AZITROMISIN kapsulalar 250mg N3

Обновлено: 21.07.2022

AZITROMISIN kapsulalar  250mg N3
  • Категория:

    Antibiotiklar

  • Страна производитель:

    O'zbekiston

  • Активное вещество:

    Azitromisin

  • Производитель:

    Dentafill Plyus ЧП

  • Количество в упаковке:

    3

  • Код ATX:

    J01FA10 Азитромицин

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция AZITROMISIN kapsulalar 250mg N3

  • Qadoqda soni

    3

  • Umumiy ma'lumot

    AZITROMISIN kapsulalar 250mg N3 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA V-AZITROMISIN V-AZITHROMYCIN   Preparatning savdo nomi: V-Azitromisin Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): azitromisin Dori shakli: qobiq qoplangan tabletkalar Tarkibi: Bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 524.01 mg (500 mg azitromisinga ekvivalent bo‘lgan) azitromisin digidrati; yordamchi moddalar: oldindan jelatinlangan kraxmal, krospovidon, suvsiz kalsiy gidrofosfati, natriy lauril sulfati, magniy stearati. qobig‘i: gidroksipropilsellyuloza, titan dioksidi, laktoza, gliserin triasetati. Ta‘rifi: oq, kapsulasimon shaklli, bir tomonida firma gravirovkasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (makrolidlar guruhi) ATX kodi: J01FA10   Farmakologik xususiyatlari Keng ta‘sir doirasiga ega antibiotik. Makrolid antibiotiklar – azalidlar kichik guruhi vakili hisoblanadi. Yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori konsentrasiyalari hosil qilinganida bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Azitromisinning ta‘sir mexanizmi mikrob xujayralarining oqsillari sintezini susaytirishi bilan bog‘liq. Ribosomaning 50S subbirligi bilan bog‘lanib, peptidtranslokazani translyasiya bosqichida susaytiradi, oqsil sintezini susaytiradi, bakteriyalarni rivojlanishini va o‘sishini sekinlashtiradi. Qator grammusbat, grammanfiy, anaerob, xujayra ichki va boshqa qator mikroorganizmlarga nisbatan faollikka ega. Azitromisinga grammusbat kokklar: Streptococcus pneumoniae, St. pygones, St. agalactiae, C, F va G guruhi streptokokklari, Staphylococcus aureus, St. viridans; grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, B. parapertusis, Legionella pneumophila, H.ducrei, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginalis; ba‘zi anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides bivius, Clostridium perfringens, Peptostreptococcus spp; va shuningdek Chlamydiatrachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdoferi sezgir. Azitromisinning minimal bostiruvchi konsentrasiyalari (MBK). MVK90 (mkg/ml) Mikroorganizmlar MVK90 ≤0,01 mkg/ml Haemophilus ducreyi, Mycoplasma pneumoniae MVK90 0,01-0,1 mkg/ml Actinomyces species, Bordetella pertussis, Bordetella burgdorferi, Gardnerella virginalis, Mobiluncus species, Moraxella catarrhalis, Propionibacterium acnes MVK90 0,01-2,0 mkg/ml Bacteriodes bivius, Bordetella parapertussis, Brucella melitensis, Campylobacter jejuni, Clostridium perfringens, Fusobacterium necrophorum, Haemophilus infl uenzae, Haemophilus parainfl uenzae, Helicobacter pylori, Chlamydia pneumoniae, Chlamydia trachomatis, Legionella pneumophila, Listeria monocytogenes, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Pasteurella haemolytica, Pasteurella multocida, Peptococcus species, Peptostreptococcus, Plesiomonas shigelloides, Staphylococcus aureus, Streptococcus agalactiae, Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus viridans, Streptococcus gruppalari C, F, G, Ureaplasma urealyticum, Vibrio cholerae, Vibrio parahaemolyticus MVK90 2,0-8,0 mkg/ml Acinetobacter calcoaceticus, Aeromonas hydrophylia, Bacteroides fragilis, Bacteroides oralis, Clostridium diffi cile, Escherichia coli, Eubacterium lentum, Fusobacterium nucleatum, Salmonella enteritidis, Salmonella typhi, Shigella sonnei, Yersinia enterocolitica MVK90 >10 mkg/ml Citrobacter species, Corynebacterium species, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Enterococcus faecalis, Enterococcus faecium, Eubacterium limosum, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella oxytoca, Mycoplasma hominis, Proteus species, Pseudomonas aeruginosa, Serratia marcescen Farmakokinetikasi Azitromisin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, bu uning kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bog‘liq. 500 mg ichga qabul qilinganidan keyin azitromisinning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 2,5-2,96 soatdan keyin erishiladi va u 0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokirishaolishligi 37% ni tashkil qiladi. Azitromisin nafas yo‘llariga, urogenital yo‘llarining a‘zolari va to‘qimalariga (xususan prostata beziga), teri va yumshoq to‘qimalarga yaxshi kiradi. To‘qimalardagi yuqori konsentrasiyasi (qon plazmasidagidan 10-50 marta yuqori) va uzoq muddatli yarim chiqarilish davri azitromisinni qon plazmasining oqsillari bilan past darajada bog‘lanishi, shuningdek uni eukariot xujayralariga kirish xususiyati va rN past bo‘lgan lizosomalarni o‘rab turgan muhitda yig‘ilishi bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida, katta taxminiy taqsimlanish hajmini (31.1 l/kg) va yuqori plazma klirensini belgilaydi. Azitromisinning asosan lizosomalarda to‘planish xususiyati xujayra ichki qo‘zg‘atuvchilarining eliminasiyasi uchun muhimdir. Fagositlar azitromisinni infeksiya joylashgan joyga yetkazishi isbotlangan bo‘lib, u joyda u fagositoz jarayonida ajralib chiqadi. Azitromisinning infeksiya o‘chog‘idagi konsentrasiyasi sog‘lom to‘qimalardagiga nisbatan (o‘rtacha 24-34% ga) ishonchli darajada yuqori va yallig‘lanish shishining darajasi bilan to‘g‘ri keladi. Fagositlardagi yuqori konsentrasiyasiga qaramasdan, azitromisin ularning faoliyatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Azitromisin yallig‘lanish o‘chog‘ida, oxirgi doza qabul qilinganidan keyin 5-7 kun davomida bakterisid konsentrasiyalarda saqlanadi, bu qisqa davolash kurslarini (3 kunlik va 5 kunlik) ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Jigarda demetillanadi, hosil bo‘lgan metabolitlari faol emas. Azitromisinni qon plazmasidan chiqarilishi 2 bosqichda o‘tadi: yarim chiqarilish davri preparat 8 soatdan 24 soatgacha bo‘lgan oraliqda qabul qilinganidan keyin 14-20 soatni va 24 soatdan 72 soatgacha oraliqda – 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 1 marta qabul qilish imkoniyatini beradi.   Qo‘llanilishi Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarda: Yuqori nafas yo‘llarining va LOR a‘zolarining infeksiyalari (angina, sinusit, tonzillit, faringit, o‘rta otit); Quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari (bakterial va atipik pnevmoniyalar, bronxit); Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infisirlangan dermatozlar); Chlamydia trachomatis chaqirgan urogenital yo‘llarining infeksiyalari, (asoratlanmagan uretrit va/yoki servisit); Layma kasalligi (borrelioz), boshlang‘ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans); Me‘da va o‘nikki barmoq ichakning Helicobacter Pylori bilan assosiasiyalangan kasalliklarida (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Ichga, ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin, sutkada 1 marta. Kattalarga va 12 yoshdan oshgan va tana vazni 45 kg dan katta bolalarga: nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlarining, LOR-a‘zolarining infeksiyalarida, teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida (surunkali migrasiyalanuvchi eritemadan tashqari) – sutkada 500 mg dan 1 qabulda, 3 kun davomida (kurslik doza – 1,5 g); siydik–jinsiy a‘zolarining o‘tkir infeksiyalarida (asoratlanmagan uretrit yoki servisit) – bir marta 1 g buyuriladi; Laym (borrelioz) kasalligida I bosqichni davolash uchun (erythema migrans) – birinchi kuni 1 g va 500 mg dan har kuni 2 kundan 5 kungacha (kurs dozasi – 3 g); me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan yara kasalligida – sutkada 1 g dan majmuaviy antixelikobakter davolashning tarkibida 3 kun davomida, davolash davomiyligi shifokor qarori bo‘yicha belgilanadi. Buyrak faoliyatini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun (kreatinin klirensi minutiga 40 ml dan kam) dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Nojo‘ya ta‘sirlari Azitromisin kam hollarda nojo‘ya reaksiyalarni chaqiradi. Nojo‘ya ta‘sirlar tez-tezligi bo‘yicha quyidagi tarzda tasniflangan: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (>1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (>1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas). Nojo‘ya ta‘sirlar har bir guruhda tez-tezligiga nisbatan ko‘proq uchraydiganlardan kamroq uchraydiganlargacha shkalasi bo‘yicha ko‘rsatilgan. Infeksion va parazitar kasalliklar: tez-tez emas – kandidoz, oral kandidoz, qin infeksiyasi, noma‘lum – soxtamembranoz kolit. Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – leykopeniya, neytropeniya, noma‘lum – trombositopeniya, gemolitik anemiya. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – Kvinke shishi, o‘ta yuqori sezuvchanlik, noma‘lum – anafilaktik reaksiyalar. Ruhiyatni buzilishi: tez-tez emas – nevroz, kam hollarda – bezovtalik, noma‘lum-tajovvuz, havotirlanish. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i paresteziya, ta‘mni buzilishi, tez-tez emas – gipesteziya, uyquchanlik, uyqusizlik, noma‘lum – hushdan ketish, tirishishlar, psixomotor giperfaollik, ta‘m va hid bilishni buzilishi, uyquni buzilishi, miasteniya gravis. Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – ko‘rishni buzilishi. Eshitish a‘zolarini buzilishi va labirint buzilishlari: tez-tez – karlik, tez-tez emas – eshitishni buzilishi, quloqlarni shang‘illashi, kam hollarda – bosh aylanishi. Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – yurakni  urib ketishi noma‘lum – torsade de pointes (piruet taxikardiyasi); aritmiya, shu jumladan ventrikulyar taxikardiya. Qon tomirlari tomonidan buzilishlar: noma‘lum – gipotenziya. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm, tez–tez – qusish, dispepsiya, tez-tez emas – gastrit, qabziyat, noma‘lum – pankreatit, tilni oqarishi. Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – gepatit, kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi, noma‘lum – jigar yetishmovchiligi, jigar nekrozi, xolestatik sariqlik. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez – toshma, qichishish, tez-tez emas – Stivens-Djonson sindromi, fotosezuvchanlik, eshakemi; noma‘lum – toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema. Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: tez-tez – artralgiya. Buyrak va siydik-chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: noma‘lum – buyraklarni o‘tkir yallig‘lanishi, interstisial nefrit. Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar: tez-tez – charchoq, tez-tez emas – ko‘krakda og‘riq, shish, holsizlik, asteniya. Laborator va instrumental ma‘lumotlar: tez-tez – qonda limfositlar sonini kamayishi, eozinofillar sonini oshishi, tez-tez emas – aspartataminotransferaza va alaninaminotransferaza darajasini oshishi, qon zardobida bilirubin miqdorini kamayishi, qon zardobida kreatinin, mochevina darajasini oshishi, qon zardobida kaliy miqdorini o‘zgarishi, noma‘lum – EKG da QT intervalini uzayishi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Azitromisin va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik (shuningdek, boshqa makrolidlarga); Og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi; 12 yoshgacha bo‘lgan va tana vazni 45 kg kam bolalar (ushbu dori shakli uchun); Emizish davri; Ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: aritmiyada (yurak qorinchalari aritmiyasi va QT intervalini uzayish sindromini rivojlanish xavfi), terfenadin va QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llashda, jigar faoliyatini o‘rtacha buzilishida, surunkali buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 40 ml dan kam). Dorilarning o‘zaro ta‘siri Antasidlar (alyumin va magniy saqlovchi), etanol va ovqat azitromisinni (peraral shakl uchun) so‘rilishini sekinlashtiradi va pasaytiradi, shuning uchun ovqat va keltirilgan dori vositalari bilan qabul qilish orasidagi interval 1 soat oldin yoki 2 soat keyinni tashkil qilishi kerak. Varfarin va azitromisin birga buyurilganida (odatdagi dozalarda) protrombin vaqtini o‘zgarishi aniqlanmagan, ammo makrolidlar va varfarinni o‘zaro ta‘sirlashuvida antikoagulyasion samarani kuchayishini hisobga olib, pasientlarda protrombin vaqtini sinchiklab nazorat qilish kerak. Digoksin va azitromisinni birga qabul qilinganida qonda digoksinning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak, chunki ko‘pchilik makrolidlar digoksinni ichakda so‘rilishini oshiradi, natijada qonda uning konsentrasiyasini oshiradi. Triazolam, midazolam, simetidin, efavirenz, flukonazol, indinavir, trimetoprim/sulfametoksazol bilan birga qo‘llanganida ularning qondagi konsentrasiyasiga azitromisinning ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q, lekin bunday o‘zaro ta‘sirini inkor etib bo‘lmaydi, chunki yuqorida keltirilgan preparatlar bilan makrolidlarning o‘zaro ta‘sirlari mavjud. Azitromisinni ergotamin yoki digidroergotamin bilan birga qo‘llanganida ularning zaharli ta‘siri (vazospazm, dizesteziya) kuchayishi mumkin. Terfenadin va azitromisinni birga qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki terfenadin va turli xil antibiotiklarni bir vaqtda qo‘llash aritmiya va Q-T intervalini uzayishini chaqirishi aniqlanmagan. Bundan kelib chiqib, terfenadin va azitromisinni birga qo‘llaganda yuqorida keltirilgan asoratlarni istisno qilib bo‘lmaydi. Azitromisin tomonidan gepatositlarida mikrosomal oksidlanishni ingibirlanishi hisobiga sikloserin, bilvosita antikoagulyantlar, felodipin, shuningdek SUR3A4 fermenti ishtirokida mikrosomal oksidlanishiga uchraydigan dori vositalarini (karbomazepin, terfekadin, siklosporin, geksobarbital, shoxkuya alkaloidlari, valproat kislotasi, dizopiramid, bromokriptin, fenitoin, peroral gipoglikemik vositalar, teofillin va boshqa ksantin hosilalari) chiqarilishini sekinlashtiradi va plazmadagi konsentrasiyasi va zaharliligini oshiradi. Linkozamidlar azitromisinning samaradorligini susaytiradi, tetrasiklin va xloramfenikol esa kuchaytiradi. Birga qo‘llanganida azitromisin karbamazepin, didanozin, rifabutin va metilprednizolonning qondagi konsentrasiyaga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Maxsus ko‘rsatmalar Allergik reaksiyalar: kam holatlarda og‘ir allergik reaksiyalar, anafilaktik shish va anafilaksiya qayd etilgan. Bunday reaksiyalarning ayrimlari uzoq davom etadi va doimiy kuzatuvni va davolashni talab qiladi. Jigar funksiyasini buzilishi: jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda azitromisinni ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim. Sariqlik, siydik rangini to‘qlashishi, qon ketishlariga moyillik yoki jigar ensefaliopatiyasi bilan bog‘liq asteniya tezda rivojlanganda jigar funksiyasini tekshirishni o‘tkazish kerak. Ergotamin: bu dori vositalarini azitromisin bilan birga qo‘llash mumkin emas. Ikkilamchi infeksiya: sezgir bo‘lmagan organizmlar, shu jumladan zamburug‘lar tomonidan chaqirilgan ikkilamchi infeksiya belgilarini monitoring qilish tavsiya qilinadi. Clostridium Difficile bilan assosiyalangan diareya: og‘irlik darajasi yengil diareyadan o‘tkir kolitgacha o‘zgarishi mumkin. Bunday simptomlar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish lozim. Buyrak funksiyasini buzilishi: og‘ir buyrak yetishmovchiligi (SKF<10 ml/min) bo‘lgan bemorlarda azitromisinni tizimli ta‘siri oshadi. EKG repolyarizasiya va QT intervalini uzayishi: yuqori havf guruhidagi pasientlarni davolashda o‘ta ehtiyotkorlik zarur: nasliy yoki hujjat bilan tasdiqlangan QT intervalini uzayishi; QT intervalini uzaytiruvchi dori preparatlarini masalan, IA va III sinfi aritmiyaga qarshi, sizaprid va terfenadinni bir vaqtda qabul qilish; elektrolit muvozanatini buzilishi, ayniqsa gipokaliemiya va gipomagniemiya; klinik ahamiyatli bradikardiya, aritmiya yoki og‘ir yurak yetishmovchiligi. Azitromisin bilan davolanayotgan pasientlarda miasteniya simptomlarini zo‘rayishi mumkin. Streptokokk infeksiyalari: Azitromisin o‘tkir faringitni davolashda samarali, ammo o‘tkir revmatik isitmani profilaktikasida uning samaradorligi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilgan hollarda, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq, keyingilarini esa – 24 soatli interval bilan qabul qilish kerak. Antasidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida 2 soatli tanaffusga rioya qilish kerak. Homiladorlik va laktasiya. Qo‘llash tajribasi azitromisinni homilaga zararli ta‘sirini ko‘rsatmaydi. Shunga qaramay dori vositasini faqat juda zarur hollarda buyurish mumkin. Azitromisin bilan davolanish vaqtida emizish to‘xtatiladi. Avtotransportni boshqarish va mexanik qurilmalarda hizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri. Preparatni avtotransportni boshqarish va mexanik qurilmalarda hizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Azitromisin dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Makrolid antibiotiklar dozasini oshirib yuborilishi eshitish qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qolishi, kuchli ko‘ngil aynishi, qusish va diareya bilan birga kechadi. Dozani oshirib yuborilishiga shubha tug‘ilganida qusishni chaqirish va darhol shifokorga yordam uchun murojaat qilish lozim. Davolash: davolash simptomatik. Chiqarilish shakli 3 tabletkadan PVX/A1 blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.   Saqlash sharoiti 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Savdo Lisenziyasining egasi Vieco Pharmaceuticals FZCO JAFZA, Pochtovыy yaщik 17114 Dubay, OAE Quyidagi korxonaning lisenziyasiga muvofiq ishlab chiqarilgan LABORATORIOS Azevedos – Indústria Farmaceutica, SA Estrada Nacional 117-Km2, Alfragide 2614-503 Amadora, Portugaliya   Ishlab chiqaruvchi Sofarimex – Indústria química e Farmacêutica, S.A. Av. das Indústrias -Alto de Colaride- Agualva 2735-213 Agualva-Kasen, Portugaliya Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?