ARDUAN poroshok 4mg N25

Обновлено: 21.07.2022

ARDUAN poroshok 4mg N25
  • Категория:

    Tayanch-harakat tizimi uchun

  • Страна производитель:

    Vengriya

  • Активное вещество:

    Pipekuroniya bromid

  • Производитель:

    Гедеон Рихтер, ОАО

  • Количество в упаковке:

    25

  • Код ATX:

    M03AC06

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция ARDUAN poroshok 4mg N25

  • Qadoqda soni

    25

  • Umumiy ma'lumot

    ARDUAN poroshok 4mg N25 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar DORI PREPARATINI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA (MUTAXASSISLAR UCHUN)   PREPARATNING NOMI ARDUAN in‘eksiya uchun eritma bilan liofilizasiya qilingan kukun, 4,0mg ARDUAN XPN: pipekuroniy bromidi (pipecuronium bromide)   SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI Har bir flakonda 4 mg pipekuroniy bromidi saqlanadi. Yordamchi moddalar ro‘yxati: 6.1 bo‘limiga qarang. DORI SHAKLI In‘eksiya uchun eritma bilan liofilizasiya qilingan kukun. Oq yoki deyarli oq liofilizat. Erituvchi – rangsiz va tiniq eritma. KLINIK XUSUSIYATLARI Qo‘llanilishi 20-30 minutdan ortiq miorelaksasiyani talab qiluvchi turli jarrohlik operasiyalari jarayonida umumiy anesteziyada endotraxeal intubasiyadan oldin va skelet mushaklarini relaksasiyasi uchun qo‘llaniladi. 4.2 Qo‘llash usuli va dozalari Boshqa nerv-mushak blokatorlari kabi, Arduanning dozasini anesteziya turi, jarrohlik aralashuvining taxminiy davomiyligi, anesteziyadan oldin va anesteziya vaqtida qo‘llanadigan boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri, yondosh kasalliklar va bemorning umumiy holatini hisobga olgan holda, har bir bemor uchun shaxsiy ravishda tanlanadi. Nerv-mushak blokini nazorat qilishni ta‘minlash uchun periferik nervlarni rag‘batlantiruvchi vositalarni qo‘llash tavsiya etiladi. Vena ichiga qo‘llansin. Kattalar uchun tavsiya etilgan dozalari: intubasiya va undan keyingi jarrohlik aralashuvi uchun boshlang‘ich doza: tana vazniga 0,06-0,08 mg/kg, 150-180 sekund davomida intubasiya uchun yaxshi/a‘lo sharoitlarni ta‘minlaydi, bunda mushaklar relaksasiyasining davomiyligi 60-90 minutni tashkil qiladi; suksinilxolinni qo‘llash bilan o‘tkaziladigan intubasiyada miorelaksasiya uchun boshlang‘ich doza: 0,05 mg/kg, 30-60 minutlik miorelaksasiyani ta‘minlaydi; tutib turuvchi doza: 0,01-0,02 mg/kg, jarrohlik operasiyasi vaqtida 30-60 minutlik miorelaksasiyani ta‘minlaydi; buyrak faoliyati yetishmovchiligida 0,04 mkg/kg dozadan ortiq dozalarni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Quyidagi hollarda ta‘sirini uzaytirish mumkin: ortiqcha tana vazni, semizlik (dozani tanlashda ideal tana vaznidan kelib chiqib, hisoblash kerak); ingalyasion anestetiklarni bir vaqtda qo‘llanishi (Arduanning dozasini kamaytirish mumkin); suksinilxolin bilan o‘tkazilgan intubasiya vaqtida (Arduanni suksinilxolinning ta‘sirini klinik belgilari yo‘q bo‘lganidan keyin yuboriladi. Boshqa qutbsizlanmaydigan miorelaksantlar kabi qutbsizlanadigan miorelaksantlarni yuborishdan keyin, Arduanni yuborish miorelaksasiya uchun kerakli vaqtni qisqartirishi va maksimal samaraning davomiyligini uzaytirishi mumkin). Samarasini to‘xtatish: Periferik nervlarni rag‘batlantiruvchi vositalari yordamida o‘lchanadigan 80-85% blokada vaqtida yoki klinik belgilar bo‘yicha aniqlanadigan qisman blokada vaqtida atropinni (0,5-1,25 mg) neostigmin (1-3 mg) yoki galantamin (10-30 mg) bilan majmuada qo‘llash Arduanning miorelaksasiyalovchi ta‘sirini to‘xtatadi. 4.3 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning ta‘sir qiluvchi yoki har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. 4.4 Maxsus ko‘rsatmalar Preparatni nafas mushaklariga ta‘sir qilishi sababli, preparatni faqat sun‘iy nafas o‘tkazish imkoni bor sharoitlarda va sun‘iy nafas o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis ishtirokida qo‘llash kerak. Tibbiy adabiyotlarda miorelaksantlarni qo‘llashda anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar xollari ta‘riflangan. Arduanning bunday ta‘siri haqida xabarlar yo‘qligiga qaramasdan, preparatni faqat bunday holatlarni davolashga darhol kirishish mumkin bo‘lgan sharoitlarda qo‘llash kerak. Arduanning miorelaksasiyani chaqiruvchi dozalari sezilarli kardiovaskulyar samaralarga ega emas va ba‘zi boshqa anestetiklardan farqli ravishda vagus refleksi oqibatidagi bradikardiyani deyarli chaqirmaydi. Yuqoridagilarni hisobga olib, premedikasiya maqsadlarida vagolitik preparatlarni qo‘llash va dozalash, oldindan sinchkov baholashni talab etadi; shuningdek bir vaqtda qo‘llanilayotgan dori preparatlarining vagusga rag‘batlantiruvchi ta‘siri va operasiya turini hisobga olish kerak. Preparatning dozasini nisbiy oshirib yuborilishi va mushak faolligini tiklanishini muvofiq nazoratini ta‘minlash uchun periferik nervlarning rag‘batlantiruvchilarini qo‘llash tavsiya etiladi. Arduanning farmakokinetikasi va/yoki miorelaksasiyalovchi samarasiga quyidagi omillar ta‘sir qilishi mumkin: Buyrak yetishmovchiligi preparatning ta‘sir qilish vaqti va bemorning “qaytishi” deb ataladigan vaqtini uzaytiradi. Nerv-mushak kasalliklari: bunday holatlarda preparatning ta‘siri kuchayishi ham, susayishi ham mumkinligi sababli, Arduanni ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Og‘ir darajali miasteniya yoki Iton-Lambert sindromida Arduanning kichik dozalari yaqqol namoyon bo‘lgan samarani chaqirishi mumkin. Bunday bemorlarga bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararni sinchiklab baholagandan keyin preparatni juda kam dozalarda buyuriladi. Jigar kasalliklari: Arduanni faqat kutilayotgan foyda, bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarardan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin. Xavfli gipertermiya: Arduanni tekshirish jarayonida ham, klinik amaliyotda ham xavfli gipertermiya kuzatilmagan. Miorelaksantni hech qachon boshqa dori preparatlarisiz qo‘llanmasligi, shuningdek ushbu sindrom ma‘lum xavf omillari yo‘qligida rivojlanishi mumkinligi sababli, shifokor sindromning ilk belgilari, uni tashhislash usullari va davolash haqida bilishi kerak. Boshqalar: Boshqa miorelaksantlarda bo‘lgani kabi, elektrolitlar balansi va kislota-asos holatini normallashtirish kerak. Gipotermiya Arduanning ta‘sirini uzaytirishi mumkin. Gipokaliemiya, digitalizasiya, diuretiklarni qabul qilish, gipermagniemiya, gipokalsiemiya (transfuziya), degidratasiya, asidoz, gipoproteinemiya, giperkapniya, kaxeksiya holati Arduanning ta‘sirini kuchaytirishi va uzaytirishi mumkin. Boshqa miorelaksantlar kabi, Arduan parsial tromboplastin va protrombin vaqtini kamaytirishi mumkin. Faqat yangi tayyorlangan eritmani qo‘llash kerak. 4.5 Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri Quyidagi dori preparatlari Arduanning ta‘siriga ta‘sir qilishi mumkin. Ta‘sirini kuchaytiradi yoki uzaytiradi: ingalyasion anestetiklar (galotan, metoksifluran, efir, enfluran, izofluran, siklopropan); vena ichiga yuboriladigan og‘riqsizlantiruvchi vositalar (ketamin, fentanil, propanidid, barbituratlar, etomidat, γ-gidroksimoy kislotasi); boshqa qutbsizlanmaydigan miorelaksantlar, oldin suksinilxolinni qo‘llanishi; ba‘zi antibiotiklar va ximioterapevtik preparatlar (aminoglikozidlar, peptidlar, imidazollar, metronidazol va boshqalar); diuretiklar, α- va β-blokatorlar, tiamin, MAO ingibitorlari, guanidin, protamin, fenitoin, kalsiy kanallarining antagonistlari, magniy tuzlari, vena ichiga yuborish uchun lidokain. Ta‘sirini susaytiradi: oldindan uzoq muddat davomida glyukokortikosteroidlar, neostigmin, edrofoniy, piridostigmin, noradrenalin, azatioprin, teofillin, KCl, NaCl, CaCl2 ni qo‘llash. Ta‘sirini kuchaytiradi yoki susaytiradi: Oldindan qutbsizlantiruvchi miorelaksantlarni qo‘llash (doza, qo‘llash vaqti va shaxsiy o‘zlashtiraolishlik rol o‘ynaydi).   4.6 Homiladorlik va laktasiya Arduanni homiladorlar va homila uchun xavfsizligini tasdiqlash uchun yetarli tajriba yo‘q. Homiladorlik vaqtida Arduanni faqat kutilayotgan yaxshi samara xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin. Magniy tuzlari nerv-mushak blokini kuchaytirishi mumkinligi sababli, toksikozni davolash uchun bunday preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda miorelaksasiyalovchi samarani dorilar yordamida to‘xtatish yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda albatta periferik nervlarni rag‘batlantiruvchi vositalarni qo‘llash kerak. Kesarev kesish Umumiy anesteziya uchun Arduanni qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlariga ko‘ra, u Apgar ko‘rsatkichi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning mushak tonusi va kardiovaskulyar adaptasiyasini o‘zgartirmasligi taxmin qilinadi. Farmakokinetik tadqiqotlarda pipekuroniy bromidi yo‘ldosh orqali juda kam konsentrasiyalarda o‘tishi va kindik qonida aniqlanishi aniqlangan. Arduanni laktasiya davrida qo‘llash bo‘yicha klinik ma‘lumotlar yo‘q. 4.7 Preparatning avtomobilni va ishlovchi mashinalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Arduanning miorelaksasiyalovchi ta‘siri to‘xtaganidan keyin birinchi 24 soatda avtomobilni boshqarish va shikastlanishning yuqori xavfi bilan bog‘liq boshqa mashinalar bilan ishlash tavsiya etilmaydi. 4.8 Nojo‘ya ta‘siri Nojo‘ya samaralar jadvalidagi ro‘yxat quyidagi tez-tezlik toifalari bo‘yicha tuzilgan: Juda tez-tez (≥1/10) Tez-tez (≥1/100 – <1/10) Tez-tez emas (≥1/1000 – <1/100) Kam (≥1/10000 – <1/1000) Juda kam (<1/10000), noma‘lum (yoki ma‘lum axborotlar bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydi) “Juda kam” tez-tezlikda quyidagi nojo‘ya samaralar haqida xabarlar mavjud A‘zolar yoki a‘zolar tizimining belgilari Juda tez-tez Tez-tez Tez-tez emas Kam Juda kam Immun tizimi tomonidan belgilar         Anafilaktik reaksiya* Moddalar almashinuvi tomonidan belgilar va alimentar sindromlar         Tetaniya Ruhiyat tomonidan belgilar         Uyquchanlik Nerv tizimi tomonidan belgilar         Falajlar Ko‘z va ko‘rish tomonidan belgilari         Blefarit Yurak tomonidan belgilari         Aritmiya, bradikardiya, yurak faoliyatini susayishi (bostirilishi), taxikardiya va qorinchalar fibrillyasiyasi** Qon-tomir tizimi tomonidan belgilar         Gipotoniya, vazodilatasiya Nafas tizimi va mediastinal simptomlar         Apnoe, hansirash, o‘pka gipoventilyasiyasi, bronxospazm, yo‘tal Tayanch-harakat tizimi tomonidan belgilari         Mushak kuchsizligi Laborator siljishlar         Qon plazmasida K, Mg, Ca miqdorini biroz kamayishi. Glyukoza miqdorini oshishi. Qonda mochevina konsentrasiyasini oshishi. Yurak qisqarishlar sonini kamayishi. * Anafilaktik reaksiyalar ba‘zida qutbsizlanmaydigan miorelaksantlarni qo‘llashda kuzatilishi mumkin. Arduanning in‘eksiyasini qo‘llanganida faqat bir holatda (aniq tasdiqlanmagan) anafilaktik reaksiya (yo‘tal, bronxospazm, yuzni shishi, ko‘zni qizarishi va shishi) ta‘riflanganligiga qaramasdan, preparatni qo‘llash vaqtida anafilaktik reaksiyani bartaraf qilish uchun dorilarni va apparatlarni tayyorlash kerak. Anamnezida boshqa miorelaksantlarga allergik reaksiya bo‘lganida preparatni juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki depolyarizasiyalamaydigan miorelaksantlar orasida kesishgan allergiya rivojlanishi mumkin. Gistaminni ajralab chiqishi va gistaminga o‘xshash reaksiyalar: Arduan gistaminni ajratib chiqaruvchi ta‘sirga ega emas. ** Arduan preparatining yurak-qon tomir tizimiga ta‘siri kam namoyon bo‘lgan, pipekuroniyning kam namoyon bo‘lgan kardioselektiv, vagolitik xususiyatlari bilan bog‘liq. Tana vazniga 0,10 mg/kg dozagacha gangliobloklovchi yoki vagolitik ta‘siri aniqlanmagan, faqat ayniqsa narkozga kirishda ftorotan yoki fentanil bir vaqtda qo‘llanganda kam namoyon bo‘lgan yurak-qon tomir tomonidan nojo‘ya samaralar (arterial bosimni pasayishi, bradikardiya) kuzatilgan. 4.9 Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborilishi yoki nerv-mushak blokini uzoq muddat davom etishi hollarida o‘pkani sun‘iy ventilyasiyasi spontan nafas tiklangunigacha davom ettiriladi. Nafasni spontan tiklanishini boshida antidot sifatida antixolinesteraza ingibitori (masalan, neostigmin, piridostigmin, endrofoniy) muvofiq dozada yuboriladi. Spontan nafas qoniqarli tiklangunigacha nafas faoliyatini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI 5.1 Farmakodinamikasi Farmakoterapevtik guruhi: periferik ta‘sir qiluvchi miorelaksant ATX kodi: M03A S06 Arduan (pipekuroniy bromidi) uzoq ta‘sir qiluvchi qutbsizlanmaydigan nerv-mushak blokatori hisoblanadi. Ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalarining oxirida joylashgan asetilxolinning nikotinga-sezuvchan reseptorlari bilan kompetitiv bog‘lari tufayli signalni nerv oxirlaridan mushak tolalariga uzatilishini bloklaydi. Uning antidotlari bo‘lib antixolinesteraza ingibitorlari (masalan, neostigmin, piridostigmin, endrofoniy) hisoblanadi. Depolyarizasiyalovchi miorelaksantlardan (masalan, suksinilxolin) farqli ravishda, Arduan mushak fassikulyasiyasini chaqirmaydi. Arduan gormonal ta‘sir ko‘rsatmaydi. Hatto mushak kontraktilligini 90% ga kamaytirish uchun zarur bo‘lgan samarali dozadan (ED90) bir necha marta ortiq dozalar gangliobloklovchi, vagolitik va simpatomimetik faollik ko‘rsatmaydi. Tadqiqotlarning ma‘lumotlariga ko‘ra, muvozanatlangan anesteziyada pipekuroniy bromidining ED50 va ED90 dozalari, muvofiq ravishda tana vazniga 0,03 va 0,05 mg/kg ni tashkil qiladi. Tana vazniga 0,05 mg/kg ga teng doza turli operasiyalarda 40-50 minutlik mushak relaksasiyasini ta‘minlaydi. Pipekuroniyning maksimal ta‘siri dozaga bog‘liq va 1,5-5 minutdan keyin erishiladi. 0,07-0,08 mg/kg ga teng dozalarda samarasi tezroq rivojlanadi. Dozani keyinchalik oshirilishi preparatning ta‘sirini rivojlanishi uchun zarur vaqtni qisqartiradi va preparatning ta‘sirini ancha uzaytiradi. 5.2 Farmakokinetikasi Vena ichiga yuborilganda boshlang‘ich taqsimlanish xajmi (Vdc): tana vazniga 110 ml/kg, to‘yinish bosqichida (Vdss): 300±78 ml/kg, plazma klirensi (Cl): 2,4±0,5 ml/minut/kg, o‘rtacha yarim chiqarilish vaqti (t1/2β) 121±45 minut, o‘rtacha mavjud bo‘lish vaqti (MRT) : 140 minutni tashkil qiladi. Samarani bir maromda saqlab turuvchi dozalarni takror yuborilganda, agar dastlabki kontraktillikni 25% tiklanish vaqtida 0,01-0,02 mg/kg dozalar qo‘llangan bo‘lsa, to‘planish samarasi ahamiyatsiz darajada bo‘ladi,. Uchdan bir qismi o‘zgarmagan holda, qolgan qismi esa – 3-dezasetil-pipekuroniy shaklida chiqariladi. Klinik oldi tadqiqotlarining ma‘lumotlariga ko‘ra, pipekuroniyni chiqarilishida jigar ham ishtirok etadi.   5.3 Klinika oldi tadqiqotlarning natijalari Preparatni qo‘llash xavfsizligini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan klinika oldi tadqiqotlarning e‘tiborga molik ma‘lumotlar aniqlanmagan.   FARMASEVTIK MA‘LUMOTLAR 6.1 Yordamchi moddalar In‘eksion flakonda: mannitol. Erituvchining ampulasida: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.   6.2 Nomutanosiblik Arduan preparatini infuzion eritmalar bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi.   6.3 Yaroqlilik muddati 3 yil. Preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddatigacha ishlatish mumkin.   6.4 Saqlash sharoiti +2oS dan +8oS gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.   6.5 Chiqarilish shakli In‘eksiya uchun flakon: “flip-off” majmuaviy qalpoqchali rezina tiqinli, 10 ml sig‘imli tiniq, shisha flakon. Erituvchi ampulasi: sindirish uchun nuqtali, 2 ml sig‘imli, rangsiz, tiniq shisha ampula. 5 plastmassa poddonlar flakonlar bilan (har birida 5 flakondan) va 5 plastmassa poddonlar ampulalar bilan (har birida 5 ampuladan) karton qutida.   6.6 Dorixonalardan berish tartibi Faqat stasionar sharoitda qo‘llash uchun.   Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?