PUSTIRNIKA nastoyka 50ml

Обновлено: 21.07.2022

PUSTIRNIKA nastoyka 50ml
  • Категория:

    Uyqu va tinchlantiruvchi vositalar

  • Страна производитель:

    O'zbekiston

  • Активное вещество:

    trava pustirnika

  • Производитель:

    Ziyo Nur Farm ЧП

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    N05CM Снотворные и седативные препараты другие

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция PUSTIRNIKA nastoyka 50ml

  • Umumiy ma'lumot

    PUSTIRNIKA nastoyka 50ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQnoma PUSTЫRNIKA TRAVA HERBA LEONURI Savdo nomi: Pustыrnika trava. Lamiaceae oilasiga mansub, arslonquyruqni (Leonurus sardiaca L. va Leonurus quinquelobatus Gilib) yovvoyi va xonaki o‘stiriladigan, ko‘p yillik o‘tsimon o‘simligining gullash vaqtida yig‘ilgan, quritilgan va maydalangan o‘ti. Dori shakli: Dorivor o‘simlik xom ashyosi. Tarkibida: glikozidlar, alkaloidlar, flavonoidlar, saponinlar, efir moylari mavjud. Farmakoterapevtik guruhi: Sedativ vosita. Farmakologik xususiyatlari Tinchlantiruvchi, qon bosimini tushiruvchi, manfiy xronotrop va kardiotonik ta‘sir ko‘rsatadi.   Qo‘llanilishi Uyquni buzilishi bilan birga kechuvchi nevrotik va astenonevrotik holatlarda, nevrasteniyada, nevrozda, vegetativ tomir distoniyasida, arterial bosimning ko‘tarilishida, taxikardiya va kardialgik og‘riqlar bilan birga o‘tuvchi klimakcdan oldingi davrdagi vegetonevrozlarda, arterial gipertoniyaning boshlang‘ich davrida majmuaviy davolash tarkibida, hamda gipertireozdagi uyqusizlikda va gipertoniyada qo‘llash tavsiya etiladi.   Qo‘llash usuli va dozalari Damlama ko‘rinishida qo‘llanadi. Uni tayyorlash uchun 15 g o‘t emallangan idishga solinadi, ustidan 1 stakan (200 ml) qaynatilgan qaynoq suv quyiladi, idishni qopqog‘i yopilib, suv hammomida (qaynab turgan suvda) 15 min davomida isitiladi, keyin sovutiladi, dokadan o‘tkaziladi (o‘simlik xom-ashyosini siqib). Olingan damlamaning hajmi kaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi. Tayyorlangan damlamani salqin joyda ikki sutkagacha saqlash mumkin. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta, ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Aniqlanmagan.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Aniqlanmagan.   Chiqarilish shakli 30 g, 50 g dan polietilen paketlarda, karton o‘ramda; 10 kg, 15 kg dan qoplarda.   Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.     Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?