SELESTODERM V maz 30g 0,1%
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Dermatologik
Страна производитель:
Belgiya
Активное вещество:
Betametazon
Производитель:
Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V.
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
D07AC01
Инструкция SELESTODERM V maz 30g 0,1%
Umumiy ma'lumot
SELESTODERM V maz 30g 0,1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA SELEKTODERM CELECTODERMUM Preparatning savdo nomi: Selektoderm Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Betamezon Dori shakli: Sirtga qo‘llash uchun surtma Tarkibi: Faol moddalar: Betamezon dipropionati, salisil kislotasi (100% moddaga qayta hisoblanganda). Yordamchi moddalar: tibbiyot vazelini Ta‘rifi: Oq rangdan sarg‘ish yoki och-sariq tusli oq ranggacha bo‘lgan surtma. Farmakoterapevtik guruhi: Glyukokortikoid ATX kodi: D07AC01 Farmakologik xususiyatlari Betamezon mahalliy yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi va tomirlarni toraytiruvchi ta‘sirga ega. Qo‘llanilishi Glyukokortikosteroidlar bilan davolashga sezgir bo‘lgan dermatozlarning quyidagi yallig‘lanish ko‘rinishlarini, masalan, ekzema (atopik, tangasimon), kontakt dermatit, seboreyali dermatit, neyrodermit, quyosh ta‘siridagi dermatit, eksfoliativ dermatit, staz-dermatit, radiasion dermatit, intertriginoz dermatit, psoriaz, anogenital va qariyalardagi qichishishni kamaytirish uchun qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Selektoderm terining shikastlangan sohalariga, holatning og‘irligiga qarab, sutkada 1-3 marta yupqa qilib surtiladi. Ko‘pchilik hollarda samaraga erishish uchun sutkada 1-2 marta surtish yetarlidir. Preparatni surtishning tez-tezligi shikastlanish darajasiga muvofiq belgilanadi. Yengil darajali shikastlanishlarda kuniga bir marta surtish mumkin, og‘irroq shikastlanishlarda esa preparatni surtish tez-tezligini oshirish lozim. Okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llash mumkin emas, chunki preparatning nojo‘ya ta‘sirlari kuchayishi mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlari Mahalliy kortikosteroidlar qo‘llanganida, ayniqsa okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llanganida achishish hissi, qichishish, ta‘sirlanish, quruqlik, follikulit, gipertrixoz, xusnbuzarsimon toshmalar, gipopigmentasiya, perioral dermatit, terining maserasiyasi, ikkilamchi infeksiya, teri atrofiyasi, striyalar, issiqlik toshmasi paydo bo‘lishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Selektoderm preparatining faol moddasiga yoki har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Sirtga qo‘llash uchun boshqa vositalar bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi. O‘zaro ta‘sirlar ma‘lum emas. Maxsus ko‘rsatmalar Selektodermni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan terini ta‘sirlanishi yoki yuqori sezuvchanlik belgilari paydo bo‘lganida, davolashni to‘xtatish va pasientga adekvat davolashni buyurish kerak. Infeksiya paydo bo‘lgan hollarda muvofiq zamburug‘larga qarshi yoki antibakterial vositalarni buyurish kerak. Agarda istalgan samaraga tez erishilmasa, infeksiya belgilari yo‘qolgunicha kortikosteroidlarni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Glyukokortikoidlarni tizimli qo‘llanganida uchraydigan har qanday nojo‘ya holatlar, shu jumladan buyrak usti bezlarining supressiyasi, ular mahalliy qo‘llanganida ham paydo bo‘lishi mumkin. Mahalliy kortikosteroidlarni qon tizimiga so‘rilishi, ular uzoq vaqt davomida qo‘llanganida, tananing katta yuzalarini davolashda yoki okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganida oshadi. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlarda kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash xavfsizligi aniqlanmaganligi tufayli, bu preparatlarni, faqat bo‘lajak ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Ushbu guruh preparatlarini homiladorlarda yuqori dozalarda va uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas. Bugungi kunda kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llanganda tizimli so‘rilishi natijasida ularni ko‘krak sutiga kirishi aniqlanmagan, shuning uchun emizishni to‘xtatish yoki preparatni qo‘llashni to‘xtatishda, ona uchun o‘tkazilayotgan davolashning muhimligini hisobga olish lozim. Bolalar. Preparatni bolalarda qo‘llash yuzasidan klinik tajribalar yo‘q, shuning uchun uni bu toifa pasientlarda qo‘llamagan yaxshiroq. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Odatda preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Mahalliy qo‘llanadigan kortikosteroidlarni haddan ziyod yoki uzoq vaqt qo‘llash gipofizar-adrenal tizimning faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin, bu buyrak usti bezlarining ikkilamchi yetishmovchiligiga va giperkortisizm simptomlari, shu jumladan Kushing sindromini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Giperkortisizmning o‘tkir simptomlari odatda qaytuvchidir. Doza oshirib yuborilganida tegishli simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Zarurati bo‘lganida elektrolit disbalansini to‘g‘rilash o‘tkaziladi. Surunkali toksik ta‘siri kuzatilgan hollarda kortikosteroidni asta-sekin bekor qilish tavsiya qilinadi. Chiqarilish shakli: Mahalliy qo‘llash uchun surtma 20 g, 25 g yoki 30 g dan alyumin tubalarda. Saqlash sharoiti Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: