DOTAL sirop 50ml 2,5mg/5ml

Обновлено: 21.07.2022

DOTAL sirop 50ml 2,5mg/5ml
  • Категория:

    Alleriyaga qarshi vositalar

  • Страна производитель:

    O'zbekiston

  • Активное вещество:

    Dezloratadin

  • Производитель:

    ---

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    R06AX27

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция DOTAL sirop 50ml 2,5mg/5ml

  • Umumiy ma'lumot

    DOTAL sirop 50ml 2,5mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA DOTAL DOTAL Preparatning savdo nomi: Dotal Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dezloratadin Dori shakli: Sirop Tarkibi: 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi: faol modda: dezloratadin – 2,5 mg; yordamchi moddalar: natriya benzoati, gliserin, 70% li sorbitol eritmasi, limon kislotasi (suvsiz), natriy sitrat digidrati, mannitol, propilenglikol, aspartam, kaliy asesulfami, yalpiz essensiyasi, kizil FDC 40 buyog‘i, tozalangan suv. Ta‘rifi: yalpiz hidli, shirin ta‘mli, pushti rangli, tiniq suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun antigistamin preparatlar. ATX kodi: R06AX27 Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Preparat antigistamin, allergiyaga qarshi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir qo‘rsatadi, uyquchanlik chaqirmaydi. Ichga qabul qilinganida dezloratadin (loratadinning birlamchi faol metaboliti) periferik gistamin N1-reseptorlarini selektiv bloklaydi. Sitostatik reaksiyalar ketma-ketligini: yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni, shu jumladan interleykin-4 (IL-4), interleykin-6 (IL-6), interleykin-8 (IL-8), interleykin-13 (IL-13), yallig‘lanishga qarshi xemokinlarning RANTES turi, chiqarilishini, polimorf yadroli neytrofillar bilan faollashtirilgan superoksid anionlarning hosil bo‘lishini, eozinofillar adgeziyasini va xemotaksisini, adgeziya molekulalarining ekspressiyasini, shu jumladan R-selektinni, lgE-orqali gistaminni, D2 prostaglandinni va S4 leykotrienni chiqarilishni bostiradi.   Farmakokinetikasi Kattalar va o‘smirlar dezloratadin qabul qilgandan 30 daqiqadan so‘ng qon plazmasida aniqlanadi. Dezloratadin OIT dan yaxshi absorbsiyalanadi, qondagi Cmax taxminan 3 soatdan so‘ng erishiladi. T1/2 o‘rtacha hisobda 27 soatni (20-30s.) tashkil etadi. Plazmaning oqsillari bilan 83-87%-ga birikadi. 14 kun mobaynida sutkasiga 1 mahal 5 mg-dan 20 mg dozasida kattalar va o‘smirlarga berilganda, preparatning kumulyasiyasi kuzatilmadi. Dezloratadin sutkasiga 1 mahal 7,5 mg dozada ovqat va greypfrut soki bilan bir vaqtda qabul qilinganda, dori vositaning organizmda taqsimlanishiga ta‘sir etmadi. Dezloratadin CYP3A4 va SYP2D6 ingibitori, P-glikoprotein ingibitori yoki substrati  hisoblanmaydi. Dezloratadin organizmda biotransformasiyalanadi, bunda gidroksillanish natijasida glyukuronid bilan birikkan 3-ON-dezloratadin hosil bo‘ladi. Oz miqdordagi preparat o‘zgarmagan xolda buyrak va ichak orqali ajraladi. Qo‘llanilishi – mavsumiy pollinoz va yil bo‘yi allergik rinit (yo‘talni, burundan shilliqning chiqarilishini, qichishish va burunni bitishi va ko‘zlarning qizarishini, ko‘z yoshining oqishini, tanglayning qichishishini bartaraf qiladi yoki yengillashtiradi); – surunkali idiopatik eshakemi (terining qichishini va toshmani kamaytirish yoki bartaraf qilish). Qo‘llash usuli va dozalari 6 dan 11 oylikkacha bolalarga: 2 ml sirop (1,0 mg) kuniga bir marta yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha. 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 2,5 ml sirop (1,25 mg) sutkada 1 marta; 6 dan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarga:  5 ml sirop (2,5 mg) sutkada 1 marta; Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga: 10 ml sirop (5 mg) sutkada 1 marta. Davolash kursi va qabul qilishning davomiyligi kasallikning xarakteri bilan belgilanadi. Mavsumiy pollinozni davolashda preparatni qabul qilish kasallikning belgilari yo‘qolganidan keyin to‘xtatiladi. Yil davomidagi allergik rinitni davolashda preparat uzluksiz, pasientni allergen bilan kontaktini butun davri davomida qo‘llanadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Yuqori toliqish, og‘izni qurishi, bosh og‘rig‘i. Juda kam quyidagi nojo‘ya ta‘sirlari aniqlangan: MNT tomonidan: bosh aylanishi, uyquchanlik; yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak urushini sezilishi; ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya, qon zardobida bilirubin miqdorini, jigar fermentlarini oshishi. allergik reaksiyalar: anafilaksiya, angionevrotik shish, qichishish, toshma, eshakemi: 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda: diareya, tana haroratini oshishi, uyqusizlik. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar – preparatning tarkibiga kiruvchi biron bir komponentga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Dezloratadin ketokonazol, eritromisin, azitromisin, fluoksetin, simetidin bilan ko‘p marta birga qo‘llanganida dorilarning o‘zaro ta‘siri o‘rganilganida, dezloratadinning plazmadagi konsentrasiyasini klinik ahamiyatli o‘zgarishlari aniqlanmagan. Dezloratadin alkogolning markaziy nerv tizimiga bo‘lgan ta‘sirini kuchaytirmaydi. Maxsus ko‘rsatmalar Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. Preparat sirop shaklida qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki gipoglikemik vositalarning dozasini to‘g‘rilash talab qilinishi mumkin. Preparatni 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi isbotlanmagan. Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha klinik ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun preparatni homiladorlikda faqat ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin. Dezloratadin ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun preparatni qo‘llash davrida emizishni to‘xtatish kerak. Preparat avtomobilni boshqarish va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: nojo‘ya reaksiyalarining yaqqolligini kuchayishi. Davolash: keyinchalik faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish bilan me‘dani yuvish, zarurati bo‘lganida – simptomatik davolash. Gemodializ samarasiz. Peritoneal dializni samaradorligi aniqlanmagan. Chiqarilish shakli Sirop, 2,5 mg/5 ml – 50 ml dan, flakonlarda. Saqlash sharoiti Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?