BIDOP tabletkalari 5mg N28

Обновлено: 21.07.2022

BIDOP tabletkalari 5mg N28
  • Категория:

    Yurak-qon tomir vositalari

  • Страна производитель:

    Vengriya

  • Активное вещество:

    Bisoprolol

  • Производитель:

    Gedeon Richter PLC

  • Количество в упаковке:

    28

  • Код ATX:

    C07AB07

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция BIDOP tabletkalari 5mg N28

  • Qadoqda soni

    28

  • Umumiy ma'lumot

    BIDOP tabletkalari 5mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA BIDOP® BIDOP®   Preparatning savdo nomi: Bidop® Ta‘sir etuvchi modda (XPN): bisoprolol Dori shakli: tabletkalar. Tarkibi: 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 2,5 mg li tabletkalar: bisoprolol fumarati – 2,5 mg 5 mg li tabletkalar: bisoprolol fumarati – 5 mg 10 mg li tabletkalar: bisoprolol fumarati – 10 mg yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, krospovidon (V turi), sariq bo‘yovchi RV 22812¹, sarg‘ish bo‘yovchi RV-272152 1 – 5 mg li doza uchun (laktoza monogidrati 87%, temir II oksidi 13%) 2 – 10 mg li doza uchun (laktoza monogidrati 60%, temir II oksidi 38%, temir III oksidi 2%) Ta‘rifi: 2,5 mg li tabletkalar: oq, ikkala tomoni riskali va bir tomonida riskaning chap tomonida “BI” markirovkasi va riskaning o‘ng tomonida “2.5” raqami bo‘lgan oval tabletkalar. 5 mg li tabletkalar: dumaloq, bir tomonida – riskaning ustida markazda “BI” markirovkasi va riskaning ostida “5” raqami bo‘lgan va boshqa tomoni riskasiz, ikki yoqlama qavariq, dog‘lari bo‘lgan och-sariq rangli tabletkalar. 10 mg li tabletkalar: dumaloq, bir tomonida – riskaning ustida markazda “BI” markirovkasi va riskaning ostida “10” raqami bo‘lgan va boshqa tomoni riskasiz, ikkiyoqlama qavariq, dog‘lari bo‘lgan och-jigarrang rangli tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: antigipertenziv vosita (selektiv beta1 – adrenoblokator) ATX kodi: S07AV07   Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Xususiy simpatomimetik faollikka ega bo‘lmagan selektiv beta1-adrenoblokator, membranani barqarorlashtiruvchi ta‘sirga ega emas. Qon plazmasi reninining faolligini pasaytiradi, miokardning kislorodga ehtiyojini kamaytiradi, yurak qisqarishlari sonini (YUQS) (tinch holatda va yuklamada) kamaytiradi. Gipotenziv, antianginal va antiaritmik ta‘sir ko‘rsatadi. Yuqori bo‘lmagan dozalarda yurakning beta1-adrenoreseptorlarini bloklab, katexolaminlar tomonidan rag‘batlantirilgan adenozintrifosfatdan (ATF) siklik adenozinmonofosfatni (sAMF) hosil bo‘lishini kamaytiradi, hujayra ichiga kalsiy ionlarining oqimini kamaytiradi, manfiy xrono-, dromo-, batmo- va inotrop ta‘sir ko‘rsatadi, o‘tkazuvchanlik va qo‘zg‘aluvchanlikni susaytiradi. Terapevtik doza oshirilganida beta2-adrenobloklovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatni qo‘llashni boshlanishida umumiy periferik qon tomirlarning qarshiligi birinchi 24 soatda oshadi (alfa-adrenoreseptorlar faolligini resiprok oshishi va beta2-adrenoreseptorlarni rag‘batlantirilishini bartaraf qilinishi natijasida), u 1-3 sutkadan keyin dastlabki holatiga qaytadi, uzoq muddat buyurilganida esa – pasayadi. Gipotenziv samarasi qonning minutlik hajmini, periferik tomirlarning simpatik rag‘batlanishini kamayishi, renin–angiotenzin tizimining faolligini pasayishi (dastlabki renin gipersekresiyasi bo‘lgan bemorlar uchun katta ahamiyatga ega), arterial bosimni (AB) pasayishiga javoban sezuvchanlikni tiklanishi va markaziy nerv tizimiga (MNT) bo‘lgan ta‘siriga bog‘liq. Arterial gipertenziyada samarasi 2-5 kundan keyin boshlanadi, barqaror ta‘siri – 1-2 oydan keyin aniqlanadi. Antianginal samarasi YUQS kamayishi va qisqaruvchanligini pasayishi, diastolani uzayishi, miokardning perfuziyasini yaxshilanishi natijasida, miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamayishi bilan bog‘liq. Chap qorinchadagi oxirgi diastolik bosimni oshishi va qorinchalarning mushak tolalarini cho‘zilishini oshishi hisobiga, ayniqsa surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kislorodga bo‘lgan ehtiyoj oshishi mumkin. O‘rtacha terapevtik dozalarda qo‘llanganida, noselektiv beta-adrenoblokatorlardan farqli ravishda beta2-adrenoreseptorlarni saqlovchi a‘zolarga (me‘da osti bezi, skelet mushaklari, periferik arteriyalarning silliq mushaklari, bronxlar va bachadon) va uglevodlar almashinuviga kamroq yaqqollikka ega ta‘sir ko‘rsatadi, organizmda natriy ionlarini (Na+) tutilishini chaqirmaydi; aterogen ta‘sirining yaqqolligi propranololning ta‘siridan farq qilmaydi. Antiaritmik samarasi aritmogen omillar (taxikardiyalar, simpatik nerv tizimining yuqori faolligi, sAMF ning oshgan miqdori, arterial gipertenziya) bartaraf qilinishi, ritmining sinus va ektopik yurituvchilarining spontan qo‘zg‘alish tezligini kamaytirishi va atrioventrikulyar (AV) (AV tuguni orqali asosan antegrad, va kam darajada retrograd yo‘nalishlarida) va qo‘shimcha yo‘llar bo‘ylab o‘tkazilishini sekinlashtirishi bilan bog‘liq. Farmakokinetikasi So‘rilishi – 80-90%, ovqat qabul qilish so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 1-3 soatdan keyin kuzatiladi, qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 26-30%. Bisoprololning taqsimlanish hajmi – 3,5 l/kg. Umumiy klirensi –        soatiga 15 l. Gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tishi – past. Dozaning 50% jigarda faol bo‘lmagan metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi, yarim chiqarilish davri – 10-12 soat. Taxminan 98% buyraklar orqali, ulardan                      50% o‘zgarmagan holda, 2% dan kamrog‘i ichak orqali (safro bilan) chiqariladi. Qo‘llanilishi – Arterial gipertenziya; – yurak ishemik kasalligi: barqaror stenokardiyaning hurujlarini oldini olish; – surunkali yurak yetishmovchiligi (SYUE) da qo‘llanadi Qo‘llash usuli va dozalari Ichga buyuriladi, ertalab och qoringa, chaynamasdan, bir marta qabul qilinadi. Dozani individual ravishda tanlash kerak. Arterial gipertenziya va yurak ishemik kasalligi: barqaror stenokardiyaning hurujlarini oldini olish uchun odatda boshlang‘ich doza sutkada 1 marta 5 mg ni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida doza sutkada 1 marta 10 mg gacha oshiriladi. Maksimal sutkalik doza – sutkada 20 mg. SYUE: boshlang‘ich doza 1-chi hafta davomida 1,25 mg kuniga 1 marta; 2-chi hafta davomida – sutkada 2,5 mg; 3-chi hafta davomida – sutkada 3,75 mg; 4-chidan 8-chi haftagacha – sutkada 5 mg; 9-chidan 12-chi haftagacha – sutkada 7,5 mg; keyinchalik – sutkada 10 mg. Bisoprololning maksimal tavsiya qilingan dozasi sutkada bir marta 10 mg ni tashkil qiladi. Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda kreatinin klirensi (KK) minutiga      20 ml dan kam bo‘lganida yoki jigar funksiyasinining yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlarda maksimal sutkalik doza – 10 mg. Bunday pasientlarda dozani oshirishni maxsus ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish lozim. Keksa yoshdagi pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Nojo‘ya ta‘sirlari Preparat qo‘llanganida kuzatiladigan nojo‘ya samaralari, ularni paydo bo‘lish tez-tezligiga qarab, toifalarga tasniflangan: juda tez-tez ≥ 1/10; tez-tez > 1/100, ≤ 1/10; tez-tez emas ≥ 1/1000, ≤ 1/100; kam hollarda ≥ 1/10000, ≤ 1/1000; juda kam hollarda ≤ 1/10000, shu jumladan alohida xabarlar. Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – yuqori toliqish, holsizlik, asteniya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquni buzilishi, depressiya, bezovtalik, ongni chalkashishi yoki xotiraning vaqtinchalik yo‘qolishi, kam hollarda – gallyusinasiyalar, miasteniya, “dahshatli” tush ko‘rishlar, tirishishlar (shu jumladan boldir mushaklarida) qo‘l-oyoqlarda paresteziya («o‘zgarib turuvchi cho‘loqlik» va Reyno sindromi bo‘lgan bemorlarda), tremor. Ko‘rish a‘zosi tomonidan: kam hollarda – ko‘rishni buzilishi, ko‘z yoshi sekresiyasini kamayishi, ko‘z quruqligi va og‘rig‘i; juda kam hollarda – kon‘yunktivit. Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: juda tez-tez – sinusli bradikardiya, yurak urishi; tez-tez –AB ni yaqqol pasayishi, angiospazmni ko‘rinishlari (periferik qon aylanishining buzilishini kuchayishi, oyoqlarning sovushi, Reyno sindromi); tez-tez emas – ortostatik gipotenziya, miokardning o‘tkazuvchanligini buzilishi, AV blokada (hatto to‘liq ko‘ndalang blokada rivojlanishi va yurakni to‘xtab qolishigacha), aritmiyalar, miokardning qisqaruvchanligini susayishi, surunkali yurak yetishmovchiligini og‘irlashishi (to‘piqlarni, oyoq panjalarini shishi; hansirash), ko‘krak qafasida og‘riq. Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini quruqligi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, qabziyat yoki diareya; kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi (to‘q siydik, sklera yoki terini sarg‘ayishi, xolestaz), ta‘mni o‘zgarishi, gepatit. Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – yuqori dozalarda buyurilganida nafasni qiyinlashishi (selektivlikni yo‘qolishi) va/yoki moyilligi bo‘lgan pasientlarda laringo- va bronxospazm; kam hollarda- burunni bitishi. Endokrin tizimi tomonidan: giperglikemiya, (insulinga qaram bo‘lmagan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda), gipoglikemiya (insulin qabul qilayotgan bemorlarda), gipotireoid holat. Allergik reaksiyalar: kam hollarda – terini qichishi, toshma, eshakemi. Teri qoplamalari tomonidan: kam hollarda – ter ajralib chiqishini kuchayishi, teri giperemiyasi; juda kam hollarda – ekzantema, psoriazsimon teri reaksiyalari, psoriazning simptomlarini zo‘rayishi, alopesiya. Laboratoriya ko‘rsatkichlari: kam hollarda – jigar transaminazalari (alaninaminotransferazani, aspartataminotransferazani oshishi) faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, gipertrigliseridemiya; alohida hollarda – trombositopeniya, (odatdagi bo‘lmagan qon ketishlar va qon quyilishlar), agranulositoz, leykopeniya. Homilaga ta‘siri: ona qornida o‘sishni kechikishi, gipoglikemiya, bradikardiya. Boshqalar: tez-tez emas – artralgiya; kam hollarda – libidoni susayishi, potensiyani pasayishi; belda og‘riq, «bekor qilish» sindromi (stenokardiya hurujlarini kuchayishi, AB ni oshishi).     Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Bisoprololga va boshqa beta-adrenoblokatorlarga yuqori sezuvchanlik; shok (shu jumladan kardiogen); kollaps, o‘pkalarni shishi; o‘tkir yurak yetishmovchiligi; inotrop davolashni talab qiluvchi dekompensasiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi; elektrokardiostimulyatorsiz II-III darajali AV blokadasi; sinoatrial blokada; sinus tugunining zaifligi sindromi; yaqqol bradikardiya (YUQS minutiga 60 zarbadan kam); kardiomegaliya (yurak yetishmovchiligining belgilarisiz); arterial gipotenziya (sistolik AB 100 mm sim. ust. dan kam, ayniqsa miokard infarktida); bronxial astmaning og‘ir shakllari va anamnezdagi o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK); monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarini bir vaqtda (MAO-V dan tashqari) qabul qilish; perifirik qon aylanishini buzilishining kechki bosqichlari; Reyno kasalligi; feoxromositoma (alfa-adrenoblokatorlarni bir vaqtda ishlatmaslik bilan); metabolik asidoz; 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan); laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktazani tanqisligi yoki glyukozo-galaktoza malabsorbsiya sindromi (chunki preparatning tarkibiga laktoza kiradi) da qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Jigar yetishmovchiligi; surunkali buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 20 ml dan kam); miasteniya; tireotoksikoz; qandli diabet; Prinsmetall stenokardiyasi; I darajali AV-blokada; psoriaz; depressiya (shu jumladan anamnezdagi); anamnezdagi allergik reaksiyalar; qat‘iy parhezga amal qilish; keksalik yoshida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilsin. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Immunoterapiyada ishlatiladigan allergenlar, yoki teri sinamasi uchun allergenlarning ekstraktlari bisoprolol qabul qilayotgan bemorlarda og‘ir tizimli allergik reaksiyalar yoki anafilaksiyani paydo bo‘lish xavfini oshiradi. Vena ichiga yuborish uchun yod saqlovchi rentgenokontrast dori vositalari anafilaktik reaksiyalarni rivojlanish xavfini oshiradi. Fenitoin vena ichiga yuborilganida, umumiy ingalyasion anesteziya uchun dori vositalari (uglevodorodlarning hosilalari) kardiodepressiv ta‘siri yaqqolligini va AB ni pasayishi ehtimolini oshiradi. Insulin va peroral gipoglikemik dori vositalarining samarasini o‘zgartiradi, rivojlanayotgan gipoglikemiya belgilarini (taxikardiyani, AB ni oshishini) niqoblaydi. Lidokain va ksantinlarning (teofillindan tashqari) klirensini pasaytiradi va ularning plazmadagi konsentrasiyasini, ayniqsa chekish ta‘siri ostida teofillinning dastlabki klirensi yuqori bemorlarda, oshiradi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (Na+ ionlarini tutilishi va buyraklarda prostaglandinlarning sintezini blokadasi), glyukokortikosteroidlar va estrogenlar (Na+ ionlarini tutilishi) gipotenziv samarasini susaytiradi. Yurak glikozidlari, metildopa, rezerpin va guanfasin, «sekin» kalsiy kanallarining blokatorlari (verapamil, diltiazem), amiodaron va boshqa antiaritmik dori vositalari, bradikardiya, AV blokada, yurakni to‘xtashi va yurak yetishmovchiligini rivojlanishi yoki og‘irlashishi xavfini oshiradi. Nifedipin AB ni ahamiyatli pasayishiga olib kelishi mumkin. Diuretiklar, klonidion, simpatolitiklar, gidralazin va boshqa gipotenziv dori vositalari AB ning haddan tashqari pasayishga olib kelishi mumkin. Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar ta‘sirini va kumarinlarning antikoagulyant samarasini uzaytiradi. Tri- va tetrasiklik antidepressantlar, antipsixotik dori vositalari (neyroleptiklar), etanol, sedativ va uxlatuvchi dori vositalari markaziy nerv tizimini susayishini kuchaytiradi. MAO ingibitorlari (MAO-V dan tashqari, «Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang) bilan bir vaqtda qo‘llash, gipotenziv ta‘sirini ahamiyatli kuchayishi tufayli tavsiya qilinmaydi, MAO ingibitorlari (MAO-V dan tashqari) va bisoprololni qabul qilish orasidagi davolash tanaffusi kamida 14 kunni tashkil qilishi kerak. Shoxkuyaning gidratasiyalanmagan alkaloidlari periferik qon aylanishining buzilishini rivojlanish xavfini oshiradi. Ergotamin periferik qon aylanishining buzilishini rivojlanish xavfini oshiradi; rifampisin yarim chiqarilish davrini qisqartiradi. Maxsus ko‘rsatmalar Bidop® qabul qilayotgan bemorlarni nazorati YUQS va AB ni o‘lchashni (davolashni boshida har kuni, so‘ngra 3-4 oyda 1 marta), EKG o‘tkazishni, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qondagi glyukozani (4-5 oyda 1 marta) aniqlashni o‘z ichiga oladi. Keksa pasientlarda buyrak funksiyasini nazorat qilish tavsiya qilinadi (4-5 oyda 1 marta). Surunkali yurak yetishmovchiligini 1,25 mg dozada davolashni boshlashdan keyin pasient 4 soat davomida tekshirilishi (YUQS, AB, EKG) lozim. Bemorni YUQS hisoblash usuliga o‘rgatish va YUQS minutiga 50 zarbadan kam bo‘lganida shifokor maslahati lozimligi to‘g‘risida maslahat berish lozim. Davolashni boshlashdan oldin og‘irlashgan bronx-o‘pka anamnezli bemorlarda tashqi nafas funksiyasi tekshirishni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarning taxminan 20% da beta-adrenoblokatorlar samarasiz. Asosiy sabablari – ishemiya bo‘sag‘asi past bo‘lgan yaqqol koronar ateroskleroz (YUQS minutiga 100 zarbadan kam) va subendokardial qon oqimini izdan chiqaruvchi chap qorinchaning yuqori oxirgi diastolik hajmi. «Chekuvchilarda» beta-adrenoblokatorlarning samaradorligi past. Kontakt linzalardan foydalanadigan bemorlar davolash fonida ko‘z yoshi suyuqligini ishlab chiqarilishini kamayishini hisobga olishlari lozim. Feoxromositomasi bo‘lgan bemorlarda ishlatilganida paradoksal arterial gipertenziyani rivojlanish xavfi bor (agar oldindan samarali alfa-adrenoblokadaga erishilmagan bo‘lsa). Tireotoksikozda Bidop® tireotoksikozning ayrim klinik belgilarini (masalan, taxikardiyani) niqoblash mumkin. Tireotoksikozi bo‘lgan bemorlarda keskin bekor qilish mumkin emas, chunki simptomatikani kuchaytirish qobiliyatiga ega. Qandli diabetda gipoglikemiya chaqirgan taxikardiyani niqoblashi mumkin. Noselektiv beta-adrenoblokatorlardan farqli ravishda insulin chaqirgan gipoglikemiyani deyarli kuchaytirmaydi va glyukozaning qondagi konsentrasiyasini normal darajagacha tiklanishini kechiktirmaydi. Klonidin bir vaqtda qabul qilinganida uni qabul qilish faqat Bidop® bekor qilingandan keyin birnecha kundan keyingina to‘xtatilishi mumkin. Yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining yaqqolligini kuchayishi va og‘irlashgan allergologik anamnez fonida epinefrinning odatdagi dozalaridan samara bo‘lmasligi mumkin. Rejali jarrohlik davolashni o‘tkazishning zarurati bo‘lgan hollarda, preparatni bekor qilish umumiy anesteziyani boshlashdan 48 soat oldin o‘tkaziladi. Agar bemor preparatni operasiyadan oldin qabul qilgan bo‘lsa, unga minimal manfiy inotrop ta‘sirga ega bo‘lgan umumiy og‘riqsizlantirish uchun dori vositasini tanlash lozim. Adashgan nervning resiprok faollashuvini vena ichiga atropinni (1-2 mg) yuborish orqali bartaraf qilish mumkin. Katexolaminlarning zahirasini kamaytiruvchi dori vositalari (shu jumladan, rezerpin), beta-adrenoblokatorlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun dori vositalarning bunday majmuasini qabul qilayotgan bemorlar, AB ni yaqqol pasayishi yoki bradikardiyani aniqlash uchun shifokorning doimiy kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak. Bronxospastik kasalliklari bo‘lgan bemorlarga boshqa gipotenziv vositalarni o‘zlashtiraolmaslik va/yoki ularning samarasizligi holida kardioselektiv adrenoblokatorlarni buyurish mumkin. Dozani oshirib yuborilishi bronxospazmni rivojlanishi bilan xavflidir. Keksa yoshdagi bemorlarda avj olib boruvchi bradikardiya (minutiga 50 zarbdan kam), AB ni yaqqol pasayishi (sistolik AB 100 mm sim. ust. dan past), AV blokadasi, bronxospazm, yurak qorinchalari aritmiyasi, jigar va buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari paydo bo‘lgan hollarda dozani kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish lozim. Depressiya rivojlanganida davolashni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Og‘ir aritmiya va miokard infarktini rivojlanishi xavfi tufayli davolashni keskin to‘xtatish mumkin emas. Bekor qilish asta-sekin, dozani 2 hafta va undan ko‘proq vaqt davomida pasaytirib o‘tkaziladi (doza 3-4 kunda 25% ga pasaytiriladi). Qon va siydikda katexolaminlar, normetanefrin va vanilinmindal kislotasining miqdorini; antinuklear antitelalar titrini tekshirishdan oldin bekor qilish lozim. Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi Bidop® preparatini homiladorlikda faqat agar ona uchun davolashdan kutilayotgan foyda, homila va/yoki bolaga bo‘lgan nojo‘ya samaralari rivojlanishining potensial xavfidan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llanishi mumkin. Bisoprololni ko‘krak sutiga o‘tishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Preparatni laktasiya davrida qo‘llashning zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Avtotransport vositalarini boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri Davolanish davrida, ayniqsa davolashning boshida bosh aylanishi bo‘lishi mumkin, shuning uchun avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: aritmiya, yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi, yaqqol bradikardiya, AV blokada, AB ni yaqqol pasayishi, surunkali yurak yetishmovchiligini rivojlanishi, barmoq tirnoqlarining yoki kaftlarning sianozi, nafasni qiyinlashishi, bronxospazm, bosh aylanishi, hushdan ketish holatlari, tirishishlar. Davolash: me‘dani yuvish va adsorbsiyalovchi dori vositalarini buyurish; simptomatik davolash: AV blokadasi rivojlanganida – vena ichiga 1-2 mg atropinni, epinefrinni yuborish yoki vaqtinchalik kardiostimulyator qo‘yish; qorinchalar ekstrasistoliyasida – lidokain (IA sinfi preparatlari qo‘llanmaydi); AB ni yaqqol pasayishida – bemor Trendelenburg holatida bo‘lishi kerak; agar o‘pka shishining belgilari bo‘lmasa – vena ichiga plazma o‘rnini bosuvchi eritmalarni yuborish, samarasi bo‘lmaganida – epinefrin, dopamin, dobutaminni (xronotrop va ionotrop ta‘sirini saqlab turishi va AB ni yaqqol pasayishini bartaraf qilish uchun) yuborish; yurak yetishmovchiligida – yurak glikozidlari, diuretiklar, glyukagon; tirishishlarda – vena ichiga diazepam; bronxospazmda – beta2-adrenostimulyasiya qiluvchi vositalar ingalyasion qo‘llanadi.   Chiqarilish shakli 14 tabletka PVX/PVDX/Al plyonka blisterda. 1, 2 yoki 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. Saqlash sharoiti +15°S dan + 30°S gacha haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil.   Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?