EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1%
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Oftalmologik vositalar
Страна производитель:
Turkiya
Активное вещество:
Metiletilpiridinol
Производитель:
World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
S01XA
Инструкция EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1%
Umumiy ma'lumot
EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA EMOPROKS EMOPROX Preparatning savdo nomi: Emoproks Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metiletilpiridinol Dori shakli: ko‘z tomchilari Tarkibi: 1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 mg metiletilpiridinol gidroxloridi; yordamchi moddalar: dinatriy gidrofosfat dodekagidrati, kaliy digidrofosfati, gipromelloza, natriy benzoati, suvsiz natriy sulfiti, in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi: och jigarrang-sariq rangli tiniq eritma. Farmakoterapevtik guruhi: Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Ko‘z kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar. ATX kodi: S01XA Farmakologik hususiyatlari Farmakodinamikasi Angioprotektor, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va qon-tomirlar devorini mustahkamlaydi, antioksidant, antigipoksant va antiagregant hisoblanadi. Erkin-radikalli jarayonlarni samarali ingibisiya qiladi, membranalarni barqarorlashtiruvchi ta‘sirga ega, xujayra membranalaridagi lipidlarni peroksidli oksidlanishiga to‘sqinlik qiladi. To‘qimalarni kislorod yetishmasligiga chidamliligini oshiradi. Qon ivish tizimiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi: trombositlar agregasiyasini tormozlaydi, umumiy koagulyasiya indeksini pasaytiradi, qon ivishi vaqtini uzaytiradi. Fibrinoliz jarayonini kuchaytiradi. Retinoprotektor xususiyatlarga ega, ko‘zning to‘r pardasi va boshqa to‘qimalarini yuqori jadallikdagi yorug‘likning shikastlovchi ta‘siridan himoya qiladi. Ko‘z ichidagi qon quyilishlarni so‘rilib ketishiga yordam beradi, qonning ivuchanligini pasaytiradi, ko‘zning mikrosirkulyasiyasini yaxshilaydi. Shox pardada (shu jumladan, operasiyadan keyingi va jarohatdan keyingi davrda) reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi. Farmakokinetikasi Emoproks ko‘z tomchilari qo‘llanganida faol modda tizimli qon oqimiga biologik faol konsentrasiyalarda tushmaydi. Ko‘z to‘qimalarida terapevtik konsentrasiyasiga bir marta tomizilganida erishiladi. Emoproks a‘zolar va to‘qimalarda to‘planmaydi. Qo‘llanganidan so‘ng birinchi ikki soat davomida metiletilpiridinolning qondagi konsentrasiyasi tez pasayadi, 24 soatdan keyin dori vositasi qonda aniqlanmaydi. Ko‘z to‘qimalarida Emoproksning konsentrasiyasi qondagiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Qo‘llanilishi Preparat quyidagi holatlarda qo‘llanadi: shox pardaning yallig‘lanishi va kuyishini oldini olish va davolash uchun; ko‘zning old kamerasiga qon quyilishini davolash uchun; og‘ir darajadagi miopiyada to‘r pardaning distrofik o‘zgarishlarida, diabetik retinopatiyada; kontakt linzalar taqilganida shox pardani himoya qilish uchun; yuqori jadallikdagi yorug‘likni (lazer va quyosh nurlaridan kuyish, lazerokoagulyasiya) ta‘sirida ko‘z to‘r pardasini himoya qilish uchun; keksa yoshdagi shaxslarda skleraga qon quyilishini oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Preparat kon‘yunktiva bo‘shlig‘iga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta tomiziladi. Davolash kursining davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq (odatda 3-30 kunni tashkil etadi) va shifokor tomonidan belgilanadi. Zarurati bo‘lganida va preparat yaxshi o‘zlashtirilganida davolash kursi 6 oygacha davom ettirilishi mumkin. Davolash kursi yiliga 2-3 marta takrorlanishi mumkin. Flakonning ichidagisini mikroblar bilan ifloslanishidan saqlanish uchun tomchilagichning uchini biron-bir yuzalarga tegishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Nojo‘ya ta‘sirlari Kon‘yunktivani achishish hissi, qichishish, qisqa muddatli giperemiyasi, kam hollarda – mahalliy allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar metiletilpirilidinolga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Dorilarining o‘zaro ta‘siri Emoproks preparati boshqa dori vositalari bilan davolash fonida qo‘llanganida negativ ko‘rinishlar ta‘riflanmagan. Maxsus ko‘rsatmalar Boshqa oftalmologik dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida Emoproks preparatini avvalgi dori vositalari to‘liq so‘rilganidan so‘ng (kamida 10-15 minutdan keyin) oxirida tomizish kerak. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi Homiladorlikda Emoproks preparatini qo‘llash mumkin emas. Laktasiya (emizish) davrida ko‘rsatmalarga qarab preparatni (ehtiyotkorlik bilan) qo‘llash mumkin. Pediatriyada qo‘llanishi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda Emoproks preparatini qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun ushbu yoshdagi pasientlar guruhida Emoproksni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Preparat qo‘llanganida so‘ng ko‘rish o‘tkirligi vaqtinchalik yo‘qoladigan pasientlar diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanishlari kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborilish holatlari qayd etilmagan. Chiqarilish shakli Ko‘z tomchilari 5 ml dan tiqin-tomchilagich va himoya halqasi bilan ta‘minlangan, buraladigan himoya qopqoqli polietilen flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Saqlash sharoiti 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Flakon ochilganidan so‘ng preparat 28 kun davomida ishlatilsin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: