BISAKODIL suppozitorii 10mg N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Ovqat hazm qilish tizimi va modda almashinuvi uchun
Страна производитель:
Rossiya Federatsiyasi
Активное вещество:
Bisakodil
Производитель:
Нижфарм-Stada CIS
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
A06AB02
Инструкция BISAKODIL suppozitorii 10mg N10
Qadoqda soni
10
Umumiy ma'lumot
BISAKODIL suppozitorii 10mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar BISAKODIL – NIJFARM dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha YO‘RIQNOMA Preparatning savdo nomi: Bisakodil-Nijfarm Xalqaro patentlanmagan nomi: Bisakodil Dori shakli: rektal suppozitoriylar Tarkibi: Bir suppozitoriy saqlaydi: ta‘sir etuvchi modda: bisakodil – 10 mg, suppozitoriylar uchun asos: qattiq yog‘ (N 15, W 35 markali Vitepsol, NA 15, NAS 50 markali Supposir) vazni 1,25 g gacha bo‘lgan suppozitoriy olinguncha. Ta‘rifi: Oqdan to biroz sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan, torpedasimon shaklli suppozitoriylar. Farmakoterapevtik guruhi: surgi vositasi ATX kodi: A06AV02 Farmakologik xususiyatlari Ichakning reseptor apparatini ta‘sirlanishini chaqiradi, ichakning shilliq qavatiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi, ichak peristaltikasini kuchaytiradi, yo‘g‘on ichakda shilimshiq sekresiyasini oshiradi. Ichakda so‘rilmaydi. Me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga ta‘sirlovchi samara ko‘rsatuvchi olddori hisoblanadi, ishqoriy muhitda metabolitni hosil bo‘lishi bilan gidrolizlanadi. Ta‘siri birinchi soat davomida sodir bo‘ladi. Qo‘llanilishi Gipotonik va atonik qabziyat (shu jumladan keksalardagi; operasiyalar va tug‘ruqlardan keyingi qabziyat). Ich kelishini boshqarish (gemorroy, proktit, anus yoriqlari). Xirurgik operasiyalarga, asboblar yordamidagi va rentgenologik tekshiruvlarga tayyorlashda qo‘llanadi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar O‘ta yuqori sezuvchanlik, ichakni tutilishi, churrani qisilib qolishi, qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining o‘tkir kasalliklari, peritonit, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, metrorragiya, sistit, spastik qabziyatlar, o‘tkir gemorroy, o‘tkir proktit, 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Jigar va/yoki buyraklar yetishmovchiligida. Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi Homiladorlik va laktasiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash mumkin. Qo‘llash usuli va dozalari Rektal, quyidagi dozalarda buyuriladi: kattalarga va 14 yoshdan oshgan bolalarga 10-20 mg bisakodil (1-2 shamcha), 8-14 yoshli bolalarga – 10 mg bisakodil (1 shamcha) buyuriladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Ichak sanchig‘i, diareya (degidratasiya, mushak kuchsizligi, tirishishlar, arterial qon bosimini pasayishi), qorinda og‘riq, meteorizm, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: diareya, suvsizlanish, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi, gipokaliemiya, yo‘g‘on ichak atoniyasi. Davolash: simptomatik. Maxsus ko‘rsatmalar Uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas. Chiqarilish shakli Rektal suppozitoriylar 10 mg, 5 suppozitoriydan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda. Ikki kontur o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: