MR KALSIYA GLYUKONAT inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N40

Обновлено: 21.07.2022

MR KALSIYA GLYUKONAT inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N40
  • Категория:

    Ovqat hazm qilish tizimi va modda almashinuvi uchun

  • Страна производитель:

    O'zbekiston

  • Активное вещество:

    ---

  • Производитель:

    Merrymed Farm, ООО

  • Количество в упаковке:

    40

  • Код ATX:

    A12AA07

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция MR KALSIYA GLYUKONAT inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N40

  • Qadoqda soni

    40

  • Umumiy ma'lumot

    MR KALSIYA GLYUKONAT inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N40 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA KALSIYA GLYUKONAT CALCII GLUCONAS Preparatning savdo nomi:  Kalsiya glyukonat Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): Kalsiya glyukonati Tarkibi: Bir litr eritmada saqlanadi: Faol modda: kalsiy glyukonati – 94,0 g. Yordamchi moddalar: kalsiy D-saxarati, in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: Mineral preparatlar. ATX kodi: A12AA03   Farmakologik xususiyatlari Kalsiy preparati, nerv impulslarini o‘tkazilishi jarayonlarini, skelet va silliq mushaklarni qisqarishini, miokard faolyatini, suyak to‘qimasini shakllanishini, qon ivishini amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan kalsiy ionlarning tanqisligini to‘ldiradi.   Farmakokinetikasi Parenteral yuborilganidan keyin preparat qon oqimi bilan barcha to‘qimalar va a‘zolarda birtekis taqsimlanadi. Qon plazmasida preparatning taxminan 45% oqsillar bilan kompleksda bo‘ladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga tushadi. Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. Qo‘llanilishi Gipokalsiemiya, hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligini oshishi, mushak to‘qimasida nerv impulslarining o‘tkazilishini buzilishi bilan kechuvchi kasalliklar. Gipoparatireoz (latent tetaniya, osteoporoz), D vitaminining almushinuvini buzilishi (spazmofiliya, osteomalyasiya), surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi giperfosfatemiya. Magniy tuzlari, shovul va ftor kislotalari bilan zaharlanish (kalsiy glyukonati bilan o‘zaro ta‘sirida dissosiasiyalanmaydigan va zaharli bo‘lmagan kalsiy oksalati va ftoridi hosil bo‘ladi. Parenximatoz gepatit, jigarni toksik shikastlanishlari, nefritlar, proksimal mioplegiyaning giperkaliemik shakli. Turli etiologiyali qon ketishlarni, allergik kasalliklarni (zardob kasalligi, eshakemi, isitma sindromi, qichishish, qichuvchi dermatozlar, dorilarni yuborish va ozuqa mahsulotlarni qabul qilishga reaksiya, Kvinke shishi); bronxial astma, o‘pka tuberkulezi, eklampsiyani majmuaviy davolash. Qo‘llash usuli va dozalari Mushak ichiga, vena ichiga asta-sekin (2-3 minut davomida) yoki tomchilab, kattalarga – 5- 10 ml 100 mg/ml eritma har kuni, kunora yoki har 2 kunda (kasallikning xarakteri va bemorning holatiga qarab). Bolalarga – vena ichiga asta-sekin (2-3 minut davomida) yoki tomchilab, 1-5 ml dan 100 mg/ml eritma (yoshiga qarab), har 2-3 kunda. Eritma yuborish oldidan tana haroratigacha isitiladi. Kalsiy glyukonatini yuborish uchun igna etanolning qoldiqlarini saqlamasligi kerak, chunki oxirgisi bo‘lganida kalsiy glyukonati cho‘kmaga tushadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Mushak ichiga va vena ichiga yuborilganida ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bradikardiya bo‘lishi mumkin. Vena ichiga yuborilganida og‘iz bo‘shlig‘ida achishish, qizish tuyg‘usi, tez vena ichiga yuborilganida – arterial bosimni pasayishi, aritmiya, xushdan ketish, yurakni to‘xtashi kuzatilishi mumkin. Mushak ichiga yuborilgan joylarda nekroz hosil bo‘lishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar O‘ta yuqori sezuvchanlik, giperkalsiemiya (kalsiyning konsentrasiyasi 12 mg%=6 mEkv/l), kalsiyli nevrourolitiz, og‘ir buyrak yetishmovchiligi, sarkoidoz, yurak glikozidlarini bir vaqtda qabul qilish. Ehtiyotkorlik bilan: degidratasiya, elektrolit buzilishlar (giperkalsiemiyani rivojlanish xavfi), diareya, kam so‘rilish sindromi, kalsiyli nefrourolitiaz (anamnezdagi), ahamiyatsiz giperkalsiuriya, tarqalgan ateroskleroz, giperkoagulyasiya, mushak ichiga yuborish uchun – bolalik yoshi (nekrozlarni paydo bo‘lish xavfi). Dorilarning o‘zaro ta‘siri Karbonatlar, salisilatlar, sulfatlar bilan nomutanosib, chunki ular bilan erimaydigan yoki qiyin eriydigan kalsiy tuzlarini hosil qiladi. Tetrasiklinlar qatori antibiotiklari bilan, ularning antibakterial samarasini pasaytirib, erimaydigan komplekslar hosil qiladi. “Sekin” kalsiy kanallari blokatorlarining ta‘sirini kamaytiradi (verapamildan oldin yoki keyin kalsiy glyukonatini vena ichiga yuborish, uning gipotenziv ta‘sirini kamaytiradi, lekin uning antiaritmik samarasiga kam ta‘sir qiladi). Xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida qorincha ichki o‘tkazuchanligini sekinlashishi va xinidinning zaharligini oshishi mumkin. Glikozidlarning kardiotoksik ta‘sirini kuchayishi tufayli, kalsiy glyukonatini yurak glikozidlari bilan davolanish vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Tiazid diuretiklari bilan qo‘shilganda giperkalsiemiyani kuchaytirishi, giperkalsiemiyada kalsitoninning samarasini pasaytirish mumkin, fenitoinning biokirishaolishligini pasaytiradi. Maxsus ko‘rsatmalar Ahamiyatsiz giperkalsiemiyali, kalava filtrasiyasi pasaygan yoki anamnezida nefrourolitiazi bo‘lgan bemorlarga buyurish ehtiyotkorlik bilan va siydikdagi kalsiyning miqdorini nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Nefrourolitiazni rivojlanish xavfini pasaytirish uchun ko‘p suyuqlik ichish tavsiya qilinadi. Bolalarga mushak ichiga yuborish tavsiya qilinmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: giperkalsiemiya. Davolash: kalsitonin vena ichiga tomchilab, 5-10 XB/kg/sut (uni 500 ml 0,9% natriy xloridi eritmasida eritib). Yuborishning davomiyligi – 6 soat. Chiqarilish shakli 5 ml va 10 ml dan 5 yoki 10 ampuladan PVX plenkali kontur-uyali o‘ramlarda.   Saqlash sharoiti Yorug‘likdan himoyalangan joyda,25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?