EGISTROZOL tabletkalari 1mg N28

Обновлено: 21.07.2022

EGISTROZOL tabletkalari 1mg N28
  • Категория:

    O'smalarga qarshi vositalar

  • Страна производитель:

    Ispaniya

  • Активное вещество:

    Anastrozol

  • Производитель:

    Egis Pharmaceuticals Pharmaceuticals Private Limited Company, Венгрия произведено: Synthon Hispania, S.L.

  • Количество в упаковке:

    28

  • Код ATX:

    L02BG03

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция EGISTROZOL tabletkalari 1mg N28

  • Qadoqda soni

    28

  • Umumiy ma'lumot

    EGISTROZOL tabletkalari 1mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA (pasientlar uchun ma‘lumot) Egistrozol® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 1 mg (anastrozol) Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi. Bu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qish talab qilinishi mumkin. Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting. Ushbu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. U xatto, agar ularda kasallikni xuddi shunday simptomlari bo‘lsa ham, ularga zarar keltirishi mumkin. Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar qiling (4-bo‘limga qarang). Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotni saqlaydi Egistrozol® qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati nima va nima uchun qo‘llanadi Egistrozol® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak. Egistrozol® tabletkalarini qanday qabul qilish lozim Tibbiyotda qo‘llanilganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari Egistrozol® preparatni qanday saqlash lozim Yaroqlilik muddati Dorixonalardan berish tartibi O‘ram ichidagi va boshqa ma‘lumotlar Egistrozol® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima va nima uchun qo‘llanadi Egistrozol® qobiq bilan qoplangan tabletkalarining ta‘sir etuvchi moddasi anastrozol – aromataza ingibitori deb nomlanadigan moddalar guruhiga mansub. Egistrozol ayollarda postmenopauzada ko‘krak bezi rakini davolash uchun qo‘llaniladi. Anastrozol Sizning organizmingiz tomonidan ishlab chiqariladigan estrogen gormonining darajasini pasaytiradi. Egistrozol® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak. Egistrozol® tabletkalarini quyidagi holatlarda qabul qilmang: agar Sizda anastrozolga yoki Egistrozol preparatining har qanday boshqa komponentlariga (8-bo‘limga qarang) allergiya bo‘lsa; agar Siz homilador bo‘lsangiz; agar Siz emizsangiz; Agar yuqorida sanab o‘tilganlardan birontasi bo‘lsa Sizga taalluqli, Egistrozol preparatni qabul qilmang. Agar Siz ishonch hosil qilmasangiz, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.     Tibbiyotda qo‘llanilganda ehtiyotkorlik choralari Agar quyida sanab o‘tilgan holatlardan birontasi Sizda bo‘lsa, Egistrozol qabul qilishni boshlashdan oldin, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Egistrozol preparati ayollarda premenopauza holatiga yoki bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan Agar Siz hayz ko‘rayotgan bo‘lsangiz yoki menopauza holatidan o‘tmagan bo‘lsangiz Agar Siz tamoksifen yoki estrogen saqlovchi dori vositalari qabul qilayotgan bo‘lsangiz (“Boshqa dori vositalari va Egistrozol preparati” bo‘limiga qarang) Agar Sizda avval yoki hozirda suyak mustahkamligiga ta‘sir qiluvchi har qanday buzilishlar bo‘lsa Agar Sizda jigar yoki buyrak faoliyati buzilishlari bo‘lsa Agar Sizda yuqorida keltirilgan ma‘lumotlar qanchalik Sizga taalluqli ekanligi haqida savollar tug‘ilsa, Egistrozol preparati bilan davolashni boshlashdan oldin, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Agar Sizda kasalxonada davolanish zarurati tug‘ilsa, Siz Egistrozol qabul qilayotganligingiz haqida tibbiyot xodimini ogohlantiring.   Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar Egistrozol preparati bolalar va o‘smirlarni davolash uchun mo‘ljallanmagan.   Boshqa dori vositalari va Egistrozol preparati Agar Siz hozirgi vaqtda qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan har qanday dori vositalari haqida davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar qiling, chunki bu dori preparatlari bir-birining samaralarini o‘zgartirishi mumkin. Egistrozol preparati boshqa dori vositalariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. O‘z navbatida boshqa preparatlar Egistrozolning samarasiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Agar Siz quyidagi dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz Egistrozolni qabul qilmang: Tamoksifen (ekstrogen reseptorlarning selektiv modulyatorlari guruhiga mansub, ko‘krak bezi rakini davolash uchun dori vositalaridan biri); bunday dori vositalari Egistrozolning samarasini o‘zgartirishi mumkin; Estrogenlar saqlovchi preparatlar, masalan, gormonal o‘rin bosar davolash preparatlari Agar Siz lyuteinlashtiruvchi gormon analoglarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz davolovchi shifokoringizga xabar bering (ko‘krak bezi rakini, ayrim ginekologik kasalliklarni va bepushtlikni davolash uchun preparatlar, masalan, gonadorelin, buserelin, goserelin, leyprorelin va triptorelin). Lyuteinlashtiruvchi gormon analoglarini va anastrozolni birga qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuning uchun anastrazolni lyuteinlashtiruvchi gormon analoglari bilan birga qo‘llash mumkin emas.   Egistrozol preparatini ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish Ovqat va ichimliklar Egistrozolga ta‘sir qilmaydi.   Fertillik, homiladorlik va emizish Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizsangiz, homiladorlikni taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin o‘zingizni bu haqida davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering. Egistrozolni homiladorlikda va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Agar siz homiladorlikni gumon qilsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Homiladorlikda Egistrozol preparatini qabul qilishni to‘xtating. Har qanday dori vositalarini qabul qilishdan oldin, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.   Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri Egistrozol transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmasligi kerak. Ammo ba‘zida Sizda holsizlik yoki uyquchanlik chaqirishi mumkin. Bunday hollarda mexanizmlar yoki mashinalarni boshqarish mumkin emas.   Egistrozol preparati sut qandi (laktoza) saqlaydi Agar davolovchi shifokoringiz Sizda ayrim qand turlarini masalan, laktozani o‘zlashtiraolmaslik borligi to‘g‘risida ogohlantirgan bo‘lsa, bu dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokorga maslahat uchun murojaat qiling.   Egistrozol® tabletkalari qanday qabul qilish lozim. Egistrozolni har doim shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qiling. Agar Siz ishonch hosil qilmasangiz davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Dozalash tartibi Odatdagi tavsiya qilingan doza – bitta tabletka (1 mg anastrozol) kuniga bir marta. Tabletkani sutkalik bir vaqtida qabul qilishga harakat qiling. Keksa pasientlar, shuningdek jigar faoliyatini yengil buzilishlari yoki buyrak faoliyatining yengil yoki o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dozani o‘zgartirish talab etilmaydi. Qo‘llash usuli Ichga qabul uchun qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkalarni butunligicha suv bilan qabul qilish kerak. Egistrozolni ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin. Egistrozolni davolovchi shifokoringiz buyurgan vaqt davomida qabul qilish kerak. Davolash uzoq muddatli hisoblanadi. Ehtimol, Sizga bu preparatni bir necha yillar davomida qabul qilish talab qilinishi mumkin.   Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar Egistrozol preparati bolalar va o‘smirlarni davolash uchun mo‘ljallanmagan.   Agar Siz Egistrozol tabletkalarini buyurilgandan ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz Agar Siz Egistrozol tabletkalarini buyurilgandan ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.   Agar Siz Egistrozol preparatini o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz O‘tkazib yuborilgan tabletkani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta dozani qabul qilmang. Qabul qilinmagan dozani o‘tkazib yuboring va keyingi tabletkani odatdagi vaqtda qabul qiling.   Agar Siz Egistrozolni qabul qilishni  to‘xtatgan bo‘lsangiz Shifokor tavsiya qilmagunicha, xatto agar Ciz o‘zingizni yaxshi his qilsangiz ham preparatni qabul qilishni to‘xtatmang. Agar Sizda bu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling. Tibbiyotda qo‘llanilganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar Barcha dori vositalari kabi Egistrozol ham, garchi hamma pasientlarda bo‘lmasada, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin. Quyida qo‘llanilganda nojo‘ya samaralarning tez-tezligi ko‘rsatkichlari quyidagicha belgilangan: juda tez-tez (10 pasientdan 1 dan ko‘prog‘ida kuzatiladigan) tez-tez (100 pasientdan 1 dan ko‘proqda, ammo 10 pasientdan 1 dan kamida kuzatiladigan) tez-tez emas (1000 pasientdan 1 dan ko‘proqda, ammo 100 pasientdan 1 dan kamida kuzatiladigan) kam hollarda (10000 pasientdan 1 dan ko‘proqda, ammo 1000 pasientdan 1 dan kamida kuzatiladigan) juda kam hollarda (10000 pasientdan 1 dan kamida kuzatiladigan) Juda tez-tez Bosh og‘rig‘i Qizib ketish xissi Ko‘ngil aynishi Teri toshmasi Bo‘g‘imlarda og‘riq yoki kam harakatlilik Bo‘g‘imlarni yallig‘lanishi (artrit) Holsizlik hissi Suyak massasini kamayishi (osteoporoz) Tez-tez Ishtahani yo‘qolishi Qonda xolesterin (ma‘lum turdagi yog‘) oshishi yoki yuqoriligi darajasini. Bu qon tahlilidan so‘ng aniqlaniladi. Uyquchanlik hissi Bilak kanali sindromi (sanchish, og‘riq xissi, qo‘llarning ayrim sohalarida sovush va holsizlik xissi) Ich ketishi Qusish Jigar faoliyatini ko‘rsatuvchi qon tahlili natijalarini o‘zgarishi Sochlarni to‘kilishi Yuzda, labda va tilda namoyon bo‘luvchi allergik reaksiyalar Suyaklarda og‘riq Qinni quruqligi Qindan qon ketishlar (odatda davolashning birinchi haftasida – agar qon ketishlar to‘xtamasa, davolovchi shifokoringizga murojaat qiling) Tez-tez emas Jigar faoliyatini ko‘rsatuvchi qon tahlili natijalarini o‘zgarishi (gamma-GT va bilirubin) Jigarni yallig‘lanishi (gepatit) Eshakemi yoki allergik toshmalar Barmoqlarni shaqillash sindromi (bosh barmoq yoki boshqa barmoqlar bukilgan holatda qotib qolishi) holati. Kam hollarda Qizil dog‘lar yoki po‘rsildoq paydo bo‘lishi bilan kechadigan terining yallig‘linishi Allergik teri toshmalari (allergik yoki anafilaktoid reaksiyalar) Terining qizil yoki to‘q qizil rangga kirishini chaqiruvchi mayda qon-tomirlarni yallig‘lanishi. Juda kam hollarda bo‘g‘imlarda, me‘dada yoki buyrakda og‘riqlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu holat Shenleyn-Genox purpurasi sifatida ma‘lum. Juda kam hollarda Yara va po‘rsildoqlar hosil bo‘lishi bilan kechuvchi teri tomonidan haddan tashqari og‘ir reaksiyalar. Bu holat Stivens-Djonson sindromi deb nomlanadi Nafas olish va yutinishni qiyinlashishiga olib keluvchi tomoqni shishi bilan kechuvchi allergik reaksiyalar Agar Sizda shunday reaksiyalardan birontasi rivojlangan, darhol tez tibbiy yordamni chaqiring yoki davolovchi shifokoringizga murojaat qiling – Sizga shoshilinch tibbiy yordam talab etilishi mumkin. Suyak to‘qimasiga samarasi Egistrozol Sizning organizmingiz tomonidan ishlab chiqariladigan estrogen deb nomlanuvchi gormon darajasini pasaytiradi. Bu Sizning suyak to‘qimangizdagi minerallar darajasini pasaytirishi mumkin. Sizning suyaklaringizni kuchsizroq va sinishga moyilligi oshishi mumkin. Davolovchi shifokoringiz menopauzadan keyin ayollarda suyaklarning sog‘lomligini tutib turish bo‘yicha mavjud terapevtik tavsiyalarga muvofiq xavfni baholaydi. Har qanday nojo‘ya samaralar shu jumladan, ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatib o‘tilmagan samaralar aniqlanganda, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling. Nojo‘ya samaralari haqida habar qilib, Siz bu preparatning xavsizligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma‘lumot olishga yordam berasiz. Egistrozol® preparatini qanday saqlash kerak 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin! Dori vositalarini maishiy chiqindilarga yoki oqava suvga tashlash mumkin emas. Agar boshqa kerak bo‘lmaydigan preparatni tashlab yuborish zarur bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bunday choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam beradi. Yaroqlilik muddati Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan. Egistrozolni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmang. Yaroqlilik muddatini tugash sanasi bo‘lib, ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi. Dorixonalardan berish tartibi Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.   O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar Egistrozol qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima saqlaydi Ta‘sir etuvchi modda: anastrozol. Har bir qobiq bilan qoplangan tabletka 1 mg anastrozol saqlaydi. Yordamchi moddalar: Tabletkaning yadrosi: laktoza monogidrati, natriy kraxmal glikoyati (A tipi), povidon, magniy stearati. Tabletka qobig‘i: makrogol 400, gipromelloza, titan dioksid.   Egistrozol tabletkalarining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi Tashqi ko‘rinishi Oq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida «ANA» va «1» yozuvi bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar. O‘rami 10 yoki 14 qobiq bilan qoplangan tabletkalar blisterda. 14 tabletkadan 2 blister, 10 tabletkadan 3 blister yoki 10 tabletkadan 9 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan Ulashish:

Аналоги лекарств

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?