MR GLISERIN suppozitorii 1,24g N10

Обновлено: 21.07.2022

MR GLISERIN suppozitorii 1,24g N10
  • Категория:

    Ovqat hazm qilish tizimi va modda almashinuvi uchun

  • Страна производитель:

    O'zbekiston

  • Активное вещество:

    ---

  • Производитель:

    Merrymed Farm, ООО

  • Количество в упаковке:

    10

  • Код ATX:

    A06AX01

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция MR GLISERIN suppozitorii 1,24g N10

  • Qadoqda soni

    10

  • Umumiy ma'lumot

    MR GLISERIN suppozitorii 1,24g N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar GLISERIN dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha YO‘RIQNOMA   Preparatning savdo nomi Gliserin Xalqaro patentlanmagan nomi Gliserol Dori shakli: rektal suppozitoriylar Tarkibi 1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi: faol modda: gliserol (gliserin) – 1,24 g yoki 2,11 g; yordamchi moddalar: makrogol 400, stearin kislotasi 95, natriy karbonat dekagidrati (natriy karbonat 10-suvli). Ta‘rifi Tiniq yoki yarimtiniq, deyarli rangsiz yoki sarg‘ish-jigarrang tusli rangli, surkaluvchi yuzali, gigroskopik, torpedasimon shaklli suppozitoriylar. Oz miqdorda havo pufakchalari bo‘lgan varonkasimon chuqurcha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Farmakoterapevtik guruhi Surgi vositasi. ATX kodi: A06AG04.   Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamika Surgi vositasi bo‘lib, qotgan ahlat massalarini yumshatadi, ularni yo‘g‘on ichak bo‘ylab o‘tishini yengillashtiradi, ichak shilliq qavatiga qitiqlovchi ta‘sir ko‘rsatib, ichak motorikasini reflektor rag‘batlatlantiradi. Farmakokinetika Rektal qo‘llanganda deyarli so‘rilmaydi.   Qo‘llanilishi Turli etiologiyali qabziyat, shu jumladan homiladorlik va emizish davrida simptomatik davolash uchun qo‘llanadi. Defekasiya vaqtida kuchanish mumkin emas bo‘lgan pasientlarda qo‘llanadi.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, zo‘riqish bosqichidagi gemorroy, to‘g‘ri ichakning yallig‘lanish kasalliklari va o‘smalar, tashhis qo‘yilmagan og‘riq kuzatiladi. Ehtiyotkorlik bilan Buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.   Qo‘llash usuli va dozalari Rektal qo‘llanadi. Ovqat qabul qilinganidan keyin 15-20 minut o‘tgach. Suppozitoriylar 2,11 g: kattalar va 7 yoshdan oshgan bolalarga – 1 suppozitoriy sutkada 1 marta. Suppozitoriylar 1,24 g: hayotining birinchi kunlaridan boshlab qo‘llashga ruxsat beriladi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 suppozitoriy sutkada 1 marta. Zarurati bo‘lganida doza sutkada 2 suppozitoriygacha oshiriladi.   Nojo‘ya ta‘sirlari Allergik reaksiyalar, mahalliy reaksiyalar (terini qichishishi va achishishi). Uzoq muddat qo‘llanganida – ich kelishi fiziologik jarayonini susayishi. Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborish holatlari noma‘lum. Preparat qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma muvofiq qo‘llansa dozani oshirib yuborilishi ehtimoldan uzoq. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri Gliserin bilan suppozitoriylar rektal qo‘llanadigan dori vositalarning ta‘sirini kamaytirishi mumkin. Boshqa rektal preparatlar qo‘llash zarurati bo‘lsa, ular qo‘llash orasida  1 soatdan kam bo‘lmagan interval saqlash lozim.   Maxsus ko‘rsatmalar Muntazam qabul qilish tavsiya etilmaydi. Ichakni normal peristaltikasi tiklanganidan keyin davolash to‘xtatiladi. Suppozitoriylarga suyuq yoki quyuq mineral moylarni surkash mumkin emas. Qo‘llanganda ichakdan suppozitoriylarni qoldiqlari ahlat bilan chiqariladi. Transport vositalarni, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Preparatni qo‘llash transport vositalarni, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.   Chiqarilish shakli Rektal suppozitoriylar 1,24 g yoki 2,11 g. 5 suppozitoriy kontur uyali o‘ramda joylanadi. Ikki kontur uyali o‘ram dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.   Saqlash sharoiti 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.   Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz beriladi. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?