemik, gemorragik, tramamatik, operasion, toksik, yiringli-septik) degidratasiya va konni «quyuqlashishida» aylanayotgan qon xajmini oshirish maqsadida, nefritlardagi nefrotik sindrom, glomerulonefrit, og‘ir kuyishlar, o‘tkir jigar yetishmovchiligi (plazmaning onkotik bosimini tutib turish maqsadida ham, va qon plazmasidagi ortiqcha erkin bilirubin miqdorini bog‘lash maqsadida), assitda. Qo‘llash usuli va dozalari Maksimal yuborish vakti – 3 soat. Keksalik yoshida konsentrasiyalangan (20%) eritmalarni ko‘llashdan va 10% li albumin eritmalarini tez yuborishdan saklanish kerak, chunki bu yurak-kon tomir tizimini ortikcha zo‘rikishida olib kelishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar Albuminni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, gipervolemiya, GB-III daraja, II- III darajali surunkali yurak yetishmovchiligi, o‘pka shishi, og‘ir anemiya. Buyrak yetishmovchiligi, kon ketishi, tromboz, arterial gipertenziyada extiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. Maxsus ko‘rsatmalar Preparatni ko‘llashdan oldin ko‘zdan kechirish zarur: eritma tiniq, mexanik kiritmalar bo‘lmasligi kerak. Albumin eritmasini in‘eksiya uchun suv bilan suyultirish mumkin emas. Albumin yuborilganida pasientlarning elektrolit statusini nazorat kilish va elektrolit balansini tutib turish uchun muvofik choralarni ko‘rish, degidratasiyada esa oldindan regidratasion davolashni o‘tkazish kerak. Albuminni klinik ko‘llash tajribasi xomiladorlikni kechishiga, xomilaga yoki yangi tug‘ilgan chakalokka zarali ta‘sirini kutishga asos bermaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Allergik reaksiyalar (eshakemi, anafilaktik shok), gipertermiya, bel soxasida og‘riq. Chiqarilish shakli 100 ml dan 20% li albumin eritmasi infuzion preparatlar uchun shisha flakonlarda. Saqlash sharoiti +2 dan +10°S gacha, yorug‘likdan ximoyalangan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 5 yil. Dorixonadan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: