ELOKOM krem 15g 0,1%
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Dermatologik
Страна производитель:
Belgiya
Активное вещество:
Mometazon
Производитель:
Шеринг-Плау Лабо Н.В.
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
D07AC13
Инструкция ELOKOM krem 15g 0,1%
Umumiy ma'lumot
ELOKOM krem 15g 0,1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA ELOKOM ELOCOM Preparatning savdo nomi: ELOKOM Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mometazon. Dori shakli: loson. Tarkibi: 1 g loson quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1 mg mometazon furoati; yordamchi moddalar: izopropil spirti, propilenglikol, gidroksipropilsellyuloza, natriy digidrofosfat digidrati, fosfat kislotasi, tozalangan suv. Ta‘rifi: rangsiz yoki yengil sarg‘ish rangli, bir xil ko‘rinishdagi loson. Farmakoterapevtik guruhi: dermatologiyada mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlar. ATX kodi: D07AS13. Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi ELOKOM (mometazon furoati) yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi va qon tomirlarini toraytiruvchita‘sirga ega. Ammo kortikosteroidlarning har bir kasalliklardagi ta‘sir etish mexanizmi butunlay aniq emas. Mometazon furoati bu sinf preparatlariga xos mahalliy (dermatologik), tizimli farmakologik va metabolik samaralarga ega. Farmakokinetikasi Surtmaning asosi okklyuzion bog‘lam xususiyatiga ega ekanligini hisobga olib, kortikosteroid surtmani teriga surtganda uning teri orqali so‘rilishi kortikosteroidlarni krem yoki loson shaklida mahalliy qo‘llaganga qaraganda har doim yuqori. Shuning uchun mometazon furoatini 0,1% li loson shaklida qo‘llaganda uning so‘rilishi surtma shakldagilarga qaraganda yuqori bo‘lishi mumkin emas. Qo‘llanilishi ELOKOM (mometazon furoati), 0,1% li loson kortikosteroidlar bilan davolashga sezgir dermatozlarda, masalan, psoriaz va atopik dermatitda yallig‘lanish jarayonini va qichishishni kamaytirish uchun qo‘llaniladi. Elokom losonini bosh terisining sochli qismlariga ham ishlatish mumkin. Qo‘llash usuli va dozalari Elokom losonining bir nechta tomchisini sutkada bir marta terining shikastlangan joyiga, shu jumladan bosh terisining sochli qismlariga surtiladi; losonni yengil harakat bilan to‘liq shimilib ketguncha ishqalanadi. Okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llanilmasin. Nojo‘ya ta‘sirlari Nojo‘ya reaksiyalarning umumlashtirilgan qisqacha ma‘lumoti ELOKOM, loson 0,1% preparati qo‘llanilganda quyidagi mahalliy nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida kam hollarda xabar berilgan: achishish hissi, follikulit, husnbuzarga o‘xshash reaksiya, qichishish, teri atrofiyasi belgilari. ELOKOM losonini qo‘llagan <1% pasientlarda quyidagi mahalliy reaksiyalar to‘g‘risida xabar berilgan: papulalar, pustulalar, sanchish hissi. Boshqa mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llaganda quyidagi mahalliy nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida kamroq xabar berilgan: ta‘sirlanish, gipertrixoz, gipopigmentasiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, teri maserasiyasi, ikkilamchi infeksiya, striyalar, teri toshmalari. Klinik tadqiqotlar davomida kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar. Klinik tadqiqotlar yetarli darajada spesifik sharoitlarda o‘tkazilganligi tufayli, nojo‘ya reaksiyalarning kelib chiqish tez-tezligi amaliyotda kuzatiladigan reaksiyalarning kelib chiqish tez-tezligini ko‘rsatmasligi mumkin va boshqa preparatlarning klinik tadqiqotlardagi tez-tezligi bilan solishtirib bo‘lmaydi. Klinik tadqiqotlardagi kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risidagi ma‘lumot preparatni qo‘llash bilan bog‘liq nojo‘ya reaksiyalarni identifikasiya qilish, shuningdek ularni paydo bo‘lish tez-tezligini aniqlashga yordam berishi mumkin. ELOKOM loson preparatini qo‘llanganda quyidagi mahalliy nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida xabar berilgan: 457 pasientlar ishtirok etgan klinik tadqiqotlarda achishish hissi (9 ta holat – 2%), qichishish (4 ta holat – 1%), teri atrofiyasi (6 ta holat – 2%) (terini yaltirashi, terini yupqalashishi, striyalar, teleangioektaziyalar); xusnbuzarga o‘xshash reaksiyalar (3 ta holat – <1%). Tavsiyalarga ko‘ra dermatologiyada qo‘llanilgan boshqa mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llanganda kam hollarda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida xabarlar berilgan. Bu reaksiyalar paydo bo‘lish tez-tezligining kamayib borishi bo‘yicha sanab o‘tilgan: achishish hissi, qichishish, ta‘sirlanish, terini qurishi, follikulit, gipertrixoz, xusnbuzarga o‘xshash toshmalar, gipopigmentasiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, teri maserasiyasi, ikkilamchi infeksiya, teri atrofiyasi, striyalar, ko‘p terlash bilan bog‘liq toshmalar. Shuningdek kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash oqibatida buyrak usti bezlari faoliyatini susayishi to‘g‘risida ham xabarlar berilgan. Tizimli ta‘sirga ega kortikosteroidlarni qo‘llangandan keyin orqa subkapsulyar katarakta rivojlangani haqida xabar berilgan. Losonni qo‘llagandan keyin kelib chiqqan nojo‘ya reaksiyalarning umumiy kelib chiqish tez-tezligi 5,1% ni tashkil etgan, ya‘ni 613 pasientlardan 31 tasida davolanish bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida xabar bergan. Nojo‘ya reaksiyalar yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasida bo‘lib, mahalliy kortikosteroidlarni 7 kundan ortiq qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lgan reaksiya sifatida namoyon bo‘lgan. Preparat qo‘llash bilan bog‘liq tizimli nojo‘ya reaksiyalar kuzatilmagan. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar. ELOKOM 0,1% li losoni mometazon furoati, boshqa kortikosteroidlar yoki preparatning biron-bir boshqa komponentiga sezgir pasientlarda qo‘llash mumkin emas. (“Tarkibi” bo‘limidagi ro‘yxatga qaralsin). Mahalliy qo‘llash uchun steroidlar zamburug‘li, bakterial yoki virus etiologiyali (masalan, oddiy gerpes, suvchechak, vaksiniya) ilgari davolanmagan teri infeksiyalarini davolashda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri: aniqlanmagan. Preparatni ovqat bilan o‘zaro ta‘siri: aniqlanmagan. Preparatni o‘simliklardan olingan vositalar bilan o‘zaro ta‘siri: aniqlanmagan. Preparatni laborator tahlillar o‘tkazilayotgandagi o‘zaro ta‘siri: aniqlanmagan. Preparatning yashash sifatiga ta‘siri: aniqlanmagan. Maxsus ko‘rsatmalar Umumiy Agar davolash tana yuzasining katta qismiga yoki okklyuzion bog‘lam qo‘llash orqali amalga oshirilsa, mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlarning tizimli so‘rilishi yuqori bo‘ladi. Bunday holatlarda, shuningdek preparat uzoq vaqt qo‘llanilganida ayniqsa bolalarda tegishli ehtiyotkorlik choralariga, amal qilish kerak. Bolalarda mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llanganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishi belgilari va Kushing sindromi rivojlanishi kattalarga qaraganda ko‘proq kuzatilishi mumkin; bu holat teri yuzasi maydonining tana vazniga bo‘lgan nisbatining yuqoriroq ko‘rsatkichlarga ega ekanligi bilan bog‘liq. Shuning uchun bolalarda mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llash preparatning eng kam samarali miqdori bilan chegaralanishi kerak. Kortikosteroidlarni doimo qo‘llash bolani o‘sishi va rivojlanishini buzilishiga olib kelishi mumkin. Pasient shifokorga murojaat kilganda, ilgari glyukokortikoidlarni qo‘llangani to‘g‘risida xabar berish kerakligini bilishi kerak. Endokrin tizimi va metabolizm Kortikosteroidlarni tizimli qo‘llanganda kelib chiqadigan barcha nojo‘ya reaksiyalar, shu jumladan buyrak usti bezini bostirishi, kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llanganda ham, ayniqsa bolalarda kelib chiqishi mumkin. Garchi ELOKOM preparati kuchsiz so‘rilsada, kortikosteroidlarni terining shikastlangan katta maydonida qo‘llash yoki dozani oshirib yuborilishi, giperkortisizmga olib keluvchi tizimli katta miqdordagi so‘rilishi bilan kechishi mumkin, bu buyrak usti bezi faoliyati susayishi, oysimon yuz va o‘sishni sekinlashishi bilan namoyon bo‘ladi. Immun tizimi Mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llash vaqtida infeksiyalar rivojlanishi mumkin. Infeksiya rivojlanganda tegishli antibakterial preparatlarni qo‘llash kerak. Agar bir necha kundan 1 hafta davomigacha simptomatik javob kuzatilmasa, mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llashni to‘xtatish va pasient holatini takroran baholash kerak. Oftalmologiya ELOKOM oftalmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallanganmagan, shuning uchun preparatni ko‘zga va ko‘z atrofdagisohaga ishlatish mumkin emas. Teri Loson tarkibida izopropil spirti saqlaydi, shuning uchun terining shilingan yoki quyosh ta‘sirida kuyib shikastlangan joyida achishish/sanchish hissi paydo bo‘lishi mumkin. ELOKOM preparati qo‘llanilgan vaqtda ta‘sirlanish yoki yuqori sezuvchanlik kuzatilsa, davolashni to‘xtatish va tegishli davolashni buyurish kerak. Kortikosteroidlarni uzoq muddatda qo‘llash terida striyalar yoki teri yoki teri osti to‘qimasini atrofiyasiga olib kelishi mumkin. Keksa yoshdagi pasientlar Mahalliy glyukokortikoidlarni qon aylanishini buzilishi va yondosh dimlanish bilan bog‘liq dermatitlar va terining boshqa kasalliklari bor pasientlarda qo‘llanganda tegishli ehtiyotkorlik choralariga amal qilish kerak. Bolalar Klinik tadqiqotlar natijalari va preparatni qo‘llash tajribasi pediatrik pasientlarda uning havfsizligi va samaradorligi profili boshqalardan farq qilishi taxmin qilinadi. (yuqorida “Maxsus ko‘rsatmalar”- “Umumiy” bo‘limiga qaralsin). Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik. Mahalliy kortikosteroidlarning homilador ayollarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmaganligi tufayli, bu sinf preparatlarini homiladorlik davrida qo‘llash, agar potensial foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Bu sinf preparatlarini homilador ayollarda katta miqdorda, terining katta yuzalarida va uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas. Emizish davri. Kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash tizimli so‘rilishga preparatni aniqlash mumkin bo‘lgan miqdorda ajralib chiqishiga olib keluvchi miqdorda ona suti tarkibiga ajralishi noma‘lum. Tizimli qo‘llash uchun kortikosteroidlar ko‘krak suti bilan ajraladigan miqdorda bolaga noxush ta‘sir ko‘rsatmaydi. Lekin, preparatni ona uchun qo‘llashning ahamiyatini hisobga olgan holda, emizishni to‘xtatish yoki preparatni qo‘llashni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish lozim. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Spesifik antidoti yo‘q; davolash simptomatik bo‘lishi kerak. Simptomlari. Mahalliy kortikosteroidlarni xaddan tashqari ko‘p va uzoq vaqt qo‘llash gipofizar-buyrak usti bezi faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin, bu buyrak usti bezi faoliyatining ikkilamchi yetishmovchiligiga olib keladi va quyidagi simptomlarning har qanday majmuasi bilan namoyon bo‘lishi mumkin: toliqish, holsizlik, ishtahani pasayishi, qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, abdominal og‘riq, teri rangini qorayishi (xususan chandiq joylarda, tirsak, tizza, panja barmoqlari bo‘g‘imlarida, oyoq kafti, lablar, shilliq qavatlarda). Kortikosteroidlarni teri orqali so‘rilishi kortikosteroidlarni ko‘p miqdorda teriga surtganda kuzatilishi mumkin. Toksik samaralarga teri ekximozi, peptik yaralar, gipertenziya, infeksion kasallikni kechishini yomonlashishi, girsutizm, akne, organizmda oqsillar zahirasi kamaytirish sababli shish va mushak kuchsizligi kiradi. Davolash. Tegishli simptomatik davolashni o‘tkazish ko‘rsatilgan. O‘tkir giperkostisizmning simptomlari deyarli qaytuvchandir. Zarurati bo‘lgan holatlarda elektrolit disbalansi muvofiqlashtiriladi. Surunkali toksiklik holatlarida kostikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi. Tizimli toksik ko‘rinishlari bo‘lgan pasientlarni davolash nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini, kislorod yordamida o‘pka ventilyasiyasini tutib turish, shuningdek zarurati bo‘lganida yordamchi yoki sun‘iy o‘pka ventilyasiyasini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Bunday choralar ko‘pchilik reaksiyalarni davolashga yetarli hisoblanadi. Agar qon aylanishi yetishmovchiligi kuzatilsa, efedrin yoki metaraminol kabi qon tomirlarini toraytiruvchi preparatlardan, shuningdek vena ichiga yuboriladigan eritmalardan foydalanish mumkin. Agar kislorod bilan davolashga qaramasdan tirishishlar saqlanib qolsa, vena ichida juda qisqa vaqtda ta‘sir etuvchi (fenobarbital yoki sekobarbital) barbituratlarni yuborish mumkin. Allergik reaksiyalar terini shikastlanishi, eshakemi, shish yoki anafilaktoid reaksiyalar bilan namoyon bo‘ladi. Chiqarilish shakli 30 ml dan flakon-tomchilagichda. Saqlash sharoiti 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Shifokor resepti bo‘yicha. Ulashish: