ARTOKSAN poroshok 20mg N3

Обновлено: 21.07.2022

ARTOKSAN poroshok 20mg N3
  • Категория:

    Yallig'lanishga qarshi vositalar

  • Страна производитель:

    Misr

  • Активное вещество:

    Tenoksikam

  • Производитель:

    Rotapharm Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.

  • Количество в упаковке:

    3

  • Код ATX:

    M01AC02

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция ARTOKSAN poroshok 20mg N3

  • Qadoqda soni

    3

  • Umumiy ma'lumot

    ARTOKSAN poroshok 20mg N3 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA ARTOKSAN ARTOXAN   Preparatning savdo nomi: Artoksan Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tenoksikam Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizasiyalangan kukun erituvchi bilan majmuada. Tarkibi 1 flakon preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: tenoksikam – 20 mg; yordamchi moddalar: mannitol, askorbin kislotasi, dinatriy edetati, trometamin, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi. 1 ampula erituvchi 2 ml in‘eksiya uchun suv saqlaydi. Ta‘rifi: yashil-sariq rangli liofilizisiyalangan kukun; erituvchi – rangsiz tiniq suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar. Oksikamlar. ATX kodi: M01AS02 Farmakologik xususiyatlari Artoksan kuchli yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va kamroq ifodalangan isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega bo‘lgan, samarali nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYAQV) hisoblanadi. Preparatning hususiyatlari siklooksigenaza fermentining ikkala izoformalarini ingibisiya qilishi bilan bog‘liq, bu araxidon kislotasining metabolizmini buzilishiga va prostaglandinlar sintezini blokadasiga olib keladi. Yallig‘lanishga qarshi samarasi kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamayishi (ekssudasiyani cheklaydi), lizosomal membranalarni turg‘unlashuvi (lizosomalardan, to‘qimalarni shikastlanishini chaqiradigan fermentlarni ajralib chiqishiga to‘sqinlik qiladi), yallig‘lanish mediatorlari (prostaglandinlar, gistamin, bradikinin, limfokinlar, komplement omillari) sintezini susayishi yoki faolsizlantirilishi bilan bog‘liq. Yallig‘lanish o‘chog‘ida erkin radikallarning miqdorini kamaytiradi, xemotaksis va fagositozni susaytiradi. Yallig‘lanishning proliferativ fazasini tormozlaydi, to‘qimalarni yallig‘lanishdan keyingi sklerozlanishini kamaytiradi; xondroprotektor ta‘sir ko‘rsatadi. Preparat yallig‘lanishi o‘chog‘ida og‘riq sezuvchanligini kamaytiradi va talamusdagi og‘riq markazlariga ta‘sir qiladi, desensibilizasiyalovchi ta‘sirga ega (uzoq muddat qo‘llanganida). Revmatik kasalliklarda tinch xolatda va harakatda bo‘g‘imlardagi og‘riqni susaytiradi, bo‘g‘imlarning ertalabki tangligini va shishini kamaytiradi, bo‘g‘imlarning faoliyatini yaxshilaydi va xarakat xajmini oshiradi. Farmakokinetikasi Uzoq muddatli yarim chiqarilish davriga ega – 60-75 soat. Gistogematik to‘siqlar orqali oson o‘tadi, sinovial suyuqlikka yaxshi o‘tadi. Biokiraolishligi yuqoriligi – 100% bilan xarakterlanadi. Qo‘llanilishi Tayanch-harakat apparatini, og‘riq sindromi bilan birga kechuvchi, yallig‘lanish-degenerativ kasalliklari: revmatoid artrit, podagrali artrit, ankilozlanuvchi spondilit (Bexterev kasalligi); infeksion nospesifik poliartrit; osteoartroz, osteoxondroz; tendinitlar, bursitlar, miozitlar, periartritlar; artralgiya, nevralgiya, mialgiya, ishalgiya, lyumbago; jarohatlar, kuyishlarda qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Mushak ichiga yoki vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. 20 mg dozada sutkada 1 marta buyuriladi, tutib turuvchi doza: sutkada 10 mg ni tashkil etadi. Yaqqol og‘riq sindromida dozani sutkada 1 marta 40 mg gacha oshirish mumkin. Podagrali artritning o‘tkir xurujlarida: 20 mg dan sutkada 2 marta birinchi 2-3 kun davomida, so‘ngra 20 mg dan sutkada 1 marta 5 kun davomida qo‘llanadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og‘riqlar va noxush xislar, ko‘ngil aynishi, meteorizm. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i. Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi, eritema, Stivens-Djonson va Layell sindromlari. Laboratoriya ko‘rsatkichlari: plazmada kreatinin, mochevinaning konsentrasiyalarini oshishi, “jigar” transaminazalarining faolligini oshishi kuzatilishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar tenoksikamga yoki boshqa NYAQP yuqori sezuvchanlik; me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari; me‘da-ichakdan qon ketishlar; homiladorlik; laktasiya davri; bolalar; “aspirin triadasi”; jigar va buyrak faoliyatini yaqqol darajadagi buzilishlari; buyrak yetishmovchiligi; yurak yetishmovchiligi; qon kasalliklarida qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Preparat litiy preparatlari, bilvosita antikoagulyantlarning samarasini kuchaytiradi (protrombin indeksini nazorat qilish kerak). Diuretiklar bilan birga qo‘llanganida organizmda natriy va suvni ushlanib qolishi mumkinligini xisobga olish kerak. Maxsus ko‘rsatmalar Artoksan bilan uzoq muddatli davolash jarayonida jigar va buyraklarning faoliyatini nazorat qilish kerak. Qon ketish vaqti uzayishi mumkin, buni operativ aralashuvlarda xisobga olish kerak. 18 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarda tenoksikamni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, preparat ularga juda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni o‘ta ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki Artoksanni bu toifa pasientlarda qo‘llash bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘q. Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Preparat bilan davolanish vaqtida avtotransportni boshqarish va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborilish xollari kuzatilmagan. Chiqarilish shakli Liofilizasiyalangan kukun bo‘lgan 3 flakon va erituvchi bo‘lgan 3 ampula kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?