BROMGEKSIN sirop so vkusom abrikosa 100 ml 4mg/5ml

Обновлено: 21.07.2022

BROMGEKSIN sirop so vkusom abrikosa 100 ml 4mg/5ml
  • Категория:

    Shamollash va gripp uchun

  • Страна производитель:

    Rossiya

  • Активное вещество:

    Bromgeksin

  • Производитель:

    Фармстандарт-Лексредства, ОАО

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    R05CB02

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция BROMGEKSIN sirop so vkusom abrikosa 100 ml 4mg/5ml

  • Umumiy ma'lumot

    BROMGEKSIN sirop so vkusom abrikosa 100 ml 4mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar   TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA BROMGEKSIN-RNP tabletkalar   Savdo nomi BROMGEKSIN-RNP   Faol moddalarining XPN Bromhexinum Preparatning tarkibi 1 tabletka saqlaydi: ta‘sir etuvchi modda: bromgeksin gidroxloridi – 8 mg yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, talk, magniy stearati, makkajo‘xori kraxmali, mikrokristallik sellyuloza, aerosil. Preparatning ta‘rifi Ikkiyoqlama qabariq, oq yoki sarg‘ish tusli oq rangi chetlari aniq tabletkalar. Chiqarilish shakli Tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi va ATS kodi Mukolit vositalar, R05C B02. Farmakologik xususiyatlar Farmakodinamik xususiyatlari Bromgeksin organizmda ambroksolga aylanadi, u seroz xujayralarni va bronxlarning shilliq qavatidagi Klark xujayralarining faoliyatini rag‘batlantiradi. Birinchilar ko‘proq seroz komponentni chiqaradi, u bronxial shilliqni suyultiradi va uning xajmini oshiradi, boshqalari gidrolazalarni chiqaradi, ular bronxial shilliqning mukopolisaxaridlari tolasini parchalab, uning yopishqoqligini pasaytiradi. Lipillovchi epitiliyning faolligini va bronx va bronxiollarning drenajlanishini oshiradi. Surfaktantning ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi. Nazal va laringeal shilliqning yopishqoqligini pasaytiradi. Farmakokinetik xususiyatlari Ichga qabul qilinganidan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi. Biokiraolishligi jigardan birinchi o‘tishi hisobiga 80% ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi. Jigarda demetillanish va oksidlanishga duchor bo‘ladi. Buyraklar orqali chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida metabolitlarining chiqarilishi buziladi. Qayta yuborilganda to‘planib qolishi mumkin. Qo‘llanilishi Yopishqoq balg‘amning shakllanishi bilan kechuvchi nafas tizimining kasalliklari, ayniqsa turli etiologiyali o‘tkir va surunkali bronxitlar, shu jumladan bronxektazlar bilan asoratlangan, bronxial astmaning infeksion-allergik shakli, o‘pka tuberkulyozi, pnevmoniyalar; jarrohlik aralashuvlaridan keyin bronxlarda yopishqoq, qiyin ajraladigan balg‘amning to‘planishini oldini olish uchun.   Qo‘llash usuli va dozalari Preparat ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qo‘llanadi. Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga-8-16 mg dan kuniga 3 marta. 6-14 yoshli bolalarga va tana vazni 50 kg gacha bo‘lgan pasientlarga – 8 mg dan kuniga 3 marta. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 4 mg dan kuniga 3 marta. Davolash kursining davomiyligi – 4-28 kun. Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat sirop shaklida buyuriladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Kam, uzoq muddat qabul qilinganida ko‘ngil aynishi, qusish, dispeptik ko‘rinish, me‘da yarasi kasalligining zo‘rayishi, allergik reaksiyalar (teri toshmalari, yuzni shishi, rinit va boshqaalar); transaminazalarning qon zardobidagi darajasini oshishi paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilish to‘xtatiladi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Bromgeksinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (I uch oyligi), emizish.   Dozani oshirib yuborilishi Belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Davolash: simptomatik.   Maxsus ko‘rsatmalar Davolash davrida preparatning sekretolik ta‘sirini tutib turish uchun yetarli miqdorda suyuqlik iste‘mol qilish tavsiya qilinadi. Bromgeksin holsizlangan bemorlarga va bronxoobstruktiv sindromli bemorlarga (bronxial sekretni yo‘qotish kerak) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparat me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanilishi Homiladorlikning II va  III uch oyligida preparat faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lganida qo‘llanadi. Emizish davrida qo‘llash kerak bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak. Transport vositalarini va qurilmalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Preparatni transport vositalarini va qurilmalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.   Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri Bromgeksin suyultirilgan bronxial sekretning drenajini qiyinlashishi mumkinligi tufayli kodein bilan buyurilmaydi. Bromgeksin antibiotiklarning o‘pka to‘qimasiga kirishiga (eritromisin, sefaleksin, oksitetrasiklin) yordam beradi. Bromgeksinni nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (salisilatlar, fenilbutazon) bilan birga buyurish, me‘da shilliq qavatining ta‘sirlaniishini chaqirishi mumkin. Bromgeksin ishqoriy eritmalar bilan nomutanosib. Chiqarilish shakli Tabletkalar 8 mg li №20 blisterda. 1, 2 yoki 10 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-25°S haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.   Yaroqlilik muddati 3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Berish tartibi Shifokor reseptisiz. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?