AMIPTIK ko'z tomchilari 5ml 20mg/ml N3

Обновлено: 21.07.2022

AMIPTIK ko'z tomchilari 5ml 20mg/ml N3
  • Категория:

    Oftalmologik vositalar

  • Страна производитель:

    Gretsiya

  • Активное вещество:

    Dorzolamid, Timolol

  • Производитель:

    Pharmaceutical Works "Polpharma" SA, Польша произведено: Famar SA

  • Количество в упаковке:

    3

  • Код ATX:

    S01ED51

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция AMIPTIK ko'z tomchilari 5ml 20mg/ml N3

  • Qadoqda soni

    3

  • Umumiy ma'lumot

    AMIPTIK ko'z tomchilari 5ml 20mg/ml N3 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA AMIPTIK AMIPTIC   Preparatning savdo nomi: Amiptik Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): dorzolamid + timolol Dori shakli: ko‘z tomchilari, eritma Tarkibi: Har 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 20 mg dorzolamid (dorzolamid gidroxloridi ko‘rinishida) va 5 mg timolol (timolol maleati ko‘rinishida); yordamchi moddalar: mannitol, gidroksietilsellyuloza, natriy sitrati, natriy gidroksidi, benzalkoniy xloridi eritmasi, in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi: tiniq, biroz qovushqoq, rangsiz suvli eritma. Farmakoterapevtik guruhi: glaukomani davolash uchun vositalar va miotiklar; beta-adrenoblokatorlar; timolol, dori vositalarning majmuasi ATX kodi: S01ED51 Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Amiptik ko‘z tomchilarining eritmasi ikkita komponent: dorzolamid gidroxloridi va timolol maleatidan iborat. Bu komponentlarning har biri turli mexanizmlar orqali ko‘z ichki suyuqligini ishlab chiqarilishini kamaytirish yo‘li orqali oshgan ko‘z ichki bosimini pasaytiradi. Katta yoshli pasientlar Glaukoma yoki ko‘z ichki gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda yondosh davolash mos keladigan 0,5% li timolol va 2,0% li dorzolamidni alohida va birga qo‘llanishiga nisbatan, kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) qo‘llanadigan timolol bilan dorzolamid ko‘z tomchilarining samarasini qiyoslash uchun 15 oy davomiylikdagi klinik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Pasientlarni tanlash davolanmagan pasientlarni ham, timolol bilan monoterapiya samarasiz bo‘lgan pasientlarni ham o‘z ichiga olgan. Ko‘pchilik pasientlar tadqiqotga kiritilishdan oldin beta-blokatorlar bilan monoterapiya ko‘rinishida mahalliy davolash olganlar. Birlashtirilgan tadqiqotlarning tahlilida timolol bilan dorzolamidning ko‘z tomchilari eritmasini kuniga ikki marta qo‘llaganda ko‘z ichki bosimini pasayishi samarasi kuniga uch marta 2% li dorzolamid yoki kuniga ikki marta 0,5% li timolol bilan monoterapiyaga nisbatan yaqqolroq bo‘lgan. Kuniga ikki marta qo‘llanilgan timolol bilan dorzolamidning ko‘z tomchilari eritmasini qo‘llaganda ko‘z ichki bosimini pasayishiga bo‘lgan samarasi ikki preparat – kuniga ikki marta dorzolamid va kuniga ikki marta timolol bilan birga davolagandagi samaraga ekvivalent bo‘lgan. Kuniga ikki marta qo‘llanilgan timolol bilan dorzolamidning ko‘z tomchilari eritmasini qo‘llaganda ko‘z ichki bosimini pasayishiga bo‘lgan samarasi kunning turli vaqtlarida namoyish qilingan va ushbu samara shuningdek uzoq vaqt davomida saqlanib turgan. Pediatrik bemorlar 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda dorzolamid gidroxloridining 2% li oftalmologik eritmasining xavfsizligini o‘rganish maqsadida uch oylik nazoratli tadqiqot o‘tkazilgan. Bu tadqiqotda ko‘z ichki bosimi dorzolamid yoki timolol bilan monoterapiya o‘tkazilmagan 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan 30 nafar pasientlar tadqiqotning ochiq fazasi vaqtida ko‘z tomchilari eritmalarini qabul qilganlar. Bu pasientlarda samaradorlik aniqlanmagan. Pasientlarning bu kichik guruhida timolol bilan dorzolamidning ko‘z tomchilari eritmasini kuniga ikki marta qo‘llash umuman olganda yaxshi o‘zlashtirilgan; bunda 19 nafar pasientlar davolash davrini yakunlaganlar, 11 nafar pasientlarda esa jarroxlik aralashuvi, dori vositasini o‘zgartirish yoki boshqa sabablarga ko‘ra davolash bekor qilingan. Farmakokinetikasi Dorzolamid gidroxloridi Dorzolamid mahalliy qo‘llanilganda qon aylanish tizimiga tushadi. Mahalliy qo‘llash natijasida karboangidrazani tizimli ingibisiya qilish potensialini baholash uchun eritrositlar va plazmada preparat va metabolitlarning konsentrasiyasi va eritrositlarda karboangidrazani ingibisiya qilinishi aniqlangan. Dorzolamidni surunkali qo‘llash vaqtida karboangidraza-II bilan tanlab bog‘lanishi natijasida eritrositlarda to‘planadi, ayni vaqtda plazmada erkin preparatning juda past konsentrasiyalari saqlab qoladi. Dastlabki dori vositasi karboangidraza-II ni dastlabki preparatga nisbatan kamroq samarada ingibisiya qiluvchi, lekin shuningdek faolligi pastroq izoferment (karboangidraza-I) ni ingibisiya qiluvchi yagona N-dezetil metabolitini hosil qiladi. Shuningdek metabolit eritrositlarda to‘planadi, u yerda birinchi navbatda karboangidraza-I bilan bog‘lanadi. Dorzolamid plazma oqsillari bilan o‘rtacha darajada (taxminan 33%) bog‘lanadi. Dorzolamid asosan o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan chiqariladi; uning metaboliti ham siydik bilan chiqariladi. Qo‘llash to‘xtatilgandan keyin dorzolamid preparatning konsentrasiyasini tez pasayishini namoyish etib, keyinchalik taxminan to‘rt oylik yarim chiqarilish davri bilan kechuvchi sekinroq chiqarilishi kuzatilib, eritrositlardan notekis chiqariladi. Dorzolamid gidroxloridini qo‘llagandan keyin shunga o‘xshash farmakokinetik natijalar kuzatilgan. Shunga qaramay, buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30-60 ml) bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarda eritrositlarda metabolitlarning yuqoriroq konsentrasiyalari aniqlangan, lekin karboangidrazani ingibisiya qilishdagi ahamiyatli farq ham, klinik ahamiyatli tizimli nojo‘ya samaralar ham, bu omil bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan. Timolol maleati Olti nafar ishtirokchilarda plazmada preparatning konsentrasiyasi tekshirilganda timolol maleatining tizimli ta‘siri 0,5% li oftalmologik eritma kuniga ikki marta qo‘llanilgandan keyin aniqlangan. Plazmadagi o‘rtacha maksimal konsentarsiyasi ertalabki doza qo‘llanilgandan keyin 0,46 ng/ml, kunduzgi doza qo‘llanilgandan keyin – 0,35 ng/ml ni tashkil qilgan. Qo‘llanilishi Amiptik ochiq burchakli glaukoma yoki soxtaeksfoliativ glaukomasi bo‘lgan pasientlarda beta-blokatorlar bilan mahalliy monoterapiya samarasiz bo‘lgan hollarda yuqori ko‘z ichki bosimini davolash uchun qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Shikastlangan ko‘z(lar)ning kon‘yunktival bo‘shlig‘iga Amiptikning bir tomchisi dozasida kuniga ikki marta qo‘llanadi. Agar bir vaqtda mahalliy qo‘llash uchun boshqa oftalmologik preparat qo‘llanilayotgan bo‘lsa, boshqa preparat kamida 10 minut farqi bilan yuborilishi kerak. Bolalar Bolalarda qo‘llash samaradorligi aniqlanmagan. Ikki yoshdan kichik bolalarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. (2 yoshdan katta va 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash xavfsizligi haqidagi ma‘lumot “Farmakodinamikasi” bo‘limida ko‘rsatilgan). Pasientlarni preparatni qo‘llashdan oldin qo‘llarini yuvishlari va ko‘zlar yoki uni atrofidagi sohalarga dozatorning uchi tegib ketishidan saqlanishlari kerakligi haqida ogohlantirish kerak. Mo‘ljallangan doza saqlanib qolishi uchun, dozatorning uchidagi teshikni kattalashtirish mumkin emas. Pasientlar, shuningdek ko‘z uchun eritmalarni noto‘g‘ri ishlatganda ko‘z infeksiyasini chaqirishi mumkin bo‘lgan bakteriyalar bilan ifloslanishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Ifloslangan eritmani qo‘llash natijasida ko‘rishni yo‘qolishiga olib keluvchi ko‘zlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Pasientlar Amiptik ko‘z tomchilarini to‘g‘ri qo‘llash haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma: Preparatni birinchi marta qo‘llashdan oldin flakonning uchidagi himoya qiluvchi muhr shikastlanmaganligiga ishonch hosil qiling. Flakon va qopqoqcha orasida tirqish mavjudligi ochilmagan flakon uchun normal holat hisoblanadi. Flakon qopqoqchasini oching. Boshni orqaga tashlang va ko‘z va qovoq orasida katta bo‘lmagan cho‘ntak hosil bo‘lishi uchun pastki qovoqni ehtiyotkorlik bilan pastga torting. Flakonni pastga qarating va shifokoringiz buyurganidek bir tomchi ko‘zga tushmaguncha flakonni bosing. DOZATORNING UCHINI KO‘ZLARGA YOKI QOVOQLARGA TEKKIZMANG. Agar shifokorning tegishli ko‘rsatmalari olingan bo‘lsa, boshqa ko‘zda ham 3 va 4 harakatlarni takrorlang. Ishlatgandan keyinoq darhol qopqoqni joyiga qaytaring va flakonni yoping. Nazolakrimal okklyuziya qo‘llaganda yoki ko‘zlar 2 minut davomida yumilganida preparatning tizimli so‘rilishi kamayadi. Bu nojo‘ya ta‘sirlarni kamayishiga va mahalliy ta‘sir samarasini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlari Preparat mahalliy oftalmologik qo‘llaganda tizimli qo‘llanganiga nisbatan umumiy nojo‘ya ta‘sirlarning tez-tezligi pastroq. Keltirilgan nojo‘ya ta‘sirlar oftalmologik beta-blokatorlar sinfini qo‘llaganda kuzatiladigan nojo‘ya ta‘sirlarni o‘z ichiga oladi. Quyidagi noxush reaksiyalar timolol bilan dorzolamid ko‘z tomchilari eritmasini yoki uning komponentlaridan birini klinik va postragistrasion tadqiqotlar jarayonida qo‘llaganda kuzatilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan ˂1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan ˂1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan ˂1/1000 gacha), juda kam hollarda (˂1/10000) va noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi). Immun tizimi tomonidan buzilishlar: Timolol maleatining oftalmologik eritmasi: Noma‘lum: tizimli allergik reaksiyalar, shu jumladan Kvinke shishi, eshakemi, chegaralangan va tarqalgan toshma, qichishish, anafilaktik reaksiyalar. Metabolizm va oziqlanish tomonidan buzilishlar: Timolol maleatining oftalmologik eritmasi: Noma‘lum: gipoglikemiya Nerv tizimi tomonidan buzilishlar va ruhiy buzilishlar: Dorzolamid gidroxloridining oftalmologik eritmasi: Tez-tez: bosh og‘rig‘i*. Kam hollarda: bosh aylanishi*, paresteziya*. Timolol maleatining oftalmologik eritmasi: Tez-tez: bosh og‘rig‘i*. Tez-tez emas: bosh aylanishi*, depressiya*. Kam hollarda: uyqusizlik*, tungi dashhatlar*, xotirani yo‘qolishi, paresteziya*, og‘ir soxtaparalitik miasteniya belgilari va simptomlarini kuchayishi, libidoni pasayishi*, bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi*. Noma‘lum: xushdan ketish, serebral ishemiya. Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar: Timolol bilan dorzolamidning oftalmologik eritmasi: Juda tez-tez: achishish va sanchish. Tez-tez: kon‘yunktivani qizarishi, ko‘rishni noaniqligi, shox parda eroziyasi, ko‘zlarni qichishishi, ko‘z yoshini oqishi. Dorzolamid gidroxloridining oftalmologik eritmasi: Tez-tez: qovoqlarni yallig‘lanishi*, qovoqlarni ta‘sirlanishi*. Tez-tez emas: iridosiklit*. Kam hollarda: qizarish bilan kechuvchi ta‘sirlanish*, qovoqlarda qatronlarni paydo bo‘lishi*, tranzitor miopiya (preparat bekor qilingandan keyin o‘tib ketuvchi), shox pardani shishi*, ko‘z ichki gipotoniyasi*, to‘r parda ostida qon tomir qavatini ko‘chishi (filtrasion jarrohlikdan keyin)*. Timolol maleatining oftalmologik eritmasi: Tez-tez: ko‘zlarni ta‘sirlanishining belgilari va simptomlari (masalan, achishish, sanchish, qichishish, ko‘z yoshi oqishi, qizarish), blefarit*, keratit*, shox parda sezuvchanligini pasayishi, ko‘zlarni qurishi*. Tez-tez emas: ko‘rishni buzilishi, shu jumladan refraksiyani o‘zgarishi (ayrim hollarda davolashni bekor qilish oqibatida, ko‘zlarni qurishi*). Kam hollarda: ptoz, diplopiya, ko‘rishni noaniqligi va filtrasion jarroxlikdan keyin to‘r parda ostida qon tomir qavatini ko‘chishi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang)*. Noma‘lum: shox parda eroziyasi. Eshitish a‘zosi va labirint tomonidan buzilishlar: Timolol maleatining oftalmologik eritmasi: Kam hollarda: quloqlarni shang‘illashi*. Yurak va qon tomirlar tomonidan buzilishlar: Timolol maleatining oftalmologik eritmasi: Tez-tez emas: bradikardiya*, hushdan ketish*. Kam hollarda: gipotenziya*, ko‘krakda og‘riq*, yurak urib ketishi*, shishlar*, aritmiyalar*, dimlanish ko‘rinishlari bilan kechuvchi yurak yetishmovchiligi*, atrioventrikulyar blokada*, yurakni to‘xtashi*, serebral ishemiya, ko‘chib yuruvchi oqsoqlik, Reyno fenomeni*, qo‘l va oyoqlarda sovuq qotish hissi*. Noma‘lum: yurak yetishmovchiligi. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar Timolol bilan dorzolamidning oftalmologik eritmasi: Tez-tez: sinusit Kam hollarda: havo yetishmovchiligi, nafas yetishmovchiligi, rinit. Dorzolamid gidroxloridining oftalmologik eritmasi: Kam hollarda: burundan qon ketishi*. Timolol maleatining oftalmologik eritmasi: Tez-tez emas: dispnoe*. Kam hollarda: bronxospazm (ayniqsa bronxospastik kasalligi bo‘lgan pasientlarda)*, yo‘tal*. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: Timolol bilan dorzolamidning oftalmologik eritmasi: Juda tez-tez: ta‘mni buzilishi. Dorzolamid gidroxloridining oftalmologik eritmasi: Tez-tez: ko‘ngil aynishi*. Kam hollarda: tomoqni ta‘sirlanishi, og‘izni qurishi*.   Timolol maleatining oftalmologik eritmasi: Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi*, dispepsiya*. Kam hollarda: diareya, og‘izni qurishi*. Noma‘lum: disgevziya, qorinda og‘riq, qusish. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar: Timolol bilan dorzolamidning oftalmologik eritmasi: Kam hollarda: kontakt dermatit. Dorzolamid gidroxloridining oftalmologik eritmasi: Kam hollarda: toshma*. Timolol maleatining oftalmologik eritmasi: Kam hollarda: alopesiya*, psoriazsimon toshma yoki psoriazni zo‘rayishi*. Noma‘lum: teri toshmasi. Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: Timolol maleatining oftalmologik eritmasi: Kam hollarda: tizimli qizil yugurik. Noma‘lum: mialgiya. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: Timolol bilan dorzolamidning oftalmologik eritmasi: Tez-tez emas: urolitiaz. Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar: Timolol maleatining oftalmologik eritmasi: Kam hollarda: Peyroni kasalligi*. Noma‘lum: jinsiy disfunksiya, libidoni pasayishi. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: Timolol bilan dorzolamidning oftalmologik eritmasi: Kam hollarda: tizimli allergik reaksiyalarning belgilari va simptomlari, shu jumladan Kvinke shishi, eshakemi, qichishish, toshma, anafilaksiya, kam hollarda bronxospazm. Dorzolamid gidroxloridining oftalmologik eritmasi: Tez-tez: asteniya/toliqish* Timolol maleatining oftalmologik eritmasi: Tez-tez emas: asteniya/toliqish* * Bu nojo‘ya reaksiyalar timolol bilan dorzolamid preparatini postregistrasion tadqiqotlarda qo‘llaganda ham kuzatilgan. Laborator ma‘lumotlar Klinik tadqiqotlarda timolol bilan dorzolamid ko‘z tomchilari eritmasini qo‘llash klinik jihatdan ahamiyatli elektrolit buzilishlar bilan assosiasiyalangan. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Amiptikni quyidagilarda: nafas yo‘llarining reaktiv kasalliklari, shu jumladan hozirdagi yoki anamnezidagi bronxial astma yoki o‘pkaning og‘ir surunkali obstruktiv kasalligi bo‘lgan pasientlarda; sinusli bradikardiya, sinus tugunining zaifligi sindromi, sino-atrial blokada, ritm boshqaruvchisi tomonidan nazorat qilinmagan ikkinchi yoki uchinchi darajadagi atrioventrikulyar blokada, yaqqol yurak yetishmovchiligi, kardiogen shok bo‘lgan; og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi ˂30 ml/min) yoki giperxloremik asidozi bo‘lgan; preparatning faol moddasiga yoki sanab o‘tilgan yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Keltirilgan qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar preparatning alohida komponentlariga va faqat ularning majmualariga uchun ham taalluqli. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Dorzolamidni timolol bilan saqlovchi preparat bilan dorilarning o‘zaro ta‘siri yuzasidan maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Klinik tadqiqotlarda timolol bilan dorzolamidning ko‘z tomchilari eritmasi tizimli ta‘sirga ega quyidagi preparatlar bilan ko‘rinarli noxush o‘zaro ta‘sirlarsiz birga qo‘llanilgan: AAF ingibitorlari, kalsiy kanallari blokatorlari, diuretiklar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shu jumladan aspirin va gormonlar (masalan estrogen, insulin, tiroksin). Beta-blokatorlarning oftalmologik eritmalarini peroral kalsiy kanallarining blokatorlari, beta-adrenergik reseptorlarning blokatorlari, antiaritmiklar (shu jumladan amiodaron), yurak glikozidlari, parasimpatomimetiklar, guanetidin, narkotik vositalar va monoaminooksidaza ingibitorlari (MAOI) bilan birga qo‘llanilganda samaralarni qo‘shilish ehtimoli mavjud, buning natijasida gipotenziya va/yoki yaqqol bradikardiya yuz beradi. CYP2D6 ingibitorlari (masalan xinidin, fluoksetin, paroksetin) va timolol bilan birga davolash vaqtida tizimli beta-bloklovchi ta‘sirini (masalan yurak qisqarishlari tez-tezligini pasayishi, depressiya) potensiyalashi aniqlangan. Amiptik preparatining komponenti dorzolamid karboangidraza ingibitori hisoblanadi va garchi mahalliy qo‘llanilsada tizimli ham so‘riladi. Klinik tadqiqotlarda dorzolamid gidroxloridining oftalmologik eritmasi kislota-ishqor muvozanatini izdan chiqarmagan. Shunga qaramay, bunday buzilishlar karboangidraza ingibitorlarini peroral qabul qilinganda kuzatilgan va ayrim hollarda dorilarning o‘zaro ta‘siriga (masalan salisilatlarning yuqori dozalarini qo‘llash bilan assosiasiyalangan toksiklik) olib kelgan. Shunday qilib, Amiptik qabul qilayotgan pasientlarda dorilarning o‘zaro ta‘sirining potensial ehtimolini e‘tiborga olish kerak. Garchi Amiptikning o‘zi qorachiqning o‘lchamiga kam ta‘sir qilsada yoki ta‘sir ko‘rsatmasada, ayrim hollarda oftalmologik beta-blokatorlar va adrenalin (epinefrin) ni birga qo‘llaganda midriaz holatlari aniqlangan. Beta-blokatorlar antidiabetik preparatlarning gipoglikemik samarasini kuchaytirishi mumkin. Beta-adrenergik reseptorlarning peroral blokatorlari klofelin bekor qilingandan keyin gipertenziyaning “rikoshet samarasi” ni zo‘rayishini chaqirishi mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Mahalliy qo‘llash uchun boshqa oftalmologik vositalar kabi dorzolamid/timolol tizimli so‘riladi. Beta-adrenergik komponenti timololni mavjudligi tufayli, beta-adrenergik reseptorlar blokatorlarini tizimli qo‘llaganda kuzatiladigan yurak-qon tomir, o‘pka tomonidan va boshqa nojo‘ya reaksiyalar aniqlanishi mumkin. Mahalliy oftalmologik ravishda qo‘llash oqibatida kuzatiladigan tizimli nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi tizimli qo‘llaganga nisbatan pastroq. Tizimli so‘rilishni kamaytirish usullari “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang. Yurak tomonidan buzilishlar Beta-blokator gipotenziv preparatlar bilan davolanayotgan yurak-qon tomir kasalliklari (masalan yurakning koronar kasalligi, Prinsmetal stenokardiyasi va yurak yetishmovchiligi) bo‘lgan pasientlarda maqsadga muvofiqlikni kritik baholash va boshqa faol moddalarni buyurish imkoniyati ko‘rib chiqilishi kerak. Yurak o‘tkazuvchanligiga salbiy ta‘siri tufayli, beta-blokatorlar birinchi darajadagi yurak blokadasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Qon tomirlar tomonidan buzilishlar Periferik qon aylanishining og‘ir buzilishlari (Reyno kasalligining og‘ir shakli yoki Reyno sindromi) bo‘lgan pasientlar preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.     Nafas tizimi tomonidan buzilishlar Respirator reaksiyalar, shu jumladan astmasi bo‘lgan pasientlarda bronxospazm oqibatida o‘lim holati, ayrim oftalmologik beta-blokatorlarni qo‘llagandan keyin kuzatilgan. Amiptik yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan va faqat, agar potensial foyda potensial xavfdan ustun bo‘lsagina qo‘llanishi kerak. Boshqa beta-blokatorlar Beta-blokatorlarning ko‘z ichki bosimiga ta‘siri yoki boshqa ma‘lum samaralari tizimli beta-blokator preparatlarini qo‘llayotgan pasientlarda kuchayishi mumkin. Bunday pasientlarda davolashga javobni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Beta-adrenergik reseptorlarning blokatorlarining ikkita mahalliy preparatlarini bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang). Jigar yetishmovchiligi Dorzolamid/timolol ko‘z tomchilari eritmalarini qo‘llash jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda o‘rganilmagan va shuning uchun preparat bunday pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Anafilaktik reaksiyalar Mahalliy qo‘llash uchun boshqa oftalmologik vositalar kabi, Amiptik ham tizimli so‘riladi. Dorzolamid: Dorzolamidning komponenti sulfanilamid hisoblanadi. Shunday qilib, sulfanilamidlarni tizimli qabul qilinganda kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalar mahalliy qo‘llaganda ham kuzatilishi mumkin. Jiddiy reaksiya yoki o‘ta yuqori sezuvchanlik belgilari paydo bo‘lganda preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Dorzolamid gidroxloridining ko‘z tomchilarini qo‘llaganda kuzatiladigan ko‘zdagi mahalliy nojo‘ya samaralar timolol bilan dorzolamid ko‘z tomchilarini qo‘llaganda ham kuzatilgan. Agar bu nojo‘ya reaksiyalar rivojlansa, Amiptik preparatini bekor qilish ehtimolini ko‘rib chiqish kerak. Timolol: Beta-blokatorlarni qo‘llaganda atopiyasi yoki anamnezida bir qator allergenlarga og‘ir anafilaktik reaksiyalari bo‘lgan pasientlar bu allergenlarning takroriy dozalariga nisbatan sezgirroq bo‘lishi va anafilaktik reaksiyalarni bartaraf etish uchun qo‘llanadigan adrenalinning odatdagi dozalariga javob bermasliklari mumkin. Yondosh davolash Quyidagi preparatlar yondosh davolash sifatida tavsiya etilmaydi: dorzolamid va peroral qo‘llash uchun karboangidraza ingibitorlari beta-adrenergik reseptorlarning mahalliy blokatorlari. Davolashni to‘xtatish Tizimli beta-blokatorlarni qo‘llaganda bo‘lgani kabi, agar koronar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ko‘zlar uchun qo‘llanadigan timololni bekor qilish zarurati bo‘lsa, davolash asta-sekin bekor qilinishi kerak. Beta-blokatorlarning qo‘shimcha samaralari: Gipoglikemiya/diabet Tasdiqlangan spontan gipoglikemiya yoki labil diabeti bo‘lgan pasientlarda beta-blokatorlar ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak, chunki beta-blokatorlar o‘tkir gipoglikemiyaning belgilari va simptomlarini niqoblashi mumkin. Beta-blokatorlar shuningdek gipertireoidizmning belgilarini ham niqoblashi mumkin. Beta-blokatorlarni qabul qilishni to‘satdan to‘xtatish simptomlarni yomonlashishini chaqirishi mumkin. Beta-blokatorlar bilan davolash og‘ir soxtaparalitik miasteniyaning simptomlarini kuchaytirishi mumkin.     Karboangidraza ingibitorlarining qo‘shimcha samaralari Karboangidrazaning peroral ingibitorlari bilan davolash kislota-ishqor muvozanatini buzilishlari oqibatida, ayniqsa anamnezida siydik tosh kasalligi bo‘lgan pasientlarda urolitiazga olib kelishi mumkin. Garchi timolol bilan dorzolamidning ko‘z tomchilari eritmasini qo‘llaganda kislota-ishqor muvozanatining biron-bir buzilishlari kuzatilmagan bo‘lsada, siydik tosh kasalligi tez-tez kuzatilmagan. Amiptik tizimli so‘riladigan mahalliy qo‘llash uchun karboangidraza ingibitori saqlaganligi tufayli, anamnezida buyragida toshi bo‘lgan pasientlar Amiptikni qo‘llaganda siydik-tosh kasalligini rivojlanishining yuqori xavfiga duchor bo‘lishlari mumkin. Boshqalar Yopiq burchakli glaukomasi bo‘lgan pasientlarni davolash gipotenziv preparatlarin qo‘llashga qo‘shimcha terapevtik aralashuvlarni talab etadi. O‘tkir yopiq burchakli glaukomasi bo‘lgan pasientlarda timolol bilan dorzolamidning ko‘z tomchilari eritmalarini qo‘llash o‘rganilmagan. Jarroxlik aralashuvidagi anesteziya Beta-blokator oftalmologik preparatlar beta-agonistlar, masalan adrenalinning tizimli samaralarini bloklashi mumkin. Pasient timolol qabul qilayotganligi haqida anesteziologni ogohlantirish kerak. Shox parda kasalliklari Dorzolamid: Dorzolamid qo‘llanilganda shox pardaning mavjud surunkali defektlari va/yoki anamnezida ko‘z ichki jarroxlik aralashuvi o‘tkazilgan pasientlarda shox parda shishi va shox pardaning qaytmas dekompensasiyasi kuzatilgan. Bunday pasientlarda dorzolamidni mahalliy qo‘llash ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Timolol: Oftalmologik beta-blokatorlar ko‘zni quruqligini kuchaytirishi mumkin. Shox parda kasalliklari bo‘lgan pasientlarni davolash ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi mumkin. Ko‘zning qon tomir pardasini ko‘chishi Filtrasion jarroxlik muolajalaridan keyin suvli asosdagi preparatlar (masalan timolol, asetazolamid) bilan supressiv davolash qo‘llanilganda ko‘zning qon tomir pardasini ko‘chishi kuzatilgan. Glaukomani davolash uchun boshqa preparatlarni qo‘llagandagi kabi, bir qator pasientlarda uzoq vaqt davolagandan keyin oftalmologik javob uchun timolol maleati bilan davolashga sust javob kuzatilgan. Shunga qaramay, 164 nafar pasientlar kamida uch yil davomida kuzatilgan klinik tadqiqotlarda boshlang‘ich barqarorlashgandan keyin ko‘z ichki bosimining o‘rtacha ko‘rsatkichini ahamiyatli o‘zgarishi aniqlanmagan. Kontakt linzalardan foydalanish Amiptik ko‘zlarni ta‘sirlanishini chaqiruvchi konservant benzalkoniy xloridi saqlaydi. Benzalkoniy xloridi yumshoq kontakt linzalarning rangini o‘zgarishini chaqiradi. Yumshoq kontakt linzalar bilan kontaktdan saqlaning. Qo‘llashdan oldin kontakt linzalarni yeching va ularni takroran taqishdan oldin kamida 15 minut kuting. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va emizish davrida Amiptikni qo‘llash mumkin emas. Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Ko‘rishni noaniqligi kabi yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar ayrim pasientlarning avtomobilni boshqarish va/yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Timolol maleatining oftalmologik eritmasini behosdan dozasini oshirib yuborilishi holatlari kuzatilgan, ularning natijasida bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, nafas yetishmovchiligi, bradikardiya, bronxospazm va yurakni to‘xtab qolishi kabi beta-adrenergik reseptorlarning tizimli blokatorlarini qo‘llaganda kuzatiladigan tizimli samaralar kuzatilgan. Dorzolamidning dozasi oshirib yuborilganda eng ko‘p uchraydigan belgilar va simptomlar – elektrolit buzilishlar, asidozni rivojlanishi, markaziy nerv tizimiga ta‘sir qilish ehtimoli. Dorzolamid mahalliy qo‘llanilganda quyidagi ko‘rinishlar kuzatilgan: ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, toliqish, uyquni buzilishi, disfagiya. Davolash simptomatik va tutib turuvchi bo‘lishi kerak. Zardobda elektrolitlarning (ayniqsa kaliyning) va qonda rN darajasini monitoringi olib borilishi kerak. Tadqiqotlar timolol dializda yomon chiqarilishini ko‘rsatdi. Chiqarilish shakli Past zichlikdagi polietilen dozator-uchlik va yuqori zichlikdagi polietilen buraladigan qopqoqli oq rangli, tiniq bo‘lmagan o‘rtacha zichlikdagi polietilen flakonda, ochishdan himoyalangan muhrli karton qutida. Quti o‘lchamlari: har birida 5 ml dan 1 yoki 3 flakon. Saqlash sharoiti 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Yaroqlilik muddati 3 yil. Ochilgan flakonni 28 kun davomida qo‘llash kerak. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha beriladi. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?