LAKSIV eritma dlya priema vnutr 200 ml 3,35g/5ml
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Ovqat hazm qilish tizimi va modda almashinuvi uchun
Страна производитель:
Hindiston
Активное вещество:
laktuloza
Производитель:
Agio Pharmaceutical Limited
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
A06AD11
Инструкция LAKSIV eritma dlya priema vnutr 200 ml 3,35g/5ml
Umumiy ma'lumot
LAKSIV eritma dlya priema vnutr 200 ml 3,35g/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA LAKSIV LAXIV Preparatning savdo nomi: Laksiv Ta‘sir etuvchi modda (XPN): laktuloza Dori shakli: ichga qabul uchun eritma Tarkibi: Har 5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: laktuloza konsentrati (USP) laktulozaga ekvivalent – 3.35 g; yordamchi modda: suvli asos – q.s. Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki jigarrang tusli sariq rangli qovushqoq suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: surgi vositasi ATX kodi: A06AD11 Farmakologik xususiyatlari Preparatning ta‘siri ostida yo‘g‘on ichak florasini o‘zgarishi (sut kislotasini hosil bo‘lishi bilan uglevodlarni parchalaydigan lakto-bakteriyalarining miqdorini oshishi) yuz beradi, bu yo‘g‘on ichak bo‘shlig‘ida kislotaliligini oshishiga olib keladi va uning peristaltikasini rag‘batlantiradi (to‘lqinsimon harakatlar). Shu bilan bir qatorda ahlat hajmi oshadi. Natijada preparat ichni suruvchi samara ko‘rsatadi, bunda u ichak shilliq qavati va mushaklariga ta‘sir qilmaydi. Shuningdek preparatning ta‘siri ostida yo‘g‘on ichakda ammiakning so‘rilishi, uning proksimal bo‘limida azot saqlovchi toksik moddalarning hosil bo‘lishini (yo‘g‘on ichakning boshlang‘ich bo‘limida), va ularni muvofiq kavak vena tizimiga so‘rilishini kamayishi yuz beradi. Preparat yo‘g‘on ichakda salmonellalarning o‘sishini ingibisiya qilish (bostirish) qobiliyatiga ega. Vitaminlarning so‘rilishini kamaytirmaydi va o‘rganib qolishni (uzoq muddat takroriy qo‘llanganida sugi samarani susayishi yoki bo‘lmasligi) chaqirmaydi. Amalda ichakdan so‘rilmaydi. Farmakokinetikasi Laktuloza ichga qabul qilinganidan keyin sekin so‘riladi va yo‘g‘on ichakka o‘zgarishsiz yetib boradi. 40-75 ml gacha dozada qabul qilinganidan keyin yo‘g‘on ichakda bakterial flora ishtirokida metabolizmga uchraydi. Yuqoriroq dozalarda qo‘llanganida, bir qismi o‘zgarmagan holda chiqarilishi mumkin. Qo‘llanilishi Surunkali qabziyatlar, jigar ensefalopatiyasi (nerv-ruxiy buzilishlar bilan birga kechuvchi jigarning og‘ir kasalliklari); salmonellez (me‘da-ichak yo‘llarining o‘tkir infeksion kasalliklari), yoyilgan shakllaridan tashqari (infeksiyani qo‘zg‘atuvchilarini qonga tushishi bilan birga kechuvchi salmonellyozlar), emizikli bolalalar va 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ovqatdan zaharlanishlar natijasida chirish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ovqatni hazm bo‘lishini buzilishlari. Laktulozani homilador va emizikli ayollarda, 6 haftalikdan katta bolalarda, keksa odamlarda, shuningdek gemorroidal tugunlarning rezeksiyasini o‘tkazgan shaxslarda (to‘g‘ri ichakning shishgan va yallig‘langan venalarini olib tashlash) qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Preparat ichga qabul qilinadi. Sutkalik doza shaxsiy tanlanadi. Qabziyatlarda va ichni yumshatish (tibbiy maqsadlarda) uchun quyidagi dozalarda buyuriladi: boshlang‘ich doza tutib turuvchi doza kattalar 10-45 ml 10-25 ml bolalar (7-14 yosh) 15 ml 10-15 ml bolalar (1-6 yosh) 5-10 ml 5-10 ml chaqaloqlar (6 haftalik – 1 yosh) 5 ml 5 ml Odatda bir necha kundan keyin pasientning ehtiyojini tutib turish uchun dozani kamaytirish mumkin. Klinik samarasi yuz berishi uchun bir necha kun talab qilinishi mumkin. Agarda birinchi 2 kun qabul qilinganidan keyin ijobiy samara bo‘lmasa, yuqoriroq dozalarni ko‘rib chiqish mumkin. Jigar ensefalopatiyasini (koma va prekoma) davolash uchun preparat 30-50 ml dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Dozani 190 ml gacha oshirish mumkin. Jigarning og‘ir shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda jigar komasining rivojlanishini oldini olish uchun, preparat 25 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Qorinda og‘riq, meteorizm, diareya, ba‘zida ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Galaktozemiya, O‘tkir ichak tutilishi; Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Yo‘g‘on ichakning rN ga bog‘liq preparatlarining ta‘siri (5-ASA kabi agentlar) pasayadi, chunki Laksiv yo‘g‘on ichakda rH darajasini pasaytiradi. Maxsus ko‘rsatmalar Laktulozani galaktozemiyali yoki ichakni tutilishi bo‘lgan pasientlarga, shuningdek yuqori galaktozali pasientlarga buyurish mumkin emas. Laktozani o‘zlashtiraolmasligi yoki qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda, biroz erkin galaktoza va laktoza bo‘lganligi tufayli, ehtiyotkorlik ko‘rsatish kerak. Homiladorlik va laktasiya Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida shifokorni ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: preparat uzoq muddat qo‘llanganida diareya (suvsizlanish, gipokaliemiya) bo‘lishi mumkin. Davolash: darhol preparatni bekor qilish. Chiqarilish shakli Ichga qabul qilish uchun eritma 100 ml, 200 ml dan plastik flakonlarda. Saqlash sharoiti Quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonadan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: