LIRA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5

Обновлено: 21.07.2022

LIRA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
  • Категория:

    Asab tizimi uchun

  • Страна производитель:

    Ukraina

  • Активное вещество:

    Sitikolin

  • Производитель:

    Фармак, ПАО

  • Количество в упаковке:

    5

  • Код ATX:

    N06BX06

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция LIRA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5

  • Qadoqda soni

    5

  • Umumiy ma'lumot

    LIRA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA LIRA LIRA   Preparatning savdo nomi: Lira Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sitikolin (citicoline) Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma. Tarkibi: 1 ampula (4 ml) quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100% moddaga qayta hisoblanganda 500 mg yoki 1000 mg sitikolin natriy; yordamchi moddalar: konsentrasiyalangan xlorid kislotasi yoki natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: psixostimulyasiyalovchi va nootrop vositalar. ATX kodi: N06BX06. Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Sitikolin neyronlarning membranasida struktur fosfolipidlar biosintezini rag‘batlantiradi, bu magnitrezonans spektroskopiya ma‘lumotlar bilan isbotlangan. Sitikolin ion nasoslari va reseptorlari kabi membrana mexanizmlarini faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi, ularni muvofiqlashtirishsiz nerv impulslarini normal o‘tkazilishini imkoni yo‘q. Membranaga barqarorlashtiruvchi ta‘siri tufayli, sitikolin shishga qarshi xususiyatlarga ega, shuning uchun bosh miya shishini kamaytiradi. Tadqiqot natijalari sitikolin ayrim fosfolipazalar (A1, A2, S va D) faoliyatini susaytirishi, erkin radikallarni qoldiq ajralib chiqishiga to‘sqinlik qilishi, membrana tizimlarini shikastlanishini oldini olishi va himoya antioksident tizimini saqlab qolishini ta‘minlashini namoyish qilgan. Sitikolin neyron energiyasining saqlab qoladi, apoptozni ingibisiya qiladi, bu xolinergik o‘tkazuvchanlikni yaxshilaydi. Sitikolin shuningdek bosh miyaning fokal ishemiyasida profilaktik neyroprotektiv ta‘sir ko‘rsatadi. Sitikolin bosh miya to‘qimasining ishemik shikastlanishini kamaytirib, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishlarida pasientlarni tez funksional reabilitasiyasiga yordam beradi, bu rentgenologik tekshiruv natijalari bilan tasdiqlangan. Bosh-miya jarohatlarida sitikolin tiklanish davri davomiyligini qisqartiradi va posttravmatik sindrom jadalligini kamaytiradi. Sitikolin diqqatni va ong holatini yaxshilaydi, amneziya ko‘rinishlarini kamayishiga yordam beradi, bosh miya ishemiyasida kuzatiladigan kognitiv va boshqa nevrologik buzilishlarda holatni yaxshilaydi. Farmakokinetikasi Sitikolin peroral, mushak ichiga va vena ichiga yuborilganda yaxshi so‘riladi. Preparatni yuborgandan keyin qon plazmasida xolinlar darajasini sezilarli oshishi kuzatiladi. Preparat peroral qo‘llanilganda deyarli to‘liq so‘riladi. Tadqiqotlar peroral va parenteral yo‘llar orqali yuborganda biokiraolishligi deyarli bir xil ekanligini namoyish qilgan. Preparat xolin va sitidin hosil qilib ichak va jigarda metabolizmga uchraydi. Sitikolin yuborilgandan keyin bosh miya to‘qimalari tomonidan o‘zlashtiriladi, bunda xolinlar fosfolipidlarga, sitidin – sitidin nukleotidlari va nuklein kislotalariga ta‘sir ko‘rsatadi. Sitikolin bosh miya to‘qimasi tez yetib boradi va fosfolipidlar faoliyatini faollashtirib, xujayra membranalari, sitoplazma va mitoxondriylarga faol kiradi. Yuborilgan dozaning faqat oz qismi siydik va axlat (3% dan kamroq) bilan chiqariladi. Dozaning taxminan 12% nafas bilan chiqariladigan SO2 bilan chiqariladi. Preparatni siydik bilan chiqarilishi ikki fazaga ajratiladi: birinchi faza – taxminan 36 soat, bunda chiqarilish tezligi tez pasayadi va ikkinchi faza, bunda chiqarilish tezligi sekinroq pasayadi. Bunday fazalar bilan chiqarilishi nafas bilan chiqariladigan SO2 bilan chiqarilishda ham kuzatiladi, taxminan 15 soat davomida chiqarilish tezligi tez pasayadi, so‘ngra u sekinroq chiqariladi.   Qo‘llanilishi Insult, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir fazasi va asoratlarni va bosh miyada qon aylanishi buzilishining oqibatlarini davolash; Bosh-miya jarohati va uning oqibatlari; Surunkali qon tomir va degenerativ serebral buzilishlar oqibatida kognitiv buzilishlar va hulq atvorni buzilishlarida qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Vena ichiga yoki mushak ichiga yuborish uchun buyuriladi. Kattalar uchun tavsiya etilgan dozasi bemorning og‘irlik holatiga qarab, sutkada 500 mg dan 2000 mg gachani tashkil etadi. Maksimal sutkalik doza – 2000 mg ni tashkil qiladi. O‘tkir va shoshilinch holatlarda maksimal terapevtik samaraga preparatni qo‘llashning birinchi 24 soatda erishiladi. Preparatning dozasi va davolash muddati bosh miyaning shikastlanish darajasiga bog‘liq shifokor tomonidan individual ravishda aniqlanadi. Vena ichiga sekin in‘eksiya (yuboriladigan dozaga qarab 3-5 minut davomida) yoki tomchilab (minutiga 40-60 tomchi) ko‘rinishida yuboriladi. Keksa yoshdagi pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Preparat vena ichiga yuboriladigan izotonik eritmalar, shuningdek glyukozaning gipertonik eritmalari bilan mutanosib. Ushbu eritma bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Ishlatilmagan eritmani yo‘q qilish kerak. Zarurati bo‘lganida davolashni peroral qo‘llash uchun eritma shaklidagi sitikolin bilan davom ettiriladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Nojo‘ya reaksiyalar kam hollarda (<1/10000), shu jumladan yakka hollarda yuzaga keladi. Ruhiy buzilishlar: gallyusinasiyalar. Nerv tizimi tomonidan: kuchli bosh og‘rig‘i, vertigo. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya, arterial gipotenziya, taxikardiya. Nafas tizimi tomonidan: hansirash. Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan: toshma, giperemiya, ekzantema, eshakemi, purpura, qichishish, angionevrotik shish, anafilaktik shok. Umumiy buzilishlar: qaltirash, yuborish joyida reaksiyalar. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Parasimpatik nerv tizimining tonusi oshganida qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Sitikolin levodopaning samarasini kuchaytiradi. Preparatni meklofenoksat bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas. Nomutanosiblik “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limida ko‘rsatilmagan erituvchilar qo‘llanilmasin. Maxsus ko‘rsatmalar Bosh miyaga turg‘un qon quyilishida sutkada 1000 mg dozani va vena ichiga yuborish tezligini minutiga 30 tomchidan oshirish mumkin emas. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi Homilador ayollarda sitikolinni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar mavjud emas. Sitikolinni ko‘krak sutiga ajralishi va uning homilaga ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Shuning uchun homiladorlik yoki emizish davrida preparat faqat ona uchun kutilayotgan foydi homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina buyuriladi. Bolalar Bolalarda qo‘llash tajribasi cheklangan. Preparat agar qo‘llashdan foyda kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan juda zarur hollarda qo‘llanadi. Avtotrasnsportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi Ayrim hollarda markaziy nerv tizimi tomonidan ba‘zi nojo‘ya reaksiyalar avtotransportni boshqarish yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborilishi holatlari ta‘riflanmagan. Chiqarilish shakli 4 ml dan ampulada. 5 ampuladan qutida.   Saqlash sharoiti 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish:

Новые лекарства

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?