NAKLOFEN suppozitorii 50mg N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Yallig'lanishga qarshi vositalar
Страна производитель:
Sloveniya
Активное вещество:
Diklofenak
Производитель:
Krka d.d.
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
M01AB05
Инструкция NAKLOFEN suppozitorii 50mg N10
Qadoqda soni
10
Umumiy ma'lumot
NAKLOFEN suppozitorii 50mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar Ilova-varaqa: pasient uchun ma‘lumot Naklofen ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar 50 mg Diklofenak natriy Ushbu preparatni qo‘llashdan oldin ushbu ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumotlar saqlaydi. Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. U Siz yana o‘qib chiqishingiz uchun kerak bo‘lishi mumkin. Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Ushbu preparat aynan Siz uchun buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Agar Sizda kasallikning o‘xshash belgilari kuzatilsa ham, bu ularga zarar yetkazishi mumkin. Agar Sizda nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Bu ushbu ilova-varaqada ko‘rsatib o‘tilmagan nojo‘ya samaralar uchun ham taalluqlidir. 4 bo‘limga qarang. Ushbu ilova-varaqada qanday ma‘lumot saqlanadi: Naklofen preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi? Naklofen preparatini qabul qilishdan oldin Siz nimani bilishingiz kerak? Naklofen preparatini qanday qabul qilish kerak? bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar. Naklofen preparatini qanday saqlash kerak? O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar. Naklofen preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi. Naklofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatdir. U yallig‘lanishga qarshi va og‘riqsizlantiruvchi xususiyatga ega. Asosiy ta‘sir mexanizmi yallig‘lanish, og‘riq va shishni chaqiruvchi molekulalar prostaglandinlar sintezini susayishidan iborat. Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar me‘da kislotasi ta‘siriga chidamli qobiqqa ega va shuning uchun faqat ichakka kelib tushgandan keyingina so‘riladi. Ular o‘tkir holatlarni davolash uchun qo‘llaniladi. Ushbu preparat quyidagilarni davolash uchun ko‘rsatilgan: yallig‘lanishli revmatik kasalliklar (revmatoid artrit, spondiloartrit, boshqa artritlar), bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ revmatizmi (artroz, spondilez), mikrokristall artrit (podagra, soxta podagra), bo‘g‘imdan tashqari revmatizm (periartrit, bursit, miozit, tendinit, sinovit), ginekologik kasalliklar (tug‘ishdan keyingi (agar ona emizmasa) og‘riqlar va hayz spazmalari), boshqa og‘riqli holatlar (jarohatlarda, stomatologik va boshqa jarrohlik amaliyotlaridan keyin, buyrak va jigar sanchiqlarida). Naklofen preparatini qabul qilishdan oldin Siz nimalarni bilishingiz kerak. Naklofen preparatini qabul qilmang: agar Sizda diklofenak natriyga yoki ushbu preparatning har qanday boshqa komponentlariga (6-bo‘limda sanab o‘tilgan), asetilsalisil kislotasiga va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga allergiya bo‘lsa; nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar yoki asetilsalisil kislotani ilgari qabul qilganda quyidagi simptomlar paydo bo‘lganda: nafas olishni buzilishi (bronxial astma), eshakemi (urtikariya), burun shilliq qavatini yallig‘lanishi (allergik rinit), lablar va yuz, bo‘yin, ehtimol qo‘l barmoqlari va oyoq kaftlarining to‘satdan shishi yoki bo‘g‘ilish belgilari bo‘lganda ovoz xirillab qolishi (angionevrotik shish) bilan kechuvchi yuqori sezuvchanlik reaksiyasi; hozirgi vaqtda yoki ilgari me‘da yoki ichak yarasi bo‘lganda, axlatdagi qon yoki qora axlat kabi simptomlarini o‘z ichiga oluvchi me‘da yoki me‘da-ichakdan qon ketishi yoki me‘dani teshilishi; nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) qabul qilgandan so‘ng me‘dadan qon ketishining, me‘da-ichakdan qon ketishini rivojlanishi yoki me‘da-ichak teshilishi; jigar yoki buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lganda; homiladorlikning oxirgi uch oyligida; tasdiqlangan yurak kasalligi va/yoki yurak-qon tomir kasalligi, masalan, o‘rtacha yoki og‘ir yurak yetishmovchiligida, yurak xurujlarida, insult, mini-insult yoki yurak bosh miya qon tomirlari berkilib qolganda yoki anamnezda blokadani bartaraf qilish shuntlash bo‘yicha operasiya; agar Sizda qon aylanishini buzilishi bo‘lsa yoki avval kuzatilgan bo‘lsa (periferik arteriyalar kasalligi). Diklofenak natriyni 14 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas. Maxsus ko‘rsatmalar Naklofen preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. agar Siz qachondir me‘da yoki ichak kasalliklari bilan xastalangan bo‘lsangiz, masalan me‘da yarasi, qon aralash axlat yoki qora axlat, anamnezda og‘riqsizlantiruvchi yoki yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilgandan keyin me‘dada og‘riq yoki jig‘ildon qaynashi mavjudligi, yarali kolit yoki Kron kasalligi bo‘lganda, chunki kasallik qaytalanishi yoki og‘irlashishi mumkin, jigar yoki buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lganda, yurak-qon tomir kasalliklarida, tutqanoq bo‘lganda, porfiriya (pigment almashinuvini juda kam hollarda uchraydigan buzilishi) bo‘lganda, astma bo‘lganda, oyoqlarda shish bo‘lganda, og‘riqni kamaytirish uchun boshqa preparatlarni yoki yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilganda, qon ivishini buzilishlari bo‘lganda yoki qon ivishiga yo‘l qo‘ymaydigan preparatlarni (antikoagulyantlar, fibrinolitiklar) qabul qilganda, agar siz keksa yoshda bo‘lsangiz. Agar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlardan birontasi Sizga taalluqli bo‘lsa, Naklofen preparatini qanday qabul qilish kerakligi yuzasidan shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Diklofenak qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringizga quyidagilar haqida xabar bering: chekish, diabetning mavjudligi, stenokardiya, qon quyqalari, arterial bosimni oshishi, xolesterin va trigliseridlar oshishi darajasini. Samarali eng kam dozani imkoni boricha qisqa muddatda qabul qilganda nojo‘ya samaralarni kamaytirish mumkin. Preparatlar, shu jumladan Naklofen yurak xurujlari (miokard infarkti) yoki insult xavfini bir oz oshirishi mumkin. Preparatning yuqori dozalarda yoki uzoq vaqt qabul qilganda har qanday xavf kuchayadi. Tavsiya etilgan dozani oshirish yoki davolash muddatini uzaytirish mumkin emas. NYAQP ni qabul qilish fonida kam hollarda keskin teri reaksiyalarining rivojlanishi (ayrim hollarda o‘lim bilan yakunlanadigan), terining qipiqlanish bilan kechuvchi yallig‘lanishi, toksik epidermal nekroliz (ko‘p pufakchalar hosil bo‘lishi, qizarish va qipiqlanish bilan kechadigan og‘ir teri toshmasi) va Stivens-Djonson sindromi (terida, ko‘z sohasida, og‘iz bo‘shlig‘ida va jinsiy a‘zolarda pufakchalar hosil bo‘lishi bilan kechadigan og‘ir holat) haqida xabar qilingan. Davolashning dastlabki bosqichlarida bemorlarning bu kabi reaksiyalarni boshdan o‘tkazish xavfi yuqori, shu sababli bunday reaksiyalarning birinchi belgilari (teri toshmasi, teridagi o‘zgarishlar, yuqori ta‘sirchanlikning boshqa belgilari) paydo bo‘lganda davolashni to‘xtatish lozim. Naklofen infeksiya simptomlarini (masalan, bosh og‘rishini, haroratning ko‘tarilishini) susaytirishi va shu sababli ularni aniqlashni qiyinlashtirishi mumkin. Loxaslikda va shifokor bilan maslahatlashish zarur bo‘lganda unga albatta Naklofen preparatini qabul qilish haqida ma‘lum qiling. Keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanishi Nojo‘ya samaralar ayniqsa me‘da-ichak yo‘llari tomonidan keksa yoshdagi bemorlarda ko‘proq uchraydi. Naklofen preparati bilan boshqa preparatlarning o‘zaro ta‘siri Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilyotgan, yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishni rejalashtrayotgan bo‘lsangiz shifokoringizga yoki farmasevtga bu haqda ma‘lum qiling. Naklofen boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘sirga kirishishi va Naklofen preparatining yoki boshqa preparatlarning ta‘siri kuchayishi yoki susayishi mumkin. Bu quyidagilarga taalluqli bo‘lishi mumkin: ruhiy kasalliklarni davolash uchun preparatlar (litiy preparatlari), siydik haydovchi preparatlar (diuretiklar) yurak kasalliklarini davolash uchun preparatlar (digoksin) og‘riqni kamaytiruvchi preparatlar (asetilsalisil kislota va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar), immun javobni pasaytiruvchi preparatlar (siklosporin), rakni davolash uchun preparatlar (metotreksat), yuqori arterial bosimni pasaytirish uchun preparatlar (gipotenziv preparatlar), yallig‘lanishni kamaytirish uchun preparatlar (kortikosteroidlar), qon quyqasini hosil bo‘lishining oldini olish uchun preparatlar (antikoagulyantlar va antiagregantlar), depressiyani davolash uchun preparatlar (serotoninni qayta qamrab olishining selektiv ingibitorlari deb nomlanuvchi antidepressantlar guruhi), diabetni davolash uchun preparatlar (diabetga qarshi preparatlar), infeksiyalarni davolash uchun ayrim preparatlar (xinolonlar guruhiga mansub antibiotiklar), tutqanoqni davolash uchun preparatlar (fenitoin), xolesterin darajasini tartibga solish uchun preparatlar (kolestipol va xolestiramin), zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun preparatlar (vorikonazol), podagrani davolash uchun preparatlar (sulfinpirazon). Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi, fertillikka ta‘siri Agar siz homilador yoki emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilayotgan bo‘lsangiz, homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Homiladorlik va emizish Naklofen homiladorlikning kechishiga va/yoki embrion/homilaning rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra homiladorlikning erta davrlarida bola tushishi yoki rivojlanish nuqsonlari paydo bo‘lishi mumkin. Homiladorlikning dastlabki olti oyida shifokor Sizga ushbu preparatni faqat o‘ta zarur bo‘lgandagina buyurishi mumkin. Bu holda agar Siz Naklofen preparati bilan davolash vaqtida homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz doza va davolash muddati minimal bo‘lishi lozim. Naklofen preparatini himladorlikning oxirgi uch oyida qabul qilish nuqsonlariga yoki turli a‘zolar (yurak va qon tomirlari, buyrak, ivishning buzilishi, rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari) faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, Naklofenni homiladorlikning oxirgi uch oyi davomida qabul qilish mumkin emas (“Naklofenni qabul qilmang” bo‘limiga qarang). Naklofen preparati bilan davolash vaqtida emizish mumkin emas. Fertillik Boshqa NYAQP kabi Naklofen preparatining ta‘sir etuvchi moddasi diklofenak homilador bo‘lishga to‘sqinlik qilish mumkin. Preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan so‘ng ushbu samara qaytuvchan. Agar homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lish bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa shifokorni xabardor qilish kerak. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash Naklofen preparati transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga va mexanizmlar bilan ishlashga ahamiyatsiz yoki o‘rtacha ta‘sir ko‘rsatadi. Bosh aylanishi, ko‘rish yomonlashishi, uyquchanlik va/yoki markaziy nerv tizimida buzilishlar bo‘lganda transport vositalarini boshqarish va xavfli mexanizmlar bilash ishlash tavsiya etilmaydi. Naklofen tarkibida laktoza saqlaydi Agar shifokoringiz Sizning ayrim qandlarni o‘zlashtira olmasligingizni aytgan bo‘lsa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Naklofen preparatini qanday qabul qilish kerak Preparatni doimo shifokor yoki farmasevt Sizga buyurgandek qabul qilish kerak. Agar Sizda shubhalar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Preparatning kattalar uchun standart dozasi sutkada 1 tabletkadan 2-3 marta samarani; bir maromda ushlab turuvchi doza sutkada 1 tabletkadan 2 martani tashkil qiladi. Bemorlar preparatning faqat bitta dori shaklidagisini yoki majmuada davolanishlari mumkin, bunda 150 mg sutkalik umumiy dozani hisobga olish kerak. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Keksa yoshdagi pasientlarda Naklofen preparatining minimal samarali dozasini qo‘llash kerak. Tablektalarni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol butunligicha yutish va suyuqlik ichish kerak. Agar Naklofen preparatining samarasi juda kuchli yoki juda kuchsiz ekanini sezsangiz shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. O‘smirlarda qo‘llash 14 yoshdan oshgan o‘smirlar uchun sutkada 1 tabletkadan 1-2 marta dozasi yetarli. Agar Siz Naklofen preparatini keragidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz Agar Siz Naklofen preparatini keragidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing Tabletkalarni ko‘p miqdorda qabul qilish me‘da-ichak yo‘llari, buyrak, jigar va markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya samaralarni kuchayishiga olib kelishi mumkin (ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohasida og‘riq, bosh aylanishi, quloqlarda shang‘illashi va ta‘sirchanlik, shuningdek qon aralash qusish (gematemezis), me‘da-ichak yo‘lining yuqori bo‘limlaridan qon ketishi sababli qora tusli axlat (melena), ongni buzilishi, nafas olishni qiyinlashishi, tirishishlar va buyrak yetishmovchiligi). Naklofen preparati dozasini qabul qilishni o‘tkazib yuborish O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilish mumkin emas. Preparatni har kuni deyarli bir vaqtda qabul qilishga harakat qiling. Agar Siz preparatni belgilangan vaqtda qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, bu haqda eslashingiz bilan uni qabul qiling. Hech qachon dozani ikki baravar oshirmang. Naklofen preparatini qabul qilishni to‘xtatish Agar Siz preparatni qisqa vaqtga og‘riqni kamaytirish uchun qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bunday davolash zarurati yo‘qolishi bilan uni qabul qilishni xavfsiz to‘xtatishingiz mumkin. Preparat uzoq vaqt davolash uchun buyurilganda uni qabul qilishni to‘xtatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak. Agar Sizda ushbu preparatni qabul qilish yuzasidan qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar Boshqa dori preparatlari kabi ushbu preparat, garchi barchada bo‘lmasa ham, nojo‘ya ta‘sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Eng ko‘p tarqalgan nojo‘ya ta‘sirlar me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlari bilan bog‘liq. Tez-tez (ko‘pi bilan 10 odamdan birida paydo bo‘lishi mumkin): ko‘ngil aynishi, qusish diareya, qorinda og‘riq, ovqat iste‘mol qilgandan so‘ng hazm qilishni buzilishi (dispepsiya), meteorizm (qorin dam bo‘lishi), ishtahani yo‘qolishi, bosh og‘rig‘i, vertigo, bosh aylanishi, jigar fermentlari darajasini oshishi, terida toshmalar Tez-tez emas (ko‘pi bilan 100 odamdan birida paydo bo‘lishi mumkin): qabziyat Kam hollarda (ko‘pi bilan 1000 odamdan birida paydo bo‘lishi mumkin): yuqori sezuvchanlik reaksiyasi (nafas olishni qiyinlashishi, yutishni qiyinlashishi (bronxospazm), arterial bosimni pasayishi, shok), uyquchanlik, charchoqlik, astma (shu jumladan nafas olishni qiyinlashishi), me‘da shilliq qavatini yallig‘lanishi (gastrit), qora tusli ich kelishi (melena), me‘da yoki qizilo‘ngachdan qon aralash qusish (gematemezis), qon bilan qusish, yaralar yoki me‘da-ichak yo‘lini teshilishi, sariqlik, jigar faoliyatini muayyan buzilishlari, jigar hujayralarini nobud bo‘lishi (gepatosellyulyar nekroz) o‘t chiqarish yo‘llarining obstruksiyasi (xolestaz) eshakemi suyuqlikni tutilishi yoki shishlar. Juda kam hollarda (ko‘pi bilan 10 000 odamdan birida paydo bo‘lishi mumkin): qon hujayralari sonini o‘zgarishi (anemiya, trombositopeniya, leykopeniya va agranulositoz), mahalliy shish, shu jumladan 24 soat davomida yo‘qoladigan yuzni shishi (angionevrotik shish), dezorientasiya, depressiya, uyqusizlik, dahshatli tush ko‘rish, ta‘sirchanlik, ruxiy reaksiyalar, sanchish, xotirani buzilishi, tirishishlar, bezovtalik, tremor, bosh miya qobig‘ini yallig‘lanishi, ta‘m buzilishi, miyadagi o‘zgarishlar, ko‘rishni buzilishi, ko‘rish noaniqligi yoki ko‘zga ikkita bo‘lib ko‘rinishlar, quloqdagi shang‘illash, eshitishni buzilishi, yurak urishini tezlashishining noxush hissi (yurak urishini his qilish), ko‘krakdagi og‘riq, yurak yetishmovchiligi, yurak xuruji, arterial bosimni oshishi, qon tomirlarini yallig‘lanishi, pnevmoniya, ichaklarni yallig‘lanishi (nospesifik gemorragik kolit, yarali kolit yoki Kron kasalligini qaytalanishi yoki kechishini og‘irlashishi), og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishi (yarali stomatit), tilni yallig‘lanishi (glossit), qizilo‘ngach yaralari, ichaklarning diafragmasimon strikturasi, me‘da osti bezini yallig‘lanishi (pankreatit), o‘tkir jigar yetishmovchiligi (fulminant gepatit) va jigar yetishmovchiligi, bullyoz reaksiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi (pufaklar hosil bo‘lishi bilan teri, og‘iz bo‘shlig‘i, ko‘zlar va jinsiy a‘zolarga shikast yetkazadigan og‘irroq toshmalar) va toksik epidermal nekroliz (qavariqlar hosil bo‘lishi, qizarish va terini qipiqlanishi bilan kechuvchi og‘ir yirik teri toshmasi), ekzema, terini qizarishi, yallig‘lanishi (dermatit), soch to‘kilishi, yorug‘likka yuqori sezuvchanlik, teriga va uning ostiga qon quyulishi (purpura, allergik purpura), qichishish, surunkali jigar yetishmovchiligi, siydikda qon bo‘lishi (gematuriya), siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar (interstisial nefrit, nefrotik sindrom, papillyar nekroz, proteinuriya). Preparatlar, shu jumladan Naklofen yurak xurujlari (miokard infarkti) yoki insult xavfini bir oz oshirishi mumkin. Naklofen preparatini qanday saqlash kerak Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak. Ushbu preparatni o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qabul qilmang. Yaroqlilik muddati: 5 yil. 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Dori preparatlarini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlash mumkin emas. Siz endi qabul qilmaydigan dori preparatlarini qanday utilizasiya qilish kerakligini farmasevtdan so‘rang. Ushbu choralar atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam beradi. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot Naklofen preparatining tarkibi Ta‘sir etuvchi modda –diklofenak natriy. Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 50 mg diklofenak natriy saqlaydi. Yordamchi moddalar: tabletka yadrosida laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, K25 povidoni, kolloid suvsiz kremniy dioksidi va magniy stearati va ichakda eruvchan qobiqda gipromelloza, temir (II) oksidi (Ye172), temir (III) oksidi (Ye172), titan dioksidi (Ye171), metakril kislota va etilakrilat sopolimeri, propilenglikol va talk. Naklofen preparati qanday ko‘rinishga ega va o‘ram ichidagisi Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar, dumaloq, ikki yoqlama bir oz qavariq, sariq-jigarrang silliq tabletkalar. 10 tabletkadan PVX folga va alyumin folgali blisterda. Ilova-varaqasi bilan birga karton qutida 2 blisterdan. Berish tartibi Faqat shifokor resepti bo‘yicha Ulashish: