AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5

Обновлено: 21.07.2022

AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5
  • Категория:

    Ovqat hazm qilish tizimi va modda almashinuvi uchun

  • Страна производитель:

    Hindiston

  • Активное вещество:

    Levokarnitin

  • Производитель:

    Makcur Laboratories Ltd., Индия для Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия

  • Количество в упаковке:

    5

  • Код ATX:

    A16AA01

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5

  • Qadoqda soni

    5

  • Umumiy ma'lumot

    AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA AVIKARNITIN AVICARNITIN   Preparatning savdo nomi: Avikarnitin Ta‘sir etuvchi modda (XPN): levokarnitin Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma Tarkibi: 10 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1000 mg levokarnitin; yordamchi moddalar: propilenglikol, natriy benzoati, natriy metilparaben, natriy propilparaben, limon kislotasi monogidrati, bronopol, aspartam, banan ta‘mi essensiyasi, tozalangan suv. Ta‘rifi: sariq rangli, banan ta‘mi essensiyali tiniq eritma. Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita. ATX kodi: A16AA01. Farmakologik ta‘siri Farmakodinamikasi Levokarnitin (L-karnitin) – V guruhi vitaminlariga yaqin tabiiy modda hisoblanadi. Sitoplazmadan mitoxondriylarga xujayra membranasi orqali yog‘ kislotalarini tashuvchisi sifatida moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi, u yerda bu kislotalar ko‘p miqdorda ATF shaklida metabolik energiya hosil bo‘lishi bilan beta-oksidlanish jarayoniga uchraydi. Organizmda karnitin yetishmovchiligida mushak to‘qimalarida (skelet mushaklari, miokardda) lipidlarni to‘planishi yuz beradi, bu ularning qisqaruvchanlik faolligini izdan chiqaradi. Oqsil va yog‘ almashinuvini, tiroksinning qisman antagonisti bo‘lib, gipertireozda yuqori asosiy almashinuvni normallashtiradi, qonda ishqoriy zahirasini tiklaydi, ketokislota hosil bo‘lishini va anaerob glikolizni susaytiradi, laktoasidoz darajasini kamaytiradi, shuningdek jismoniy faollikni oshiradi va jismoniy yuklamalarni o‘zlashtirishni oshiradi, bunda glyukogenni kamroq sarflanishini va jigarda va mushaklarda uning zahirasini oshishiga olib keladi. Levokarnitin anabolik ta‘sir ko‘rsatadi, me‘da shirasi sekresiyasini rag‘batlantiradi, oqsillar va uglevod molekulalarini parchalanishini sekinlashtiradi. Ortiqcha tana vaznini kamaytiradi va mushaklarda yog‘ miqdorini kamaytiradi. Neyrotrofik ta‘sir ko‘rsatadi, apoptoz rivojlanishini tormozlaydi, shikastlanish sohasini chegaralaydi va nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi. Farmakokinetikasi Ichga qabul qilinganda me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi (80%) so‘riladi. Smax ga 3 soatdan keyin erishiladi. Terapevtik konsentrasiyasi 9 soat davomida saqlanadi. Qon plazmasidan jigarga, miokardga, skelet mushaklariga kiradi. Buyraklar orqali, asosan asil efirlari ko‘rinishida chiqariladi. Qo‘llanilishi uzoq vaqt gemodializ olayotgan va quyidagi simptomlari – doimiy yaqqol mushak spazmlari, miopatiya, mushak massasini kamayishi, skelet mushaklarini kuchsizligi, gipotenziya simptomlari, anemiya, uni buyraklarda reabsorbsiyasini buzilishi (SBE) bo‘lgan pasientlarda kartinni ikkilamchi yetishmovchiligi – tug‘ma (organik asiduriya), orttirilgan alimenter karnitin tanqisligi (malabsorbsiya, ichak kasalliklari); ishemik kardiomiopatiyada miokardda metabolizmni buzilishlari (miokardda energiya manbai sifatida yog‘ kislotalarini utilizasiyasi juda jadal amalga oshadi, shuning uchun u L-karnitinga juda muhtoj, uni qo‘llagandan keyin qisqarishlar kuchini oshishi, mushaklar keyingi degenerasiyasini oldini olish, EKG normallashishi kuzatiladi); stenokardiya, o‘tkir miokard infarkti, kardiogen shok oqibatidagi yaqqol gipoperfuziya holati; markaziy va periferik nerv tizimini shikastlanishi, respirator distress-sindromi, psixomotor rivojlanishni buzilishlari, tirishishlar, ataksiya, piramid buzilishlar, ko‘zlarni harakatlantiruvchi nervlar tomonidan buzilishlar (tashqi oftalmoplegiya, ptoz va boshqalar); jigarni shikastlanishi (avj olib boruvchi gepatomegaliya, jigar fibrozi, jigar yetishmovchiligi ko‘rinishlari), buyraklarni shikastlanishi (Fankoni triadasi, fosfaturiya, glyukozuriya, aminoasioduriya), endokrin buzilishlar (o‘sishni kechikishi, gipoglikemiya), eshitishni buzilishi (neyrosensor karlik), ko‘rishni buzilishlari (ko‘ruv nervlari atrofiyasi, ko‘z to‘r pardasining pigmentli degenerasiyasi, katarakta), me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar bilan kechuvchi polinevropatiya; ishtahani pasayishi, tana vaznini kamayishi, kattalarda va bolalarda ozish bilan kechuvchi kasalliklar va holatlar; nerv anoreksiyasi (nevrogen anoreksiya) va ruhiy kasalliklardagi jismoniy ozish, dissirkulyator va jarohat ensefalopatiyasi; tashqi sekretor yetishmovchilik bilan yetishmovchilik bilan kechuvchi surunkali pankreatit; sekretor funksiyasi yetishmovchilik bilan kechuvchi surunkali gastrit; tug‘ruqdagi jarohat va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar asfiksiyasi; oziqlanish reflekslari susaygan (sust emish), gipotrofiya, gipotoniya va adinamiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, chala tug‘ilgan va muddatida tug‘ilgan chaqaloqlar; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress-sindromi, to‘liq parenteral oziqlantirishda bo‘lgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish; yangi tug‘ilan chaqaloqlar sariqligi; og‘ir kasalliklar va jarroxlik aralashuvlaridan keyingi rekonvalessensiya davrida; bolalarda va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda o‘sishni kechishi va tana vazni tanqisligi, bolalarda va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda tireotoksikozning yengil shakllari; teri kasalliklari (psoriaz, seboreyali ekzema, o‘choqli sklerodermiya va diskoid qizil yugurik) da majmuaviy davolash tarkibida; davomli jadal sport mashqlari yoki boshqa yuqori yuklamalar (anabolik va adeptogen sifatida), ish qobiliyati, chidamlilikni oshirish va toliqishni kamaytirish uchun; ekzogen-konstitusional semizlikda qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Ichga qabul qilish uchun eritma. Ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi: sutkalik dozasi pasientning yoshi va tana vazniga bog‘liq – 0 oylikdan 6 oylikkacha 50 mg/kg, 6 oylikdan 1 yoshgacha – 100 mg/kg (1 ml eritma), 1 yoshdan 5 yoshgacha – sutkada 1000 mg tavsiya etiladi. 5 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 2000 mg. Kattalarga patologiyaning og‘irlik darajasi va shifokor tavsiyasiga ko‘ra 2 g dan 4 g gacha buyuriladi. Stenokardiya va infarktdan keyingi holat: shifokor tavsiyasiga ko‘ra kuniga 2 g dan 6 g gacha (20 ml dan 60 ml gacha preparat). Avikarnitin preparatini 50 ml qaynatilgan, sovutilgan suv, choy, kisel, kompot, sharbat bilan suyultirish, shuningdek shirin taomlarga qo‘shimcha sifatida qabul qilish mumkin. Davolash kursi – 1 oy. Nerv anoreksiyasi sindromida kattalarga 2 g dan sutkada 2 marta buyuriladi. Qo‘llash davomiyligi: 1-2 oy. Sekretor funksiyasini pasayishi bilan kechuvchi surunkali gastriti va tashqi sekretor yetishmovchiligi bilan kechuvchi surunkali pankreatiti bo‘lgan pasientlarda ishtahani rag‘batlantirish va tana vaznini oshirish uchun Avikarnitin preparati 500 mg sutkalik dozada sutkada 2 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi: 1-1,5 oy. Teri kasalliklarini davolaganda bir martalik doza sutkada 2 marta 1 g ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: 2-4 hafta. Davomli jismoniy yuklamalarda sutkada 2-3 marta 1-2 g dan nonushta va tushlikdan 30 minut oldin buyuriladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga emizishdan 30 minut oldin bir martalik dozada (4-10 tomchi) sutkada 2 marta buyuriladi, sutkalik doza – 50-100 mg/kg. Tug‘ruq jarohati va asfiksiyasi bo‘lgan bolalarda hayotining birinchi kunidan yoki 5 kunidan va keyinchalik 2-6 hafta davomida buyuriladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Epigastral sohada og‘riq hissi, dispeptik ko‘rinishlar, mushak kuchsizligi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Glyukokortikosteroidlar preparatni to‘qimalarda to‘planishiga olib keladi. Preparatni qabul qilishdan oldin, pasient boshqa preparatlarni qabul qilayotganligi haqida shifokorni ogohlantirish kerak. Maxsus ko‘rsatmalar Avikarnitin ko‘nikishni chaqirmaydi, chunki odam organizmi uchun tabiiy eritma hisoblanadi. Glyukozani o‘zlashtirilishi oshganida, Avikarnitin preparatini insulin yoki gipoglikemik peroral preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan pasientlarga yuborish gipoglikemiya chaqirishi mumkin. Shuning uchun gipoglikemik davolashni darhol boshqarish uchun bunday pasientlarda qonda glyukozaning darajasini doimiy nazorat qilish kerak. Buyrak funksiyasini yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlarda Avikarnitin preparatining yuqori dozalarini uzoq vaqt peroral qilish potensial toksik metabolitlar, trimetilamin (TMA) va trimetilamin-M-oksid (TMAO) konsentrasiyalarini oshishini chaqirishi mumkin, chunki ushbu metabolitlar odatda siydik bilan chiqariladi. Bunday hollarda siydik, nafas va ter ajralmalari yoqimsiz hidga ega bo‘ladi. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va laktasiya davrida Metakartin preparatini ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila yoki go‘dak uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Pediatriyada qo‘llanishi Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi. Transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Preparat transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborganda toksiklik haqidagi ma‘lumotlar yo‘q. Levokarnitinning yuqori dozalari diareya chaqiradi. Qabul qilishning birinchi xaftasi davomida va qabul qilinayotgan dozani har bir oshirgandan keyin preparatni o‘zlashtiraolinishi nazorat qilinadi. Dozani oshirib yuborilishini davolash simptomatik. Chiqarilish shakli Ichga qabul qilish uchun eritma 10 ml, 50 ml yoki 100 ml dan flakonda. 10 ml dan 10 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. 50 ml yoki 100 ml dan 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. Saqlash sharoiti Quruq joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.   Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish:

Новые лекарства

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?