SIRDALUD MR 0,006 kapsulalar N30

Обновлено: 21.07.2022

SIRDALUD MR 0,006 kapsulalar  N30
  • Категория:

    Tayanch-harakat tizimi uchun

  • Страна производитель:

    Turkiya

  • Активное вещество:

    Tizanidin

  • Производитель:

    Новартис Саглик Гида ве Тарим Юрюнлери Санайи ве Т

  • Количество в упаковке:

    30

  • Код ATX:

    M03BX02 Тизанидин

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция SIRDALUD MR 0,006 kapsulalar N30

  • Qadoqda soni

    30

  • Umumiy ma'lumot

    SIRDALUD MR 0,006 kapsulalar N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA SIRDALUD® SIRDALUD®   Preparatning savdo nomi: Sirdalud® Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tizanidin (tizanidine) Dori shakli: tabletkalar Tarkibi: 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 2,288 mg yoki 4,576 mg tizanidin gidroxloridi, bu muvofiq ravishda 2 mg yoki 4 mg tizanidinga mos keladi; yordamchi moddalar: laktoza, mikrokristall sellyuloza, stearin kislotasi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi. Ta‘rifi: Sirdalud® 2 mg – oq yoki deyarli oq, dumaloq, chetlari qiya, riskali va bir tomonida “OZ” yozuvi bo‘lgan yassi tabletkalar Sirdalud® 4 mg – oq yoki deyarli oq, dumaloq, chetlari qiya, bir tomonida kesishgan riskali va boshqa tomonida “RL” yozuvi bo‘lgan yassi tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: markaziy ta‘sirga ega miorelaksantlar. ATX kodi: M03VX02. Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Tizanidin – skelet mushaklarining markaziy ta‘sirga ega relaksanti. Uning asosiy ta‘sir qilish nuqtasi orqa miya hisoblanadi. Presinaptik alfa-2 adrenoreseptorlarni rag‘batlantirib, u qo‘zg‘atuvchi aminokislotalarni ajralib chiqishini susaytiradi, ular N-metil-D-aspartat (NMDA–reseptorlari) reseptorlarini rag‘batlantiradi. Buning natijasida orqa miyaning oraliq neyronlari darajasida polisinaptik qo‘zg‘aluvchanlikni o‘tkazilishi susayadi, shu mexanizm haddan ziyod mushak tonusiga javob beradi va mushak tonusi pasayadi. Sirdalud® o‘tkir og‘riqli mushak spazmida ham, spinal va serebral genezli surunkali spazm holatlarda ham, samaralidir. U passiv harakatlarga qarshilikni kamaytiradi, spazm va klonik tirishishlarni kamaytiradi va mushaklarni faol qisqarishlarining kuchini oshiradi. Farmakokinetikasi So‘rilishi va taqsimlanishi. Tizanidin tez so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga preparatni qabul qilinganidan keyin taxminan 1 soat o‘tgach erishiladi. Biokiraolishligining o‘rtacha mutloq ko‘rsatkichi taxminan 34% ni tashkil qiladi. Vena ichiga yuborilgandan keyin turg‘un holatdagi o‘rtacha taqsimlanish hajmi (Vss) 160 litrni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 30% ni tashkil qiladi. Pasientlar orasida farmakokinetik parametrlari (Smax va AUC) nisbatan past o‘zgarishi peroral qabul qilgandan keyin qon plazmasidagi darajasini oldindan baholashni yengillashtiradi. Metabolizmi/chiqarilishi. Preparat jigarda tez va ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi. Tiazinidin in vitro aynan CYP1A2 orqali metabolizmga uchraydi. Metabolitlari faol emas. Ular asosan buyrak orqali (70%) chiqariladi. Yig‘indi radioaktivlikni chiqarilishi (substansiyalar o‘zgarmagan shaklda va metabolitlar holida) ikki bosqichli, tez boshlang‘ich doza (yarim chiqarilish davri t½=2,5 soat) va chiqarilishning sekinroq bosqichi (t½=22 soat). Faqat substansiyaning ko‘p bo‘lmagan miqdori buyrak orqali o‘zgarmagan holatda (taxminan 2,7%) chiqariladi. Substansiyaning o‘zgarmagan holatda yarim chiqarilish davri 2-4 soatni tashkil qiladi. Ayrim guruh pasientlaridagi farmakokinetikasi. Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 25 ml dan past) bo‘lgan bemorlarda plazmadagi maksimal konsentrasiyasining o‘rtacha ko‘rsatkichi, sog‘lom ko‘ngillilardagi bu ko‘rsatkichdan 2 marta yuqori, yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 14 soatgacha uzayadi, natijada uning «konsentrasiya-vaqt» (AUC) egri chizig‘i ostidagi maydoni o‘rtacha 6 martaga oshgan. Ovqatning ta‘siri. Bir vaqtda ovqatni qabul qilish Sirdalud® tabletkasini  farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi. Maksimal konsentrasiyasining ko‘rsatkichi uchdan bir qismga oshishiga qaramasdan, bu klinik ahamiyat kasb etmaydi. So‘rilishiga jiddiy ta‘sir etishi aniqlanmagan.   Qo‘llanilishi Umurtqaning statik va funksional kasalliklari bilan bog‘liq og‘riqli mushak spazmi (bo‘yin va bel sindromlari); jarrohlik aralashuvlaridan keyin, masalan, umurtqalararo diskining churrasi yoki chanoq-son bo‘g‘imining osteoartrozi yuzasidan.   Qo‘llash usuli va dozalari Kattalar Og‘riqli mushak spazmlarini yengillashtirish 2-4 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Og‘ir holatlarda uyqudan oldin qo‘shimcha yana 2 yoki 4 mg qabul qilish mumkin. Nevrologik buzilishlarda spazm Dozani har bir pasient uchun shaxsiy tanlash lozim. Boshlang‘ich sutkalik doza 3 marta qabulga bo‘lingan, 6 mg dan oshmasligi kerak. Dozani asta-sekin bir haftada ikki marta yoki har hafta 2-4 mg gacha oshirib borish mumkin. Odatda sutkalik doza 12-24 mg 3 yoki 4 qabulga bo‘lib qo‘llanganda optimal terapevtik samaraga erishiladi. Umumiy sutkalik dozani 36 mg dan oshirish mumkin emas. Pasientlarning maxsus populyasiyalari Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi Sirdalud® preparatini bolalarda va o‘smirlarda qo‘llash tajribasi cheklangan. Shuning uchun preparatni bolalarga va o‘smirlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanishi Keksa yoshdagi pasientlarda preparatni qo‘llash tajribasi cheklangan. Farmakokinetik ma‘lumotlarga asoslanib, bu yosh toifasidagi pasientlarda buyrak klirensi ba‘zi hollarda ahamiyatli pasaygan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish mumkin, shuning uchun ushbu guruh pasientlarda Sirdalud® preparati qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Nojo‘ya ta‘sirlari Uyquchanlik, charchoqlik, bosh aylanishi, og‘izni qurishi, arterial bosimni pasayishi, ko‘ngil aynishi, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar va qon zardobida transaminaza darajasini oshishi kabi nojo‘ya reaksiyalar – odatda kuchsiz ifodalangan va og‘riqli mushak spazmini bartaraf etish uchun tavsiya etilgan past dozalarni qabul qilayotgan pasientlarda tez o‘tib ketadi. Spazmni davolash uchun tavsiya etilgan dozalardan ko‘proq dozani qabul qilishda, yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar tez–tez va yanada yaqqolroq uchraydi, biroq ular, davolashni to‘xtatish uchun jiddiy hisoblanmaydi. Shuningdek quyidagi nojo‘ya reaksiyalar kelib chiqishi mumkin: arterial gipotenziya, bradikardiya, mushak kuchsizligi, uyquni buzilishi, gallyusinasiyalar va gepatit. Tizanidinni to‘satdan bekor qilgandan keyin, xususan uzoq muddat yoki antigipertenziv preparatlar bilan birgalikda qo‘llagandan keyin, ushbu simptomlarni paydo bo‘lishi aniqlangan. Bunday holatlarda pasientda arterial gipertenziya va taxikardiya kelib chiqishi mumkin. Alohida hollarda bunday rikoshet arterial gipertenziya va taxikardiya kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun tizanidin bilan davolashni to‘satdan to‘xtatish mumkin emas, faqat dozani asta-sekin pasaytirish yo‘li bilan to‘xtatish kerak. Turli nojo‘ya reaksiyalarning paydo bo‘lish tez-tezligini baholashda quyidagi tasnifdan foydalanilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan alohida xabarlar. Ruxiy buzilishlar: kam hollarda – gallyusinasiyalar, uyqusizlik, uyquni buzilishi. Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – uyquchanlik, bosh aylanishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – bradikardiya, arterial gipotenziya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – og‘izni qurishi; kam hollarda – ovqat hazm qilish yo‘llarini buzilishlari, ko‘ngil aynashi. Gepatobiliar buzilishlar: kam hollarda – qon zardobida trazamina darajasini oshishi, juda kam hollarda – o‘tkir gepatit, jigar yetishmovchiligi. Skelet-mushak tizimi tomonidan buzilishlar: kam hollarda – mushak kuchsizligi. Umumiy buzilishlar: holsizlik.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Tizanidinga yoki preparatining boshqa har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik. Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari. Tizanidinni fluvoksamin yoki siprofloksasin kabi SYP1A2 kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri SYR1A2 ning ma‘lum ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida tizanidinni darajasini oshirishi mumkin. Qon plazmasida tizanidin darajasini oshishi QT intervalini uzayishi kabi, dozani oshirib yuborilishi simptomlarini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. SYR1A2 ning ma‘lum ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida tizanidinni darajasini kamaytirishi mumkin. Qon plazmasida tizanidinni darajasini pasayishi Sirdalud®ni terapevtik samarasini kamayishiga olib kelishi mumkin. Tizanidin bilan fluvoksamin yoki siprofloksasin kabi SUR1A2 ning kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Tizanidin bilan fluvoksaminni bir vaqtda qo‘llash tizanidinning AUS ni 33 marta oshiradi, tizanidinni siprofloksasin bilan bir vaqtda qo‘llash, tizanidin AUS ni 10 martaga oshiradi. Bu arterial bosimni klinik ahamiyatli va davomli kamayishiga olib keladi, uyquchanlik, bosh aylanishi va psixomotor harakatlarni pasayishi bilan davom etadi. Tizanidinni antiaritmik preparatlar (amiodaron, meksiletin, propafenon), simetidin, ayrim ftorxinolonlar (enoksasin, pefloksasin, norfloksasin), rofekoksib, peroral kontraseptivlar va tiklopiridin kabi boshqa SYR1A2 ingibitorlari bilan qo‘llash tavsiya etilmaydi. Qon plazmasida tizanidin darajasini o‘sishi dozani oshirib yuborilishi simptomlari, shu jumladan QT intervalini uzayishini chaqirishi mumkin. Sirdalud® preparatini, antigipertenziv preparatlar, shu jumladan diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llash, ba‘zida arterial gipotenziya va bradikardiyani chaqirishi mumkin. Antigipertenziv preparatlar bilan preparatlar bilan bir vaqtda davolanish olayotgan ayrim pasientlarda rikoshetli arterial gipertenziya va tizanidinni darhol bekor qilganda rikoshet taxikardiya kuzatilgan. Alohida hollarda rikoshetli arterial gipertenziya insult chaqirishi mumkin. Sirdalud® preparatini rifampisin bilan bir vaqtda qo‘llanganda tizanidinni konsentrasiyasini 50% kamayishiga olib kelishi mumkin. Shu tariqa, Sirdalud® preparati bilan davolash davomida rifampisinni qo‘llanganda terapevtik samarasi kamayishi mumkin, bu ayrim pasientlar uchun klinik ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Davomli birgalikda qo‘llashdan saqlanish lozim va agar buning zarurati bo‘lsa, dozalashga ehtiyotkorlik bilan to‘g‘rilashni kiritish lozim. Chekuvchi bemorlarda (kuniga 10 ta sigaretdan ko‘p) Sirdalud® preparatini qo‘llash tizanidinni tizimli ta‘siriga 30% kamayishiga olib keladi. Ko‘p chekuvchi erkaklarga, preparatni davomli qo‘llash yanada yuqori dozalarni buyurishni talab etadi. Sirdalud® preparati va markaziy ta‘sirga ega boshqa dori vositalarini, masalan sedativ va uxlatuvchi vositalar (benzodiazepin yoki baklofen), ayrim antigistamin preparatlar va analgetiklarni bir vaqtda qo‘llash har bir preparatni samarasini kuchaytirishi va Sirdalud®ni uxlatuvchi samarasini kuchaytirishi mumkin. Xususan bu alkogolni bir vaqtda qo‘llashga ham taalluqlidir, bu Sirdalud® samarasini haddan ziyod o‘zgartirishi yoki kuchaytirishi mumkin. Sirdalud® preparatini alfa-2 adrenergik agonistlar (masalan, klonidin) bilan ularning potensial additiv gipotenziv samarasi tufayli birgalikda buyurishdan saqlanish lozim.   Maxsus ko‘rsatmalar SYR1A2 ingibitorlarini tizanidin bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni to‘satdan bekor qilgandan keyin yoki dozani tez kamaytirganda pasientlarda arterial gipertenziya va taxikardiya kelib chiqishi mumkin. Alohida holatlarda bunday rikoshet arterial gipertoniya insult chaqirishi mumkin. Tizanidin bilan davolashni to‘satdan to‘xtatish mumkin emas, faqat dozani asta-sekinlik bilan to‘xtatiladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun (kreatinin klirensi minutiga 25 ml dan kam) tavsiya etilgan boshlang‘ich doza sutkada 2 mg ni tashkil qiladi. Dozani asta-sekinlik bilan, kichik “qadamlar”, samarasi va o‘zlashtirilishini hisobga olib oshirish lozim, so‘ngra qabul qilishlar sonini ko‘paytirish lozim. Tizanidinni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan jigar yetishmovchiligi haqida xabar berilgan, biroq 12 mg gacha sutkalik dozani qabul qilayotgan pasientlarda bu kam hollarda kuzatilgan. Shu sababli tizanidinni 12 mg yoki undan ortiq dozada qabul qilayotgan pasientlarda va jigar yetishmovchiligini ko‘rsatuvchi klinik simptomli (masalan ko‘ngil aynishi, ishtahani yo‘qolishi yoki etiologiyasi noma‘lum bo‘lgan charchoqlik) pasientlarda davolashni birinchi to‘rt oyi davomida oyda bir marta jigar faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi. Agar qon zardobida ALT yoki AST darajasi me‘yoridagi yuqori chegarasidan 3 marta yoki undan ko‘p va uzoq davr mobaynida bo‘lsa, Sirdalud® preparatini qo‘llashni to‘xtatish lozim. Tizanidinni qo‘llaganda arterial gipotenziya, shuningdek SYR1A2 ingibitorlari yoki antigipertenziv preparatlar bilan dorilarning o‘zaro ta‘siri natijasida kelib chiqishi mumkin. Hushdan ketish va tomir yetishmovchiligi kabi arterial gipotenziyani og‘ir shakllari haqida xabar berilgan. Yurakni ishemik kasalligi yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ham ehtiyotkorlik zarur. Bunday pasientlarda Sirdalud® preparatini qo‘llashni boshida EKG nazoratini davriy intervallar bilan o‘tkazish lozim. Gravis miasteniyasi bo‘lgan pasientlarga ushbu preparatni qo‘llashdan avval, foyda-xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholash lozim. Bolalar va o‘smirlarda qo‘llash tajribasi chegaralangan va shuning uchun ushbu guruh pasientlarda Sirdalud® preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Keksa yoshli pasientlarda ushbu preparatni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Sirdalud® tabletkalari laktoza saqlaydi. Kam nasliy, galaktozani o‘zlashtiraolmaydigan, laktozani yaqqol yetishmovchiligi bo‘lgan yoki glyukozo-galaktozani malabsorbsiya sindromi bo‘lgan pasientlarda – Sirdalud® tabletkasini qo‘llash tavsiya etilmaydi.   Homiladorlik  va emizish davrida qo‘llanishi. Tizanidin kalamushlar va quyonlarda qo‘llanganida teratogen ta‘siri aniqlanmagan. Homilador ayollarda tizanidinning nazoratli tekshirishlari o‘tkazilmaganligi tufayli, homiladorlik davrida, faqat potensial foyda, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardan tashqari hollarda buyurish mumkin emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda tizanidinni ozgina miqdorda ko‘krak sutiga ajralib chiqishi ko‘rsatilgan. Shuning uchun emizikli ayollarga preparatni buyurish mumkin emas. Bolalar. Preparatni pediatriyada qo‘llash tajribasi cheklangan. Sirdalud®ni bolalarga buyurish tavsiya etilmaydi. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaksiya tezligiga ta‘sir etish qobiliyati. Tizanidin, uyquchanlik, bosh aylanishi va/yoki arterial gipotenziyani chaqirishi mumkin, shu tarzda pasientni avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini susaytiradi. Alkogolni bir vaqtda qabul qilganda xavf oshadi. Shuning uchun diqqatni yuqori jamlashni va reaksiya tezligini talab etuvchi faoliyat, masalan, transport vositalarini boshqarish yoki mashinalar va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin. Dozani oshirib yuborilishi Sirdalud® preparati bilan dozani oshirib yuborilishi haqida juda kam ma‘lumotlar olingan. Kamdan-kam dozani oshirib yuborilishi aniqlangan barcha pasientlarda, shu jumladan 400 mg Sirdalud® preparatini qabul qilgan bir pasientda sog‘ayish asoratlarsiz bo‘lgan. Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, arterial gipoteziya, bradikardiya, QT intervalini uzayishi, bosh aylanishi, mioz, uyquchanlik, nafasni buzilishi, koma, bezovtalik, uyquchanlik. Davolash: organizmdan preparatni chiqarib tashlash uchun faollashtirilgan ko‘mir preparatini ko‘p marta qabul qilish tavsiya qilinadi. Jadallashtirilgan diurez ham preparatni chiqarilishiga yordam berishi mumkin. Keyinchalik simptomatik davolash o‘tkaziladi. Chiqarilish shakli 10 tabletkadan blisterda; 3 blisterdan o‘ramda.   Saqlash sharoiti 25oS gacha haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 5 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?