PANTESTIN DARNISA gel 15g
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Dermatologik
Страна производитель:
Ukraina
Активное вещество:
---
Производитель:
Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
D03AX
Инструкция PANTESTIN DARNISA gel 15g
Umumiy ma'lumot
PANTESTIN DARNISA gel 15g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA PANTESTIN-DARNISA® PANTHESTIN-DARNITSA Preparatning savdo nomi: Pantestin-Darnisa® Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): dekspantenol, miramistin (dexpantenol, myramistin) Dori shakli: gel. Tarkibi: 1 g gel quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: 50 mg dekspantenol (D-pantenol), 5 mg miramistin; Yordamchi moddalar: propilenglikol, polietilenglikol (makrogol 400), poloksamer, setil spirti, stearil spirti, tozalangan suv saqlaydi. Ta‘rifi: oq rangli, kuchsiz spesifik hidli bir xil gel. Farmakoterapevtik guruhi: jarohatlarni bitishiga (chandiqlanishiga) yordam beruvchi preparatlar. ATX kodi: D03A X. Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Pantestin-Darnisa® preparatining faol moddasi – dekspantinol old vitaminidir. Teriga qo‘yilganida dekspantenol epiteliy xujayralariga kiradi va pantotenat kislotasiga aylanadi, u plastik materialning sintezi jarayonida ishtirok etuvchi A kofermentining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu terini shakllanishi va qiyin bituvchi, asoratlangan jarohatlarida regenerasiya jarayonlarini kuchayishiga olib keladi. Qiyin bituvchi jarohatlar odatda, jarohat infeksiyalari bilan asoratlanganligi sababli, jarohat infeksiyalarini oldini olish va davolash maqsadida preparatga kation antiseptik – miramistin kiritilgan, uning antimikrob ta‘sirini dekspantenolning samarasi to‘ldiradi. Farmakokinetikasi Dekspantenol qo‘yilgan joydagi to‘qimalarda metabolizmga uchraydi. Tizimli qon oqimiga deyarli tushmaydi. Miramistin surtma asosining polimer moddalarining xususiyatlari tufayli jarohat yuzasida tutilib qoladi va tizimli qon oqimiga so‘rilmaydi. Qo‘llanilishi Jarrohlikda: turli sohalarda joylashgan va turli genezli, shu jumladan, operasiyadan keyingi jarohatlar, trofik yaralar va regenerasiya bosqichidagi yotoq yaralarni (jarohat jarayonining II fazasi) davolash uchun. Kombustiologiyada: granulyasiyalanuvchi kuyish jarohatlarini davolash uchun, ularni autodermaplastikaga tayyorlashda va plastik operasiyalardan keyin teri transplantlarini bitishini yaxshilash uchun; quyosh nuri oqibatidagi kuyishlarni davolash uchun. Radiasion tibbiyotda: shilliq qavatlar, teri va o‘rab turgan to‘qimalarni nurli shikastlanishlarini oldini olish uchun, nurli yaralarni regenerasiya bosqichida davolash uchun. Stomatologiyada: parodont kasalliklarini (kataral, yarali-nekrotik gingivit, bir sohadagi parodontit, tarqoq parodontitni) davolash, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kasalliklarini (stomatit, surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitni), og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining travmatik shikastlanishlarini (protezlar ta‘siri oqibatidagi stomatitni) davolash uchun. Pediatriyada: bichilish va yo‘rgak dermatitida, ularning infeksiyalanishini oldini olish uchun. Ginekologiyada: bachadon bo‘yni eroziyasini, eroziv kolpitlarni va qinning shilliq qavatini shikastlanishini davolash uchun. Teri infeksiyalarini, xususan, ikkilamchi infeksiyalangan ekzema va neyrodermitlarni davolash uchun. Maishiy jarohatlanish oqibatida mayda shilinishlar, kesilishlar, tirnalishlarni davolash va ularning infeksiyalanishini oldini olish uchun qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari. Preparat mahalliy qo‘llanadi. Jarohat yuzasiga standart ishlov berilganidan keyin gel jarohat yuzasiga yupqa qavat qilib sutiladi, so‘ngra steril doka bog‘lov qo‘yiladi. Zarurat tug‘ilganida gel bog‘lov materialiga surtiladi, so‘ngra jarohatga qo‘yiladi. Ekssudat bo‘lganida preparatni qo‘llashdan oldin jarohatni furasillin (1:5000) yoki vodorod perekisining (3%) eritmasi bilan yuvish va doka salfetka bilan quritish kerak. Dermatologik kasalliklarda va quyoshdan kuyishlarda: gel bevosita shikastlangan yuzaga sutkada 2-3 marta qo‘yish mumkin. Ginekologik kasalliklarda (bachadon bo‘ynining eroziyasi, eroziv kolpitlar): preparat bilan shimdirilgan doka tamponlarni, pasient yotgan holatida qinga chuqur qilib kiritiladi. Stomatologik kasalliklarda: preparatni faqat kattalarga og‘iz bo‘shlig‘iga mahalliy qo‘llash mumkin. Shaxsiy gigienadan keyin og‘iz bo‘shlig‘i chayiladi, gelni milklarni yuzasiga yoki og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining shikastlangan sohasiga yupqa qavat qilib qo‘yiladi. Bir soat davomida suyuqlik ichmaslik va ovqat iste‘mol qilmaslik kerak. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining travmatik shikastlanishlarini (protez oqibatidagi stomatitni) davolashda shikastlanish sohasiga gel surtilganidan keyin tish protezlarini ishlatish mumkin. Preparat sutkada 2-3 marta qo‘llanadi. Davolash davomiyligi – 7-10 kun, shikastlanish to‘liq bitgunicha yoki yallig‘lanish jarayoni kamaygunicha davom etadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Immun tizimi tomonidan: preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik hollarida, odatda teri tomonidan o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘luvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yuz berishi mumkin. Bu qichishish, giperemiyani his etishni, klinik ko‘rinishlari va og‘irlik darajasi bo‘yicha turli xil lokal yoki tarqalgan toshmalarni paydo bo‘lishi bilan kechadi. Ayrim hollarda 15-20 minutdan keyin mustaqil o‘tib ketuvchi va preparatni bekor qilishni talab etmaydigan achishish hissi bilan kechuvchi terini mahalliy ta‘sirlanishi bo‘lishi mumkin. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: kontakt dermatit, allergik dermatit, eritema, ekzema, eshakemi, terini ta‘sirlanishi, terini shishi, pufakchalar, terini qurishi, xo‘llanish kuzatilishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar. Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi va boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda quyidagilar yuz berishi mumkin: aminofaol moddalar bilan (sovunli eritmalar bilan) – miramistinning mikroblarga qarshi ta‘siri faolsizlanadi. Bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim; tizimli yoki mahalliy antibiotiklar bilan – mikroorganizmlarning antibiotiklarga rezistentligini pasayishi kuzatiladi; qutbsizlantiruvchi miorelaksantlar (suksametoniy xloridi, dekametoniy bromidi) bilan – oxirgilarning samaradorligi kuchayadi; qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar bilan – oxirgilarning samaradorligi susayadi. Preparatni miramistin antimikrob ta‘sirini faolsizlantiruvchi boshqa antiseptiklar bilan birga qo‘llash mumkin emas. Maxsus ko‘rsatmalar Gelni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparatni og‘ir yiringli ekssudasiyasi bilan kechuvchi jarohat jarayonining I fazasida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Preparatni oldindan shifokorning maslahatisiz boshqa dori vositalari bilan qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik va emizish davrida shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin, lekin tananing katta sohalariga qo‘llashdan saqlanish kerak. Bolalar. Preparatni pediatriya amaliyotida (hayotining birinchi kunlaridan boshlab – teri shikastlanishining birinchi klinik belgilari paydo bo‘lganida) qo‘llash mumkin. Davolash davomiyligi shifokor tomonidan shaxsiy ravishda belgilanadi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat har gal yo‘rgak (taglik) almashtirilganida teri shikastlanishining klinik belgilari yo‘qolgunicha qo‘llanadi.. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati. Preparat avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi. Mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam, chunki preparatning faol komponentlari tizimli qon oqimiga deyarli o‘tmaydi. Preparatni behosdan ichga qabul qilingan hollarda toksik samaralarni yuz berishi kutilmaydi. Me‘da-ichak yo‘llari buzilishlari yuz berganida – simptomatik davolash o‘tkaziladi. Chiqarilish shakli 15 g va 30 g dan tubalarda. 1 tubadan qutida. Saqlash sharoiti Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Preparatni muzlashiga yo‘l qo‘yilmasin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: