KSILOZOLIN MF tomchilar 10ml 0,1%

Обновлено: 21.07.2022

KSILOZOLIN MF tomchilar 10ml 0,1%
  • Категория:

    Burun uchun vositalar

  • Страна производитель:

    O'zbekiston

  • Активное вещество:

    Ksilometazolin

  • Производитель:

    MEDIOFARM, ООО

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    R01АА07

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция KSILOZOLIN MF tomchilar 10ml 0,1%

  • Umumiy ma'lumot

    KSILOZOLIN MF tomchilar 10ml 0,1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA KSILOZOLIN-MF KSILOZOLIN-MF   Preparatning savdo nomi: Ksilozolin-MF Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ksilometazolin Dori shakli: burun tomchilari yoki burunga qo‘llash uchun sprey. Tarkibi: 1 ml 0,05% li eritma quyidagilarni saklaydi: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi………………….0,5 mg. yordamchi moddalar: dinatriy edetati – 0,5 mg, natriy gidrofosfat digidrati – 2 mg, natriy digidrofosfat digidrati – 2 mg, natriy xloridi – 7,3 mg, 10% li benzalkoniy eritmasi shaklida benzalkoniy xloridi – 0,1 mg, tozalangan suv – 1 ml gacha. 1 ml 0,1% li eritma quyidagilarni saklaydi: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi………………….1,0 mg. yordamchi moddalar: dinatriy edetati – 0,5 mg, natriy gidrofosfat digidrati – 2 mg, natriy digidrofosfat digidrati – 2 mg, natriy xloridi – 7,3 mg, 10% li benzalkoniy eritmasi shaklida benzalkoniy xloridi – 0,1 mg, tozalangan suv – 1 ml gacha. Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqliq. Farmakoterapevtik guruxi: Antikongestiv vosita – alfa–adrenomimetik. ATX kodi: R01AA07   Farmakologik xususiyatlari Ksilometazolin alfa 2–adrenomimetik ta‘sirga ega maxalliy qon tomirlarni toraytiruvchi vositalar (dekongestantlar) guruhiga mansub, burun shilliq qavatining qon tomirlarini torayishini chaqiradi, va shu bilan burun – xalqum bo‘shlig‘ining shilliq qavatinining shishi va giperimiyasini bartaraf qiladi. Rinitlarda burun orqali nafas olishni yengillashtiradi. Terapevtik konsentrasiyalarda shilliq qavatinini ta‘sirlamaydi, giperemiyani chaqirmaydi. Preparatning ta‘siri bir necha minutdan keyin boshlanadi va 10 – 12 soat davom etadi.   Farmakokinetikasi Ksilometazolin mahalliy qo‘llanganida deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun qon plazmasidagi konsentrasiyasi juda kam (zamonaviy analitik usullar bilan aniqlanmaydi).   Qo‘llanilishi O‘tkir rinit (shu jumladan, o‘tkir respirator kasalliklar fonidagi va allergik rinit), pollinoz, sinusit, yevstaxiit, o‘rta otitda (burun – xalqum shishini kamaytirish uchun) qo‘llanadi. Burun bo‘shlig‘idagi  diagnostik muolajalar uchun bemorni tayyorlash uchun qo‘llanadi.   Qo‘llash usuli va dozalari Intranazal buyuriladi. 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 0,05% li eritma: har bir burun yuliga 1 tomchidan (purkashdan) kuniga 1-2 marta buyuriladi; kuniga 3 martadan ortiq qo‘llash mumkin emas. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar uchun 0,1% li eritma: har bir burun yuliga 1 tomchidan (purkashdan) buyuriladi (zarurati bulganda takrorlash mumkin), kuniga 3 martadan ortiq qo‘llash mumkin emas. Preparat kupi bilan 7 kun kullaniladi, keyinchalik shifokor kursatmasi buyicha.   Nojo‘ya ta‘sirlari Mahalliy reaksiyalar: tez-tez va/yoki uzoq vaqt qo‘llanganida – burun-halqum shilliq qavatini ta‘sirlanishi va/yoki qurishi, achishish, paresteziyalar, aksirish, gipersekresiya; burun shilliq qavatini shishi. Tizimli reaksiyalar: qusish, bosh og‘rig‘i, yurak urishini his qilish, arterial bosimni oshishi, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi; depressiya (yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida).   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar Preparatning  komponentlariga yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, glaukoma, atrofik rinit, tireotoksikoz, bosh miya pardalaridagi jarrohlik aralashuvlari (anamnezdagi), homiladorlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (0,05%  li Ksilozolin-MF uchun); 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (0,1% Ksilozolin-MF uchun) qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: qandli diabet, stenokardiyaning III-IV funksional sinfida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.   Dorilarning o‘zaro ta‘siri Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar bir vaqtda qo‘llanishi tizimli ta‘sirni kuchaytirishi mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Uzoq muddat, masalan, surunkali rinitda, qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va laktasiya Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni faqat ona uchun foyda va homila va bolaga bo‘lgan xavf nisbati sinchiklab baholangandan keyin, ehtiyotkorlik bilan, tavsiya etilgan dozani oshirishga yo‘l qo‘ymasdan qo‘llash kerak. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Tavsiya qilinganidan yuqori dozalarda qabul qilish transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiya tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin, bu ehtiyotkorlikka rioya qilishni talab etadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroklilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.   Chiqarilish shakli Nazal tomchilar 0,05% va 0,1%. 10 ml, 20 ml dan tyubik tomchilagichlarda. Nazal sprey 0,05% va 0,1%. 15 ml dan preparat kup dozali purkagich uchlik bilan ta‘minlangan va ximoya kalpokchali tyubiklarda.   Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.   Yaroklilik muddati 2 yil.    Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?