BRONXIPRET TP tabletkalari N20

Обновлено: 21.07.2022

BRONXIPRET TP tabletkalari N20
  • Категория:

    Shamollash va gripp uchun

  • Страна производитель:

    Germaniya

  • Активное вещество:

    Timyana obiknovennogo travi ekstrakt, Pervosveta korney ekstrakt

  • Производитель:

    Bionorica SE

  • Количество в упаковке:

    20

  • Код ATX:

    R05CA10

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция BRONXIPRET TP tabletkalari N20

  • Dori shakli

    Плёнка қобиқ билан қопланган таблеткалар. Стандарт ўрам (20 таблеткадан блистерда). 1 блистер қўллаш йўриқномаси билан картон ўрамда.

  • Qadoqda soni

    20

  • Dozirovkasi

    Ёш Бир марталик доза Суткалик доза Катталар ва 12 ёшдан ошган ўсмирлар 1 таблетка 3 таблетка Бронхипрет® ТП таблеткаларини 1 таблеткадан кунига 3 марта, чайнамасдан, овқатдан олдин етарли миқдордаги суюқлик (бир стакан сув билан афзал) билан қабул қилинади. Қўллаш давомийлиги касалликни кечишига боғлиқ. Агар препаратни 1 ҳафта қабул қилгандан кейин шикоятлар бартараф этилмаса, шифокор билан маслаҳатлашинг.

  • Dori vositalarining o'zaro ta'siri

    Бронхипрет® ТП таблеткаларини бошқа дори воситалари билан ўзаро таъсирининг ҳоллари ҳозирги вақтгача номаълум. Бронхипрет® ТП билан бир вақтда қабул қилинаётган бошқа дори воситалари билан ўзаро таъсири юзасидан тадқиқотлар ўтказилмаган. Бронхипрет® ТП таблеткаларини йўталга қарши препаратлар билан, шунингдек балғамни хосил бўлишини камайтирадиган дори воситалар билан қабул қилиш мумкин эмас, чунки бу суюлган балғамни йўталиб чиқарилишини қийинлаштиради. Антибактериал дори воситалар билан мажмуада қўллаш мумкин.

  • Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

    Печак илдизи, тоғжамбил ўтига, Lamiaceae оиласига мансуб бошқа ўсимликларга ёки Бронхипрет® ТП таблеткаларининг ҳар қандай компонентларига юқори сезувчанлик (аллергия) да қўллаш мумкин эмас.

  • Maxsus saqlash sharoitlari

    Оригинал ўрамида, 25°С юқори бўлмаган ҳароратда сақлансин. Яроқлилик муддати 3 йил.

  • Maxsus shartlar

    Бронхипрет® ТП таблеткаларини 12 ёшдан кичик болалар томонидан қабул қилиш мумкин эмас, чунки бу ёш гуруҳидаги болалар томонидан препаратни қабул қилиш юзасидан етарли тадқиқотлар мавжуд эмас. Мувофиқ тадқиқотларнинг йўқлиги туфайли, препаратни ҳомиладорлик ва эмизиш даврида қабул қилиш мумкин эмас. Агар шикоятлар препарат бир ҳафта қабул қилинганидан кейин йўқолмаса ёки нафас олишни қийинлашиши, иситма, йирингли ёки қон аралаш балғам пайдо бўлганида, шифокорга мурожаат қилиш керак. Гастрит ёки меъда яраси бўлган пациентлар томонидан эҳтиёткорлик билан қабул қилиш тавсия этилади. Препаратни қабул қилишдан олдин шифокор билан маслаҳатлашинг. Препаратнинг таркибида глюкоза ва лактоза мавжуд. Шунинг учун айрим қандларни ўзлаштираолмаслиги бўлган пациентларда препаратни фақат шифокор билан маслаҳатлашгандан кейингина қабул қилишни бошлаш керак. Қандли диабети бўлган беморлар 1 таблетка ўртача 0,3 г ўзлаштириладиган углеводлар сақлашини ҳисобга олишлари керак. Бронхипрет® ТП таблеткалари глютен сақламайди. Автотранспортни ҳайдаш ва машиналарга хизмат кўрсатиш қобилияти: ҳеч қандай алоҳида эҳтиёткорлик чоралари талаб қилинмайди. Препаратни болалар ололмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати ўтгач ишлатилмасин.

  • Nojo'ya samaralari

    Барча дори воситалари каби Бронхипрет® ТП таблеткалари ҳам ножўя самараларга эга бўлиши мумкин, улар ҳар доим ҳам пайдо бўлмайди. Ножўя самараларини баҳолашда асос сифатида уларни пайдо бўлиш тез–тезлиги бўйича қуйидаги маълумотлар олинади: Жуда тез–тез:                       даволанган 10 пациентдан 1 нафаридан кўпида Тез–тез:                                 даволанган 100 пациентдан 1 нафаридан 10 нафаригачасида Баъзида:                                даволанган 1000 пациентдан 1 нафаридан 10 нафаригачасида Кам ҳолларда:                       даволанган 10000 пациентдан 1 нафаридан 10 нафаригачасида Жуда кам ҳолларда:                         даволанган 10000 пациентдан 1 нафаридан камида Номаълум:                            мавжуд маълумотлардан тез–тезлигини аниқлаш мумкин эмас Эътибор бериш керак бўлган аҳамиятли ножўя самаралар ва агар Сизда қуйидаги реакциялар юз берса кўриш лозим бўлган чоралар: Қуйида санаб ўтилган ножўя самаралари пайдо бўлганида препаратни қабул қилишни тўхтатиш ва шифокорга мурожаат қилиш лозим. У ножўя самаранинг оғирлик даражаси ва кейинги зарур чоралар юзасидан қарор қабул қилиши мумкин. Баъзида меъда–ичак йўллари томонидан спазмлар, кўнгил айниши, қусиш ва диарея каби шикоятлар пайдо бўлиши мумкин. Жуда кам ҳолларда ўта юқори сезувчанлик реакциялари (аллергик реакциялар), масалан ҳансираш, тошма, эшакеми, юзни, оғизни ва/ёки оғиз-ҳалқумни шиши пайдо бўлиши мумкин. Агар кўрсатилган ножўя самараларидан биронтаси ҳаддан зиёд кучли бўлса ёки Сиз ушбу илова–варақада кўрсатилмаган ножўя самараларини кузатсангиз, шифокорингизга ёки фармацевтга мурожаат қилинг.

  • Farmakokinetikasi

    Ўсимликлардан олинадиган мажмуавий препарат. Балғам кўчирувчи, яллиғланишга қарши, секретолитик, бронхолитик таъсир кўрсатади. Балғамнинг қовушқоқлигини пасайишига ва уни чиқарилишини тезлашишига ёрдам беради.

  • Farmakodinamikasi

    Тақдим қилинмаган.

  • Dozani oshirib yuborilishi

    Доза ошириб юборилганида қоринда оғриқлар, қусиш ва диарея бўлиши мумкин. Бундай ҳолларда бу ҳақида шифокорингизга хабар беринг, у зарур чоралар тўғрисида қарор қабул қилиши мумкин.

  • Umumiy ma'lumot

    BRONXIPRET TP tabletkalari N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA BRONXIPRET® BRONCHIPRET   Preparatning savdo nomi: Bronxipret® Ta‘sir etuvchi moddalar: tog‘jambil o‘tining suyuq  ekstrakti, pechak barglarining suyuq ekstrakti.  Dori shakli: sirop. Tarkibi: 10 g Bronxipret siropi (bu 8,92 ml ga muvofiq keladi) quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 1,5 g tog‘jambil o‘tining suyuq ektrakti (1:2–2,5), 0,15 g pechak barglarining suyuq ekstrakti (1:1); yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati, tozalangan suv, gidroksipropil betadeks, kaliy sorbati, suyuq maltit. Etanol miqdori: 7% (hajm nisbatida). Ta‘rifi: och-jigarrang rangli, tiniq suyuqlik. Saqlash jarayonida xiralishishi yoki cho‘kma tushishi mumkin. Farmakoterapevtik guruhi: Balg‘am ko‘chiruvchi prepapatlar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlarning majmuasi ATX kodi: R05CA10. Farmakologik xususiyatlari O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat. Balg‘am ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, sekretolitik, bronxolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Balg‘amning yopishqoqligini pasayishiga va uni chiqarilishini tezlashishiga yordam beradi. Farmakokinetikasi Taqdim qilinmagan.   Qo‘llanilishi Nafas yo‘llarining yo‘tal va balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklari (traxeit, traxeobronxit, bronxit) ni davolashda balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Kattalarda va 1 yoshdan boshlab bolalarga qo‘llash uchun buyuriladi. Agar shifokor boshqacha buyurmagan bo‘lsa, odatdagi dozalash quyidagicha: Yoshi Bir martalik doza Sutkalik doza Kattalar va 12 yoshdan boshlab o‘smirlar 5,4 ml 16,2 ml 6-11 yoshdagi bolalar 4,3 ml 12,9 ml 1-5 yoshdagi bolalar 3,2 ml 9,6 ml Bronxipret® siropini o‘lchov stakanchadan foydalanib, kuniga 3 marta yuqoridagi jadvalda ko‘rstilgan yoshga muvofiq dozada qabul qiling. Bronxipret® siropini suyultirilmagan holda qabul qiling. Bronxipret® siropini oz miqdordagi suyuqlik (suv bilan afzal) bilan qabul qilish mumkin. Har bir qo‘llashdan oldin chayqatilsin! Qo‘llash davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq. Agar shikoyatlar 1 haftadan ko‘p davom etsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Nojo‘ya ta‘sirlari Barcha dori vositalari kabi Bronxipret siropi ham nojo‘ya samaralarga ega bo‘lishi mumkin, ular har doim ham paydo bo‘lmaydi. Nojo‘ya samaralarini baholashda asos sifatida ularni paydo bo‘lish tez–tezligi bo‘yicha quyidagi ma‘lumotlar olinadi: Juda tez–tez:                        davolangan 10 pasientdan 1 nafaridan ko‘pida Tez–tez:                                  davolangan 100 pasientdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida Ba‘zida:                                 davolangan 1000 pasientdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida Kam hollarda:                       davolangan 10000 pasientdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida Juda kam hollarda:             davolangan 10000 pasientdan 1 nafaridan kamida Noma‘lum:                            mavjud ma‘lumotlardan tez–tezligini aniqlash mumkin emas E‘tibor berish kerak bo‘lgan ahamiyatli nojo‘ya samaralar va agar Sizda quyidagi reaksiyalar yuz bersa ko‘rish lozim bo‘lgan choralar: Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim. U nojo‘ya samaraning og‘irlik darajasi va keyingi zarur choralar yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin. Ba‘zida me‘da–ichak yo‘llari tomonidan spazmlar, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi shikoyatlar paydo bo‘lishi mumkin. Kam hollarda terining toshma bilan kechuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (allergik reaksiyalar) paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek hansirash, eshakemi, yuzni, og‘iz bo‘shlig‘ini va/yoki tomoqni shishi kabi allergik reaksiyalar kuzatilishi ham mumkin. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining birinchi belgilari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi haddan ziyod kuchli bo‘lsa yoki Siz ushbu ilova–varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarini kuzatsangiz, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Pechak, tog‘jambil, boshqa labgullilarga va selderdoshlarga yoki Bronxipret siropining har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya) da qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirining hollari hozirgi vaqtgacha noma‘lum. Bronxipret® siropini yo‘talga qarshi preparatlar bilan, shuningdek balg‘amni xosil bo‘lishini kamaytiradigan dori vositalar bilan qabul qilish mumkin emas, chunki bu suyulgan balg‘amni yo‘talib chiqarilishini qiyinlashtiradi. Antibakterial dori vositalar bilan majmuada qo‘llash mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Bronxipret® siropini 1 yoshdan kichik bolalar qabul qilishlari mumkin emas. Agar preparat 1 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilganda yo‘tal to‘xtamasa yoki qaytalansa, shifokorga murojaat etish kerak. Muvofiq tadqiqotlarlarning yo‘qligi tufayli, preparatni homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin emas. Agar shikoyatlar preparat bir hafta qabul qilinganidan keyin yo‘qolmasa yoki nafas olishni qiyinlashishi, isitma, yiringli yoki qon aralash balg‘am paydo bo‘lganida, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Gastrit yoki me‘da yarasi bo‘lgan pasientlar tomonidan ehtiyotkorlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Gastrit yoki me‘da yarasi bo‘lgan pasientlarga preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Preparat 7% etanol saqlaydi (hajm nisbatida). Alkogolizm bilan xastalangan yoki alkogolizmdan davolanishni muvaffaqiyatli yakunlagan pasientlar preparatni qabul qilmasliklari kerak. Dori vositasini tavsiya etilgan dozadan yuqori dozada qabul qilayotgan bolalarni davolaganda, shuningdek yuqori xavf guruhiga mansub pasientlarni, masalan jigar kasalliklari va tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarni davolaganda alkogolning miqdorini e‘tiborga olish kerak. Preparatning tarkibida maltitol eritmasi saqlanadi. Shuning uchun ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaydigan pasientlar siropni qabul qilishni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin boshlashlari kerak. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar siropni bir martalik dozasi (5,4 ml) 1,9 g o‘zlashtiriladigan uglevodlarni saqlashini hisobga olishlari kerak. Avtotransportni haydash va mashinalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati: hech qanday alohida ehtiyotkorlik choralari talab qilinmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.   Dozani oshirib yuborilishi Doza oshirib yuborilganida qorinda og‘riqlar, qusish va diareya bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda bu haqida shifokoringizga xabar bering, u zarur choralar to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Chiqarilish shakli Sirop 50 ml va 100 ml dan flakonlarda.   Saqlash sharoiti Preparatni original o‘ramida, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Flakon ochilgandan keyingi yaroqlilik muddati 6 oy.   Dorixonalardan berish tartibi Reseptciz.   Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?